en
Feedback
Ona tili va adabiyot milliy sertifikat (Xolmatov Doston)

Ona tili va adabiyot milliy sertifikat (Xolmatov Doston)

Open in Telegram

Abituriyentlar uchun: 🤓Ona tili va adabiyot fani bo'yicha ma'ruzalar 😱Test yechish sirlari va usullari 🤔Tezkor savol-javoblar ✔️Qo'llanma va taqdimotlar Murojaat uchun tel : 90 849 93 00 Savol va bog‘lanish u-n: @dostonbek2023_bot

Show more
202
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-130 days
Posts Archive
*** Оққа буркаётир заминни само, Биллурланиб борар заъфарон олам. Паришон оқсочга ўхшайди шамол, Кумуш тангаларни сочар хотиржам. Раҳмат парчалари ёғиб дамодам, Қаён борсам, аста ортимдан чопди. Гўё фаришталар тушиб самодан, Бошимни силади, юзимдан ўпди. Йўқ, ҳозир бошқаси келмас қўлимдан, Тўйиб тикиламан етиб васлига. Беҳисоб мўъжиза ўнгу сўлимда, Беқарор бу қалб ҳам қайтган аслига. Йиғиштириб қўйиб ҳамма нарсани, Ўйладим, ўйларим ёруғлик бўлди. Лаҳзага бехато улаб лаҳзани, Сўраганим оқлик – улуғлик бўлди. Воажаб, ҳаммаси кийинмиш бирдай, Ёш-қари уйларнинг бошида оқ бўрк. Мени ҳайратларга тўйдирмоқчидай, Кўзимга мўъжиза тўкаверди кўк… © Беҳзод Фазлиддин

LAFF VA NASHR – arabcha “yig‘ib tarqalish” ma'nosini ifodalaydi. Laff-yig‘moq, nashr - yoymoq, tarqatmoq Yig‘ish va yoyish ma’nosini ifodalovchi ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Bundan  asosiy maqsad esa nomlari keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo‘rttirib, kuchaytirib tasvirlashdir. Bu san’atning 2 ta turi mavjud: 1.Murattab, ya’ni tartibi (tartibi bir-biriga mos bo‘ladi) ya’niy birinchi misrada sanalayotgan narsa-tushunchalar qanday tartibda berilsa, keyingi misrada ham shunga muvofiq tartibda sanaladi. M: Qoshing, irning (lab), yuzing, ey rashki rizvon Hilolu kavsar bog’i jivondir.(Lutfiy)                                                                          baytining birinchi misrasida laffda avval qosh, so’ng irn(lab), keyin esa yuz sanaladi,ikkinchi misradagi “nashr” ya’ni mahbuba a’zolari haqidagi hukmlar tartibi birinchi misradagi so’zlarga muvofiq keladi, ya’ni birinchi turgan “qosh” so’ziga ikkinchi misrada birinchi bo’lib turgan”hilol” tashbehi, ikkinchi turgan irn(lab) so’ziga ikkinchi bo’lib kelgan kavsar tashbehi, uchinchi turgan “yuzung” so’ziga esa uchinchi-bog’i jinon tashbehi mos bo’lib tushadi 2..    Mushavvash, yani tartibsiz  (tartib buzuladi) ikkala misradagi sanoq tartibi bir-biriga mos kemaydi.  M:                                                                                      Yod qilmas zulfu ruhsoru xatingni ko’rgali,                                                                             Lolau nasrinu sunbul birla rayhondin ko’ngul.                                                                                                                                                    Baytdagi laff va nashr esa nomurattab sanaladi. Zero, 1-misradagi 1-bo’lib turgan zulf so’ziga 2-misradagi 1-bo’lib kelgan lola tashbehi to’g’ri kelmaydi, zulfga 3- turgan sunbul muvofiqdir. 1-misrada 2-bo’lib turgan ruhsor so’ziga esa 2-misrada 1-bo’lib turgan “lolau nasrin” muvofiqdir. Xat so’ziga esa-rayhon

TAКRIR – arabcha – “takrorlash ma'nosini ifodalaydi” Lafziy san’at bo‘lib, she’rda u yoki bu so‘zni takrorlashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida so‘z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati sanaladi. M:                                                                                                                                                                Alhazar, alhazar  ming bor alhazar Ana , yurishibdi kiyganlari zar.

MUKARRAR – arabcha - "qayta-qayta, ust-ustiga" ma’nosini ifodalaydi. Baytning har ikki misrasida juft(takror) so‘z qo‘llanilishi nazarda tutiladi. 0‘tarsen o‘ynay-o‘ynay men gadoyi xasta yo‘l uzra, Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.(Alisher Navoiy) Furqtingdin xasta ko‘nglum, qatra - qatra qon erur, Olloh - olloh bu ne hajru, behadu payon erur

Charxning men ko’rmagan jabr-u jafosi qoldimu?! Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?! Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish, Dahri dunparvarning o’zga muddaosi qoldimu?! Meni o’lturdu jafoi javr birla ul quyosh, Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?! Oshiq o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafiq, O’zga ko’nglimning bu olamda harosi qoldimu?! Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb, Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

Yordamchi so’zlar KO'MAKCHILAR.ppt1.27 MB

11-Ma'ruza darsi uchun.doc0.33 KB

МЕНСИЗЛИК Юлдузлари ичикиб қолди, Маҳзун энди Ойсиз осмоним. Сенсизликка кўникиб бўлдим, Қандай экан менсизлик, Жоним?! Ана, кўзим кўзингдан ўтди, Қўй, яширма титроқларингни. Хато қилдинг, ўзингдан ўтди, Тишлаяпсан бармоқларингни. Энди нурга бегона юзинг, Қуёшингнинг ранглари қани? Сиғмаяпсан ўзингга ўзинг, Ҳаётингнинг тонглари қани? Кечаларинг ўзингдай ғариб, Армонларинг осмондан катта. Юрагингга термулиб туриб, Йиғлаяпсан биринчи марта. Ухлаб қолган кунларинг ҳаққи, Менинг ўрним бошқа – бўлакман. Йиғлаб қолган тунларинг ҳаққи, Мен, барибир, сенга керакман! 2003 йил © Беҳзод Фазлиддин

Attestatsiya uchun berilgan G'azal tahlili sharhi kitobi. (Dilnavoz Yusupova) 211-betda boshlanadi. Nafaqat attestatsiya balki milliy sertifikat uchun ham zo'r qo'llanma. https://t.me/milliy_sertifikat_ona_tilidan

Quvasoy shahar ixtisoslashgan maktab internatida Fitoklinika o‘z ishini boshladi. Klinikaning asosiy vazifasi o‘simliklarni k
+3
Quvasoy shahar ixtisoslashgan maktab internatida Fitoklinika o‘z ishini boshladi. Klinikaning asosiy vazifasi o‘simliklarni kasallikdan oldini olish hamda kasallangan o‘simliklarni davolash hisoblanadi.

Navoiyga o‘xshash-chun Patdan qalam yo‘ndirdim. Chopon kiydim sal uzun, Boshga salla qo‘ndirdim. Sotib oldim bir juft sham, Vazirbop par yostiqcha... Endi faqat talant kam Va... xotin ham ortiqcha. ©Anvar Obidjon

G'azallarni tahlil qilish usullari.ppt3.56 KB