dildora juraeva - di.academy
Closed channel
Ayol va qizlar rivojlanishi uchun maxsus darslar va bepul ilmlar olasiz🪽♥️ Ruhiy va psixologik rivojlanish darslari 🌿” Erkaklar qabul qilinmaydi!❌
Show more6 396
Subscribers
-1724 hours
-317 days
-17430 days
Posts Archive
Hayotiy missiyamiz va vazifamiz haqida to'xtaladigan bo'lsak, insonning bu dunyodagi asosiy vazifasi — Allohga ibodat qilishdir. Biroq ibodat faqat namoz bilan cheklanmaydi. Ayollik fitratida yashash, erga itoat qilish, halol rizq izlashning o'zi ham ibodatdir. Sizning hayotdagi missiyangiz — eng ko'p qaysi yo'nalishda sinolayotgan bo'lsangiz, aynan o'sha yerdadir.
Bu o'rinda insonlar uch toifaga bo'linadi:
1. Alloh chaqirmasa ham boradiganlar;
2. Chaqirganda boradiganlar;
3. Chaqirsa ham bormaydiganlar.
O‘zingni himoya qil, azizim
Bismillah. Menga ozor beradigan har bir narsadan, har bir yomon ko‘z, hasad, sehr va kasallikdan o‘zimga ruqya qilaman.
Allohim, ey insonlarning Robbisi, dardni ketkazgin. Shifo ber, Sen Shifo Beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Hech qanday dard qoldirmaydigan shifo ato etgin.
Allohim, har bir shaytondan, zararli jonzotdan va har bir yomon ko‘zdan Senga panoh so‘rayman.
Allohim, tanimga, nafsimga yoki rizqimga tekkan har bir ko‘zning ta’sirini yo‘q qilgin.
Allohim, g‘am, torlik yoki charchoq keltirgan har bir hasadning ta’sirini yo‘q qilgin.
Allohim, har qanday bog‘langan sehrni yoki menga yangidan ta’sir qilgan sehrni bekor qilgin.
Allohim, uyqu bilmaydigan nigohing bilan meni asragin va qudrating bilan menga kifoya qilgin. Meni rahmating bilan o‘z panohingga olgin.
“Allohning mukammal kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh so‘rayman.”
“Allohning izzati va qudrati bilan his qilayotganim hamda qo‘rqayotgan narsalarim yomonligidan panoh so‘rayman.”
“Menga Allohning O‘zi kifoya. Undan o‘zga iloh yo‘q. Unga tavakkul qildim. U ulug‘ Arshning Robbisidir.”
Allohim, bu kunni tanimga shifo, qalbimga xotirjamlik, ko‘ksimga nur va nafsimga orom qilgin.
Allohim, huzuringdan qalbimga sokinlik tushirgin, g‘amimni yengillatgin, torligimni ochgin va charchog‘imga shifo bergin.
Allohim, butun ishimni Senga topshirdim. Menga O‘zing kifoya qilgin, zero Sen eng yaxshi tadbir qiluvchisan.
Allohim, qalbimdan har qanday torlik, g‘am va tashvishni chiqarib yuborgin. Menga xotirjamlik va tez shifo ato etgin.
Eringizni o'zgartirishga urinib charchagan bo'lsangiz, avvalo o'z qalbingizdagi tugunlarni yechish va oilangizga halovatni qaytarish vaqti keldi 🤍.
Aynan ertaga "TASLIMIYAT" kursimizda munosabatlarni ildizidan o'zgartiruvchi eng muhim dars bo'lib o'tadi:
Ertaga yana maxsus bonus:
🤍 “JUFTIM UCHUN DUOLAR” — DUOTERAPIYA TO‘PLAMI
Bundan tashqari “Taslimiyat” ichida:
💰 7 kunlik “RIZQ • BARAKA • QARZDAN CHIQISH” dasturi ham bor.
Ya’ni kurs faqat tinglab chiqiladigan darslar emas — munosabatdan tortib rizqqacha o‘zimiz bilan ishlaymiz.
Hali qo‘shilishingiz mumkin.
Directga “TASLIMIYAT” deb yozing. 🤍
👇🎀
@almuminon
@almuminon
Shuning uchun juft uchun duo:
“Allohim, uni MEN xohlagandek qilib qo‘y”
degan yashirin talabga aylanib qolmasligi kerak.
Ba’zan duodan oldin niyatni ham tekshirish kerak:
Men uning hayrini so‘rayapmanmi yoki uni o‘zim xohlagan odamga aylantirmoqchimanmi?
Nafs bilan qilingan duo: "Men duo qilyapman-ku, nega u o'zgarmayapti?!" degan e'tiroz va natijani talab qilish bilan bo'ladi.
Alloh uchun qilingan duo esa: Eringizni o'zgartirish uchun emas, avvalo o'z qalbingizdagi gumon va nafratni to'g'rilash uchun qilinadi 🕊️.
Alloh uchun qilingan duo bilan nafs sharti bilan qilingan duoning farqi nimada?
Agar bu dunyoda seni tushunadigan, yaxshi maslahat beradigan yoki ichingda yig‘ilib qolgan og‘riqlarni yengishga yordam beradigan inson qolmagandek his qilsang, bil: sening Allohing bor.
U — sening eng yaxshi Maslahatching. U har bir dardingni hammadan ham yaxshi tushunadi. U istalgan paytda murojaat qilsa bo‘ladigan eng rahmli Do‘stdir.
Sening eng yaqin Zot-ing — Robbing borligini bilish baxt emasmi?! U har soniyada seni eshitishga, har lahzada tavbangni qabul qilishga va senga yordam berishga tayyor.
“Ogoh bo‘lingki, qalblar faqat Allohni zikr qilish bilan orom topadi.”
Psixosomatikada O‘tkir shamollash va to‘satdan yotib qolish — bu psihikaning oxirgi chorasidir. Miyangiz va tanangiz: "U o‘z xohishi bilan to‘xtamaydi va dam olmaydi, shuning uchun men uni majburan isitma va shamollash bilan yotoqqa yotqizaman" degan rejimni yoqadi.
Tomoqog’rigi esa aytilmagan gaplar burun esa o’z chegaralarini himoya qilish Aksirish esa allergik reaksiya kabi — "Men bu qadar ko‘p bosim va atrofimdagilarning e’tirozlarini qabul qila olmayman, tanam bularga qarshilik ko‘rsatyapti" degan ma’noni anglatadi. sizda qanday tana kasalliklari bor? kasalliklarga e’tiborsiz bo’lmang uni psixosomatikasini ham davolash kerak, chunki ruh shifolanmasa tana tuzalmaydi♥️
bir necha kun davomida hamma masulyatni bo’ynimga olishga uringanimni sezdim, hatto kecha holsiz va kuchsiz bo’lsam ham o’zimni uy ishlarini qilishga majburladim go’yoki mensiz bu ishlar to’xtab qoladigandek 😄 oqibatda esa kechasiga kelib allergiyaga o’xshash xolat 😷 xolsizlik burun bitishi keyin esa aksirish va tomoq og’rigi boshlandi🤒 inson tanasi shu qadar mukammal tuzilganki… men xammasini birdan qilishga uringanimda, to’xta sen xechnarsa qilolmaysan sen bo’lmasang ham ishlar va hayot davom etadi deb organizmim majburlab o’ziga dam sorab oldi🥱
Dunyoni va yaqinlaringizni nazorat qilishni vaqtincha to‘xtating o’zingizni asrang♥️
+1
Bugun o‘zim uchun yana bir yangi kurs sotib oldim 🤍 Chunki men sizlarga faqat bilganlarimni berib qolishni emas, doimiy o‘rganib, bilim va amaliyotlarimni yanada boyitishni istayman.Men olgan har bir yangi ilm faqat o‘zim uchun emas — kurslarimdagi ayollarning qalbiga, oilasiga va hayotiga manfaat bo‘lib qaytishi uchun 🌿 Ayni paytda “Taslimiyat” kursimga qabul ochiq. Bu kursda:👇💌 ❤️Yaratgan bilan munosabatni tiklash Solih juft va yolg'izlikdan chiqish duoterapiyasi 🤲To'g'ri niyat odoblari Niyat psixologiyasi Nega ayollar batsiz? Qurbon pozitsiyasidan chiqish 🪄Ajrim yechimmi? Qalbni tozalash va kechirim Dangasalik va darmonsizlikdan chiqish Ichki resursni tiklash Muammolarni Yaratganga topshirish Tavakkul va rizoat Qarzdorlarga najot eshigi Rizq va baraka duoterapiyasi EKSKLYUZIV BONUSLAR Dildora Juraeva Bonus PDF: Rizq va Barakaning 10 ta Yashirin Dushmani Audio-Praktikum: 21 Kunlik Shukronalik va Barakali Fikrlash Kundaligi Qo'llanma (Guide): Qiyin Vaziyatlar uchun duolar toplami Agar siz ham hammani o‘zgartirishga urinib charchagan bo‘lsangiz va o‘zgarishni o‘zingizdan boshlashga tayyor bo‘lsangiz, bu kurs siz uchun 🤍 Qo‘shilish uchun menga 🎀 @almuminon “TASLIMIYAT” deb yozing.
BUGUNGI SHUKRIM
Ash-Shakur — shukrni qabul qilib, savobini ko‘paytiruvchi.
Tanim sog‘ligi uchun shukr.
Oilamning omonligi uchun shukr.
Uyimning issiqligi va fayzi uchun shukr.
Dasturxonimdagi barakali rizq uchun shukr.
Yonimdagi yaqin insonlarim borligi uchun shukr.
Bugungi kunimning har bir lahzasi uchun shukr.
Menga berilgan imkoniyatlar va ne’matlar uchun shukr.
Mo‘jizalar duosi
Uni faqat ishonch bilan ayting…
“Allohim, ey eshiklarni ochuvchi, sabablarni oson qiluvchi, duoni ijobat etuvchi, rahmatni nozil qiluvchi Zot! Sendan taqdirimni o‘zgartiradigan bir mo‘jiza so‘rayman va meni Unga munosib holga yetkazgin.
Allohim, agar sabablar uzoq bo‘lsa, Sen ularni yaqin qilgin. Agar yo‘llar berk bo‘lsa, Sen menga yo‘l ochgin. Ey Robbim, men Sening hikmatingni sevaman va Sen har narsaga qodir ekaningni bilaman. Menga Sendan boshqa hech kim bera olmaydigan rizq ato etgin. Mening ‘bo‘lmaydi’ degan narsalarimni amalga oshirgin va meni Sening qudratingga guvoh bo‘ladigan bandalaringdan qilgin.”
Har bir musulmon tanasidagi har bir bo‘g‘im uchun Allohga shukr sifatida sadaqa qilishi lozim. Sadaqa faqat pul berish bilangina bo‘lmaydi. Ba’zi zikrlar ham sadaqa o‘rniga o‘tadi.
Masalan:
• “Subhanalloh” deyish — sadaqa.
• “Alhamdulillah” deyish — sadaqa.
• “La ilaha illalloh” deyish — sadaqa.
• “Allohu akbar” deyish — sadaqa.
• Yaxshilikni tavsiya etish va yomonlikdan qaytarish ham sadaqadir.
Payg‘ambarimiz ﷺ so‘zlarini shunday yakunlaganlar:
“Qulning choshgoh vaqtida o‘qiydigan ikki rakat namozi bularning barchasiga kifoya qiladi.”
