MOCKINT.UZ
Open in Telegram
MOCKINT - Sinov intervyular topshirish, bilim va tajribangizni sinash va tajribali dasturchilardan foydali "Feedback" olish uchun mo'ljallangan loyiha. Rasmiy sahifamiz: mockint.uz
Show moreThe country is not specifiedTechnologies & Applications73 908
634
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
634
Mockint.uz tomonidan o'tkazilayotgan Frontend yo'nalishi bo'yicha bepul BONUS intervyuga omadli inson random orqali tanlandi.
U inson: Maxmasoliyev Otajon
Xudo xohlasa ularga bog'lanib, intervyu sanalarini kelishib olamiz.
Video YouTube'ga chiqadimi ?
InshaaAlloh ha.
Bepulda omadi kelishini kutishni xohlamaganlar uchun esa, Mockint.uz da pullik intervyularga yozdirib qo'yish imkoni ochiqligini eslatib o'tamiz π
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
634
634
Nega intervyular pullik ?
Quyida siz azizlarga intervyular nega pullik ekanini aytib o'taman.
1. Ular pullik. Chunki biz oladigan mutaxassislarning vaqti qimmat turadi. Bu gapimni shu darajaga chiqqanlar juda ham yaxshi tushunadi.
Ammo, narxlarni juda arzon qilganmiz. Sizlarga qulay bo'lishi uchun.
2. Ular pullik. Chunki, bu ish jiddiy. Mutaxassislar oddiy insonlar emas. Intervyuga ham bekorchilar topshirmaydi. Balki, pul to'lab, yo'q bo'lsa biroz qiynalib yig'ib, shunga yarasha tayyorlanib, o'z ilmiga "investitsiya" kiritmoqchilar topshiradi. Biz ham shundaylarga bor yordamimizni beramiz.
3. Ular pullik. Chunki loyiha davomiyligi shunga bog'liq. Hech kim davomiy tekinga intervyular qila olmaydi. Barchani o'z yumushi, oilasi va tashvishlari bor. Bu orqali loyiha kelajagi ko'zlangan.
Ammo, narxlar qimmat emas. Oddiy inson ham ozgina tejamkor bo'lib, o'ziga investitsiya kirita oladigan darajada arzon.
Shunday ekan, bunday imkoniyatdan, bunday mutaxassislardan foydalanib qolish kerak.(Holis shaxsiy fikr)
Biz esa intervyular sifatli va karyerangiz uchun juda foydali bo'lishi uchun qattiq harakatdamiz.
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
634
Diqqat!
Bizda yana bir yangilik. Intervyuverlar safi Senior .NET Engineer bilan boyidi. Yo'nalishlar esa .NET yo'nalishi bilan. π
Kim ekan mutaxassis deyapsizmi ? U inson Mukhammadkarim Tukhtaboev. (Janob Panda)
Safimizga qo'shilganlaridan juda hursandmiz va omad tilab qolamiz.
Biz esa yangiliklarni ulashishni davom etamiz. Bizda hali yana bor. π
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
634
.Net qo'shilishini kutayotganlar bormi ?
Kimni kutayapsiz aynan ?
Yangiliklar bor bizda π
#sorovnoma
@MockInt
634
Eslatib o'taman Mockint.uz dagi barcha pullik intervyular Ingliz tili ham O'zbek tilida ham qilsangiz bo'ladi. Chet el kompaniyasiga topshirmoqchilar uchun ayni muddao bu.
Shunchaki topshirayotganda tilni Ingliz tili yoki O'zbek tilini tanlashingiz kifoya.
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
634
Saytimizda yangilikni ko'rgan bo'lsangiz kerak.
Safimizga UI/UX va Product Design yo'nalishi bo'yicha yangi Interviewer qo'shildi.
Endi bu yo'nalishdan ham intervyu olish uchun bizga murojaat qilishingiz mumkin. π
Bizda yana yangiliklar bor. Biroz muddatdan so'ng e'lon qilamiz. InshaaAlloh
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
634
Diqqat!
MockInt.uz tomonidan Umumiy Frontend yo'nalishi bo'yicha BONUS tekin intervyu e'loni.
Bir ishtirokchiga tekin intervyuga qatnashish imkoni beriladi.
Quyidagi formani to'ldiring va omadli bir ishtirokchi bo'lish imkonini qo'lga kiring.
https://forms.gle/KcGACDSvGPBTPqwH8
Ishtirokchini tanlash, 8 - oktabr, soat 15:00 da, aynan shu kanalda jonli ravishda amalga oshiriladi.
Ulashing βοΈ
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
634
Mock interview o'zi nimaga kerak ?
Mock interview - bu bilim olishning eng zo'r varianti hisoblanadi. Bunda siz o'z bilimingiz qaysi darajada ekanligini va nimalarni bilmasligingizni bilib olasiz.
Mock interview - orqali haqiqiy intervyularga tayyorlanib olasiz. Bunda nafaqat bilim taraflama, balki ruhan tayyorgarlik ham bo'ladi. O'zingizga ishonchingiz oshadi va hayajon kamayadi.
Mock interview - O'zingiz haqingizda feedback olasiz. Feedback'da sizning ustun taraflaringizdan tortib, kamchiliklaringizgacha yoziladi va ularga tavsiyalar beriladi.
Mock interview topshirishni MockInt.uz bilan amalga oshiring. β
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
634
Bizda yana bir intervyu muvaffaqiyatli belgilandi.
Yo'nalish, Middle Android yo'nalishi.
10-dekabrda.
Siz ham o'z joyingizni band qilishga shoshiling. π
Rasmiy telegram kanalimiz: @MockInt
634
Ayni damda jamoamizga quyidagi yo'nalishlardan nomzodlarni mutaxassislikka taklif qildik va qilish arafasidamiz.
.Net, PHP, Go, Product Designing, Flutter va Java.
Taklif va maslahatlaringiz bo'lsa, bemalol kommentda qoldirishingiz mumkin. π
Rasmiy telegram kanalimiz: @MockInt
634
Bizda birinchi intervyu Middle Angular yo'nalishiga muvaffaqiyatli belgilandi. Alhamdulillah.
Who is next ? π
Intervyularga yozilish uchun saytimizdan avvalo ma'lumotlarni olishingizni so'rab qolamiz. Ko'pchilik adminimiz vaqtini olib yozyapti. To'lov qiladigan paytga kelganda, "Pullikmidi ?" deyishyapti π
Rasmiy sahifamiz: Mockint.uz
634
Bismillah.
MockInt.uz loyihamizga start berish vaqti keldi. Kutganmidingiz ?
Demak biz boshladik. π
Loyiha haqida barcha ma'lumotlar, qanday yozilish, qaysi yo'nalish mavjudligi haqida ma'lumotlar rasmiy sahifamizda: Mockint.uz
Savollar qismini ham tekshirishni unutmang. π
Yana savollar va takliflar bo'lsa post kommentiga yozishingiz mumkin.
Alloh boshlagan ishimizni xayrli qilsin. π€²
Rasmiy telegeam kanalimiz: @MockInt
634
Intervyu narxlari qancha bo'lishini kutyapsiz ?
(Ularni orasida haqiqiy narx yashiringan π)
Junior - Middle - Senior ko'rinishida.
634
Qachon boshlaymiz ?
Rejamiz bo'yicha 1 - dekabrdan loyiha start oladi. Albatta Alloh xohlagan bo'lsa.
Ba'zi bitmagan ishlarimiz bor, 1 - dekabrgacha tugatish niyatidamiz. Bo'lishi bilan start e'lonini beramiz. InshaaAlloh
Bizni kuzatib boring π
Rasmiy telegram kanalimiz: @MockInt
634
Logotip mazmuni
Kommentda to'g'ri javoblar bo'ldi. Ammo to'liq emas.
Logotipdagi M harfida, "Mock interview" so'zlarining bosh harflari bor. M va I.
Shuningdek, M shakli ikki inson, intervyuver va kandidat tasvirlangan.
Bu dizaynni MockInt'ning Co-founderi @nizamoff qilganlar.
Shunaqa gaplar π
Rasmiy telegram kanalimiz: @MockInt
634
MockInt logotipi ma'nosini bilasizmi ?
Nima tasvirlangan, topishga harakat qilingchi π
634
Qolgan yo'nalishlardagi mutaxassislar ro'yhati bilan tanishing.
Marhamat π
1. Angular
- Umar Sadullaev - Frontend Engineer at ITransition Group
2. Android
- Axrorxo'ja Yodgorov - Lead Software Engineer at EPAM Systems
3. Python
- Bobosher Musurmonov - Software Engineer at Applied Labs
4. Java
- Yusuf Murodov - Software Engineer at EPAM Systems
#interviewers
Rasmiy telegram kanalimiz: @MockInt
634
Yo'nalishlardan mutaxassislarimiz bilan tanishing. π
(Uzun bo'lmasligi uchun ikkiga bo'lib chiqaramiz. Hozir 4 ta yo'nalish mutaxassislarini ko'rishingiz mumkin)
1. Umumiy Frontend
- Umar Sadullayev - Frontend Engineer at ITransition Group
2. ReactJS
- Azizbek Jonibekov - Frontend Engineer at Toptal
- Muhammadrosul Nurmukhamedov - Frontend Engineer and teacher at Najot ta'lim
- Otabek Rizayev - Frontend Engineer at TUNE Consulting
3. VueJS
- Mirjalol Norqulov - Frontend Engineer at EPAM Systems
4. NodeJS
- Mabrur Khayitboev - Software Engineer at ITechArt
Qolgan yo'nalish mutaxassislarini keyinroq ko'rishingiz mumkin. InshaaAlloh.
Rasmiy telegram kanalimiz: @MockInt
