cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

URGANCH TUMANI OILA VA XOTIN-QIZLAR BO‘LIMI

Advertising posts
244
Subscribers
+124 hours
-17 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#kun_hikmati Onalar oyogʻi ostidadur Ravzayi jannatu jinon bogʻi. Ravza bogʻi visolin istar esang, Boʻl onaning oyogʻin tuprogʻi. Alisher Navoiy
Show all...

8
#iqtibos XITOY FAYLASUFI KONFUTSIY IQTIBOSLARI — Biz uchun eng katta huzur – uyquda emas, har tong erta uygʻonishdadir. — Kelajak uchun kurashmoqchi boʻlsang, oʻtmishni oʻrgan. — Jahl chiqqanda, aql taslim boʻlur. — Eshitdim – unutdim. Koʻrdim – eslab qoldim. Bajardim – tushundim. — Biz tabiatimizga zid insonlarga roʻpara kelganimizda, ularni oʻzimizga moslashtirmoqqa emas, oʻz-oʻzimizga xolis baho bermoqqa oʻrganmogʻimiz lozim. — Ezgulik hech vaqt yolgʻiz qolmagan. Uni sinab koʻrgan inson oʻzini yaxshilikka qoʻshni, deb hisoblayversin.
Show all...

👍 10
#Kitobxon_onalar_kuni ⚡️Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan an'anaga mofiq har oyning 17 sanasida "Kitobxon onalar" kuni keng nishonlanib kelinmoqda. Bugungi kitobxon onamiz Urganch tumani "Yuqori do'rman" qishlog'ida istiqomat qiluvchi Matkarimova Oysha ona xonadoniga tashrif buyurildi.Tashrif jarayonida onaxonga chiroyli mutolaa zavqini tilagan holda qiziqarli badiiy adabiyotlar tavsiya etildi.   
Show all...
👍 3
#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 5 yil staji bor ayollar uchun tavsiyanoma berish maqsadida talabgorlardan hujjatlar qabul qilinayotganligi haqida joylangan postlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ayni vaqtda tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan tavsiyanoma olish uchun murojaat qilgan xotin-qizlarning arizalari talabgorlar ishtirokida xotin-qizlar.uz platformasida elektron shaklda yaratilmoqda. Xotin-qizlar.uz platformasi manfaatdor vazirlik va idoralarning bazalariga integratsiya qilingan. Tavsiyanoma olish uchun ariza shakllantirishda talabgorning o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi va shu mutaxassislik bo‘yicha 5 yil ishlaganligi asos qilib olinadi.
Qonunchilikda talabgorning haqiqatda tahsil olgan yo‘nalishi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega ekanligi agar “Yagona milliy mehnat tizimi”ga kiritilmagan yoki 2020-yil 1-yanvardan keyingi davrda mehnat faoliyatini olib bormayotgan bo‘lsa, ularning ish staji ma’lumotlari mehnat daftarchalaridagi yozuvlar asosida olinishi belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda Ishchi guruhlari tomonidan talabgorning ish staji ma’lumotlari “Yagona milliy mehnat tizimi”ga kiritilmagan bo‘lsagina ularning mehnat daftarchalaridagi yozuvlar asosida xotin-qizlar.uz platformasiga talabgorning bevosita ishtirokida kiritilmoqda. Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlar bazasi (https://diplom.edu.uz/)га fuqarolar tomonidan diplom ma’lumotlari kiritilgan taqdirda, ushbu ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, undagi ma’lumotlar to‘g‘riligi tasdiqlanadi. Bunda fuqaroning o‘zi ONE ID orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda diplom ma’lumotlarini tekshirishi kerak. Xotin-qizlar.uz platformasida fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida https://diplom.edu.uz/ bazasida mavjud bo‘lmagan, diplom ma’lumotlarni tekshirish imkoniyati yaratilgan. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyanoma berish jarayonlarida inson omilini kamaytirish va to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ–401-son qaroriga asosan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan va ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz.   💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube❗️
Show all...
Diplom.edu.uz | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom ma'lumotlar bazasi One ID bilan kirish

Repost from Xorazm.uz
Вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов Урганч туманидаги "Каттабоғ", "Ҳидоят" маҳаллаларида бўлиб, аҳоли бандлигини таъминлаш ва оилалар даромадини ошириш борасидаги амалга оширилаётган ишлар билан танишди. "Каттабоғ" маҳалласида 47 нафар фуқаро тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйган, ижтимоий дафтарларда рўйхатда турган 74 нафар фуқаро ўзини ўзи банд қилиш орқали иш билан таъминланган. Ушбу маҳаллада яшовчи Ҳамид Аллаберганов 3 сотих томорқасида иссиқхона ташкил қилиб, бодринг, сабзавот ва гул кўчатлари етиштиради. Унга мурожаати асосида инкубация ташкил қилиш учун субсидия ажратиладиган бўлди. Гулмира Ибрагимова ҳам томорқасида иссиқхона ташкил қилган. Бундан ташқари чорва, парранда боқади. Яқинда кредит олиб қўзиқорин етиштиришни ҳам йўлга қўйди. Эндиликда иссиқхонасини янада кенгайтириш ниятида. "Ҳидоят" маҳалласида яшовчи Расул Ҳошимов эса кичик ҳовузчада балиқ етиштириш билан шуғулланади. Мулоқот жараёнида маҳалланинг драйверларидан келиб чиқиб кооперация асосида маҳсулот етиштириш ва сотиш масалалари муҳокама қилинди. Вилоят ҳокими шунингдек, тумандаги "Тўмарис нур" фермер хўжалиги фаолияти билан ҳам танишди. Мазкур фермер хўжалигида 1300 бошга яқин қорамоллар парваришланиб, ички бозорга кунига 6-7 тонна сут маҳсулотлари етказиб берилади. Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Show all...
1
Mohlaroyim — Nodira XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Uning onasi Oyshabegim maʼrifatli ayol boʻlgan. Oʻzining oilaviy silsilasiga koʻra Bobur nasliga mansub boʻlib, shoiraning ota-onasi ham davrning eʼtiborli kishilari edilar. Mohlaroyim sheʼriyatga juda erta havas qoʻydi. Maʼlumki, bu yillarda Qoʻqon xonligini Olimxon idora qilardi. Uning ukasi Umarxon esa Fargʻona vodiysining nufuzli shaharlaridan boʻlgan Margʻilonda hokim edi. 1807 yillarda ilgaridan bir-birlariga koʻngil qoʻyib, sevishib kelgan Umarxon va Mohlaroyim turmush quradilar. Shu munosabat bilan Mohlaroyim Margʻilonga keladi. Koʻp oʻtmay Qoʻqon xonligida davom qilib kelayotgan ziddiyatlar oqibatida 1810 yili Olimxon qatl etilib, uning oʻrniga Umarxon taxtga koʻtariladi. Nodira Qoʻqonda xon saroyida ekan, davlat ishlaridan ham voqif boʻlib borardi. Xususan, adabiyot va sanʼat ahli bilan yaqinlashishga, koʻp asrlik adabiyotimiz yoʻlidan borib, davr sheʼriyatini yuqori koʻtarishga astoydil kirishadi. Mohlaroyim va Umarxonning oilasida ikki oʻgʻil tugʻiladi. Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxonlar oʻsib-ulgʻayib boradilar. Umarxonning 1822 yili bevaqt vafotidan keyin yosh Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi. Nodira ham yosh oʻgʻlining yoniga kirib mamlakatni boshqarish ishida faol ishtirok eta boshladi. Nodira davlat va mamlakat ishlarini tadbir va adolat bilan idora qilishda homiylik namunalarini koʻrsatarkan, bu yillarda mamlakatda nisbiy osoyishtalik saqlandi. Qoʻshni oʻlkalar va ularning hukmdorlari bilan savdo-sotiq va boshqa sohalarda kelishuvlar amalga oshirildi. Nodiraning mamlakatdagi qurilishlar sohasidagi olib borgan ishlari, madaniyat va adabiyot borasida koʻrsatgan tashabbuskorliklari shoira devonining debochasida taʼkidlab oʻtilgan. Shoir Nodir Mohlaroyimga bagʻishlab yozgan “Haft gulshan” dostonida uni olimlarga, fozillarga ahamiyat bergani, isteʼdodli shoirlarni ijodga tashviq etgani, ayniqsa, xotin-qizlardan chiqqan shoira va fozilalarni oʻz himoyasiga olgani haqida gapiradi. **** Na gul sayr ayla, na fikri bahor Jahondin kech, hayoli vasli yor et. Muhabbatsiz kishi odam emasdur Gar odamsan muhabbat ixtiyor et. Uzoru qaddu, raftoringni koʻrsat, Chaman sarvu gulini sharmsor et. Labi maxmurdurmen jomi may tut, Karam qil, soqiyo, dafʼi xumor et. Analhaq, mojarosin aylading fosh, Kel, ey, Mansur, istiqboli dor et. Duri ashku aqiqi, xuni dilni, Kelu yoring ayogʻiga nisor et. Kuyib, ey Nodira, olam eligʻa Muhabbat shevasini oshkor et.
Show all...

👍 4🥰 1👏 1
#mashhur_ayollar Mohlaroyim — Nodira XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Uning onasi Oyshabegim maʼrifatli ayol boʻlgan. Oʻzining oilaviy silsilasiga koʻra Bobur nasliga mansub boʻlib, shoiraning ota-onasi ham davrning eʼtiborli kishilari edilar. Mohlaroyim sheʼriyatga juda erta havas qoʻydi. Maʼlumki, bu yillarda Qoʻqon xonligini Olimxon idora qilardi. Uning ukasi Umarxon esa Fargʻona vodiysining nufuzli shaharlaridan boʻlgan Margʻilonda hokim edi. 1807 yillarda ilgaridan bir-birlariga koʻngil qoʻyib, sevishib kelgan Umarxon va Mohlaroyim turmush quradilar. Shu munosabat bilan Mohlaroyim Margʻilonga keladi. Koʻp oʻtmay Qoʻqon xonligida davom qilib kelayotgan ziddiyatlar oqibatida 1810 yili Olimxon qatl etilib, uning oʻrniga Umarxon taxtga koʻtariladi. Nodira Qoʻqonda xon saroyida ekan, davlat ishlaridan ham voqif boʻlib borardi. Xususan, adabiyot va sanʼat ahli bilan yaqinlashishga, koʻp asrlik adabiyotimiz yoʻlidan borib, davr sheʼriyatini yuqori koʻtarishga astoydil kirishadi. Mohlaroyim va Umarxonning oilasida ikki oʻgʻil tugʻiladi. Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxonlar oʻsib-ulgʻayib boradilar. Umarxonning 1822 yili bevaqt vafotidan keyin yosh Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi. Nodira ham yosh oʻgʻlining yoniga kirib mamlakatni boshqarish ishida faol ishtirok eta boshladi. Nodira davlat va mamlakat ishlarini tadbir va adolat bilan idora qilishda homiylik namunalarini koʻrsatarkan, bu yillarda mamlakatda nisbiy osoyishtalik saqlandi. Qoʻshni oʻlkalar va ularning hukmdorlari bilan savdo-sotiq va boshqa sohalarda kelishuvlar amalga oshirildi. Nodiraning mamlakatdagi qurilishlar sohasidagi olib borgan ishlari, madaniyat va adabiyot borasida koʻrsatgan tashabbuskorliklari shoira devonining debochasida taʼkidlab oʻtilgan. Shoir Nodir Mohlaroyimga bagʻishlab yozgan “Haft gulshan” dostonida uni olimlarga, fozillarga ahamiyat bergani, isteʼdodli shoirlarni ijodga tashviq etgani, ayniqsa, xotin-qizlardan chiqqan shoira va fozilalarni oʻz himoyasiga olgani haqida gapiradi. **** Na gul sayr ayla, na fikri bahor Jahondin kech, hayoli vasli yor et. Muhabbatsiz kishi odam emasdur Gar odamsan muhabbat ixtiyor et. Uzoru qaddu, raftoringni koʻrsat, Chaman sarvu gulini sharmsor et. Labi maxmurdurmen jomi may tut, Karam qil, soqiyo, dafʼi xumor et. Analhaq, mojarosin aylading fosh, Kel, ey, Mansur, istiqboli dor et. Duri ashku aqiqi, xuni dilni, Kelu yoring ayogʻiga nisor et. Kuyib, ey Nodira, olam eligʻa Muhabbat shevasini oshkor et. * * *
Show all...

05:02
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda #bandlik URGANCH TUMANIDA AHOLI DAROMADLARINI YAXSHILASHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR 16.05.2024✅
Show all...
👍 4
MUHIM ISLOHOTLAR IJROSI Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratova Urganch tumanida “Ayollar daftari” ijrosi, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yish orqali yuqori daromad olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Urganch tumani Baqaylar mahallasida qo'zoqorin yetishtirish, issiqxonada poliz ekinlari parvarishi, qulupnaynayni daromad manbaiga aylantirish masalalari o'rganildi.
Show all...
2👍 2🥰 2
Repost from Xorazm.uz
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi 💰Fuqarolarimizga my.gov.uz portali orqali uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratishga doir xizmat yangi maqsadli koʻrsatkichlar asosida qayta ishga tushirilganini maʼlum qilamiz. 🏠 Endi siz Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab uy-joy sotib olishga ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasini olishingiz mumkin. ❓ Subsidiya olish uchun qanday murojaat qilinadi? ⏺my.gov.uz portaliga kiring ⏺“Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmatini tanlang ⏺Arizani toʻldiring 🔵 Yangi uy xarid qilish barchangizga nasib etsin! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Show all...