Math with SHOXRUH // MILLIY SERTIFIKAT 🛜time180
Open in Telegram
Ustoz «Xaydarov Shoxrux» ning rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz Matematikani biz bilan yanada oson va mukammal tarzda oʻrganing! Milliy sertifikat daraja A + 🎓 Ustoz: @umar_khaydarov Qiyin fan yoʻq, qiyin tushuntirish bor xolos!
Show more457
Subscribers
+124 hours
-47 days
-3130 days
Posts Archive
Agar siz biror marta ham majburiy blokning matematika qismini ko’rib chiqmagan bo’lsanggiz shu kanal silkasini 5 ta guruhga tarqating va skrinshotini @umar_khaydarov ga yuboring
☝️☝️☝️☝️ lichkaga jo’nating va sizga super qo’lanma tashlab beraman albatda sizga imtihon kuni juda katta foydasi tegadi
Ha aytgancha bu qo’lanmani olib bitta ham mashqlarini bajarmasanggiz sizga foyfasi aslo tegmaydi
https://t.me/umar_blog_math
🎯 DTM Majburiy Matematika: Top Mavzular Toplami
Majburiy matematikada sizdan oliy matematika yoki murakkab integrallar so‘ralmaydi. Savollar baza, mantiq va tezkor hisoblashga asoslangan. Asosiy e’tiborni quyidagilarga qarating:
1. Sonlar ustida amallar (Eng ko‘p tushadigan baza!)
Oddiy va o‘nli kasrlar: Kasrlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish.
Butun sonlar va bo‘linish belgilari: 2, 3, 4, 5, 9, 10 ga bo‘linish qoidalari, qoldiqli bo‘lish.
Teskari va qarama-qarshi sonlar.
2. Foiz va Proporsiya (Hayotiy va mantiqiy savollar)
Sonning foizini topish, foiziga ko‘ra sonning o‘zini tiklash.
SMM uslubidagi masala shakli: "Mahsulot narxi 20% ga oshdi, keyin yana 10% ga pasaydi..." turidagi klassik DTM savollari.
To‘g‘ri va teskari proporsiyaga oid matnli masalalar.
3. Tenglamalar va Soddalashtirish
Chiziqli tenglamalar (bir noma'lumli oddiy tenglamalar).
Kvadrat ildizlar bilan ishlash (oddiy ildiz chiqarish va ixtiyoriy darajalar).
Algebraik ifodalarni ochish va soddalashtirish.
4. Matnli va Mantiqiy Masalalar (Vaqtni oladigan, lekin oson savollar)
Sinf/O‘quvchi masalalari: "Sinfda o‘g‘il bolalar qizlardan 3 taga ko‘p..."
Yoshga doir masalalar: "Otasining yoshi o‘g‘lining yoshidan 3 marta katta..."
Sodda harakat (Tezlik) masalalari: S = v \cdot t formulasiga tushadigan oddiy jarayonlar.
5. Geometriya (Vizual va formula vizualizatsiyasi)
Yassi shakllar: Kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak va doiraning perimetri hamda yuzi (S va P).
Fazoviy shakllar: Kub va paralelepipedning hajmi (V).
Lof-shof gaplar yo‘q: Shakllarning xossalarini va eng asosiy 4-5 ta formulasini bilsangiz kifoya!
https://t.me/umar_blog_math
Abituriyentlar diqqatiga!
❗️ 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
https://t.me/umar_blog_math
Shunchaki ………
Mening eng katta dushmanim...
Ba'zan o'ylab qolaman: hayotda mening eng katta dushmanim kim? Atrofga qarayman, kimdandir xafa bo'laman, kimnidir ayblayman... Lekin chuqurroq o'ylab ko'rib, achchiq bo'lsa ham bir haqiqatni tan oldim: mening eng katta dushmanim — bu o'zimman.
Chunki kerakli va foydali ishlar turganda, vaqtimni bekorchi narsalarga sovuradigan ham, yangi bilimlarni o'rganishga kelganda dangasalik qiladigan ham o'zim. Yangiliklarni sinab ko'rishdan qo'rqib, orzularim uchun yetarlicha harakat qilmayotganim ham hech kimning emas, mening o'z aybim.
"O'zini yenggan dunyoni yengar" degan gapni ko'p eshitamiz. Hozir tushunib yetyapmanki, agar men har kuni ko'zguda ko'radigan odamni — ya'ni o'zimni yenga olmas ekanman, hayotda qandaydir yuqori natijalarni kutishim mutlaqo xatodir. Hammasi o'zimni yengishdan boshlanadi.
Prizdent maktabi saralash imtihon natijalari bugun chiqib qoladi degan mish mishlar yuribdi ijtimoi tarmoqlarda
2025 orginal
#majburiy_matematika
https://t.me/umar_blog_math
❓Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent
Joriy yilda ham test sinovlari 2 ta smenada o’tkaziladi: 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.
Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?
✅ Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.
Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.
Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi, deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.
❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport (ID-karta) bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (ruxsatnoma rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).
https://t.me/umar_blog_math
Imtihon sanalaringgiz qachon va qaysi smenada ekanligini kamentariyada qoldiring
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
#abituriyent
1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan.
2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
👉 https://t.me/umar_blog_math
Xozirgi sertifikati bor ayrim abituriyentlarning bilim darajasini koʻrib bilimni baholash agentligi nomini omadni baholash agentligiga almashtirish kerakmi deb oʻylab qolaman.
Bugundan abitiyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlanishi kutilmoqda!
Ma’lumot uchun:
2024-yil 14-iyuldan
2025-yil 14-iyuldan imtihon boshlangan edi.
@umar_blog_math
Majburiy matematika 07.072026 topshiriq.pdf0.87 KB
📢 ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
🎫 Test ruxsatnomalari qachon chiqadi?
O'tgan yillardagi tajribaga ko'ra:
📌 2024-yilda — 9-iyul kuni;
📌 2025-yilda — 7-iyul kuni e'lon qilingan.
📅 Joriy yilda ham ruxsatnomalar 7–9-iyul kunlari e'lon qilinishi kutilmoqda.
📝 Ruxsatnomada nimalar bo'ladi?
- Test topshiriladigan hudud;
- Imtihon boshlanish vaqti;
- Test o'tkaziladigan bino nomi;
- Aniq manzil;
- Test topshirish alifbosi (A, B, C...);
- Ta'lim shakli (kunduzgi, sirtqi yoki kechki);
- Ta'lim tili (o'zbek, rus yoki qoraqalpoq).
📥 Ruxsatnomani qayerdan olasiz?
👉 my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga kiring va "Ruxsatnoma" bo'limi orqali yuklab oling.
⚠️ Ruxsatnoma e'lon qilingach, undagi ma'lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing va imtihon manzilini oldindan aniqlab qo'ying.
📲 Ruxsatnoma chiqqan zahoti sizni xabardor qilamiz. Kanalni kuzatishda davom eting!
Berilgan yuqoridagi topshiriqlarni ishlab boring va natijanggizni kafolatlang ha albatda ozinggiz kabi ilim olayotgan o’quvchilarga ham bu topshiriqlarni ulashing bu topshiriqlar yanada natijanggizni tez ko’tarishga hizmat qiladi
