en
Feedback
Bayroqdor

Bayroqdor

Open in Telegram

Harbiy sohaga oid yangiliklar, shaxsiy nuqtai nazar, umuman hamma narsa. YouTube: 👇 https://youtube.com/@bayroqdor?si=QnUcDvGEHnxxjXJk

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Bayroqdor

Channel Bayroqdor (@bayroqdor) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 13 935 subscribers, ranking 14 801 in the News & Media category and 5 719 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 13 935 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -423 over the last 30 days and by -32 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 42.22%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 28.36% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 5 886 views. Within the first day, a publication typically gains 3 954 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 80.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Harbiy sohaga oid yangiliklar, shaxsiy nuqtai nazar, umuman hamma narsa. YouTube: 👇 https://youtube.com/@bayroqdor?si=QnUcDvGEHnxxjXJk

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.

13 935
Subscribers
-3224 hours
-1117 days
-42330 days
Posts Archive
Bayroqdor
13 927
Toshkent-Andijon yo‘nalishida harakatlanadigan hamda vodiy viloyatlarini poytaxt bilan bog‘laydigan yangi poyezd Xitoydan olib kelingan. Harakat vaqti 4 soat 15 daqiqanini tashkil etadi. Solishtirish uchun, Sharq poyezdlar bu masofani taxminan 6 soat 20 daqiqada bosib o‘tadi. Yangi poyezdda o‘tirib ketish uchun chipta narxi 268,190 so‘mni tashkil etadi. Sharq'da esa bu 231,000 so‘m. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Rossotrudnichestvo rahbari Igor Chayka, Rossiya va Armaniston o‘rtasida keskinlik kuzatilayotganiga qaramay, aloqalar normal holatda ekanini ta'kidlabdi
“Munosabatlar normal, xuddi katta oiladagidek — har xil holatlar bo‘lib turadi”, — dedi u.
@bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Hindistonning Chitrakut shahrida qiziq voqea sodir bo‘ldi. Ziyoratchi Shayana Pradakshinam marosim o‘tkazish uchun Kamadgiri ibodatxonasigacha bo‘lgan 5 kilometr masofani bosib o‘tdi. Ammo u buni oyoqlari bilan bajarmadi. Aksincha, yerda dumalab harakatlandi. Uning tarafdorlari yo‘lga mat qo‘yib turishdi, ortidan esa olomon ergashdi. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Ukraina qurolli kuchlari brigadalarini kreativlik bo‘yicha baholasak, menda asosan shu variantlar bor: 🟡3-alohida hujum brigadasi; 🟡20-operativ “Lubart” brigadasi; 🟡47-mex. "Magura" brigadasi. Yuqoridagi video ularning eng oxirgisiga tegishli. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Gap internet, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar haqida ketganda, Xitoy mahalliy segmentni xalqaro maydondan uzib qo‘ygan. Uning doim kuzatiladigan va "zararli kontentdan tozalangan" o‘z platformalari mavjud. Ammo so‘nggi yillarda xitoyliklar TikTok, Instagram va Twitter kabi global auditoriyaga ega tarmoqlarda ham faollikni oshirdi. Oshirganda ham o‘zini, xususan qurolli kuchlarini PR qilish uchun. Demoqchimanki, shartli 2022-yilga qadar yuqoridagi kabi editlarni kam uchratar edik. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Rossiya kuchlarining Strela-10 zenit-raketa tizimi Ukraina droniga qarshi. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Misrda o‘tayotgan El Alamein aviasaloniga Rossiyaning Su-57 qiruvchi samolyoti olib kelinibdi. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Yugoslaviyani "Kichik SSSR" deyishardi. Serbiya uning merosxo‘ri sifatida sovet namunasidagi qurol-yarog‘lar, harbiy texnikalar, umuman olganda harbiy-texnik bazani saqlab qolgan. Serblar faqat bu bilan cheklanmay, modernizatsiya dasturlarini ham muntazam olib borishadi. Xuddi shu narsa 2022-yildan so‘ng Ukrainaga qo‘l keldi. Ukrainaliklarga rus armiyasining shiddatli hujumlarini qaytarish uchun o‘q-dorilar, snaryadlar, ehtiyot qismlari kerak edi. Sharqiy Yevropa davlatlarining omborlarida chirib yotgan zaxira uzoqqa bormadi – bu kutilgandi. O‘z mavjudligi uchun kurashayotgan davlatga, garchand manfaat uchun bo‘lsa ham, kutilmagan tomondan qo‘l cho‘zildi. Serblar Kiyevga uchinchi davlatlar orqali taxminan bir milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotdi. Endi shu davlat o‘z qurolli kuchlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilayotgan, Rossiyadan boshqa manbalar hisobiga diversifikatsiya siyosatini olib borayotgan boshqa bir davlatga, O‘zbekistonga taklif bilan chiqyapti: “Keling, uzoq masofali raketa tizimlarini birgalikda rivojlantiramiz. Siz bilan o‘z muhandislik maktabimizni bo‘lishamiz”. O‘zbekiston tomoni bu tashabbusga qanday munosabat bildirishi menga qorong‘i. Lekin mamlakat sifatida tiyib turuvchi kuchlarimizni shakllantirishimiz zarur. Konvensional qurollar orasida bu vazifaga uzoq masofali ballistik raketalardan ko‘ra ko‘proq mos keladigan biror narsani bilmayman. Bizga ballistik raketalar, uzoq masofaga mo‘ljallangan dronlarning yirik arsenali va eng muhimi, ishlab chiqarish bazasi zarur. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
O‘tgan yillarda mustaqillik haqida yozgan tikak va tabriklarimga qiziqdim. Solishtirsam, istiqlolga nisbatan munosabat, fikrlar va yondashuv o‘zgarmagan. Vatanga muhabbat esa faqat ortgan. Faqat bir narsa kamaygan: chiroyli jumlalar, pafosli gaplar ozaygan. Chunki vaqt o‘tgan sari

Bayroqdor
13 927
Vladimir Putin Rossiyada 40 ming nafar hindistonlik talaba tahsil olayotganini aytdi
"Rossiyada tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha Hindiston yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich yetti baravar oshdi va hozirda qariyb 40 ming nafarni tashkil etmoqda. Biz muntazam ravishda madaniy festivallarni ham o‘tkazib turamiz — Rossiyada Hindiston festivallari, Hindistonda esa Rossiya festivallari tashkil etiladi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro sayyohlik oqimi ham faol rivojlanmoqda", degan Rossiya rahbari hindistonlik hamkasbi bilan uchrashuvda.
@daryo_live

Bayroqdor
13 927
Vengriyada mast uchuvchi samolyotni o‘g‘irlab, mamlakatning yagona atom elektr stansiyasiga qarab uchibdi. Harbiylar shu zahoti oyoqqa turib, qiruvchilarni havoga ko‘tarishgan. Ammo samolyotni urib tushirishga hojat qolmagan – uchuvchi dalaga qulagan. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Bir qarashda GTA 6 o‘yinidan navbatdagi tizermi debman. O‘zimizning poytaxt ekan. # @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Rossiyaliklar Ukrainaning Mi-17 transport vertolyotini optik tola kabelli dron bilan urib tushirishiga bir bahya qoldi. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Aslini olganda, texnikalar zarurat mahsuli hisoblanadi. Ehtiyoj tug‘ilganda xarid qilinadi. Keyin esa yo yangilanadi, yo butunlay voz kechiladi. Ammo MiG-29 buning sirasiga kirmaydi. Chunki u shunchaki samolyot emas, butun boshli epoxa edi. 1981-2019 yillar oralig‘ida taxminan 1600 ta samolyot ishlab chiqarildi. Ularni Shimoliy Koreyadan Polshaga qadar Yevroosiyo kengliklaridagi 20 dan ortiq davlat o‘z qurolli kuchlariga qabul qildi. Samolyotlar son-sanoqsiz to‘qnashuv va mojarolarda qatnashdi. Hatto hozir ham faol qo‘llanilyapti. MiG-29 o‘zining aerodinamikasi, ayniqsa, manyovr imkoniyatlari bilan mashhur. Biroq ushbu model G‘arb samolyotlariga qarshi havo janglarini taxminan 0-15 nisbatda yutqizgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, raqamlar 20 tagacha boradi. Taqqoslasak, eskiroq model MiG-25 samolyoti F-4 Phantom, F-14 Tomcat va F/A-18 Hornet kabi qiruvchilarning 5-15 tasini urib tushirgan. O‘zi esa 6-16 ta epizodda jangni boy bergan. Bu bilan MiG-29 muvaffaqiyatsiz loyiha edi demoqchi emasman. Yuqorida sanalganidek, uning o‘ziga yarasha ustunliklari bor edi. Qolaversa, u yosh respublika bilan ilk kunlardan, ta’kidlash joiz, juda uzoq xizmat qildi. Endi esa po‘lat qushchalarning osmon bilan xayrlashadigan kunlari yanada yaqinlashdi. Ular bilan birga butun boshli epoxa va tariximizning katta qismi ombor va muzeylarga yo‘l oladi. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Mudofaa vazirligi havo sarhadlarimizni muhofaza qilayotgan J-10CE qiruvchilarini namoyish qildi. # @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
O‘zbekiston o‘z qiruvchilar parkini yangilash uchun Dassault Rafale emas, J-10CEni tanladi. Nega? Imkon qadar izohlashga harakat qildim. 👍 Batafsil

Bayroqdor
13 927
Nyu-York dunyoning eng boy shahri. Bu yerda yashovchi har 22 kishining biri millionerdir. Shaharning yalpi hududiy mahsuloti 1,35 trln dollarni, 2027-moliyaviy yil uchun byudjeti esa 128 mlrd dollarni tashkil etadi. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
O‘zbekistonlik hovli haqida gapirsa, ayni shuni tushunadi. Bo‘sag‘aga ekilgan gullar, xushbo‘y hid taratayotgan rayhon, salqin solib turgan uzumlar, mashina qo‘yish uchun joy va bir-birini quvib yurgan bolalar. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
AQSH harbiylari ketishdan avval o‘q-dorilarni yo‘q qilmoqda. Bu amerikaliklar juda isrofga xalq-da, uvoli uradi ham deyishmaydi. @bayroqdor

Bayroqdor
13 927
Bu Forsaj filmining navbatdagi seriyasi uchun tasvirga olish jarayonlari emas. Balki yuk mashinasidan 105 kg tovuq go‘shtini olib qochayotgan o‘g‘rilardir. Holat Misrda yuz bergani aytilmoqda. @bayroqdor