Start21s
Open in Telegram
Assalomu alaykum! Start 21 o'quv markazi o'qituvchisi Hasanov Humoyuning kanaliga xush kelibsiz! Dear students, Please, send your questions and tasks to @Start21s_bot and i will answer and check ✅
Show more370
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-930 days
Posts Archive
370
O'yin oxirida darvozamonimiz Rustamjonovning to'pni egallab olgandagi reaksiyasi TOP REACTION 😂😂😂😂
Kordinglarmi?
370
https://t.me/+YdoXrBI8AjxmN2Uy
Bugun 19.04.2025 Shanba kuni soat 15.30-17.30 vaqtida ochilgan yangi Level 3 guruh talabalari qo'shilib oling!
Agar siz bu guruhda o'qimasangiz iltimos qo'shilmang!
370
Bugun 16.04.2025 kuni ochilgan yangi Level 2 talabalari uchun telegram guruh. Shu guruhda o'qisangiz qo'shilib oling!
370
Repost from 𝘽𝙖𝙝𝙤𝙙𝙞𝙧 𝙄𝙨𝙠𝙖𝙣𝙙𝙖𝙧𝙤𝙫 ✍🏻
18+ БЎЛАЖАК ИМПЕРАТОР!
Ассалому алайкум, аслзода ўқирманлар. Ўзимизга ўхшаган аслзодалар мавзусидан узоқлашмаган ҳолда, сиз расмда кўриб турган бўлажак император, шахзода Ҳисаҳито ҳақида озгина гаплашамиз.
Шу десангиз, неча минг йиллик тарихга эга сулоланинг вакили, бўлажак император укамиз яқинда 18 ёшга тўлди. Шунинг учун постни 18+ деб белгиладик) Кейин, Тсукуба университетига ўқишга кирди. Ҳамма қатори имтиҳон топшириб, ўз кучи билан кирди.
Кеча, 5- апрел "Билимлар куни" ( Бизда 2-сентябрда ўқиш йили бошланса, Японияда апрел ойида бошланади) фестивалига қатнашди ва ўз таасуротлари билан ўртоқлашди.
"Мен бошлаётган янги ҳаётимда бироз хавотир ва ҳаяжондаман. Аммо, ҳозирдан бошлаб тўплайдиган билим ва тажрибаларимни қадрлайман. Университетга велосипедда қатнамоқчиман!" дейди.
Иби, маши жойи сал ўтиб тушди-да, бизнинг қишлоқдаги Мардан дамасчини ўғли ўқишга қора жентрада бориб келаман деб жанжал қилаётган бир пайтда, бўлажак император велосипедда бориб келадими, эээ бўмапти))
Бундан ҳам ўтиб тушган жойини айтайми? Бўлажак императоримиз ҳашоротларга қизиқар экан. Биология соҳасини пухта ўрганиб, табиатдаги ҳашоротларларни асрашга ҳам хиссасини қўшмоқчи экан. Камига, помидорлар ва гуручларни экиш, парваришлаш, хосилдорлигини ошириш бўйича ҳам илмий ишлар қилмоқчи экан. Қойилотун, қойилун. Нимага Марданни гапираверасан дейсизларку-я, қандай қилиб гапирмаслик мумкин?
Мардон дамасчи ҳам, Ўктам пайнетчи ҳам, ҳаттоки Руслан фермерни боласи ҳам "Сельхоз"га кирмайман деб, ҳамма ўзини юридик институти-ю, Дипломатия каби сохаларга урди. Қобиляти бор йўқлиги ҳисобга олинмади. Қишлоқ хўжалигида яхши мутахассис бўлиши мумкин бола Судя бўлиб, Судларни ҳам дала қилиб юборди. Ёки, яхши Судя бўлиши мумкин бўлган бола фермер бўлиб, далани узил-кесил 9 йилга хосил бермайдиган қилиб қўйди)) Ҳозирги даврга келиб ҳамма ўзини "Инглиз тили ва АЙТИга урди".
Мени ўзимни ҳам қаранг. Мендан бир яхши чўпон чиқарди. Ким қаердаги Социология, Филология, Педагогикаларни ўрганибман. Ҳа, каллам қурсин. Булли тамом. Бўлажак императордан руҳланиб, бугундан мен ҳам Капалакларни, помидорларни ўрганаман. Лекин, борку император оиласида туғилиб, император бўлишингни билиб капалакларни ўрганиш бошқача бўлса керак-да. Бизга ўхшаб қашшоқ бўлиб, камига капалакларни ўрганаман десанг, ҳозиргиданда қашшоқлашиб кетишимиз аниқ-да) Ҳа, азизлар, адолат йўқ бу дунёда))
Баҳодир Ниппоний- Императорлар тавсия этади)
370
Repost from START21.LC
🎯 CEFR darajangizni aniqlashga tayyormisiz?
Start21 o‘quv markazi navbatdagi CEFR mock imtihoniga start berdi!
Bu imkoniyat orqali siz Listening, Reading, Writing va Speaking bo‘limlarida o‘z bilimingizni sinab ko‘rasiz va taxminiy CEFR darajangizni bilib olasiz.
Speaking 13:30 da boshlanadi!Mock imtihon ochiq — xohlovchilar uchun! 📅 Sana: 13-aprel (yakshanba) 🕘 Vaqt: 09:00 📍 Manzil: Start21, Chorsu filiali 👥 Kimlar uchun: Barchaga ochiq 💰 To‘lov: 80 000 so‘m Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @CEFR_MOCK_1304 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! CEFR darajangizni bilib, keyingi bosqichga birinchi qadamni qo‘ying!
370
Repost from Ibrohimov’s notes
Assalomu alaykum! Men bir yaxshi ishga qo‘l urdim.
Xullas, orangizdan ikki kishiga BEPUL SMM o‘rgataman!
Shartlari juda oddiy:
1. Kanalga obuna bo‘lish;
2. Ushbu post tagiga “Nima sababdan SMM o‘rganmoqchisiz?” degan savolga javob yozish.
Foydali deb bilsangiz tanishlaringizga yubirib qo’ying)Bir haftadan keyin g‘olibni aniqlaymiz!
370
Repost from ME | Akbarali Abdulbokiev
Bu nima degani?
Bir yaqinimiz shu haqida batafsil yozing deb, ma’lum muddat avval so’ragan edi. Endi vaqt bo’ldi.
Bu muammoni men o’quvchilar misolida tushuntirmoqchiman.
O’quvchi yangi o’rganish davriga katta qiziqish bilan kirib keladi. Vaqt o’tdi. Qiziqish pasaydi. Qiziqish o’z-o’zidan pasaymaydi. Yetarlicha sabablar bor. Chalg’ituvchi narsalar, masalan, telefon. Siz dars qilishingiz kerak lekin unday qilmayapsiz, fikringiz joyida emas. Telefon bilan mashg’ulsiz.
Bilasiz dars qilishingiz kerakligini lekin o’zingizni boshqara olmayapsiz. Bu sizning ayni tushunchangiz. Vaqt o’tyapti. Soatlar, kunlar. Kunlar ortidan haftalar va oylar. Yillar zoye bo’lyapti.Siz vazifalarni qilishga ulgurmaslikni boshlaysiz, qolganlardan ortda qolishni va tanbehlar eshitishni boshlaysiz. Qiziqishingiz so’nishni boshladi chunki siz endi oxiri yo’q ko’chaga kirgandek, eplay olmaydigandek his qilishni boshlaysiz o’zingizni.
Vaqt o’tyapti. Endi siz o’zingizni ovutishni boshlaysiz, o’zingizni chalg’itish bilan bu stressdan chiqishga xarakat qilasiz. Nima qilasiz. Telefonga sho’ng’iysiz. Telegram. Instagram. YouTube. TikTok. Bilasiz dars qilmaganingizni, bilasiz hozir yaxshi ish qilmayotganingizni lekin o’zingizni boshqara olmayapsiz. Bu sizning ayni tushunchangiz. Yillar zoye bo’lishda davom etadi. Eh vaqt o’tib ketyapti deb qo’yasiz bir bir. Lekin muammo nimada bo’lyapti?!Shuning uchun ham aytiladiki, Muammo-zoye qilingan yillarda emas balki siz vaqt o’tishi bilan o’zgarmayotganingizda. Umringizni qolganida ham ayni tushunchalaringiz bilan qolishingizda. UYG’ONING!
370
Repost from START21 DTM
#ESLATMA
Milliy sertifikat imtihoniga ro'yhatdan o'tgan o'quvchilar diqqatiga:
Bugun to'lovning so'ngi kuni. To'lov qilgan barcha o'quvchilar hozirni o'zida shaxsiy kabinetingizga kirib, to'lov tushganini tekshirib oling. Qanday tekshirishni bilmasangiz biz bilan bog'laning @b_tursunov
Agar to'lov qilmagan bo'lsangiz bizga aloqaga chiqing. @b_tursunov
