cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝑫𝑼𝑵𝒀𝑶𝑫𝑨 𝑻𝑬𝑵𝑮𝑰 𝒀𝑶'𝑸 𝑶𝑵𝑨𝑴"-𝑰𝑱𝑹𝑶𝑳𝑨𝑹𝑰

Ассалому алайкум! Ҳуш келибсиз. 😍 Ажойиб Ижро ва ижодимиздан баҳраманд бўлинг. 😍😘 ҲУРМАТ ЭҲТИРОМ БИРИНЧИ ЎРИНДА! Хурматсизлик, беманилик, қилганларни учириб юборамиз! Ким ва қандай мавқеда бўлса ҳам!

Show more
Advertising posts
376
Subscribers
-224 hours
+37 days
-4730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#PREMYERA🔥 𝐕𝐢𝐣𝐝𝐨𝐧𝐥𝐢 𝐬𝐡𝐚𝐲𝐭𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫 Oxirlab bormoqda bu yangi zamon, Insonda qolmadi zaracha iymon. Buni koʼrgan shayton qoladi xayron, Vijdon oʼchogʼimiz boʼlibdi vayron. Ota oʻz qiziga tambeh bermaydi, Xotin  oʻz erini pisand qilmaydi, Onasi bor  lekin qadrin  bilmaydi, Dunyo ham bu ishga qoldida hayron. Oila neligin uqtirmas ona, Yoshlar sevgi deya doim ovvora, Farzandli  insonlar sevishar qara, Qiyomat kunida bo‘lmasmi sarson. Vaqtiga achinmas chatlar bo‘lsa bas, Sevgi deb hayotni qadrin anglamas, Bir birin erkalar xayoni bilmas, SHu sabab shayton ham yuribdi shodon. Ijodkorman deya ash'orlar bitib, Soxta hushomadga o‘zidan ketib, Gohida aldovda shaytondan oʻtib, O‘zicha ijodkor tillari biyron. Yoshlari qirq, elik  nevarsi bor, Shunda xam muhabbat qiladi izxor, Bularda yoʼqmidi  vijdon ila or, Tun uyqu bilmayin o‘ylayman obdon. 𝐌𝐮𝐫𝐨𝐝 𝐬𝐡𝐨𝐱✍ 28.12.2023 2 : 45
Show all...
SENI SOG‘INISHDAN CHARCHADI KO‘NG‘IL... 🎤 FERUZA 📝 AZIZABEGIM 💻 NAZAR SABIROV
Show all...
📹 Жаннатим Онам... 🥰 Чиройли видео ролик
Show all...
Repost from N/a
BIR QILSIN XUDO. Oshiqmisiz ko'zu qoshimga, Shirin so'zim aqlingiz olgan, Yuragingiz ishqimda yonib, Necha bora o'zidan tongan. Olam aro bittaman o'zim, Chiroyimdan oy ham xijolat, Rom etganda shahlo ko'zlarim, Telba sifat bo'lsangiz kerak. Sevasizda tanho o'zimni, Chunki shuni xoxlagan Xudo, Mensiz hayot sizga ne kerak, Sizni mendan qilmasin judo. Qizlar ichra vafodoringizman, Meni sizga yaratgan Alloh, Biling sizga men zoringizman, Sevib qolsam mendami gunoh. Seving deyman umringiz qadar, Menga sodiq bo'lingda deyman, Oq otdagi shahzodam bo'lib, Saroyingizda yashayin derman. Sevilaylik to o'lgunimizcha, Nasib etsin birga bo'lmoqlik, Faqatgina bu dunyoda emas, Jannatda ham bir qilsin Xudo. ✍Xolidaxon Xudaynazarova. @onajonim923
Show all...
ЎТИНЧ. #премера Не армон қийнайди кўнгилмни билмам.? Қузғундек қоплаган юракни бир ғам. Ўйлаб ўйларимга етолмай лолман, Андуҳлар кемирган қалбимга  қулман. Ҳаёт синовлари келса бошинмга, Аччиқ заҳар солса ширин ошимга. Арзимас бу дунё тўккан ёшимга, Аллоҳдан ўзгаси келмас қошимга. Қувончдан бўлсам шод, йиғлатса дунё, Орзуга чўзсам қўл қулатса дунё. Ёлғон туйғуларга алдансам гоҳо, Баридан воз кечгим келяпти дунё. Битта ўтинчим бор сенга эй ҳаёт, Бесабаб йиғлатма бергин сен қанот. Майли кўз ёш тўкай майли, ўлгунча, Тавба ёшларидан қўймагин ҳаёт. 01/05/2024 ✍АЗИЗАБEГИМ
Show all...
🔥 1