en
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Open in Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Show more
1 071
Subscribers
+224 hours
+37 days
+11930 days
Posts Archive
Birinchi marotaba Amerikaliklarga havasim kelayabdi. Sababi ular bugun bo’lajak Quyosh tutilishini o’z ko’zlari bilan ko’rish
+1
Birinchi marotaba Amerikaliklarga havasim kelayabdi. Sababi ular bugun bo’lajak Quyosh tutilishini o’z ko’zlari bilan ko’rishadi. #Amirqo #Sexrlidiyor #Amerika #Solareclipse

O’z ish stolingdan Onaga telefon qilib yo’qlash boshqacha bo’lar ekan. Suhbatdan: Onam yaxshi o’tiribsizmi? Shu nomerni soxra
O’z ish stolingdan Onaga telefon qilib yo’qlash boshqacha bo’lar ekan. Suhbatdan: Onam yaxshi o’tiribsizmi? Shu nomerni soxranit qilib qo’ying, ish stolimniki:)

Repost from misterberd
Endilikda kasalxonalarda ID karta aslini taqdim qilish majburiy hisoblanadi 20-maydan boshlab endi kasalxonalarda sug'urta im
Endilikda kasalxonalarda ID karta aslini taqdim qilish majburiy hisoblanadi 20-maydan boshlab endi kasalxonalarda sug'urta imtiyozlaridan foydalanmoqchi bo'lgan har bir bemor ID kartasi yoki fuqarolik guvohnomasining aslini ko'rsatishi kerak bo'ladi. Sog'liqni Saqlash Tashkilotining ma'lum qilishicha, bu narsa bemorning shaxsini aniqlash, va ID kartalardan noto'gri foydalanishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirdir. Bungacha bu hujjatlar taqdim qilinmasa ham, shunchaki rasmi yoki ID raqamlari ko'rsatilganda ham sog'lik sug'urtasi imtiyozlari qo'llanilar edi. Shuningdek, ID karta va fuqarolik guvohnomalaridan tashqari, passport, haydovchilik guvohnomasi, shaxsni tasdiqlovchi mobil sertifikat, Naver va Kakao kabi shaxsni tekshirish mumkin bo'lgan vositalardan ham foydalanish mumkin.
19 yoshga yetmaganlar va shoshilinch tibbiy yordam zarur bo'lgan bemorlardan esa hujjatni ko'rsatish talab qilinmaydi.
👉@misterberd👈

Nima deb o’ylaysiz KAIST da O’zbekistonliklar ham ta’lim olishadimi? Ha bo’lsa, ularning sonini taxmin qilib ko’ring🎯
Anonymous voting

Aprel 2024 vs Aprel 2022 Oradan 2 yil o’tdi, ammo gullar o’sha o’sha. #KAIST
+1
Aprel 2024 vs Aprel 2022 Oradan 2 yil o’tdi, ammo gullar o’sha o’sha. #KAIST

🆘#TOPIK ☺️6️⃣ Topik imtixoni uchun vaqtingiz ko’p qolmadimi? Unday bo’lsa qisqa vaqt ichida (1 hafta) o’rtacha 1 oylik Topik
+9
🆘#TOPIK ☺️6️⃣ Topik imtixoni uchun vaqtingiz ko’p qolmadimi? Unday bo’lsa qisqa vaqt ichida (1 hafta) o’rtacha 1 oylik Topik yechish texnikasini o’rganib oling. 🎯 Keling qanday qo’llanma va kitoblar orqali Topik yechish usullarini ko’rib chiqamiz.
Kitoblarni COUPANG saytida 1 kunda olsangiz bo’ladi!
📈1. 합격 레시피: 3-6 daraja ga ajratib usullarni o’rgatadi. Siz esa ko’rsatilgandek bajarsangiz bas. Barcha tehnikani o’rganib, 2-kitob bo’lmish, 실전모의고사 ni bajarsangiz kifoya. 📈2. HOT TOPIK: Bu kitoblar azaldan juda mashxur. 읽기, 듣기, 쓰기, o’qish, eshitish va yozish uchun alohida kitob shaklda ishlab chiqilgan. Siz bo’lsa ketma ketlikda bajarsangiz bas. 📈3. Hanijemi You Tube kanali: Har bir kitobni o’qish paytida ushbu ustoz kanali bilan birgalikda o’qib borsangiz o’zlashtirishingiz oson va qiziqarliroq bo’ladi.. (chunki faqat kitobdan o’qish zeriktirib qo’yishi mumkin). 듣기, 읽기 va 쓰기 hammasi bor. 📈4. Oxirgi 2 kunda Topik eski savollari bo’licha shug’ullansangiz eng kerakli bo’lgan texnikalarni o’rganib olgan bo’lasiz. 📈6. Pomidor texnikasi: Qisqa vaqt ichida hech qayerga chalg’imay bor imkoniyatdan foydalanish imkonini berasi.
Appstore va Playmarketdan oson topasiz!
1 ta pomidor usuli = 25 daqiqa o’qib 5 daqiqa dam olish. Huddi shundan 4 marotaba qaytarib keyin 15-30 daqiqa tanaffus qilsangiz bo’ladi. ⭐️14-aprel kuni imtixon topshiradiganlar uchun qo’llanma: 1) 8-9 Aprel, Eshitish 듣기 (har kuni 2 ta pomidor texnikasi bilan) 2) 10-11 Aprel O’qish 읽기 (har kuni 2 ta pomidor texnikasi bilan) 3) 12-13 Aprel Yozish va qaytarish 쓰기, 실전모의고사 (har kuni 3 ta pomidor texnikasi bilan) Omad!🥳 Do’stlaringiz bilan ulashishni yoddan chiqarmang, yuqori natija olishsa sizni eslab yurishadi😂 @Elyorbilan

Bugun Bangladeshlik birodarim Rafi oila qurayotgan ekan, Seulda bo’lgani uchun elektron taklifnoma yuborgan. 2 yil oldin Seul
+3
Bugun Bangladeshlik birodarim Rafi oila qurayotgan ekan, Seulda bo’lgani uchun elektron taklifnoma yuborgan. 2 yil oldin Seuldagi Itewon masjidida oila qurish niyatida yurganini aytgan edi, bugun ushbu niyatiga yetishayabdi ekan. Bora olmasligim sabab Zoom platformasi orqali online qatnashadigan bo’ldim.

Pomidor 🍅 usuli (texnikasi) ni biladiganlar bormi?
Anonymous voting

Ulkan asfus-nadomatdan ko’ra, ozgina xushyorlik afzal.
Vaviloncha hamkorlik

+5
Bugun men deyarli bir yil davomida dars bergan o’quvchilarim bilan xayrlashdim. Ular boshqa shaharga ko’chib ketishayabdi. Shu kungacha men ham juda ko’p ma’lumotlarni o’rgandim o’quvchilarimdan. Oxirgi kuni qizlarning onasi kechki ovqatga taklif qildi, yo’q deya olmadim. Sushi va shunga o’xshash Yaponiya taomlaridan ta’tib ko’rdim. (Oldin ham yegandimku lekin bunisi mazaliroq ekan). Men ham darsga kelayotib o’zim yoqtirgan tortdan olib bordim. Odatda kim bilandir hayrlashsam, shirinlik berishga harakat qilaman. Oxirgi lahzalar quvonchli bo’lishini xohlasam kerak balki. Mushuklar ham oxirgi dars ekanligini sezga shekil, yonimdan ketishmadi.

Bu yil Bahorda Sumalak ta’tib ko’rish nasb qilmagan ko’rinadi. Kichik piyolada bo’lsa ham yo’q demas edim:)

Hozirda Koreya hayotini his qilish uchun Koreyaga kelish shart emas. Sababi bloggerlar shu qadar ko’pki, avtobus metrodan tortib, samushil va tekpelargacha oqizmay tomizmay aytib ko’rsatib berishayabdi. Avtobus bekatlaridagi isiydigan o’rindiqlar, egasi yo’q marketlar shuningdek hech kim o’g’irlik qilmaydigan mukkamal hayotni ko’rsatishayabdi chamamda. Buni ko’rgan “eshmat” Koreyaga borib olsam bo’ldi, egasi yo’q do’konga kirib hammasini o’g’irlab ketaman deb haqiqatda va’dasi ustidan chiqayabdi ham. Ba’zi birlar mashinalar suv tekinligini aytib hayratga solsa, o’sha “Eshmat” Koreyaga kelib olib, haydovchilik guvohnomasiz, mashina sug’urtasiz avtoxalokatlardan boshi chiqmay yuribdi. Ba’zi birlar Koreyaga kelsangiz kuniga 100$ topasiz deb blog yuritganini ko’rgan “Eshmat”, haqiqatga pul topishga kirishib Nelegal bo’lib ketganini sezmay qolayabdi. Nelegal bo’lib qolib, hech qanday hujjatlarsiz mashina haydab, avtohalokatga uchrasa “qonuniy yurgan do’sti” ID sidan foydalanishdan tab tortmiyabdi ham. Sog’liq uchun majburiy sug’urtani bir necha oylab to’lamay yurib, so’ng shifoxonaga ishi tushsa, butun boshli xalqdan ehson so’rayabdi. O’zbek qizlaridan ko’ra Koreys qizlarini maqtab, ularning ketida “laycha itdek” yurgan Kostyum shimdagi bloggerlar og’rib qolganda Koreys qizlari emas, o’sha O’zbek xalqi ehson yeg’ib berayabdi. Yana kimdur hayp qilaman deb metroda qonun buzarlik qilib maynavozchilik qilsa, yana kimdur rentcar bergan mashinani huddi o’zi uchun sovg’a qilingandek odamlarni aldab yuribdi. Yana kimdur “vaqtinchali” nikohdan o’tib, ayshi ishratdan so’ng qizni tashlab onajonisi aytgan qizga uylanayabdi. Koreyadigi qizni esa “foxisha, yoxud yomon otliqqa” chiqarayabdi. Ba’zilar do’stlarini ishga olib chiqib, brokkerlik qilayotganini aytmay, oylar davomida ustidan pul ishlab yotibdi. Lekin har bir gapida taqvodorligini eslatib turishdan charchamayabdi. Yakuniy gapim shuki, o’qigani keldingizmi pul ortidan quvmay o’qing. Ishlagani keldingizmi, qonunbuzarlik qilmay, mo’ljallagan summani yeg’ib biznes boshlang tadbirkorlik qiling. *Kuzatuvchilar vaqtini isrof qilayotgan bloggerlarga tegishli: Ertaga barchasi yakunlanganda odamlarning ketkazgan vaqti uchun ham, yolg’on ma’lumotlar uchun ham so’roq qilinishni unutmang. @Elyorbilan

Hayrli kech azizlar! Eid-ul Fitr kelayotgan 10, yoki 11-Aprel etib belgilanishi kutilayabdi. Aniq sanani Koreya Musulmonlar F
+1
Hayrli kech azizlar! Eid-ul Fitr kelayotgan 10, yoki 11-Aprel etib belgilanishi kutilayabdi. Aniq sanani Koreya Musulmonlar Federatsiyasi 9-Aprel kuni kechki 9 dan so’ng saytga e’lon qilib joylaydi. Eid-ul Fitr namozi oldidan qilib tayyor bo’lishingizni tavsiya qilib ushbu rasmni qoldiraman! Ramazon oyining qolgan kunlarini ham barokatda o’tqizing!

04.04.2024 Bugungi sana.

Uzbek Nur yozayabdilar…
Uzbek Nur yozayabdilar…

Daejeon markaziy masjidda bo’lgan iftorimiz yakunlandi. 500 ga yaqin inson kelibdi.

Talabalar uchun foydali hisoblangan saytlar to’plami! CNU tomonidan taqdim etilgan. Talabalarga tashlab qo’ying, foyda olib s
+5
Talabalar uchun foydali hisoblangan saytlar to’plami! CNU tomonidan taqdim etilgan. Talabalarga tashlab qo’ying, foyda olib sizni eslab yurishadi😃 @Elyorbilan

#kichiktajribamdan Tog’ri va o’rinli tanqid qiladiganlar maddohlikni eplay olishmas ekan. (Chunki maddohlikni hayotda ep ko’rishmaydi o’zlariga) O’rinli tanqidni qabul qila olmaydiganlarni ko’ziga parda tortilibdi. Ular maqtov va maddohlar bilan o’ralgan qobiqni afzal bilishadi. “Heundeni” qumini sepsangda basharasiga qarab😃

Repost from WAYU Korea
#foydali 31-mart, soat 11:00 KST / online 1-spiker: Abdul Latif - "Towards the World" assistant, PKNU , TOPIK 6 / KIIP 5 / TO
#foydali 31-mart, soat 11:00 KST / online 1-spiker: Abdul Latif - "Towards the World" assistant, PKNU , TOPIK 6 / KIIP 5 / TOEIC 700 1. Koreyada yashash davomidagi kerak bo'ladigan elementar ammo muhim ma'lumotlar, 2. Universitetdan keyingi ishlash va yashash vizalari, 3. Koreya qonunlariga oid tushunchalar, 4. Immigratsiya masalalari, 5. Turli xil "activity"lar 2-spiker: Elyor Nurdinov - Ish joyim: CAVAC Choong Ang Vaccine Lab | TOPIK 5 / KIIP 5 1. Koreyada bakalavrda o’qish va univer hayotidagi muhim jihatlari, 2. Internship, Networkingning Karyeradagi ahamiyati, 3. Ijtimoiy hayotda, qonunga rioya qilish muhimligi, 4. Aldovlar va mashsheniklarni ajratish yo'llari, 5. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash, ularni na’zorat qilish, 6. Koreyada ehtiyot bo’lishingiz kerak bo’lgan odamlar sirasi, 7. Soliq, jarima va sug’urtani vaqtida to’lash 8. Emaildan foydalanish, savol berish va muomala madaniyati, 9. Koreyada yashash davomida foydali hisoblangan ilovalar va bloglar

Kamina, oz bo’lsada bilgan ko’nikmalarimni ulashaman!