cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

GuzalMoon

Bola tarbiyasida no-an'anaviy usullar (Montessori) 🎓 Master's in Europe/Educator/AMI student /member Har bir bola - baxtli bolalikka haqli💕 Ilmli onalar - ilmli millat tarbiyachisidir❤️ @GuzalMoon_bot Kanal linki: @GuzalMoonblog

Show more
Advertising posts
9 018
Subscribers
-2924 hours
-2947 days
+45030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bugun chegirma tugaydi, ulgidingizmi? Bolalar miyasi rivojlanishi va rag’batlanishi vebinarini ko’pchilik so’ragan edi ulgumadik deb. Mashg’ulotlar to’plamlarini ham xarid qilishga yaxshi imkoniyat❤️
Show all...
1
Inson ba’zan ko’chib turishi ham yaxshilikka Musofirchilikka kelib ko’p narsa o’rganyappan. Ba’zi odatlarimdan voz kechyapman. Ayniqsa narsa to’plash borasida. Avval boshida kelganimizda yaxshirow narsalarni olib qo’yardim. Xo’jayinim ko’p musofirchilikda yurganigami bilmadim biror narsa ehtiyojidan tashqarida bo’lsa yoki berib yuboradi yoki tashlab yuboradi. Faqat zaruriy ehtiyojga qarab bor narsalari. Menga ham ko’p aytardi, bir narsami o’ylab ko’ring bu kerakmi? Nima uchun kerak? Qachon kerak? Agar shu savollarga aniq javob bo’lsa narsani saqlang. Ammo o’ylanib qolsangiz o’sha paytni o’zida qutuling! Har qanday ehtiyojdan tashqari narsa zararizga ishlaydi deydi. Xullas keyin boshida kerak deb saqlab qo’yardim( o’zbekchilikdan deb o’ylayman) keyin ko’chayotganimizda judayam ko’p yaxshi holatdagi narsalarni berib yubordik, tashlab yubordik. Chunki zaruriy ehtiyojdan tashqari narsalar edi. Keyingi yil yashaganimizda va ko’chganimizda narsalar nisbatan kamayibdi, chunki men yil davomida narsalarni berib yubora boshladim. Bu yerda xayriya do’konlari bor, ko’pchilik kerak bo’lmaydigan har qanday narsasini xayriya qilib yuboradi va shu orqali butun do’konlar tarmog’i yuzaga kelgan. Biz ham shunga berdik. Bizga zarl bo’lmagan narsa, kimgadir juda muhim bo’lishi mumkin. Hamma narsa faqat ehtiyojda bo’lsa, yashash ham osonlashadi. Uyum uyum ishlatilmaydigan idishlar, kiyilmaydigan kiyimlar, bolalar narsalari hammasi zararimizga. O’zbekistondaligimda ko’p guvoh bo’lganman, odamlar narsalarini olib qo’yaveradi, chunki holati yaxshi, qiymati yaxshi va keyin yillar o’tib ishlatilmay omborda yoki tomning tepasida yomon bo’lib qolgach tashlab yuboradi. Agar shu narsani vaqtida kimgadir berganda qancha savob bo’lardi. Yana o’zimga qaytsam, musofirchilikda oilaviy ko’chish oson emas. Hozir ham narsamiz kam demayman. Ammo avvalgi yillarga nisbatan ancha kamaygan va menda saqlab qo’yish sindromi ham ancha ketgan,alhamdulillah. Bu dunyo ham bir yashab, keyin ko’chish kabi. Narsamiz qancha zo’r bo’lsa ham olib keta olmaymiz. Biz bilan ilmimiz orqali qilgan amallarimiz ketadi. Olganimiz emas, berganimiz qoladi. Ko’chish menga shuni anglatadi. Chunki shu yillar davomida qancha bilim va ilm olgan bo’lsam, u menga ortiqcha yuk emas, ko’chirish ham oson. So’nggi so’z, siz ham o’ylang qaysi narsangiz aslida kerak? Qaysini berib yuborish payti keldi? Ko’p yozgan bo’lsan uzr, bir ilhom kelgandi. Omon bo’ling🫂Hali ko’chish to’liq tugamadi, ammo men judayam charchadim, alhamdulillah. Duolaringizda eslab qo’ying❤️ Mehr bilan Go’zalxon @GuzalMoonblog
Show all...
🥰 34 9🔥 6
Hayron bo’lmanglar, dugonamni kanali onalar chiroyli bo’lib ham yurishi kerak😉! Ishonchli kanal. Bilasizlar, kanalda reklama yo’q😄
Show all...
🥰 3
Photo unavailable
3 ta farzandli ayolga o'xshamaysiz... 🤱 Ayol uchun farzandli bo'lish yoki katta oilani kelini degani bu, o'zini unutish degani emas! ☝️ Aksincha yanayam go'zal bo'lishga majbursiz degani. 🫰 Bu DiGu cosmetics bilan yanayam oson! Mijozlar biz haqimizda nima deydi? Bizning manzil🫶 https://t.me/+nECJ3okZTo41ZGM6 https://t.me/+nECJ3okZTo41ZGM6 https://t.me/+nECJ3okZTo41ZGM6
Show all...
🫡 3
Photo unavailable
🫂Bolaga ilmni qalbiy yo’ldan kirishi 🌸Bu orqali ota-ona va farzand o’rtasidagi hissiy bog’liqlik, mehr muhabbat naqadar muhim ekanligini tushunish mumkin. 💗Montessori gayd videosida ko’rgan edim. O’quv yili boshidan darrov mashg’ulotlarga kirishib ketmaymiz. Avvaliga bola bilan do’stona yaqin rishtalar bog’laymiz. Birga sifatli o’ynaymiz va hissiy bog’liqlik shakllantiramiz. So’ngra bola katta qiziqish bilan, hurmat bilan ko’rsatib bergan mashg’ulotlarimizni bajaradi deb! Shunaqa demak, farzandlar bilan ilk onlardan rishtalar bog’lash zarur❤️ Mehr bilan Go’zalxon @GuzalMoonblog
Show all...
18🔥 1
Ta’lim va tarbiya sarmoyasi
Sarmoya kiritish uchun eng samarali soha axtariladi. Tarbiya esa sarmoya kiritiladigam eng muhim sohadir. Istiqbolga tegishli eng to’g’ri hisob komil inson tarbiyasidir!
Tarbiyada 101 qadam kitobidan… Darhaqiqat, eng yaxshi sarmoyani ta’lim va tarbiyaga tikish zarur. Bizdagi kitoblar va miya rivojlanishi vebinarini chegirmali xarid qilib ulgurdingizmi? Yakshanba kechgacha sizda imkoniyat bor🫂 Bilasizlar sizlarga eng yaxshilarini ilinaman❤️ ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ https://t.me/c/1806260656/4256 @GuzalMoonblog
Show all...
9
Photo unavailable
Tarbiyada 101 qadam… Shu qo’llanma kitobni o’qib chiqdim barcha ta’lim va tarbiya bilan shug’ullanuvchilarga tavsiya etaman. Hilol e-bookdan sotib olib, o’qidim. Bir o’tirishda tugatish mumkin. Ammo mag’izni chaqishga ancha vaqt ketadi va qayta qayta o’qishga arziydi❤️ #ilindim #book @GuzalMoonblog
Show all...
🤗 26 8🕊 4
  • 00:14
    Video unavailable
  • 00:06
    Video unavailable
📌Mustaqil shaxs bo’lishga intilish ✨Bolalalar harakatga nisbatan ichki kuch bo’ladi. Ya’ni shu orqali bola rivojlanadi. Odatda bu tug’ilgandan boshlanib 4,5 yoshlargacha davom etadi. Bu mustaqil shaxs bo’lish uchun qadamlardir. ✨Bola ma’lum bir harakatni o’zlashtirib olgach to’xtamaydi. Aksincha endi uni yanada takomillashtirish va keyingi bosqichga olib chiqishga urinadi. ✨Harakat boshdan boshlab oyoq qismiga qarab rivojlanadi. Shuning uchun chaqaloq asta bo’yini tutadi, gavdasini tutadi, yeklasini ko’taradi, o’tiradi, emaklaydi, turadi va yuradi. Yurgandan so’ng uni yanada takomillashtirib, sakrashga, yugurishga, og’irroq narsalarni ko’tarib u joydan bu joyga o’tkazishga harakat qiladi. ✨Keyingi bosqichda esa maqsadli muvofiqlashtirilgan harakatlarga o’tiladi. Hamma harakat kichik va katta gavda harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan. 💡Bola bu bosqichdan muvaffaqiyatli o’tishi uchun unga muhit yaratib berish, to’sqinlik qilmaslik, bola o’zi bajara oladigan ishda yordamlashmaslik kerak. ✨Har qanday keraksiz yordam, bola rivojlanishi uchun to’siqdir! 🔥Mustafo 18 oylik bizda harakatlar takomillashuviga nisbatan kuchli qiziqish davom etyapti, bundan tashqari bu harakatlari bilan oilasiga hissa qo’shish hissi shakllanadi. O’sha paytdagi uni yuzi va ko’zidagi baxtni tasvrilab bera olmayman. Ko’zlari chaqnab turardi xursandchilikdan. Bu harakatlar bolani charchatmaydi, aksincha unga hotirjamlik va qoniqish hissini beradi. Atrofdan eshitgan bo’lsangiz kerak, men charchab kettim ammo bu bola hech charchamadi deb. Va bu albatta uni mustaqil shaxs bo’lishga intilishidir. ✔️Shuning uchun bola harakatlarini cheklamang, yugurma, sakrama deb so’kmang, aksincha sharoit yaratib bering! Biz bilan qoling va munosabat bildirishni unutmang!❤️ Mehr bilan Go’zalxon ✈️@GuzalMoonblog
Show all...
IMG_3635.MOV4.94 MB
IMG_3629.MOV2.19 MB
47🔥 6🥰 2🕊 2🍓 1
  • 00:14
    Video unavailable
  • 00:06
    Video unavailable
Nega aynan Mustafo o’zidan ancha katta sumkani tepalikka olib chiqib tushib, uzoq vaqt o’zi yetalab yuribdi? Ko’chiga ko’maklashishdan tashqari😄, albatta @GuzalMoonblog
Show all...
IMG_3635.MOV4.94 MB
IMG_3629.MOV2.19 MB
🤗 8 2
Shu suhbatni albatta eshiting va olgan xulosalaringizni qoldiring! Nafaqat onalar balki hamma eshitishi kerak bo’lgan suhbat
Show all...
🫡 12👏 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.