en
Feedback
IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

Open in Telegram
1 922
Subscribers
-124 hours
+97 days
-1030 days
Posts Archive
Ijtimoiy inspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida umumta’lim maktablaridagi inklyuziv sinflar hola
+6
Ijtimoiy inspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida umumta’lim maktablaridagi inklyuziv sinflar holatlari ko‘zdan kechirildi Mas’ullar tomonidan Andijon shahrida joylashgan 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi Inklyuziv sinf hamda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratilganligi, korreksion va inklyuziv sinf xonalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Jarayonda maktabning kirish qismi, sinf xonalar, yo‘laklar, sanitariya xonalari hamda harakatlanish yo‘nalishlaridagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Kamchiliklar aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. @IHMA_Andijonviloyati

"Andijon nafasi" teleko‘rsatuvi: ijtimoiy soha borasida amalga oshirilayotgan ishlar Bu galgi jonli efir dasturida Inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ish olib boruvchi mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazildi. @IHMA_Andijonviloyati

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish orqali aholining ehtiyojmand qa
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ixtisoslashgan va samarali ishlashni taʼminlovchi shaffof tizimni joriy etishga qaratilgan muhim qaror imzolandi. Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xodimlar uchun toifalash va malaka sertifikatsiyasi tizimi joriy etiladi. Ijtimoiy xodimlar toifasiz, III, II va I toifalarga ajratiladi. @IHMA_Andijonviloyati

Ijtimoiy xodimlar maqolasi: "Nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishnin
Ijtimoiy xodimlar maqolasi: "Nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishning nazariy-metodologik asoslari" Umarova Umidaxon Ibaydullayevna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Andijon viloyati Paxtaobod tumani "inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimi. — @IHMA_Andijonviloyati

Inklyuziv ta’lim — unda har bir bola, sog‘lom yoki nogironligi bo‘lishidan qat’iy nazar davlat muassasasida ta’lim olish huquqiga ega. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarni birgalikda o‘qitish tizimidir. U nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Har bir o‘quvchi teng imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Inklyuziv ta’lim tenglik va adolatni ta’minlaydi. U Bu tizim ijtimoiy integratsiyani rivojlantiradi. @IHMA_Andijonviloyati

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. – Kelasi yildan
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.@IHMA_Andijonviloyati

Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Andijon viloyatidagi "G‘amxo‘rlik" markazida nogironligi bo‘lgan bolalarni urish holati bo‘yicha munosabat. — @IHMA_Andijonviloyati

Menga yering suyuk, osmoning suyuk. Boqsam teng to‘rttala tomoning suyuk, Tovonimga kirgan tikoning suyuk, Kaftdan zirapchang ham olmay sevaman. @IHMA_Andijonviloyati

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "G‘amxo‘rlik" markazida ro‘y bergan holat yuzasidan munosabat Telegram tarmog‘ida Andijon v
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "G‘amxo‘rlik" markazida ro‘y bergan holat yuzasidan munosabat Telegram tarmog‘ida Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "G‘amxo‘rlik" markaziga doir bir qator xabarlar joylandi. Bunda, mazkur markazdagi bolalar kaltaklanayotgani va ularni tinchlantirish uchun qo‘llarini bog‘lab qo‘yish holatlari bildirilgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasining tegishli xodimlari tomonidan tarmog’da joylangan xabar yuzasidan o’rganish ishlarini olib borildi. Videoda aks etgan 7 nafar tarbiyachi xodimga nisbatan belgilgan qonunga muvofiq chora ko’rilib ular bilan mehnat shartnomalari bekor qilinishi belgilandi. Shuningdek, tarbiyachi xodimlarning ish faoliyati yetarilcha nazorat qilmagan mas’ul xodimlarga intizomiy choralar ko’rildi. O’z o’rnida mazkur hududdagi tibbiyot birlashmasining mutaxassis xodimlarini jalb qolgan holda muassasadgi bolalarni tibbiy-ko’rikdan o’tkazildi. Qolaversa, “G’amxo’rlik” markazidagi bolalar uchun mo’ljallangan o’yin maydonlari atrofiga qo’shimcha nazorat kameralari joylashtirildi. — @IHMA_Andijonviloyati

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun "G‘amxo‘rlik" markazida tadbir tashkil etildi Kuni kecha "G‘amxo‘rlik" markazida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan markaz xodimlari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida milliy raqs dasturlari namoyish etildi va muassasaning faxriy xodimlaridan bir guruhi e’tirof etildi. — 🧠IHMA_Andijonviloyati

Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan e’tirof munosabati bilan Sizni Andijonning barcha ijtimoiy sohadagi fidokor xodimlari nomidan chin dildan tabriklaymiz! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! — 🧠IHMA_Andijonviloyati

MY5 | Inson taqdiriga daxldor mehnat Ijtimoiy himoya muhtoj shaxslar kompleks ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimning samarli ish faoliyatig nazar. — 🧠IHMA_Andijonviloyati

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlangan tadbirkorlar uchun 500 milliongacha subsidiya mablag‘i berilishidan xabaringiz bormi? Vazirlar Mahkamasining Farmoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari takomillashtirildi. belgilangan Farmonga ko‘ra, endi xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan nogironligi bor shaxslar bandligini ta’minlansa davlat tomonidan 500 milliongacha subsidiya puli ajratiladi. Bu qay tartibda amalga oshiriladi? Endi tadbirkor o‘z qo‘l ostida ishlayotgan nogironligi bor shaxslar uchun qulay sharoit tashkil qilsa(misol uchun: surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatlari) tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha subsidiya beriladi. Qolaversa, tadbirkor nogironligi bo‘lgan shaxsni kamida 3 oy rasmiy bandligini ta’minlab, eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida maosh to‘lab kelsa nogironligi bo‘lgan ishchisining har biri uchun 3 million 400 ming so‘mdan korxona hisobiga subsidiya mablag‘i to‘lanadi. bu kabi harakatlar nogironlarning huquqlarini ta’minlash, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish hamda moliyaviy holati va mustaqilligini yaxshilash borasidagi muhim harakatlardan hisoblanadi. — 🧠IHMA_Andijonviloyati