en
Feedback
SAMJURNALIST

SAMJURNALIST

Open in Telegram

Shaxsiy fikrlar, Haqiqat, Tahlil, Yangilik. Murojaat va takliflar uchun 👉 @samjurnalisti

Show more
1 212
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-830 days
Posts Archive
Oq poshsho xonlarni qo‘rqitdi, xonlar mamlakat ichidagi erlarni qo‘rqitdi. Bolsheviklar ayollarni uyg‘otdi. Mustaqillik liderlari davrida esa xotini, onasi, hatto singlisining hisobidan kun ko‘radigan erlar va o‘g‘il farzandlar tarbiya topdi. 🤭 Mustaqillik shu bo‘lsa kerak.

Oxirgi ikki yildan beri Qirg‘izistonga ham ishga borish darajasiga yetib keldik. Bu ketishda, keyingi ikki yilda Tojikistonga ham ishga borsak kerak. Vaqti kelib, Afg‘onistonga ham borib qolarmiz. 🤭 Yangi O‘zbekiston ilm davlati emas, aslida mardikorlar mamlakati va ularning ortidan kun ko‘rayotgan vallomatlar mamlakati. 🤭

O‘zbek xalqi bolajon xalq, chunki tepasida turgan siyosatchilarni ham o‘z bolasidek ardoqlaydi.🤭

Menga ham birorta tuman hokimligini boshlang‘ich to‘lovi siz bo‘lib, bo‘lib to‘lashga beringlar. 🤭

Suvda cho‘kmas, o‘tda yonmas bo‘lish uchun Administratsiyaga ishga kirish shart emas — shunchaki jiyan bo‘lishning o‘zi kifoya. 🤭

Mramorniy gʻisht va viagrani endi boshqa joyda yeydi.🤭

Joriy hukumat juda aqlli vaqti-vaqti bilan Karimov davridagi siyosiy rejimning xunukligini bilvosita eslatgan holda, o‘z vaqtida Karimovning o‘zini ham ulug‘lagandek bo‘lib, ehtirom ko‘rsatib turadi. Chunki joriy hukumat biladiki, bugungacha Karimovni ich-ichidan sevib, ardoqlaydiganlar juda ko‘p. Hatto o‘zim tanigan odamlar orasida Karimovni "Payg‘ambardek odam edi", deydiganlar bor. Men u davrni eslasam, ertalabdan usti ochiq maktab hovlisida, jazirama quyosh ostida madhiyamizni aytaman deb hushidan ketib qolgan tengdoshlarimni eslayman, xolos. Shu sababmi, men hozir ham madhiyamizni yoddan bilmayman. Aytishingiz mumkin "Sen o‘lgandan keyin orqasidan gapiryapsan" deb Lekin men esimni tanib, ta’limdagi nohaqliklar va ilk bor 2012-yilda muhojirlikni ko‘rgan vaqtlarimdayoq Karimov va uning rejimi haqida atrofimdagilarga nolib gapirardim. Javoban esa "Jim bo‘l, devorning ham qulog‘i bor", degan gap boʻlar edi. O‘sha paytlarda yaxshi ham Facebook’da bo‘lmagan ekanman. :) "Xalq otasi"ni Alloh o‘zi kechirsin!

photo content

Agar rostdan mustaqil boʻlsak "Otamdan qolgan dalalar" filmini nega efirga bermayapmiz?🤭

photo content

photo content

Oxirgi voqealarni eshitib, Gulnora opam: "Nega men vaqtida otam bilan kelishib, shu ishlarni qilmadim ekan?" deyayotgan bo‘lsa, ajab emas.

Erkak va ayollarga kfanlik kerak boʻlsa +998772100858 shu raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Odamlar qonunlarga emas shaxslarga murojaat qilib chiqayotgani bu yaxshi alomat emas...

Repost from Ilyos Safarov
Tahririyatning kuchi va obro‘si topayotgan daromadi bilan o‘lchanmaydi. Eng kamida o’quvchi uchun shunday. Uning haqiqiy qudrati jamiyatga, jurnalistikaning o‘zgarmas tamoyillariga qanchalik sadoqatli ekani va har qanday sharoitda qat’iy pozitsiya saqlay olishida ko’rinadi. Ammo pul, iqtisodiy boshqa manfaatlar va “tinch yashash” istagi haqiqatdan ham, jamiyat manfaatidan ham ustun qo‘yilgan joyda qalam endi o‘z e’tiqodini yo‘qotadi va shunchaki tirikchilik quroliga aylanadi. Bu esa vijdonli jurnalist uchun so‘zsiz qabristondir. @haqiqatdailyos

photo content

10 yildan keyin haqiqatni bilgan men🤭

10 yil oldin Islohotlarga ishongan men