en
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Open in Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Show more
1 068
Subscribers
-124 hours
+27 days
+11630 days
Posts Archive
Hozirgina Instagramda bir istoriyaga ko’zim tushdi. Bundan bir necha yil avval, Koreyada yolg’iz ona qizini saraton kasalidan davolash uchun ehson so’rab murojat qilgan edi. Men adminlik qiladigan guruhlarda iloji boricha ovoza qildik. Buni qarangki o’sha shirin kichik singlimiz qorda mazza qilib o’ynab yuribdi. Bilmadim, ammo qandaydur yuzimga kulgu yugurdi. Insonni sog’ va salomat ko’rishni o’zi - asli baht. Rasmni qo’yib o’tirmadim, ko’z tegmasin ❄️. @Elyorbilan

Bazi insanlar, bazi insanlara hediyedir

Assalomu alaykum, akalar! #연말정산 bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot – foydasi tegib qolishi mumkin^^ 1. Farzandingiz bog‘chaga borsa, soliq qaytarib olishingiz mumkin. To'lov qilgan pulizni 20% qaytarib olsa bo'ladi. Farzandingiz bolalar bog‘chasiga borsa, to‘lovlar uchun soliq chegirmasini olishingiz mumkin. 어린이집 yoki 유치원 dan 보육료 납입증명서 (bolalar bog‘chasi to‘lovi haqida hujjat) olib, uni ishxonangizdagi 경영지원팀 ga topshiring. 2. HomeTax orqali oila a’zolarini qo‘shing va tibbiy xarajatlarni ham qaytarib oling. Chet ellik alohida online 신청 qilishi kerak ekan. To'lov qilgan pulizni 15% qaytarib olsa bo'ladi. 국세청 홈택스 (HomeTax) ga kirib, 연말정산 간소화 bo‘limida 부양가족 (boquvga muhtoj oila a’zolari) ga ayolingiz va farzandingizni qo‘shing. Agar ayolingizning bir oylik daromadi 1 million von dan oshmasa, oilangiz uchun kasalxonada ishlatilgan tibbiy xarajatlarni soliqdan qaytarib olish mumkin. 3. 현금영수증 (Naqd pul uchun soliq chegirmasi) To'lov qilgan pulizni 30% qaytarib olsa bo'ladi. ps. Bu yildan ko'proq e'tibor berman )) Naqd pul bilan to‘lov qilganingizda soliq chegirmasi olish uchun “현금영수증” ni talab qilish kerak! Kassada quyidagilardan birini aytsangiz, sizga soliq chegirmasi beriladi: "현금영수증 발급해주세요. 소득공제용으로 등록해주세요." (Naqd pul chekini berib, daromad solig‘i chegirmasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazing.) "휴대폰 번호로 현금영수증 소득공제 등록해주세요." (Telefon raqamim orqali naqd pul chekini daromad solig‘i chegirmasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazing.) Shularni bilib qo‘ysak, yil oxiri soliqqa oid hisob-kitoblarda ko‘proq chegirma olish imkoniyatlar bo‘ladi ))

#Tavsiya@Elyorbilan Kichik tajribadan kelib chiqib, boshqalarda ham ushbu holat bo’lishi mumkin deb taxmin qilaman. Kecha bor
+1
#Tavsiya@Elyorbilan Kichik tajribadan kelib chiqib, boshqalarda ham ushbu holat bo’lishi mumkin deb taxmin qilaman. Kecha bor yo’gi 2 yarim soat uhlay oldim. Shu sabab charchoq va ko’zda biroz bosim sezayabman. Boshqa talaba do’stlarimizda ham bu holat ko’p takrorlanib turadi. Charchoqni biroz bosish uchun yechimlar: 1️⃣ Rasmda Chat GPT tavsiya qilgan choy ichish (rasmga qarang) 2️⃣ Men odatda ko’z massaji uchun foydalanadigan uskuna. (10 daqiqa foydalansangiz ancha yengil his qilasiz, rasmga qarang) Uskuna bo’lmasa qo’lda qilsangiz ham bo’ladi. (Internetdan izlang) 3️⃣ Tushlik vaqtida 30 daqiqa mizg’ib olish Foydali bo’ladi degan umiddaman. Kuningiz hayrli o’tsin, @Elyorbilan

Bugun otash qassobdan yana qo’ng’iroq qilishdi. Qisqacha ma’zmuni: Aka, bizdan mahsulot buyurtma qilmay qo’yganingizga ancha bo’libdi. Shunga tinchlikmi deb hol ahvol so’rab qo’ng’iroq qilayabmiz. Bizdan kamchilik o’tdimi aka?.. Men: Xuddi o’zimni xiyonat qilgandek xis qilib yubordim. Otash qassobga shunday holatga solgani uchun rahmat. Anchadan beri, aybdorlik hissini tuymagan edim. Endi bo’lsa, tezda ilovaga kirib 200-300 minglik bozor qilib yuborgim kelayabdi:) @Elyorbilan

Koreyadagi birinchi ishim haqida. 2017-yillar. Koreyada yangi kelgan kezlarim, “stolba” da yozilgan e’longa ko’zim tushgan ed
Koreyadagi birinchi ishim haqida. 2017-yillar. Koreyada yangi kelgan kezlarim, “stolba” da yozilgan e’longa ko’zim tushgan edi. Oshxonaga ishchi kerak degan.. Tavakkal qilib qo’ng’iroq qilib borganman. U yerda mendan tashqari Saida opa ham ishlar ekan. Ular menga ish o’rgatgan. Shunday qilib 1 yilga yaqin, shu yerda ishladim. Rasmdagi kishilar o’sha 7yil avval ham birga ishlagan hola va amakilar. Ko’pi Xitoylik Koreys bo’lib, Rossiyada ham uzoq ishlab kelishgan. Shu sabab, men ular bilan tez chiqishib, Koreyaga moslashishim oson kechgan. Mana oradan yillar o’tdi, bugun vaqt topib yo’qlab keldim. Chap tarafdan o’rtadagi onaxon eri bilan menga farzand bo’l deb hunob qilib yuborgani kechagidek yodimda. Hammasi juda mehribon va mard kishi bo’lganiga ko’proq kelib turishga vada berib keldim. Esdalik uchun, semichka, Ruskiy shokolad va sharbatlardan olib bordim. Nega pul ishlatasan deb tergab ham qo’yishdi:) O’z bolasidek munosabatda bo’lgani uchun ham ketayotganimda “mayda chuydalar” bilan kuzatib yuborishdi. Odamni hijolat qilib.. @Elyorbilan

Abdumalik Nabiyev bepulga GKS granti haqida ma’lumot video chiqaribdilar. Aslida hech qanday manfaatni ko’zlamay, foydali video qiladiganlar alohida e’tirofga loyiq deb bilaman. Sababi, shu vaqtni o’ziga sarf qilsa ham bo’lardi, ammo boshqa O’zbekzabonlarga ham foydasi tegishi uchun ham harakat qilishadi. Biz esa, ko’proq tarqatib, qo’llab quvvatlash imkoniga egamiz. Shaxsan tanigan inson sifatida faqat “molodes” deb qolaman. Tuningiz hayrli o’tsin. @Elyorbilan

Repost from Abdumalik Nabiev
Nihoyat GKS-G haqida video chiqdi!) Savollaringiz bo'lsa commentariyada qoldiring, inshaa alloh javob berishga harakat qilama
Nihoyat GKS-G haqida video chiqdi!) Savollaringiz bo'lsa commentariyada qoldiring, inshaa alloh javob berishga harakat qilaman!😇 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://youtu.be/s81ULutyoK8?si=TCj2piD02r_rMOBq

Bir insonga ta’tigulik na’sixatni sizlarga ham ulashgim keldi. Achchiq bo’lsa ham, tan olish kerak bo’lgan jumlalar axir.. Kimlardur erta, yana kimlardur esa kech tushunib yetadi. Ammo vaqt hech kimni ayab o’tirmaydi.

Solnal bayrami “설날“ Koreyada bugundan boshlab deyarli 9 kun dam. (Agar 31 kuni dam olish kunini ishlatsangiz). Koreyslar ota-onasini ko’rgani boradi. Chet elliklar esa, chet elga aylangani yoki Koreya bo’ylab do’stlari bilan ko’rishadi. Yoki menga o’xshab shaxsiy ishlari bilan kun o’tkazadi. Aslida Koreyada bo’lsangiz, 설날 (Solnal) va 추석 (Chuseok) bayramlari kunlari avvaldan reja qilsangiz vaqtdan yutasiz. Ammo aviachiptalar deyarli 2 barobar qimmat bo’ladi. Sizchi siz? Dam olish kunlarini qanday o’tkazmoqchisiz?

Odamlar nimalarni o’ylab topishmaydiya. Inson fitrati buzilmasin, aks holda shu kabi “g’aroyibod” larga duch kelaveramiz.

#new '산재' sugʻurtasidan pul undirish uchun oʻziga oʻzi jarohat yetkazgan 13 nafar chetellik qoʻlga olindi. Ularga bunday qili
#new '산재' sugʻurtasidan pul undirish uchun oʻziga oʻzi jarohat yetkazgan 13 nafar chetellik qoʻlga olindi. Ularga bunday qilishni oʻrgatib turgan broker ham qoʻlga olingan. Broker sohta tadbirkorlik ochib, sohta ish shartnomasini tuzgan va chetellik 'mijoz'lariga, qoʻlini kesish kabi tan jarohat yetkazishni buyurgan. Soʻng G-1 vizasini olishda yordam berib, sugʻurta kompaniyasidan 10~30 million wongacha pul undirishda yordam bergan. Xizmat haqi evaziga har biridan 8~10 million haq olgan.

Bahodir akaning You Tube ▶️ linkini so’ragan insonlar uchun: https://youtube.com/@mullajonov?si=z45GWLRw_FDk9YLl
Bahodir akaning You Tube ▶️ linkini so’ragan insonlar uchun: https://youtube.com/@mullajonov?si=z45GWLRw_FDk9YLl

E’tibor haqida Deyarli 2 haftadan beri ish stolimda bo’lmadim. Bangladeshga safar va Taylandlik delegatsiya bilan shahar kezi
+2
E’tibor haqida Deyarli 2 haftadan beri ish stolimda bo’lmadim. Bangladeshga safar va Taylandlik delegatsiya bilan shahar kezish kabi qo’shimcha ishlar paydo bo’ldi. Bugun, 20-Yanvar kelib qarasam kimdur ish stolimga ushbu ma’lumotnomani tashlab ketibdi. Rasmiy, turizm tashkiloti tomonidan yangilangan ma’lumot ekan. Men yana 4-5 ta qo’shimcha halol restoran va kafelarni bilar ekanman. Kim tashlab ketganini bilmaymankuya ammo, e’tibor insonni kayfiyatini ko’tarishiga sabab bo’lib haftani energiyaga boy boshlashimga turtki bo’ldi. Sizlarga ham ilindim, Daejeon shahrimizga tashrif buyursangiz foydalanarsiz. Qo’shimcha halol restoranlar: 1. 마이램 9 도령점 (Qo’y go’shti halol) 2. 궁동 터키 케밥 3. Medina - 동구 대동 400-1 번지 Esimga kelganlarini yozib qoldirdim. Kuningiz hayrli o’tsin, @Elyorbilan

2023 yilda Turkiyadan delegatsiya kelgan payti Samsung yoki Iphone sovg’a qilishimiz mumkinligini bildirgan edik. (Kompaniya hisobidan). Ammo ular rad etishgan edi. Keyin, men nima sababdan olmadingiz? deganimda ular: Turkiyada telefonga solinadigan boj solig’i juda qimmat. Deyarli huddi o’sha telefon summasi 2 barobarga aylanar edi degandi. Men bo’lsam, bu kabi qonunni qaysi “aqilli” chiqargan ekan deb hayron qolgan edim. Yaqin kunlarda amin bo’layabmanki, bu kabi aqillilar o’zimizda ham bor ekan. Havo uchun soliq solinishi qoldi xolos:) @Elyorbilan

🇹🇭 Mehmonlar! Bugun tongda Thailand dan Delegatsiya kelgan edi. Men mas’ul bo’lmagan Davlat bo’lsa ham, birga ishlaydigan x
+1
🇹🇭 Mehmonlar! Bugun tongda Thailand dan Delegatsiya kelgan edi. Men mas’ul bo’lmagan Davlat bo’lsa ham, birga ishlaydigan xodimani ishi oson bo’lsin deb maksimal “support” qildim. Men endi ishga kirgan kezlarim, huddi bog’cha bolasiga o’rgatgandek ish o’rgatgani uchun doimo bir nima qilib bergim keladi. Atrofdagi chiqishuvchan insonlar sabab, ishda ko’proq qolgisi keladi insonni. Kechki ovqatdan so’ng, Koreyslar odatdagidek mast holatda uyga ketish taraddudida edi. Men bo’lsam, yo’l yo’lakay Jessie ni olib borib qo’yaman deb aytgandim. Nafaqat Jessie, CEO va yana bir xodimni uyiga tashlab qo’ydim. Ko’pchilik bilan ishlashni albatta plus va minus jihatlari bo’ladi. Muhimi chiqishuvchanlik. (Moslashuvchanlik emas) @Elyorbilan

#news Prezident Yun hibsga olindi. Koreya tarixida ilk bor amaldagi prezident hibsga olindi.
#news Prezident Yun hibsga olindi. Koreya tarixida ilk bor amaldagi prezident hibsga olindi.

Hop.
Hop.

You Tube da 곽튜비ni Tojikistonga bo’lgan safarini kuzata turib, qiziq voqeaga ko’zim tushdi. Sizlarga ham ulashib qo’yay dedim. 곽튜비: Bu suvni ichsa bo’ladimi? Tojik brat: Ha 곽튜비: Suvni ichib, maqtab qo’ydi. Tojik brat: Suv ichmay qo’lni yuvib, yopib qo’ydi. 곽튜비: Mm, aka nimaga suv ichmayabdilar?!.. deb biroz o’ylanib qoldi 🤔 곽튜비 sabab, Markaziy Osiyoga tashrif buyuruvchi Koreys turistlar ancha ko’paydi. Samimiy videoni ko’pchilik qadrlaydiyamda:) @Elyorbilan

Elga yor (Elyor) - Statistics & analytics of Telegram channel @elyorbilan