cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

musfira

●وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ مُسْفِرَةٌ ● ''U kunda porloq chehralar bor'' (Abasa,38) Uy bekasi,ona,mudarrisaning shaxsiy sahifasi. Kanalda bepul kitob o‘qish marafoni,shaxsiy qarashlarim,hayotiy postlar va ulashgim kelganlarini topishingiz mumkin!

Show more
Advertising posts
198
Subscribers
-124 hours
-77 days
-3230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

👁 YoSh BOLALARDA “KOʻZ TEGISHI” ALOMATLARI. 🔸Yosh bolalarning sababsiz tez-tez yigʻlashi ularga koʻz tekkanining asosiy alomatlaridan biri hisoblanadi. Oisha onamiz roziallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirdilar va goʻdakning yigʻlayotganini eshitib: “Nima uchun bu bolangiz yigʻlamoqda? Unga koʻz tegishiga qarshi ruqiya oʻqib, dam soldinglarmi?” dedilar. (Imom Ahmad rivoyati). Baʼzida bolajonlarda isitma chiqmayotgan boʻlsa ham, yoki shamollash kabi kasalliklar boʻlmasa ham, yoki och qolishmagan boʻlsa ham besabab koʻp yigʻlaydigan boʻlib qolishadi. Koʻpincha bunday holatlarda bolalarga “koʻz tekkan” boʻladi. Quyidagilar ham bolalarga koʻz tekkanidan dalolat qiladi. 🔸Bola hech qanday sababsiz onani emmasligi yoki ovqat yemasligi; qayt qilish va ich ketishini tez-tez takrorlanib turishi; 🔸Bolaning uyqusini buzilishi, tez-tez choʻchib uygʻonib ketishi. Yoki uning uyqusida qoʻrqib, chinqirib yigʻlab uygʻonishi. Bu holat “koʻz tegishi” tufayli shaytonning tanadan tashqaridagi taʼsiri natijasida ham boʻladi; 🔸Bolalarda tibbiy sababsiz isitma chiqishi va koʻpincha ularga isitma tushiruvchi dorilarning foyda bermasligi; 🔸Issiqlik va toshmalar toshishi. Baʼzida bolakaylarga ham sehr taʼsir qiladi. Sehr ularning oʻziga qilingan boʻladimi yoki onasiga qilingan boʻladimi, farqi yoʻq. Yoki baʼzida ayollar chaqaloq tugʻilganida, uni ziyorat qilish uchun oʻzlari bilan tumor olib kelishadi. Goʻdaklarning ruhiyati zaifligi sabab va ayniqsa, ular zikrlar bilan himoyalangan boʻlmasa, tumorlar taʼsirida zararlanishadi. •••┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄••• 🤲 YoSh BOLALARGA DAM SOLISH. Ota-onalar quyidagi ruqiyani farzandlariga oʻqib, dam solishlari kerak. Birinchi navbatda ruqiyani boshlashdan avval Alloh taologa hamdu sanolar va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavotlar aytish kerak. Soʻngra bolaning boshiga oʻng qoʻlni qoʻygan xolda ushbu duo oʻqiladi. 🔹Oʻgʻil bolaga: اُعِيذُكَ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لاَمَّةٍ “Uʼiyzuka bikalimatillahit-tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ʼaynin lammah”, 🔹Qiz bolaga: اُعِيذُكِ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لاَمَّةٍ “Uʼiyzuki bikalimatillahit-tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ʼaynin lammah”, 📝 Duoning maʼnosi: Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va yomon koʻzdan senga panoh tilayman. 🔹 Soʻngra “Ixlos”, “Falaq”, va “Nos” suralari bilan dam solinadi. ❗️Eslatma: Suralarning sanogʻi qancha koʻp boʻlsa, ruqiya ham shunchalik kuchli boʻladi. ✍ Muhammad Habibulloh *Shar'iy Ruqiya kanalidan
Show all...
👍 4
Ko'rar ko'zga ajab so‘fiynamosan, Nihonda nafs o‘tiga mubtalosan... ....
Show all...
❤‍🔥 3
Photo unavailable
Аёл эркакдан кам эмас. Ундан кўп ҳам эмас. У эркакнинг тенги ҳам эмас. Аёл - инсониятнинг иккинчи юзидир. Молик бин Набий @MubashshirAhmad
Show all...
00:05
Video unavailable
#sayohat_time Haqiyqiy hordiq istaganlar uchun ayni maskan🌸
Show all...
6.13 KB
Allohdan har bir ishda go'zal gumonda bo'lishimiz, adolatli ekaniga, bizga hayrlisini faqat O'zi nasib qilishiga komil ishonchimiz hayotimizni chiroyli qilaveradi. Bizdan talab etiladigan qadam tashlash... muhimi shunda... Tog'ri qadam-la borishni o'rganishimiz va harakatda bardavom bo'lishimiz bizni ajoyib natijalar tomon yetaklaydi) Ba'zi istaklarimiz tadbiqsiz qolayotganini biroz o'zimizni tahlil qilish orqali sezishimiz ham mumkin, balki adashayotgandirmiz, balki o'zimiz o'ylagandek to'g'ri yo'lda emasdirmiz, balki bizga aynan shuning uchundir ba'zi narsalar berilmayotgandir... O'zimizni analiz qilsak ko'p sabablarga ham yechim topamiz!
Show all...
Qimirlab turgan har bir jon, biror ne'mat umidida yashaydi. Ayniqsa, odamzod xoh moddiy, xoh ma'naviy bo'lsin ziyodasi bilan bo'lishini istayveradi, to'g'rida kimgayam yoqmaydi hamma narsaning ''eng yaxshisi''ga egalik qilish😉 Nafaqat o'ziga, zurriyotlariga-da yaxshi hayot qoldiraman deb yashab, umr o'tib boraveradi, ayniqsa biz o'zbeklarda. Inson o'ziga faqat eng yaxshisini istashi yaxshi, bu qoralanmaydi, faqat ''harakatlar dunyosi''da ekanimizni unutib qo'yamiz, ''asl natijalar dunyosi'' esa bizga hali berilmadi. Dunyoga sinov o'laroq kelganimiz, biz kutgan, biz so'ragan narsalar har doim ham 100foiz yoki ziyodasi bilan berilavermasligini unutib qo'yamiz. Ammo o'zimizni bunga loiq, har qanday ne'matga eng munosibidek tutamiz. Ba'zida oldimizga kelgan ne'matlarga biroz be'pisandlik qilamiz, go'yo biz undanda a'loroqlariga arziymiz. Qilib yurgan ibodatlarimiz-u, solih amallarimiz bizga albatta yirik natija bilan qaytadi deb biroz g'uluvga ketamiz... Aslo va aslo Robbimizdan noumid bo'lishga sabab qilmoqchi emasman, O'zi asrasin! Eslatma o'laroq avvalo o'zimga... Asl natijalar jannatda, biz xohlagan, biz so'ragan narsalar bu dunyoda bizga berilmasligi yoki to'liq biz istagandek bo'lmasligi yoki berilganda ham biz o'ylagandek bo'lib chiqmasligi mumkinligini unutmaylik. Biz sinov dunyosidamiz va bizga natijalarning hammasi ham bu dunyoda berilavermaydi. Oldingizga bir ne'mat kelib tursa ham ''Robbim menga bundan ziyodasini tayorlab qo'ygan'' deb, rad etaverish ham yaramaydi. Biz bilmagan, biz ko'rmagan hayr aslida biz xohlamagan tomondan ham kelishi mumkin... Davom etaveraymi?!...
Show all...
Photo unavailable
Assalamu alaykum🌸 Kuningiz go'zal mujdalarga to'lsin! Bugun unutib qo'ygan hayotimizning qonuniyati haqida gaplashsak, nima deysiz?!😉
Show all...
Photo unavailable
Kecha ovqat qilish asnosida shu intervyuni ko‘rib(deyarli eshitib😄) qo‘ydim. Avval ham bu oilaning bir ikki postlariga ko‘zim tushgan, juda jiddiy qiziqmagandim. Intervyudan keyin telegram kanallarini biroz titkilab chiqdim: Yevropada yashaydigan musulmon o‘zbek oila. Ibrat bo‘ladigan jihatlari ko‘p ekan. E‘tiborimni tortgan jihat Bonuxonimning zavjlariga qilgan munosabatlari, xurmatlari, gapirganda yerga qarab turishlari, takalluflari-yu, qamoqdalik paytlaridagi sadoqatlari... Demokratik oila deb, xazil, mutoyiba, biroz erkka o‘rganib qolgandek ko‘rindim o‘zimga. Erkak kishiga itoat bilan ham firklarini bayon qilish mumkin ekanligini timsoli ko‘rindi. O‘zim uchun ibrat oldim. Inshaalloh boshqa jihatlarini ham ko‘rib chiqish istagidaman🌸 https://t.me/+qlvVm2-RorQyODIy
Show all...
Photo unavailable
Mutolaa uchun o‘zim shu kitobni tanladim. Anchadan beri badiiy kitob o‘qimabman. Ayniqsa tarixiy kitoblar juda qiziq; isloh istagan qalblar tarixga nazar tashlasa ayni muddao🌸 https://t.me/+qlvVm2-RorQyODIy
Show all...
Assalamu alaykum, kuningiz fayzli o‘tsin! Yana bir tong sog‘likda uyg‘otgan Robbimga hamdlar bo‘lsin💞💞💞 Marafonga bugun so‘ngi qabul, ulgurgan ulgurdi😉
Show all...