cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Elektron va Audio Kutubxona |Rasmiy kanal|📚

Bu kanalda siz: •Istalgan badiy asar,roman,qissa📚 •Maktab darsliklari📚 •istalgan kitobingizni istalgan shaklini topishingiz mumkun✅ Reklama 📈| @cicada2009 Taklif va Murojatlar📩| @Shuhratbek2108 Perfluence

Show more
Advertising posts
499
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-1030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kitob o'qishda nimalarga e'tibor berish kerak? Sizga manfaatli bo'ladi degan umiddamiz...
Show all...
#Kitobxon_fikri Qancha kitob o‘qish kerakmi, qanday kitobni o‘qish kerak? Kitob mutolaasi ko‘ngil xohishi bilan bog‘liq mashg‘ulot. Albatta, hech kim birovni kitob o‘qishga majburlay olmaydi. Aksincha, mutolaaga da’vat etish mumkin xolos. Ammo Eduar Labule: «Taraqqiyotning umumiy ko‘lamida har bir xalqning o‘rni o‘sha xalq o‘qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi», – deb yozadi. Kitob o‘qimagan odam yashay olmaydi degan gap yo‘q, ammo yashashda ham yashash bor-da! Kitoblar insonga o‘zlikni, dunyoni anglash, hayot mazmunini tushunish imkonini beradi. Badiiy adabiyotsiz fikriy teranlikka erishib bo‘lmaydi. «Radio, televideniye, internet bor-ku, ular ma’naviy ehtiyojimizni qondirolmaydimi?», – dersiz. Ular hech qachon kitobning o‘rnini bosolmaydi. Badiiy adabiyot va mutolaa haqida ko‘p va uzoq gapirish mumkin. Agar qisqagina xulosa qiladigan bo‘lsak, adabiyot insonning badiiy tafakkuri mahsulidir. Kitob esa insonning tabiati, mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk mo‘’jiza. Inson bor ekan, adabiyot va kitob yashashda davom etaveradi. Ko‘pchilik kitob o‘qishni bilmaydi va ko‘p kishilar nima uchun o‘qiyotganini tuzukroq tushunmaydilar. Ba’zilar buni o‘qimishli bo‘lishning qiyin, biroq yagona yo‘li deb biladi. Ular uchun har qanday kitob kishini «o‘qimishli» qiladi. Boshqa birovlar uchun esa o‘qish — dam olish, shunchaki vaqtni o‘tkazish va ularga nimani (maqola, roman, she’r, xabar va hokazo) o‘qish baribir, zerikarli bo‘lmasa bas. Har birimiz, qaysi kasb egasi bo‘lmaylik, imkon va sharoitimizdan kelib chiqib kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo‘lamiz. O‘lchovli hayotimizning ma’lum bir qismini shunga sarf qilamiz. Ammo qanday kitob o‘qish, uning ta’sir va oqibatlari, umuman, nega kitob o‘qiymiz, shu haqda barchamiz ham chuqurroq o‘ylab ko‘rmaymiz. O‘tgan asrning mashhur adiblaridan biri Herman Hessi kitob mutoalasi haqida shunday yozadi: «Shunchaki dam olish, vaqt o‘tkazishni istagan va «o‘qimishli» bo‘lish haqidagina qayg‘urgan kitobxon kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir noma’lum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga o‘xshaydi, ya’ni aynan qaysi dori kerakligini tushunmasdan, har bir qutichadagidan tatib ko‘ra boshlaydi. Aslida mutolaa borasida ham har bir kishi o‘zi uchun zarur bo‘lgan, yangi kuch hamda ruhiy ta’sir baxsh etadigan kitoblarni topa bilishi kerak emasmi?». Faylasuf Lebbon: «Bobolarimiz kitob topishga qiynalar edilar: hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa uchun juda ziyrak bo‘lmoq kerak» deganda naqadar haq ekanligiga men yaqinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘tkazib kelinayotgan «Yosh kitobxon» respublika tanlovi uchun tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxatini ko‘zdan kechirib amin bo‘ldim. Kitob targ‘iboti, uning ma’naviy yuksalishimizdagi o‘rni haqida qancha gapirsak kam. Ammo kitob mutolaasi xo‘jako‘rsinga, tanlovlarda g‘oliblik uchun bo‘lsa-chi? Kitobdan oladigan zavq-shavqni tuymay, shunchaki tezroq o‘qisamu  asar haqida pala-partish ma’lumotga ega bo‘lsam bo‘ldi deb o‘ylaydigan, «men – kitobxonman!» deb ko‘ksiga uradigan yoshlardan haybarakallachilar guruhi shakllanadi xolos. O‘zim ham kasbim taqozosiga ko‘ra viloyat miqyosida tashkil etilgan bu kabi tanlovlarda ishtirok etib, to‘g‘risi, so‘zamol, asarlarni o‘qimay turib, badiiyat qo‘rg‘oni atrofida aravani quruq olib qochadigan, adabiyotdan zavqlanish o‘rniga ma’lumotlar bazasini to‘ldirish uchun yelib-yugurayotgan «kitobxon»larnigina kashf eta oldim. Fikrimiz so‘ngida mashhur rus adibi Boris Pasternakning «Buyuk kitobxonlar paydo bo‘lgandagina buyuk adabiyot paydo bo‘ladi» degan gapini keltirishni joiz deb bildim. Yurtimizda kitobga, kitobxonlikka e’tibor yuksalayotganidan xursandmiz. Zarif Quvonov 📚 https://t.me/+J9h5iwGH1WU3ZGEy
Show all...
KUTUBXONA 📚

📚Kutubxona kanalida siz o'zingiz qidirgan kitoblardi topshingiz mumkin✅ • Audi kitoblar • Elektron kitoblar • Badiy kitoblar • Maktab kitoblari Admin @Reklama_kitoblarda

#Adabiyotshunoslik 📓 "Nobel mukofotini olgan adiblar" ✍ Qudrat Do'stmuhammad 📃 256 sahifa © "Ma'naviyat" 🗓 Toshkent - 2002 📥 9.8 MB 📚 https://t.me/+J9h5iwGH1WU3ZGEy
Show all...
Nobel mukofotini olgan adiblar [@kitoblar_pdf].pdf9.76 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Қиш фасли муборак! 🌧❄️☃️ Бизда кузатинг👇🏻                 👉🏻 @Sara_Xabarlar ⚡️-ТВда кўрсатилмайдиган энг тезкор сара хабарлар каналига аъзо бўлинг!
Show all...
👍 3
00:12
Video unavailableShow in Telegram
🕌 ❄️Яратган етказган қиш фаслининг биринчи Жума айёми муборак азизлар! Сочларига оқ тушган Онам. Отам учун сўрайман тилак. Акам-укам Опа-сингиллар. Азизларим ЖУМА МУБОРАК. Келинг бугун бир дардлашайлик. Дуо қилинг толгунча билак. Энг гўзал кун саййидул айём. Азизларим ЖУМА МУБОРАК! Бизда кузатинг👇🏻                 👉🏻 @Sara_Xabarlar ⚡️-ТВда кўрсатилмайдиган энг тезкор сара хабарлар каналига аъзо бўлинг!
Show all...
7.93 KB
00:38
Video unavailableShow in Telegram
🚂☃️Поездимиз куз ойи билан хайрлашиб қиш ойига кириб борди. Эҳтиёт бўлинг Ноябрь эшиклари ёпилмоқда, кейинги бекат Декабрь.❄️ Ассалому алайкум, барчага кириб келган қиш ойи муборак бўлсин янги ой барчангизга омадли келсин! Бизда кузатинг👇🏻                 👉🏻 @Sara_Xabarlar ⚡️-ТВда кўрсатилмайдиган энг тезкор сара хабарлар каналига аъзо бўлинг!
Show all...
2.94 MB
👤 Jyul Vern 📓 "Suv ostida 80 ming kilometr" „Suv ostida 80000 kilometr“ — fransuz yozuvchisi Jyul Vern qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Kitob holatida birinchi marta 1870-yil nashr qilingan. Kitob nashr etilganidan keyin yaxshi kutib olingan. Hozirgi kunda ham yuqori baholanadi. „Suv ostida 80000 kilometr“ muallifning eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Asar qahramoni kapitan Nemoning suv osti kemasiga berilgan tavsif oʻz davridan oldinda boʻlgan. Undagi voqealar kapitan Nemoning „Nautilus“ kemasidagi yoʻlovchilarning biri – tabiiy tarix muzeyi professori Pierre Aronnax nomidan hikoya qilinadi. Ushbu romandan kitobxonlar bir olam taasurotlar olishiga shubhamiz yo'q. 📚 https://t.me/+J9h5iwGH1WU3ZGEy
Show all...
Suv ostida 80 ming kilometr [@kitoblar_pdf].pdf12.07 MB
👍 1
📓 "G‘ayriixtiyoriy ong mo‘jizalari" ✍️ Jon Kexo Jon Kexo 1975-yildan boshlab inson miyasi faoliyatini o‘rganish va anglash uchun uch yil sivilizasiyadan uzoqda, o‘rmonda yashadi. Turli ilmiy va diniy manbalardan yig‘ilgan ma’lumotlar, shuningdek kuzatish va tajribalari asosida o‘zining dastlabki ong salohiyatini g‘oyat muvaffaqiyatli rivojlantirish dasturini ishlab chiqdi. 1978-yili ishlab chiqqan tamoyillar asosida odamlarni o‘qita boshladi. 1980-yildan boshlab uning ma’ruzalari butun dunyoda katta e’tibor qozondi. 📚 https://t.me/+J9h5iwGH1WU3ZGEy
Show all...
G‘ayriixtiyoriy ong mo‘jizalari [@kitoblar_pdf].pdf1.55 MB
👤 Oskar Uayld 📓 "Dorian Greyning portreti" Oskar Uayldning Dorian Grey portreti asari o‘ziga xos tasvir yo‘siniga ega. Unda yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat insonni tubanlikka tortuvchi  illatlar aks etgan. Asarning mazmun mohiyati, qahramonlarning nutqi, xatti-harakatlari asosiy o‘rinda portret detali orqali ochib beriladi. Rassom Bezil Xolluord tomonidan chizilgan portret asarning so‘nggiga qadar asosiy detal bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ushbu detal ham rassom Xolluordning ichki kechirmalari ham Dorian Greyning umr bo‘yi qilgan gunohlarini ko‘rsatuvchi qalb o‘zgarishlarini ifodalovchi ko‘zgu sifatida tasvirlanadi. Asar portret detali vijdon, inson asl qiyofasini ko‘rsatuvchi ko‘zgu vazifasini ham bajaradi. 📚 https://t.me/+J9h5iwGH1WU3ZGEy
Show all...
Dorian Greyning portreti [@kitoblar_pdf].pdf2.03 MB
1
👤 Javlon Jovliyev 📓 "Ikki qalb uchrashuvi" Yangi o‘zbek adabiyotining navqiron vakili Javlon Jovliyev asarlari o‘ziga xos. Birovlarga o‘xshamaydi, o‘zgalarni takrorlamaydi, eng muhimi, o‘quvchini bir on bo‘lsa-da chalg‘itmaydi, samimiy yozadi va ko‘ngillarni zabt etadi. Shu sabab uning hikoyalari rus, turk, ingliz tillariga tarjima etilib, xalqaro miqyosda ko‘tarilib bormoqda. Yozuvchi qator milliy mukofotlar sovrindori. Tabiiy, sodda tilda yozilgan hikoyalarda Vatan sog‘inchi, paxta ishi kabi ulkan dardlarning ruhiy-psixologik talqinlarini, dunyoqarashlari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan insonlarning ichki olamidagi mezonlar va aqidalarning manzaralarini ko‘rasiz. Yosh yozuvchining Yozuvchilar uyushmasi maxsus loyihasi asosida 10000 nusxada chop etilgan ilk kitobi qo‘lingizda. O‘qing va o‘zingiz uchun  yangi yozuvchini kashf qiling! 📚 https://t.me/+J9h5iwGH1WU3ZGEy
Show all...
Ikki qalb uchrashuvi [@kitoblar_pdf].pdf12.96 MB