en
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Open in Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Show more
1 071
Subscribers
+224 hours
+37 days
+11930 days
Posts Archive
Ertalabdan kayfiyat ko’tarildi. Video ni effektiv tomoni shundan iboratki, Men hamma bilan offline yoki online uchrashib ushb
Ertalabdan kayfiyat ko’tarildi. Video ni effektiv tomoni shundan iboratki, Men hamma bilan offline yoki online uchrashib ushbu ilova haqida gapirib berishim shart emas. 1 kunimdan vaqt ajratib, You Tube tarmog’ida video shaklda yuklasam hamma istagan vaqt ko’rib o’rgana oladi. Qaytarib ko’rishni ham imkoni bo’ladi, qunt bo’lda bas!

Koreyada Talabalar uchun eng kerakli bo’lgan dastur Everytime haqida You Tube ▶️ kanalimda video tayyorladim. Asosan kollej va bakalavr talabalari uchun ishlab chiqarilgan ilovani O’zbek tilida yoritib berganman. Hozirgacha hech kim ushbu ilova haqida kontent qilmagan ekan😁 Vaqtingiz bo’lda kirib ko’ring, shuningdek boshqalar bilan ham ulashing (albatta ma’qul topsangiz)✅ Link https://youtu.be/dGoY6WuiYcg?si=sWtr0pxj2aG5myWr @Elyorbilan

Har yilning 5 may kuni Koreyada “Bolalar kuni” nishonlanadi. Ishxonaga birinchi kelgan kezlarim, ko’p xodimlar bir birini far
+7
Har yilning 5 may kuni Koreyada “Bolalar kuni” nishonlanadi. Ishxonaga birinchi kelgan kezlarim, ko’p xodimlar bir birini farzandlari haqida ma’lumotga ega ekanligi - biroz hayron qoldirgan edi. Bir xodimdan farzandi Universitetga kirish uchun “수능시험“ Davlat imtixonini qanday topshirganini so’rayotgan hamkasblar, yangi tug’ilgan farzandlar, qolaversa futbol klubiga o’tishga tayyorgarlik ko’rayotgan farzandlari haqida qiziqb so’rashini ko’rib ajablangandim. Bir necha oydan so’ng tushunib yetdimki, nafaqat xodimlar uchun, balki ularning farzandlari uchun ham tadbirlar uyushtirilib turilar ekan. Bizni Chairman bolajon odam, shu sabab har faslda bolalar uchun oromgoxga yo’llanma, chang’i uchish, sport va shu kabilarni tashkillab kelar ekan. Bolalar esa, ota-onasi qayerda ishlayotgani haqida tasavvurga ega bo’ladi “bahonada”! Yaxshi udum. Bugungi tadbir uchun tashkil qilingan o’yin va sovg’alarni rasmda ko’rishingiz mumkin. @Elyorbilan

Biz ota-onasiga quloq solgan oxirgi avlod, Farzandlarini eshitayotgan birinchi avlodmiz Ps: Avtorni bilmayman

Afsus, yutadigan o’yin ko’rsatgan edik. Ammo har doimgidek penaltidan ura olmaslik bo’yicha juda yaxshi dars o’tdik. VAR katta umid bergan edi. Olimpiyada Parisda ko’rishguncha🫡

Gitara chalishni biladigan qizlar “yomonam” yoqadide❤️

Bu haqida yozmoqchi edimkuya, chiroyli qilib tushuntiribdilar. Hamma Koreys tanishlar: sizlar yutsangiz biz yutkandek bo’lamiz😁

Yangiliklar saytida bugungi Oʻzbekiston Yaponya oʻyinidan oldin yozilgan izohlarni oʻqiyapman. Izohdagi 90% ga yaqin koreysla
+3
Yangiliklar saytida bugungi Oʻzbekiston Yaponya oʻyinidan oldin yozilgan izohlarni oʻqiyapman. Izohdagi 90% ga yaqin koreyslar Oʻzbekiston gʻalaba qilishini istashmoqda. Buning eng katta sababi futbol ham emas. Asl sababi hali yoshi katta avlod qora tarixini, Yaponlarning koreys xalqiga qilgan qirgʻinini unutmagan. Shu sabab Yaponlarni hozirgacha xushlamaydi. Qoldirgan izohlardan birining qisqacha tarjimasi shunday:
Oʻzbeksiton gʻalaba qozonishi uchun muxlislik qilamiz. Yaponlar gʻalabasini oʻlsam ham koʻra olmayman. Soʻzlarim isboti uchun oʻzbek futbolchilari koʻproq gol uramiz !!!“
Xudo xohlasa bugun chempion boʻlamiz 💪. Postdagi oxirgi rasm esa futbolga aloqasi yoʻq. Shunchaki qora tariximizni eslatish uchun qoʻyildi holos. Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

Bir tanishim majburlab 소개팅ga olib chiqdi:) 떡볶이 yedik, bo’ldi😀 소개팅-uchrashuv degani “yelichoga”
Bir tanishim majburlab 소개팅ga olib chiqdi:) 떡볶이 yedik, bo’ldi😀 소개팅-uchrashuv degani “yelichoga”

#bildiruv Ko’pchilik tanishlar post yoki izoh yozishganda kamchilik bo’lishi mumkin. Men esa ko’pincha “lichka” lariga yozib, mana shu yeri tahrirga muhtoj deb, bildirib o’taman. (Agar shuni lozim deb topa olsam) Ammo aksar insonlar, ularni izohlar bo’limida tanqid, izza qilishga shoshilishadi. Kamdan-kam holatlarda izohlar bo’limida tanqid qilib yozaman. Agar yozsam, demak men u kishi bilan aloqa qilishni xohlamasligimni bildiradi. Ya’ni u kishi men uchun umuman qadri yo’q. O’zi umuman izza, tanqid qilishga shoshilmaganimiz eng tog’ri yechim. Bilmaymizku muallif qay darajada mulohaza qilib yozganini?..

Costco 🛒 ga borsangiz shu, pulni xisob kitobini qilishingiz qiyin. Oilaviy yashasangiz albatta borib ko’ring. Optom va sifat
Costco 🛒 ga borsangiz shu, pulni xisob kitobini qilishingiz qiyin. Oilaviy yashasangiz albatta borib ko’ring. Optom va sifatli mahsulotlarni olasiz.

#Job #Internship #Hyundai #Korea 📣Hyundai Motor Company seshanba kuni (kuni kecha) Koreyadagi xalqaro talabalarga moʻljallangan yozgi amaliyot dasturi orqali global isteʼdodlarni rivojlantirish niyatini eʼlon qildi, bu esa kompaniyaning madaniy inklyuzivligi va jahon bozoridagi ishtirokini yanada oshiradi. Bu Hyundai Motor kompaniyasi Koreyada tahsil olayotgan xorijlik talabalarni “stajyor” sifatida birinchi marta ochiq ishga qabul qilmoqda. Dunyoning uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Hyundai Motor Group kompaniyasining yetakchi bo'linmasi o'z ishchi kuchiga turli xalqaro istiqbollarni integratsiya qilishga intiladi va o'zini global avtomobil sanoatida yetakchi o'ringa qo'yadi. "Biz turli xil tajribalarni butun dunyo bo'ylab ko'proq iste'dodlarga intilishimizni kuchaytiradigan sinergiyaga birlashtirishga intilamiz", dedi kompaniya vakili. Chorshanba kunidan boshlab kompaniya Koreya universitetlarida tahsil olayotgan, millati va ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, bakalavriat yoki magistratura bosqichining uchinchi yoki to‘rtinchi kursida tahsil olayotgan xalqaro talabalardan ikki hafta muddatga hujjatlarni qabul qiladi. Iyul oyida boshlanishi rejalashtirilgan to'rt haftalik amaliyot dasturi ishtirokchilarga tadqiqot va ishlanmalar, muhandislik, boshqaruvni qo'llab-quvvatlash va ishlab chiqarish kabi turli sohalarda turli amaliy tajribalarni taklif etadi. Qo'shimcha ma'lumotni Hyundai Motor rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin. Bundan tashqari, Hyundai Motor kompaniya uchun asosiy strategik bozor bo‘lgan ASEAN mamlakatlari talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 2021-yilda boshlangan ushbu maqsadli tashabbus Indoneziya, Filippin, Tailand, Vetnam va boshqa mamlakatlardagi universitetlardan muvaffaqiyatli abituriyentlarning Koreyaga kirishini osonlashtiradi. Stajyorlar o'z millatiga tegishli bo'lgan biznes faoliyati bilan shug'ullanadilar va ajoyib iste'dodlar Hyundai mahalliy operatsiyalaridan ish takliflarini olishlari mumkin. Joriy yilda ishga tushirilgan korxonada PhD nomzodlari, fan va muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun maxsus stajirovka o‘tashlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Arizalar 12-maygacha ochiq va tanlangan nomzodlar Hyundai kompaniyasining to‘liq vaqtli xodimlari bilan ikki oy davomida iyul oyida boshlanadigan tadqiqot va ishlanma loyihalarida yaqindan hamkorlik qiladilar. Hyundai Motor o'zining globallashuv strategiyasining bir qismi sifatida o'zining xalqaro miqyosda ishga yollash faoliyatini kengaytirdi, jumladan, o'tgan yilning sentyabr oyida Seongsu, sharqiy Seuldagi ishga qabul qilish yarmarkasi va shu yilning mart oyida xalqaro talabalarga mo'ljallangan Metaverse global ishga olish yarmarkasi ka’bilardir. Shu bilan birga, xalqaro stajyorlarning korporativ madaniyatga integratsiyalashuviga ko'maklashish uchun kompaniya murabbiylik tashabbuslaridan Hyundai Motor brendi saytlariga tashriflargacha bo'lgan keng qamrovli yordam dasturini ishlab chiqdi. Manba: https://m.koreaherald.com/view.php?ud=20240430050626 Tg: https://t.me/Elyorbilan

photo content

5 kun qoldi

Menga ko’pincha video va rasmlardan ko’ra unga yozilgan izohlar qiziq bo’ladi. Butun boshli qiziqchilar kuldira olmaydi ba’zida shu izohchalik. Kayfiyat zo’r bo’lmagan payt, “soxranit” qilib qo’ygan video kommentlariga boqaman. Ana tomoshayu mana tomosha 😁 Hozir ham bir video izohlarini o’qib, kayfiyat ko’tarilgandan yozgim keldi. Videoni esa ulasholmayman:( nimagaligini tushundingiz-a 😂

Ko’cha tili bilan aytgancha maslahatni “jinnisi”
Ko’cha tili bilan aytgancha maslahatni “jinnisi”

Qizil kartochka bizga gol olib keldi. Uhlamasdan ko’rayotganimga hech achinmayabman!

Bu VAR ancha yoqib tushdiyu:) Shu ishi uchun jamoa sardori qizil oldi😌
Bu VAR ancha yoqib tushdiyu:) Shu ishi uchun jamoa sardori qizil oldi😌

Gol hisoblanmadi. Ofsayd ekan. Birinchi bor VAR borligiga shukr qildim😁😅
+1
Gol hisoblanmadi. Ofsayd ekan. Birinchi bor VAR borligiga shukr qildim😁😅

Chorshanba dam ekanku, aytmatsizlar ham:) Qayergadur borsammikan havo almashtirgani👽