cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

GEEK

☕🎥📚🎧🎮 EYJDI yulduzli turkumiga xush kelibsiz! ☞ Murojat uchun : @Timur_Khatamov

Show more
Advertising posts
268
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​Greywater Watch Greywater Watch, Greywater nomi bilan ham tanilgan, shimoldagi Reed oilasining qasri. U Yashil vilkaning sharqiy bosh suvida Boʻyin botqoqlarida, Moat Cailinning janubi-gʻarbida joylashgan. Bu qal'a botqoqlarda harakatlanuvchi orollaridan biri bo'lgan kranog ustiga qurilgan bo'lib, qal'a bir joyda turmaydi va uni qarg'alar, dushmanlar topa olmaydi. Mira Ridning so'zlariga ko'ra, u joyda usta, ritsarlar yoki qurol ustalari yo'q. Iraborn va Andal jangchilari, shuningdek, Freylar Greywater Watchni zabt etishga harakat qilishdi, ammo hech kim uni topa olmadi. Bosqinchilarning ko‘pchiligi zirhlari tufayli botqoqlarga otlanib, cho‘kib ketishdi. Lord Eddard Stark yillar davomida Greywaterda o'zining do'sti Lord Howland Ridga maktublar jo'natgan, ammo Bran Stark javob sifatida Vinterfellga tashrif buyurgan birorta odamni eslay olmasligi ko'ringan. Greywaterda Jojen Rid sho'r suvning qora to'lqinlari Winterfell ustidan g'alaba qozonishini orzu qiladi. Yoshlar qanotli bo'rining yashil orzusini ham ko'radi, shuning uchun Howland o'z farzandlarini Bran Starkga yordam berish uchun Vinterfellga yuboradi. Jojen va uning katta singlisi Mira Rid Vinterfelldagi hosil ziyofatida qatnashadi va Greywaterning imonini va'da qiladi. @Kino_Insayder
Show all...

🗿 2
​​Toji Fushiguro yaratgan kuch Jodugarlar olamida Toji laʼnat texnikasidan foydalanmaydigan Laʼnat va Jodugar bilan teng jang qila oladigan oddiy odamdir. U tug'ilganida isteʼdodsiz va kuchsiz bola bo'lgan. Toji elita jangchi sifatida eng kuchli Jodugarlar bilan jang olib bordi va doimo o'zini xavf-xatarga uloqtirdi. 0 darajadagi kuchi bilan Jodugarlar ichidagi eng nomdor Satoru Gojo bilan jang qilib deyarli o'ldirdi va biroz xatto qilmaganida rostan ham uni o'ldirardi. Xo'sh bu kuch qaydan keldi? Toji, Zenin urug'idan bo'lgan jodugarlar bilimlaridan foydalangan va ular o'rgatgan jodugarlar kuchini qarshi tomonga o'girib, jodugarlarni o'ldiradigan kuch yaratgan. Shu tufayli unga "Jodugarlar Qotili" nomi berildi. U borgan sari yangi missiyalarda kuchaydi va o'z qudratini cho'qiga olib chiqdi. Satoru Gojoni eng kuchli cheksizlik kuchiga qarshi Zenin urug'ida foydalanishga arzigulik yangi texnikalar yaratdi. Maxsus darajali sehrgar Yuki Tsukumo, Toji samoviy dahlsizlik qudratiga yani la'natlangan energiyani butunlay yo'q qilgan yagona mavjudot ekanligini aniqladi. Barcha la'natlangan energiyani yo'q qilish orqali Tojining tanasi shu qadar o'tkirlashdiki, u la'natlarga qarshilik ko'rsatdi va ularni o'zining yuqori darajadagi beshta hissi bilan aniqlay oldi. Bu shuningdek unga, o'zining keng qurol arsenalini saqlashga qodir bo'lgan la'nati ruhini boshqarishga va undan foydalanishga imkon berdi. @Geek_manzil
Show all...

🔥 1😎 1
Eminem – The Anger Management Tour Anger Management Tour 2000 yilning kuzida, maydagi The Marshall Mathers LP chiqqandan so'ng Eminem boshlangan rep va rok musiqali gastrol bo'lgan. Anger Management Tour kontsertlarining ikkinchi doirasi Eminemning to'rtinchi yakkaxon studiyaviy albomi The Eminem Showni asosan qo'lagan. Ikkinchi gastrol Donn J. Viola rejissyorligidagi hujjatli kontsert filmi sifatida Eminemning Detroytdagi Auburn Hills saroyida bo'lgan. D12, Obie Trice va Dina Rae ishtirokidagi lentalangan voqea 2002 yil 8 sentyabrda yozilgan va Aftermath Entertainment orqali 2005 yil 28 iyunda chiqarilgan. Eminem gastrol nomi "The Anger Management Tour" (o'zkechalab- G'azabni boshqarish uchun sayohat) deb aytdi va shunday dedi: „Bu shunday tur uchun eng zo‘r nom, chunki turda aks ettirilgan musiqalarning aksariyati jaxl, umidsizlik va g‘azabimiz haqida. Hayot va muxlislar uning har bir daqiqasini yaxshi ko'radilar, bu qattiq rep, odatiy metal va alternativ metalning aralashmasi bo'lib, insonga tom ma'noda g'azabni boshqarish hissini beradi.” Tur 2000-yil 21-oktabrda boshlandi. Birinchi turda Limp Bizkit, D12, Papa Roach, Xzibit boshchilik qilishdi. Ular 2000-yil 21-noyabrgacha turda bo'lishdi. Ikkinchi kichik tur 2000 yil 24 noyabrdan 19 dekabrgacha DMX, Godsmack va Sinnistar ko'magida bo'lib o'tdi. Lekin ikkala turda ham 3 kunlik bekor qilindi. Bunga sabab ba'zi konsert qatnashuvchilarini bo'lmaganligi edi. Masalan Repper DMX gastrolda to‘rtta shouni o‘tkazib yubordi, shu jumladan 17-dekabrdagi dam olishda muammo yuzaga keldi va o‘z chiqishlarini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Boshqa harakatlar gastrolni davom ettirdi va 2000 yil 19 dekabrda Florida shtatining Jeksonvill shahridagi Limp Bizkitning tug'ilgan shahri bo'lgan yakuniy shou paytida DMX o'z to'plami davomida Limp Bizkitning qo'shiqlaridan biriga akapella kuylash uchun chiqdi. Gastrol 2001 Yeropada bo'lib o'tdi, Eminem fevral oyida OutKast, Xzibit va D12 ko'magida birinchi turni o'tkazdi. Yana Doktor Dre, Dido va Merilin Mansonlar ham turda chiqish qilishdi. Ikkinchi gastrol 2002-yilda Eminem boshchiligida 18-iyuldan 8-sentyabrgacha davom etdi va 32 kun shoular o'tkazildi. Anger Management 2003 Yaponiya va Yevropada 50 Cent, Cypress Hill, D12, Xzibit va Obie Trice yordamida ham bo'lib o'tdi. Uchinchi katta va tur esa 2005 yilning yozida bo'lib o'tdi va yakunlandi. #eminem #konsert @Geek_manzil
Show all...
Eminem Presents - The Anger Management Tour (Live 2002)

From the Anger Management Tour 2002, DVD.Eminem, D12, Obie Trice performing live in Detroit.© 2005 Aftermath Records.0:00 Intro0:17 Square Dance3:33 Business...

2
​​Dark Lord "Drak Lord" bu Uzuklar Hukmdori olamidagi eng kuchli mavjudotlardan biri. Uni kuch borasida Sauron bilan solishtirganda odam va chumolidek vaziyat kelib chiqadi. Birinchi qorong'u lord isyonchi Vala bo'lib, dastlab Melkor, keyin esa Morgot nomi bilan tanilgan. Dark Lord esa unga Ardaning ikkita eng kuchli zolimlari tomonidan berilgan unvon bo'lgan. U "O'rta Yer"ni yo'q qilish yoki bo'ysindirish va ozod xalqlarni qul qilishni hayotidagi nigilistik holat tufayli maqsad qilgan. Morgot O'rta Yer tarixida ko'p bor ko'ringan, muntazam ravishda odamlarga qarshi urushlar olib borgan. Uni xatti-harakatlari dunyoga doimiy salbiy ta'sir ko'rsatgan, chunki ko'plab go'zal narsalar va joylar u boshlagan urushda vayron qilingan, cheksiz iztirob va qayg'u keltirgan. Oxir-oqibat qora kuchlar mag'lub bo'lgan. Birinchi asrning oxirida Margot birodarlari tomonidan bo'shliqqa surgun qilingan. Silmarillionda yozilishichga: "Sauron ikkinchi qorong'u lord, birinchisi Morgot, Sauron esa uning eng katta vassali." Morgot dastlab dunyoni buzishga intildi, lekin keyinchalik uni qiyomatga olib kelishni o'ziga maqsad deb bildi. J.R.R.ning muvaffaqiyati ortidan Qorong'u lordlar fentizi va ilmiy-fantastikada keng tarqalib bugungi kungacha yangi olamlarda foydalanilmoqda. Eng yaqqol misol esa adiba Joanne Rowling yaratgan buyuk antoganist Lord Voldemort. @Kino_Insayder
Show all...

​​Taxtlar O'yini Bugungi kunda "Taxtlar O'yini" olami haqida eshitmagan inson bo'lmasa kerak. David Benioff va D. B. Weiss yaratgan serial, Jorj Martin olamini kitoblari bugungi kunda deyarli butun dunyoni o'z fan bazasi bilan egalagan. Taxtlar O'yini amerikalik yozuvchi George R. R. Martinning „Muz va olov qoʻshigʻi“ epopeyasining birinchi romani, fantastik romanlar turkumi boshi sanaladi. Asar birinchi marta 1996-yilning 1-avgustida nashr etildi va bir qator nomi tanilgan mukofotlar jumladan Lokus va Nebula ga sazovor boʻldi. 2011-yil yanvar oyida roman Bestseller sifatida tan olindi va keng jamoatchilikga yangi Uzuklar Hukmdoridan keyingi o'rganish uchun olamni ko'rsatib berdi. Martin olamda Vesteros, Devor va Targaryenlar singari zodagon xonadonlar tarixi va taqdirini taqdim etadi. Ramani yaratishda Sage Uoker, Martin Rayt, Melinda Snodgrass, Karl Keym, Bryus Baugh, Tim OʻBrayen, Rojer Zelazni, Jeyn Lindskold va Laura Mixonlar singari bir qancha mualliflarning tajribalaridan Martin foydalangan. Taxtlar oʻyini seriali ilk bor AQShda 17-aprel 2011-yilda namoyish qilingan. So'ngi sakkizinchi fasli premyerasi esa 14-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtgan. 2011-yilgi serialdan tashqari olam asosida komikslar, video oʻyinlar ham yaratilgan. Yana HBO olam asosida Ajdar Xonadoni serialini ishlab chiqan va bu loyihani hali hanuz davom etirmoqda. Taxtlar O'yini seriali Birlashgan Qirollikning shaharlaridan biri boʻlmish Belfastda suratga olingan va film holatiga keltirilgan. Suratga olish jarayoni shuningdek Kanada, Xorvatiya, Grenlandiya, Malta, Marokash va Ispaniyada olib borilgan. „Taxtlar oʻyini“ HBOʻga rekord darajada tomoshabin jalb qilgan. Garchi qonli va erotik sahnalar tez-tez uchrab turishiga qaramasdan serial oʻzining yuksak ijro mahorati, kompleks xarakterlar, saviyasi jihatidan, tanqidchilar tomonidan olqishlandi; yakuniy mavsum oʻzining mujmal yakuni va haddan ortiq „siqilgani“ tufayli eng koʻp tanqidlarga sabab boʻldi. Shunga qaramasdan serial va uning aktyorlari juda koʻplab film taqdimotlarda gʻolib chiqan. @Geek_manzil
Show all...

🔥 3 1
​​Westeros Westeros GOTdagi uzoq g'arbda joylashgan mo'jaz qit'a. U Essos qit'asidan Tor dengiz deb nomlanuvchi suv chizig'i bilan ajratilgan. Olam yartuvchisi Jorj Martinning aytishicha Westeros o'rta asr Britaniyasiga asoslanib yaratilgan. Biroq qit'a haqiqiy hayotdagi Janubiy Amerika bilan bir xil. Kuzatuvchilar bilishadiki Taxtlar O'yini dunyosida Westeros muhim oʻrin tutadi. Tarixda Westerosning aksar joylari yetti qirollikga bo'lingan Aegon zabt etgandan so'ng, shohliklarning barchasi bitta shohlikka birlashtirildi, ammo umumiy nom saqlanib qoldi: Temir taxtdagi monarxning unvoni "Yetti qirollik hukmdori" edi. Bu ikki nom ko'pincha bir-birining o'rnida ishlatiladi, garchi Devor ortidagi yerlar hech qachon "yetti qirollik" tarkibiga kirmagan bo'lsada. Westeros g'arbda "Sunset" dengizi, janubda "Summer" dengizi va sharqda "Narrow" dengizi va "Shivering" dengizi bilan chegaradosh. Qit'a shimoliy qutb muzliklarigacha cho'zilgan, lekin cho'zilgani hali GOTda ko'rsatilinmagan. Materikning relyefi juda xilma-xildir. Arrin vodiysidagi "Oy tog'lari", "Dornning" hamda "Qizil" tog'lari yana "Frostfangs" kabi muhim tog' tizmalari bor. Bundan tashqari, bir nechta keng daryo tarmoqlari mavjud, xususan, "Trident" va uning ko'plab irmoqlari, "Blackwater Rash", "White Knife", "Mander va Greenblood". Westeros Shimol yillar davom etadigan yoz o'rtalarida ham qor yog'ishi tez-tez uchraydigan yagona mintaqadir. Qit'ada, shuningdek, devor ortidagi Haunted o'rmoni kabi ulkan o'rmonlar bor. Bular, "Vinterfell" atrofidagi "Volfswood", Kings Landing janubidagi "Kingswood" va Bo'ronlar shimoliy chegarasida joylashgan, xuddi shu mintaqaning janubiy yarmidagi "Rainwood". Westeros Essosning sharqiy qit'asidan tor dengiz. Afsonalarga ko'ra, o'n ming yil oldin kataklizmda vayron bo'lgan Westeros va Essosni bog'laydigan ajdodlar qo'li ko'prigining qoldiqlari bo'lgan. @Kino_Insayder
Show all...

🔥 3
​​Bojalar - Jiyda Gullaganda O'zimizani artistlar yaratgan eng yaxshi qo'shiqlardan biri bu "Jiyda Gullaganda". Bojalar guruhini ham shu qo'shiq olib chiqib qo'ygan desak hech kim qarshi chiqmas? Chunki bu tarona O'zbekiston hamda qo'shni mamlakatlarda ham shuhrat qozongan. Qo'shiqni so'zini ham kuyini ham reper Radius 21 yozgan. Qo'shiq 2007-yilgi nisbatan oddiy bo'lgan "Boyvachcha" filimi uchun soundtrack sifatida ishlatilingan. Filmda ham Qo'shiq ijodkorlari Jahongir Poziljonov, Moʻmin Oripov va Shahzod G'ulomov aniqrogʻi Radius 21 qatnashgan. "Jiyda Gullaganda" ni Video klip hazilomuz tarzda, qishloq manzarasi va soddalikini ko'rsatib bergan. Qo'shiq o'zbek pop musiqasiga katta hissasini qoʻshgan. 2015-yillarda ham qo'shiq yaratuvchilar tomonidan yangi albomda remiks tarzda qaytarilgan. Qo'shiqga yosh ijodkorlar marhum qo'shiq yartuvchisi Mo'min Oripovni o'g'illari Bilol va Daler, Aziz remiks qilgan. 2020-yilda esa Tohir Sodiqov ham qo'shiqni musiqasini kaver qilgan.
Bahor kelib jiyda gullaganda Asalari qonar ekan gullarga Sevgi humor, salom sevishganlarga Ishlar qale, privet janonalarga
@Geek_manzil
Show all...

🔥 2
​​Viktor Tsoi Tirikligidan ko'ra o'likligida ko'proq mashhurlikga erishgan yulduzlar Maykl Jekson, Kurt Cobain va soved davrini Rockining qiroli Viktor Tsoydir. Viktor Robertovich Tsoy 1962-yil 21-iyunda Leningradning Kuznetsovskaya ko'chasidagi tug'ruqxonada tug'ilgan. Rus musiqa dunyosini shunchaki yopasiga portlatgan va tarixda abadiy qolgan afsona yoshligida ancha uyatchang oddiy bola bo'lgan. Hamma kabi oddiy maktabga qatnab darslarni xushlamagan, uni sevgan mashgʻuloti esa rasim chizish edi. Hattoki intervyularini birida Tsoy agar musiqachi bo'lmasa, rassom bo'lishini va bir marta musiqani tashlab rasomlikga o'tmoqchi bo'lganligini aytgan. Tsoy 17 yoshida qo'shiq yozishni boshlagan. 1970 va 1980-yillarda rok musiqasi asosan Leningradda yashirin yaratilingan. O'sha vaqtlarda Sovet davlati tomonidan ma'qullangan Moskva estrada yulduzlarigina katta sahnalarga chiqishgan. Rok musiqasi esa hukumat tomonidan ko'rsatilmagan va tanqid qilingan. Aynan shuning uchun Leningrad Rok-klubi rok-guruhlarga chiqishlari mumkin bo'lgan kam sonli jamoat joylaridan biri bo'lgan. 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Tsoy Aleksey Ribinning yaqin doʻsti edi. Ribin, "Piligrimy" hard-rok guruhi a'zosi, guruhda bas gitara chalgan. Tsoy, Andrey, Panovning uyida uchrashishgan, uning kvartirasida odamlar va musiqachilar tez-tez to'planishgan va aynan shu vaqtda Tsoy qo'shiqlarini ziyofatlarda ijro etgan. Leningrad rok-klubida Tsoy "Aquarium" guruhi a'zolari tomonidan qo'llab-quvvatlangan yakkaxon ijrochi sifatida o'ynadi. Tsoyning soʻzlari va musiqasi yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. 1981 yilning yozida Tsoy, Ribin va Oleg Valinskiy "Гарин и Гиперболоиды" guruhini tuzdilar. O'sha yilning kuzida guruh Leningrad rok klubi a'zoligiga qabul qilindi. Ko'p o'tmay, barabanchi Valinskiy armiyaga chaqirildi va guruh nomini "Kino"ga o'zgartirildi. Kino o'zining 45 debyut albomini 1982 yilning bahorida Andrey Tropilloning studiyasida yozishni boshladi. Yozuvda "Akvarium" a'zolari ham ishtirok etdilar, albomga Boris Grebenshchikov rejissyorlik qildi. Yozga kelib, albom butunlay tugadi. Uning davomiyligi 45 daqiqani tashkil etdi va shu sabab albom 45 deb nomlandi. Albom biroz tarqaldi va "Kino" Moskva va Leningradda ko'plab xonadon kontsertlarida qatnashdi. 1987 yil Kino uchun yutuq yili bo'ldi. Glasnost ostidagi ochiq siyosiy muhit Tsoyga o'zining eng siyosiy albomi bo'lgan "Группа крови" ni yaratishga imkon berdi, ammo bu unga o'zidan oldin hech kim ijro eta olmagan musiqa tovushini yozishga majburladi. Albomdagi treklarning aksariyati Sovet Ittifoqi yoshlariga qaratilgan, ularga nazoratni o'z qo'lariga olish kerakligi va millat ichida o'zgarishlar qilish kerakligini, muhitdan kelib chiqib aytgan. Ba'zi qo'shiqlar xalqni cho'ktiruvchi ijtimoiy muammolarga bag'ishlangan. Albomning ovozi va so'zlari Tsoyni sovet yoshlari orasida qahramonga, Kino esa eng mashhur rok guruhiga aylangan. Sovet Ittifoqining turli respublikalarida muxlislar uning asli ruscha qo'shiqlarini o'z ona tillariga ham tarjima qilishgan. Shunday qilib ularning 6-albomi "Группа крови" katta muvaffaqiyat olib kelgan. Mashhurlik ortar ekan Tsoyda yangi muammolar boshlangan. Bu xalqning faqat uni talab qilishi va boshqa rokerlarni tan olmasligi edi. Aynan shu tufayli ham Tsoy ona yurti Leningradni tashlab ketgan. Umrini oxirgi yillarida muxlislari uchungina qo'shiq kuylagan xuddi Elvis Presley kabi. Aynan charchoq uni 1990-yilda 15-avgustda aftobus bilan bo'lgan avariyada o'ldirgan. Avtobus haydovchisi jabrlanmagan, biroq Tsoyning mashinasi shu qadar vayron bo'lganki, uning shinalari topilmagan.
"Barcha yo'llar meni senga olib boradi Yo'llar hamma narsani mendan yaxshiroq biladi. Va men boshqa yo'llarni qidirmayman ..."
Agar u hozir tirik bo'lsa 62 yoshda bo'lardi. 28 yillik hayoti davomida yettita albom chiqargan, butun MDH va jahonda nom qozongan. Qo'shiqlarida esa o'zini dunyosini yaratib doimo xalqi uchun qayg'urgan. Uni o'limdan keyin ham butun Rossiyada "Tsoy Tirik" yozuvlari yozilgan, "rostakam legenda bo'lgan..." @Geek_manzil
Show all...

4🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
John Lennon - Oh My Love Qo'shiq 1971-yilda Lennonning Imagine albomida chiqgan. 1968-yilda qo'shiq The Beatlesning albomi uchun chiqgan. Jorj Xarrison qo'shiqga gitara tovushlarini qo'shgan va jonlantirgan, "Oh My Love"ni "Happiness Is a Warm Gun", "Julia" darajasiga olib chiqgan. 1971-yil 28-mayda Imagine LP uchun qo'shiq "Ascot Sound Studios"da yozib olingan. Sevgini yumosh pardek qilgan qo'shiq, premyeradan so'ng bir necha filmlarda qo'lanildi va o'zini-o'zi ommalashtirdi.
Oh my love for the first time in my life My mind is wide open Oh my lover for the first time in my life My mind can feel
@Geek_manzil
Show all...
​​Konsta Bugungi kunda yurtimizdagi eng zoʻr reperlardan biri Sharifjona aka haqida bugun qisqacha. Konsta asl ismi Abdullayev Sharifjon Shokirivich 1992-yilni 9-sentyabrida Gulistondagi oddiy oilada tugʻilgan. Ijodida ko'pincha o'zini va jamiyatni qiynagan mavzularni, tizimdagi xattoliklarni so'zlab chiqadi. Kollejni tugatgach, oilasi bilan birga maʼlum vaqt Guliston shahridagi bozorda ishlab yurgan, biroq bozor yopilganidan keyin 2012-yili Rossiyaga migrant sifatida oilasini oldiga ketgan. Rossiyada qiladigan ishi Kalyan Masterlik edi. U yoshligidan repga qiziqan va inson sevgan ishini qilishi kerak deb hisoblagan. Ilk bor 2009-2011 yillarda qo'shiqlarini chiqarishni va rep battlarida qatnashishni boshlagan. O'sha paytlarda Konsta shunchaki saytlarga musiqalarini pul to'lab joylagan. Rossiyada Guf, Sentr va Ptaha kabi rus reperlarini studiyalarida musiqalarini yozib olgan. Undan tashqari u mashhurlikdan oldin pul uchun qo'shiqga text yozgan. 2013-yillarda kuylagan "Gulim" taronasi unga eng katta mashhurliklardan birini sovgʻa qilgan. O'sha vaqtlarda yozgan qo'shiqlari o'ldim kuydimdan o'tmagan lekin aynan Gulim taronasi ijodkorni yuragidan qalqib chiqan. Men 2020-yillarda kuzatishni boshlaganimda, Konsta oyoqa tura boshlagan, "Boy" trecki va Subyektiv kanalidagi interyudan o'tip. Uni mashhurligi ortgan va ijodida ko'p narsa o'zgargan edi. Ijtimoiy mavzularda ko'proq rep aytishni boshlagan jumladan "Utopiya", "O'zbegim", "Odamlar ucha Olar", yosh Konsta anchayin ulg'ayib o'zini anglagan deyish ham mumkin. Biroq o'sha vaqtlarda Konsta boshqa o'zbek reperi Minor bilan tortishuv qilgan. Minorga va o'zbek reperlariga bag'ishlab "Hayp" treckini yozgan. Jang natijasi shunchaki noaniq qolgan. 2022-yilda Konsta o'zini birinchi katta konsertini Zarafshon zalida o'tkazgan. Uni eng ko'p eshitilgan qo'shiqi esa "Odamlar Nima Deydi" bo'lgan. Qo'shiqda har birimizni qiynaydigan og'riqli mavzular tilga olingan. Bugungi kungacha 3 ta albomlarni taqdim etgan. Ular ichida eng shov-shuvlisi "Inson" albomi. Bratni aytishicha 70 yoshida ham rep aytishni xoxlaydi. Hayp
"Hali haligacha ko'rsatmadim borim, Qalin-qalin pachka har bitta qatorim ey, Men juda ko'p ishladim, Ketish uchun, ko'rin mey. ... Ortimdan reperchalar baqiradi o'rin ber.
@Geek_manzil
Show all...

🔥 6