en
Feedback
TKTI TALABALAR HAYOTI

TKTI TALABALAR HAYOTI

Open in Telegram

Birlashsak-katta kuchmiz! Demak... Shaffof Adolatli Real Kreativ

Show more
1 136
Subscribers
+4124 hours
+1167 days
+17730 days
Posts Archive
#Tanishing #Tarqatamiz #TTJ 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyi Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi: Avtobuslar: 1, 14, 17, 24, 60, 83, 96, 101, 110, 119, 129, 199, 523 Marshrutkalar: 18i, 43m, 76m Metro: Pushkin Buyuk ipak yo'li 📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://maps.app.goo.gl/W1t84h2MXwHVXYPV6 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Tanishing #Tarqatamiz #KIF 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injiniring fakulteti Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasida joylashgan Ushbu binoda Kimyoviy injiniring fakulteti dekanati joylashgan. ❗️Dars jadvallarida ushbu bino 👍 deb ko'rsatilgan. Shuningdek dars jadvalida quyidagi joylar keltirilgan: 👍 — Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasi; 👍 — Faollar zali; (m) — Ma'ruza darsi; (a) — Amaliyot darsi; (l) — Laboratoriya darsi. 🗓️ Dars jadvallari 👉 https://tkti-2023.edupage.org/timetable/ 📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://goo.gl/maps/tDM2ZSD1ZMxzXEVo8 Keyingi postlarda qolgan fakultet binolari haqida ham ma'lumotlar berib boramiz. Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi: Avtobuslar: 1, 14, 17, 24, 60, 83, 96, 101, 110, 119, 129, 199, 523 Marshrutkalar: 18i, 43m, 76m Metro: Pushkin Buyuk ipak yo'li 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Tanishing #Tarqatamiz #SMMF 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti Samarqand Darvoza ko'chasida joylashgan Ushbu binoda Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti dekanati joylashgan. ❗️Dars jadvallarida ushbu bino 👍 deb ko'rsatilgan. Shuningdek dars jadvalida quyidagi joylar keltirilgan: 👍 — Samarqand Darvozasi ko'chasi; 👍 — Faollar zali; (m) — Ma'ruza darsi; (a) — Amaliyot darsi; (l) — Laboratoriya darsi. 🗓️ Dars jadvallari 👉 https://tkti-2023.edupage.org/timetable/ 📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://goo.gl/maps/Yk7jqUBoqGGLvFSK7 Keyingi postlarda qolgan fakultet binolari haqida ham ma'lumotlar berib boramiz. Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi: Avtobuslar: 43, 141 Marshrutkalar: 92, 93m, 130m 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Tanishing #Tarqatamiz #OOVTF 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining asosiy bosh binosi. Ushbu binoda 👍 Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti joylashgan. Bino 3 qismga bo'lingan, birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarga. Ushbu binoda Rektorat, bo'lim va markazlar, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekanati va boshqa bo'limlar joylashgan. ❗️Dars jadvallarida ushbu bino 👍 deb ko'rsatilgan. Shuningdek dars jadvalida quyidagi joylar keltirilgan: 👍 — Alisher Navoiy 32 bino; 👍 — Faollar zali(ikkinchi qavatda joylashgan); 👍 — Bog' zal(Asosiy binoning bog' hududi yonida joylashgan); (m) — Ma'ruza darsi; (a) — Amaliyot darsi; (l) — Laboratoriya darsi. 🗓️ Dars jadvallari 👉 https://tkti-2023.edupage.org/timetable/ 📍 Manzil geolokatsiyasi 👉 https://goo.gl/maps/3zZidPsxzrtMdiUP8 Keyingi postlarda qolgan fakultet binolari haqida ham ma'lumotlar berib boramiz. Quyidagi transportlar ushbu bino yonidan o'tadi: Avtobuslar: 18, 17, 28, 29, 35, 43, 44, 46, 53, 64, 65, 68, 89, 91, 100, 115, 123, 152, 196 Marshrutkalar: 27m, 52, 68m, 76m, 88m, 92, 130m, 191m Metro: G'ofur G'ulom Paxtakor Alisher Navoiy 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

Toshkent kimyo-texnologiya instituti — TOP-15 talikda! 📊 Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy talabalarni jalb etish daraja
Toshkent kimyo-texnologiya instituti — TOP-15 talikda! 📊 Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy talabalarni jalb etish darajasi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. Ushbu reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti 15-o‘rinni egalladi! 🎉 Xorijiy talabalar qabuli Study in Uzbekistan platformasi orqali davom etmoqda. 📌Ma’lumot uchun: Bugungi kunda TKTIda 20 dan ortiq xorijiy talaba tahsil olmoqda. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️ 👩‍🎓 Oliygoh — o’rta maktab emas! Talabalarga 10ta muhim qoida! Toshkent kimyo-texnologiya instituti barcha 1-kurs talabalarini o'qishga kirganliklari bilan tabriklaydi! Oliy ta’lim muassasasida hamma narsa maktabdagidek emasligini unutmang! Hurmatli 1-kursga qabul qilingan talabalar! Bugun sizlar bilan bizning Toshkent kimyo-texnologiya institutida muvaffaqiyatli tahsil olishingizga ko‘maklashadigan 10 muhim qoida haqida fikr yuritamiz. Batafsil videoda👆👆👆 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

📌To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama? 🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadid
📌To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama? 🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz: 🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak. ✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang. 🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. 📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

👍 Kimyoviy injiniring fakulteti 1-kurs talabalari uchun ma’rifiy va tushuntirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi 👩‍🎓 Toshkent ki
+9
👍 Kimyoviy injiniring fakulteti 1-kurs talabalari uchun ma’rifiy va tushuntirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injiniring fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalarni oliy ta’lim muhitiga moslashtirish, ularning akademik hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan bir qator mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar doirasida: 🟢 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich boshchiligida o‘tgan darsda istiqlol bergan imkoniyatlar, mamlakatimizdagi islohotlar hamda talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟢 Oliy ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha fakultet dekani Sh.B.Buxorov boshchiligida ma’ruza o‘tkazildi. Unda 1-kurs talabalariga rektorat, fakultet, dekanat hamda kafedralarning o‘quv-ilmiy va boshqaruv jarayonidagi o‘rni batafsil tushuntirib berildi. 🟢 Institutning ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirishga bag‘ishlangan uchrashuvni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Dj.T.Sidikov olib bordi. Dars davomida talabalarga akademik intizom, muomala madaniyati hamda ta’lim muassasasida o‘zini munosib tutish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 💬 Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan ushbu tadbirlar 1-kurs talabalariga institut boshqaruv tizimini to‘g‘ri anglash va yangi o‘quv yilida akademik faoliyatni muvaffaqiyatli boshlashda muhim poydevor bo‘ldi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

🎓 Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi 🗣️ Toshkent kimyo-texnologiya
+6
🎓 Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi 🗣️ Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sanoat muhandisligi va menejmenti fakultetida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida 1-bosqich talabalariga bag‘ishlangan “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🎙 Tadbirning ochilish marosimi Tadbirni Xalqaro aloqalar va transformatsiya bo‘yicha prorektor Ziyadullayev Odiljon Egamberdiyevich ochib berdi. Prorektor yoshlarni institut safiga qabul qilinganlari bilan qutlab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, xorijiy tillarni puxta o‘rganish, xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv imkoniyatlaridan unumli foydalanish, shuningdek, ilm-fan, innovatsiyalar va institut jamoat hayotida faol bo‘lish haqida to‘xtalib o‘tdi. 🎓 Rahbariyat va ustozlar tabrigi Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti dekani Sh.K.Jalilov hamda kafedra mudirlari — A.Xujamurodov (Menejment kafedrasi) va D.Xusanov (Sanoat iqtisodiyoti kafedrasi) so‘zga chiqib, tanlangan mutaxassislikning mazmun-mohiyati va rivojlanish istiqbollari, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdilar. ✨ Tadbir davomida 1-bosqich talabalariga institutning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni hamda yoshlar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

Repost from Edu.uz
+9
#Dayjest Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida 2026–2027-oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbirlar va marosimlar oʻtkazilmoqda.
➡️Oʻzbekiston Milliy universiteti; ➡️O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti; ➡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti; ➡️Fargʻona davlat universiteti; ➡️Qarshi davlat texnika universiteti; ➡️Fargʻona davlat texnika universiteti; ➡️Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti; ➡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali; ➡️Nukus davlat pedagogika instituti; ➡️OʻzMU Jizzax filiali; ➡️Buxoro davlat pedagogika instituti; ➡️Qarshi davlat universiteti; ➡️Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti; ➡️Samarqand davlat pedagogika instituti; ➡️Termiz davlat pedagogika instituti; ➡️Guliston davlat universiteti; ➡️Qo‘qon davlat universiteti; ➡️Urganch davlat pedagogika instituti; ➡️Namangan davlat universiteti; ➡️Samarqand davlat chet tillari instituti; ➡️Namangan davlat texnika universiteti; ➡️Guliston davlat pedagogika instituti; ➡️Buxoro davlat texnika universiteti; ➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti; ➡️TKTI Yangiyer filiali; ➡️Axborot texnologiyalari va menejment universiteti; ➡️Namangan davlat pedagogika instituti; ➡️Namangan davlat chet tillari instituti; ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; ➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti; ➡️Jizzax politexnika instituti; ➡️Chirchiq davlat pedagogika universiteti; ➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali; ➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti; ➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti; ➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; ➡️Toshkent davlat texnika universiteti; ➡️Andijon davlat pedagogika instituti; ➡️Qo‘qon davlat universiteti; ➡️Toshkent farmatsevtika instituti; ➡️Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti; ➡️Iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ➡️Milliy rassomlik va dizayn instituti; ➡️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti; ➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti; ➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti; ➡️Shahrisabz davlat pedagogika instituti; ➡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali; ➡️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti; ➡️Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti; ➡️Angren universiteti;
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yan
+9
👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida “Mustaqillik darslari” ma’rifiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 🖥 Ushbu mashg‘ulotlar talabalarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. 🎤 Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so‘z yuritib, mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar hamda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. ℹ️ Shuningdek, neft va gaz sanoati uchun yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning strategik ahamiyati ta’kidlanib, talabalarga o‘z sohalarining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari hamda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 💬 Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda yangi o‘quv yiliga katta shijoat va maqsadlar bilan qadam qo‘ydilar. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Mustaqillik_darslari 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak
+9
#Mustaqillik_darslari 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida yangi o‘quv yili hamda Vatanimiz mustaqilligi munosabati bilan “Mustaqillik darslari” ma’rifiy mashg‘ulotlari boshlandi. ⚡️ Ushbu mashg‘ulotlar talabalarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan. 👍 Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida tashkil etilgan darsni Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich hamda fakultet dekani Normatov Anvar Mirzayevich olib bordilar. 🪙 Tadbir davomida ma’ruzachilar mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, mamlakatimiz oziq-ovqat sanoati va iqtisodiyoti uchun yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ahamiyati ta’kidlanib, talabalarga o‘z sohasining chuqur bilimdonlari bo‘lib yetishishlari hamda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. ✅ Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda yangi o‘quv yiliga katta shijoat bilan qadam qo‘ydilar. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov #Video 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Mustaqilligimizning 35 yilligi bayram tadbiri hamda «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirining ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov 🔥 Tadbirning eng hayajonli va kulminatsion nuqtasi — institut rahbariyati tomonidan 1
+9
#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov 🔥 Tadbirning eng hayajonli va kulminatsion nuqtasi — institut rahbariyati tomonidan 1-bosqich talabalariga ilmiy yo‘ldagi ilk rasmiy hujjat bo‘lmish reyting daftarchalarining tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi. ✨ Ushbu daqiqalar yoshlar qalbiga cheksiz g‘urur va mas'uliyat hissini bag‘ishlab, ularning haqiqiy talabalik hayotiga qadam qo‘yganliklarining ramziy tasdig‘iga aylandi. ⭐️ Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi kechayotgan ushbu tantanali marosim yakunida barcha 1-bosqich talabalari oliygoh rahbariyati hamda ustozlar tomonidan yangi o‘quv yilining ilk mashg‘uloti — "Mustaqillik darslari"ga ko‘tarinki ruhda kuzatib qo‘yildi. 🎓 Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar, yuksak marralar va buyuk zafarlar sari ilk qadamdir! Barcha talabalarimizga ta'lim yo‘lida unumli va omadli parvozlar tilaymiz! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov ℹ️ Tadbir davomida institutning faxriy professor-o‘qituvchilari hamda ota-onalar so‘zg
+9
#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov ℹ️ Tadbir davomida institutning faxriy professor-o‘qituvchilari hamda ota-onalar so‘zga chiqdilar. ⚡️ Ustoz va professorlar o‘z nutqlarida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi nishonlanayotgan ushbu shukuhli kunlarda talabalarga ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar va yuksak marralarni zabt etishni tilab, o‘zlarining samimiy da'vat va maslahatlarini bildirishdi. 💬 Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan ota-onalar farzandlarining Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi bo‘lganliklari bilan qutlab, ularga kelgusi o‘qishlarida omadlar tiladilar hamda oliygoh jamoasiga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini izhor etishdi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov ⌛ Tadbirning davomida institut rahbariyati so‘zga chiqib, Vatanimiz mustaqilligining 3
+9
#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov ⌛ Tadbirning davomida institut rahbariyati so‘zga chiqib, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami shukuhi ostida 1-bosqich talabalariga o‘zlarining samimiy qutlovlari, qimmatli maslahatlari va kelgusi ta'lim jarayoni bo‘yicha muhim tavsiyalarini bildirishdi. 🎤 Dastlab Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich so‘z olib, oliygohda talaba-yoshlarning sifatli ta'lim olishlari, zamonaviy axborot texnologiyalari va moddiy-texnik bazadan unumli foydalanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha to‘xtaldi. Prorektor institutda moliyaviy va tashkiliy jihatdan talabalarning iqtidorini yuzaga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilganini ta'kidladi. 🖥 Shundan so‘ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so‘zga chiqib, talabalarni oliygoh safiga qabul qilinganliklari bilan samimiy tabrikladi. Birinchi prorektor o‘z nutqida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, odob-axloq va institut ichki tartib-qoidalariga rioya etish, shuningdek, jamoat ishlarida, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda hamda sport musobaqalarida faol bo‘lish muhimligini alohida ta'kidlab o‘tdi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Mustaqilligimizning 35 yilligi bayram tad
+9
#Mustaqillik35 #talabalikka_bag`ishlov 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Mustaqilligimizning 35 yilligi bayram tadbiri hamda «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirining ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi! 🔜 Bugun, 7-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi shodiyonalari ulashgan ko‘tarinki ruh hamda «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida 1-bosqich talabalari uchun bag‘ishlangan «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi. 🇺🇿 Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining jo‘rbo‘lib, baland ovozda ijro etilishi bilan boshlandi. Davlatimiz madhiyasi yangragan daqiqalarda barcha ishtirokchilar va talaba-yoshlar cheksiz g‘urur hamda vatanparvarlik hissi bilan unga hurmat bajo keltirishdi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

📺🎵 “Eng yaxshi fotoalbom” va “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovlari o‘tkazildi. 👩‍🎓O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligin
+9
📺🎵 “Eng yaxshi fotoalbom” va “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovlari o‘tkazildi. 👩‍🎓O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari o‘rtasida ijodiy tanlov tashkil etildi. 🎯 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat. 📺“Eng yaxshi fotoalbom” nominatsiyasida ishtirokchilar Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, milliy qadriyatlar, Vatan manzaralari va yoshlar hayotini aks ettiruvchi ijodiy fotoalbomlarini taqdim etdilar. 🎤“Eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyasida esa talabalar Vatan, Mustaqillik, ona yurt, tinchlik va milliy qadriyatlar mavzusidagi qo‘shiqlarni ijro etib, o‘zlarining musiqiy va ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar. 👑Tanlov yakunida ishtirokchilarning ijodiy ishlari mazmun-mohiyati, ijodiy yondashuvi, o‘ziga xosligi, ijro mahorati va taqdimot sifati kabi mezonlar asosida baholanib, munosib g‘oliblar aniqlandi. 🎉 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Yoshlarimizning ijodiy izlanishlari va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati yanada yuksalib boraversin! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

👩‍🎓 Talabalikka bag‘ishlov tadbirlarining ochilish marosimi! Hurmatli talabalar! 📅 7-sentabr, dushanba kuni ⏰ Soat 08:00 d
👩‍🎓 Talabalikka bag‘ishlov tadbirlarining ochilish marosimi! Hurmatli talabalar! 📅 7-sentabr, dushanba kuniSoat 08:00 da Toshkent kimyo-texnologiya institutida «Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida Talabalikka bag‘ishlov tadbirlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 📍 Tadbirlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 🔹 Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti hamda Neft va gaz texnologiyalari fakultetiNavoiy 32 Bosh binoda; 🔹 Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti Samarqand Darvoza 60, o‘z fakultet binosida. 🔹 Kimyoviy injiniring fakulteti Mirzo Ulug'bek 41, o‘z fakultet binosida. 🎉 Barcha talabalarni tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🎓✨Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari ilk qadam! 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy

⭕️⭕️⭕️ 🔜 2026/2027 o'quv yilida dars soati juftliklari yuqorida keltirilgan o'quv jarayonlarini tashkil etish rejasi asosida
⭕️⭕️⭕️ 🔜 2026/2027 o'quv yilida dars soati juftliklari yuqorida keltirilgan o'quv jarayonlarini tashkil etish rejasi asosida bo'lib o'tadi. 👩‍🎓TKTI.UZ | 🚀 Telegram | ✅TUTOR.UZ | 📱 KARYERA | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐YouTube | 🌐 VK | 🌐 Linkedin | 🇺🇿 TKTI Ittifoq | 🧮 Buxgalteriya |🔬Ilmiy