cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

AndMI Yoshlar Ovozi | AndMI Youth Voice

Ush bu kanalda Andijon mashinasozlik instituti talabalarining hayoti, ma'naviy -ma'rifiy, ilmiy yangiliklar yoritib boriladi. Murojaat uchun 👉@shnomonjonov 👉 @GULNOZ_0117

Show more
Advertising posts
1 035
Subscribers
-224 hours
+1277 days
+8830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

✅️#Рост_ҳикматлар Ҳар сабрнинг охири зафар, ҳар аччиқнинг кетидан шакар. ✍️ Жалолиддин Румий 🌸Кунингиз хайрли ўтсин!
Show all...
OGOHLANTIRISH!!! Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy Kengashining qaroriga asosan barcha Yakuniy nazorat imtihonlariga jumladan 2024-yil 6-maydan boshlab 2 - 3 - bosqich talabalari uchun bo'lib o'tadigan imtihonlarni ochiq va shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan jamoatchilik nazorati biriktirilgan va doimiy tarzda kuzatuv kameralari orqali o'rganilgan holda o'tkazilishi haqida OGOHLANTIRAMIZ. Hurmatli talabalar! O'z bilim va ko'nikmalaringizni imtihon jarayonlarida shaffof aks ettirish kerakligini yana bir bor eslatib o'tamiz. Yangiliklarni Institut veb-sayti va bo'limning rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!!! 👉https://web.andmiedu.uz✅ 👉https://t.me/andmi_antikorr✅
Show all...
#Хайрли_тонг 🌱Aссалому алайкум! Ҳафтанинг Душанба тонги муборак бўлсин, қадрдонларим😊 Кириб келган янги кун, янги ҳафта муборак бўлсин! Янги кун ва хафта давомида омад сизга ҳамроҳ бўлсин.
Show all...
“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuv 🏛️ Andijon mashinasozlik institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi, professor Muhammad Ali, shoir va jurnalist, “Jadid” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari Humoyun Akbar, shoira, “Shuhrat” medali sohibasi Xurshida Vahobjon qizi muassasaga tashrif buyurishdi. 🎥 Videoni sifatli ko‘rish uchun Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
Show all...
🌞ХАЙРЛИ ТОНГ! 😊Ассалому алайкум! Якшанба тонги муборак бўлсин! 💐Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин! 🤗Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият асло тарк этмасин!
Show all...
Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo'nalishi 2-bosqich K-45-22 guruh talabasi Olimjonov Shohruh mahalla yoshlari o'rtasida tashkil etilgan besh muhim tashabbus doirasida sporting vorkout turida fahrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.Talabamizga kelajakda ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Show all...
👍 1👏 1
#marifat_ulashib Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab oliy taʼlim muassasalari talabalari va umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilarini kitob mutolaasiga jalb qilish, ularning badiiy savodxonligini oshirish maqsadida “Maʼrifat ulashib” loyihasi oʻtkazilmoqda.
Shunday madaniy-maʼrifiy tadbirlardan biri kuni kecha Andijon mashinasozlik institutida oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Oʻzbekistonda xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Muhammad Ali va taniqli ijodkorlar Habib Siddiq, Humoyun Akbarov hamda Xurshida Qoʻchqorovalar ishtirok etdi. Dastur davomida Elektrotexnika fakulteti talabalar teatr studiyasi tomonidan buyuk bobokalonimiz Amir Temur sahlanashtirildi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: ✅ https://t.me/elfakultet @andmiyoshlari
Show all...
Oltinkoʻl tumanidagi 10-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan ijodiy uchrashuvda esa Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi hamda shoir Humoyun Akbar ishtirok etdi. Muloqotda yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, yangi ijodkorlarni kashf qilish va qoʻllab-quvvatlash, kitobxonlikni targʻib qilish, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish muhim masala ekanligi aytib oʻtildi. Shu bilan birga, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy maʼnaviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi. Qizgʻin va samimiy suhbatlar goʻzal mushoiralarga ulanib, oʻquvchilar sevimli ijodkorlarning eng sara sheʼrlaridan namunalar oʻqidilar. Oʻz navbatida tadbir mehmonlari ham yosh isteʼdodlarning ijodidan bahramand boʻlishdi. Faol yoshlarga kitoblar sovgʻa qilindi. Taʼkidlash lozim, oʻtkazilgan ijodiy kechalar yoshlarga oʻzgacha ruh, kayfiyat, ilhom bagʻishlanganligi bilan ahamiyatli boʻldi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
#marifat_ulashib 🔹Tashrif davomidagi tadbirlar nafaqat oliy ta’lim muassasalari, balki, professional ta'lim muassalari va maktablarda ham tashkil etildi, jumladan, Andijon mashinasozlik instituti talabalari ham “Marifat ulashib” loyixasida faol qatnashdilar.
Show all...