cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🌷❤️Бахтимсан❤️🌷

Кўксимнинг чап ёнида асраганим сенсан. Ва шундай бўлиб қоласан

Show more
Advertising posts
1 981
Subscribers
+2124 hours
+827 days
+38230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:28
Video unavailableShow in Telegram
4.93 MB
2👏 2
Манга хамага карайдиган козлар эмас мандан бошкасини кормайдиган козлар йокади ❤️🍃
Show all...
6👏 6👍 4🔥 2
Уйланмай............. Йигирмадан ўтсанг соз. Тинмас экан эговлар. Қон қариндош бир бўлиб. Қилишаркан терговлар. Бошланади танбеҳлар. Ўртага олиб хамма. Бувим отам ва онам. Бир томон бешта амма. Бувим дейди боримда. Яйраб ўйнаб кулиб қол. Бўмаса калтак ейсан. Қани тез уйланиб ол. Ота онам дер ўғлим. Ўтиб кетяпти ёшинг. Шу буйилдан ўтмасдан. Иккита қиламиз бошинг. Камлик қилгандай яна. Улардаям нағмалар. Юрасанми сўппайиб. Уйлан дейди аммалар. Болачадай қилиқлар. Шўҳчиликда бошман-ку. Уйлан деб тергаманглар. Аҳир хали ёшман-ку. Уни муни айтганда. Деманг улар латталар. Уйланмасдан юрибди. Бўйдоқ мендан катталар. Эртани ўйламайсиз. Бирозгина нўноқсиз. Йўқчиликдан бузилган. Оилалар саноқсиз. Мен хали содда ғўрман. Йўқотмаган ғуборни. Масулиятни билмайман. Эплолмайман рўзғорни. Ишлаб уёқ буёқда. Ўзим ўнглаб оламан. Яқин уч тўрт беш йилда. Бўйдоқликда қоламан. Вақт соати етганда. Элимга бериб ошлар. Яҳши қизга тўй қилиб. Уйланаман қардошлар. Шундай экан тергаблар. Қилмай тана нағмалар. Бувижон ота онам. Сабр қилинг аммалар.
Show all...
👍 2 1
🙏"TAVBA QILDIM...ASTAG‘FIRULLOH!"🙏 Bandalarga pinhon gunohim O‘zing ogoh Qodir Ollohim Tan olaman bo‘lgin panohim... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Ayblarimni ko‘nglimga ko‘mdim Sirim dedim,yo‘qlikka yo‘ydim Qalb seniki...unutib qo‘ydim... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Yolg‘onlarni yutdim "luqmadek" So‘ng unutdim o‘tgan lahzadek Qanday turgum So‘rog‘ingda tik... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Kimga ozor berdim tilimda Ig‘vo qildim...Xasad dilimda Xiyonatni bosdim yo‘limda... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Sir aytsalar sotdim...yuzsiz men... Manmanlikka bog‘liq...ipsiz men... Jon bermasang o‘lik Sensiz men! Tavba qildim...Astag‘firulloh! Zang bosgan...sahovat sandig‘im Meni tanimas...mehr tantig‘im Barcha barobar...yo‘q hech ortig‘im... Tavba qildim...Astag‘firulloh! O‘zni osmon tutib...qadrda Noshukurlik...ilg‘or sabrda Qiynalmasin jismim qabrda... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Kamsitganim bor goh faqirni Oshno bilib...ulfat kibrni Tulpor atab...asov g‘ururni... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Qaxrim qotdi qaytmay...ozordan "Necha"ga go‘r qazdim mozordan! Savob olib bo‘lmas bozordan... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Himmat dedim...ortida minnat O‘zim "saxiy"....boshqaga "ibrat" "Oppoq"midim...yog‘dirdim tuhmat... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Risqni berding...aytmadim shukur O‘zim topdim...degan til qurg‘ur Nasibam ham...Nafas...Sendandur... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Ibodatim surdim orqaga Joynomozni goh bosdim zo‘rg‘a Rizoliging o‘ylamay sira... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Chorlagan on ishrat,maishat Qadamimni tortmadim...uyat Nomozimga topmadim fursat... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Sinov berib sinagaysan...Sen! Shukurimni so‘ragaysan...Sen! Shak keltirgan...gunohkoring men... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Qo‘rquvim bor...gunohlarimdan... Yelkamdagi "guvohlarimdan" Ko‘z yoshlarim...afsus-ohimdan... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Azroil...olar...ajalim yetgay! O‘lim...keladi amalim yetmay. Umrim tugab qoladi  kutmay... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Bor davlatim...ortimda qolar, Kafan o‘rab...lahadga solar. "O‘zimman"...yo‘q gunohim olar... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Foyda bermas...mansab-amalim Fursat yetsa go‘rda "qamalim" Qur‘on bo‘lgay qodir malhamim!... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Bandam degin...qulingman o‘zim, Nafsga to‘lib yashabdi ko‘zim Sajdada bosh...iqrorlik so‘zim... Tavba qildim...Astag‘firulloh! Umidvoring...Marhamatingdan! Rozidurman taqdir xatingdan Nasibangman...tilab "avf"ingdan... Tavba qildim...Astag‘firulloh!
Show all...
👍 3 1👏 1
‍O‘LIMNI ESLAB. Umrining oxirin kutmagan kim bor, Azroil zaxrini yutmagan kim bor. Barchamiz dunyoda kelib ketguvchi, O‘limning etagin tutmagan kim bor. Kimnidir dard bilan olib ketarkan, Tiliga tovbasin solib ketarkan. Uzoq chopqilama quvib yetarkan, O‘limning etagin tutmagan kim bor. Dunyoni titradgan Temurlar qani, Misrga shoh sulton Firavin qani. Birma bir yer yutib ketdi xammani, O‘limning etagin tutmagan kim bor. Ikki quloch qabr eng so‘ngi Vatan, O‘lim xaqligini olgan yaxshi tan. Indamas zaboning egningda kafan, O‘limning etagin tutmagan kim bor. Qodiriy Cho‘lponni otgan dunyosan, Mashrabni bo‘g‘izlab ketgan dunyosan. Go‘ro‘g‘lini tiriklayin yutgan dunyosan, O‘limning etagin tutmagan kim bor. Shoh-u gadoni xam teng qilar qabr, Amaldor qashshoqni teng qilar qabr. Yoqa eding bir kun yeng qilar qabr, O‘limning etagin tutmagan kim bor. Qilgan amallaring iymon uchunda, Bu dunyo jannatga imkon uchunda. To‘plagan mol dunyong foydasiz bari, Jimgina yotursan laxad ichinda.
Show all...
👍 1 1
YO‘LOVCHIMAN! O‘lim soya yo‘limga mushtoq, Bo‘g‘zimda jon, tanamda titroq, Manzil aniq, bir uyum tuproq, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Tan olganga besh tanga dunyo, Na senga, na, menga bu dunyo, Kimga vafo qilgan bu dunyo, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Yigirmamda sevgidan kuydim, O‘ttiz yoshda jonimdan to‘ydim, Bu dunyoni o‘ylamay qo‘ydim, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Tan olmaydi odamzod nasli, Qachonlardir o‘ladi asli, Oldinda bor Allohning vasli, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Aylanganman joni fidoga, O‘ralgan bir oppoq ridoga, Sinov uchun kelgan dunyoga, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Armonim ko‘p, qo‘limdan tutkan, Dardlarim bor ichimga yutkan, Bexos kelar o‘limni kutgan, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Gunoh to‘la o‘ngu-so‘lida, Qolgan o‘sha qismat do‘lida, Kafan tutib turgan qo‘lida, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Kerilma qo‘y, bo‘lma jonsarak, Urib-urib to‘xtaydi yurak, Shonu-shuxrat nimaga kerak? Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. Qachonlardir o‘lishin bilgan, Qalbda og‘riq, ko‘zlari kulgan, Jon berganga tavakkal qilgan, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman. O‘lim soya, jonimga mushtoq, Bo‘g‘zimda jon, tanamda titroq, Ko‘z oldi bir tumandek oppoq, Yo‘lovchiman, yarim yo‘ldaman!... (Gohi yomg‘ir, gohi do‘ldaman, Yo‘lovchiman yarim yo‘ldaman..)
Show all...
1
00:23
Video unavailableShow in Telegram
1.18 MB
😢 6👍 1 1
02:32
Video unavailableShow in Telegram
13.44 MB
👍 1 1🥰 1
👍 1🥰 1
02:24
Video unavailableShow in Telegram
8.59 MB
🥰 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.