en
Feedback
MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI

Open in Telegram

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy kanali. Instagram👉 https://www.instagram.com/mg_markaz Facebook👉 https://www.facebook.com/share/19jRn3x4wS/?mibextid=wwXIfr Veb sayt👉 https://manaviyat-markazi.uz/

Show more
4 956
Subscribers
-624 hours
-647 days
-22630 days
Posts Archive
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Eng yaxshi lapar” ko‘rik-tanlovining Respublika bo
+7
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Eng yaxshi lapar” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tanlovda hududlardan tashrif buyurgan jamoalar milliy kuy-qo‘shiqlar, laparlar va ijodiy chiqishlari bilan bellashdilar. 1-o‘rin — Jizzax viloyati 2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati 3-o‘rin — Samarqand va Navoiy viloyatlariga nasib etdi. Milliy qadriyat — milliy g‘urur! Milliy g‘urur — Vatanga sadoqat! Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

“Eng yaxshi maqom” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Xiva shahridagi tarixiy Ichan qal’a majmuasida Milliy g
+7
“Eng yaxshi maqom” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.   Xiva shahridagi tarixiy Ichan qal’a majmuasida Milliy gvardiya tizimida “Eng yaxshi maqom” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar maqom ijrochiligi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rin — 3-darajali serjant Sobirov Shoxruz Zafarjon o‘g‘li; 2-o‘rin — oddiy askar Nabiyev Muhammadjon Xurshid o‘g‘li; 3-o‘rin — kapitan Yo‘ldosheva Kumush Saparbayevna va 3-darajali serjant Yo‘ldosheva Raxima Saparbayevna. Qolgan ishtirokchilar ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbir milliy maqom san’atini targ‘ib etish, harbiy xizmatchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida taniqli g‘azalnavis shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshl
+8
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida taniqli g‘azalnavis shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Ismoil Mahmudning "SENGA TALPINURMAN" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘nlab shogirdlarning tabarruk ustozi, jamiyatning qator peshqadamlari davlat mukofoti sohiblari, turli idora mas’ullari, shoiru san’atkor, olimu ijodkorlarga saboq bergan Ismoil Mahmud Marg‘iloniyning uzoq yillik mehnatlari bo‘lmish kitobning taqdimotida taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, harbiylar va turli soha vaqillari jamlandi. Ayniqsa, taqdimotga Milliy gvardiya Farg’ona viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining ishtiroki va ularning adabiyotga bo’lgan so’nmas ishtiyoqi tadbirni yanada ko’tarinki ruhda o’tishiga xizmat qildi. Ustozning Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan shogirdlari tomonidan tayyorlangan badiiy kompozitsiyalar, g‘azallariga bastalangan dilbar qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Maktablarda davomadni yaxshilash va huquqbuzarliklarning oldini olish muhim omilidir Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodn
+4
Maktablarda davomadni yaxshilash va huquqbuzarliklarning oldini olish muhim omilidir Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning barkamol, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk shaxs bo‘lib ulg‘ayishi, ularning sifatli ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Shu bois, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning darslarga o‘z vaqtida qatnashishini ta’minlash, davomadni qat’iy nazoratga olish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, oʻquvchilar bilan "Giyohvandlik asr vabosi" mavzusida profilaktik targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

“Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan psixologik trening” mashg’uloti o’tkazildi. Mash
+6
“Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan psixologik trening” mashg’uloti o’tkazildi. Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilarga stress va ruhiy zo‘riqish holatlarini boshqarish, salbiy emotsiyalarni nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada samarali muloqot qilish hamda murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning psixologik faolligini oshirish maqsadida turli psixologik mashq va treninglardan foydalanildi. Mashg‘ulot yakunida harbiy xizmatchilarning ruhiy holati, o‘zaro munosabatlari va jamoaviy hamjihatligini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar berildi. O‘tkazilgan trening mashg‘uloti davomida harbiy xizmatchilarning faolligi va qiziqishi yuqori bo‘lib, mashg‘ulot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishdi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati 🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube

Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlan
+9
Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Davlatobod tumanida sport sohasi uchun yana bir muhim obyekt zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur majmua Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qoshida barpo etildi. Loyiha Davlat dasturi asosida ajratilgan 2,4 milliard so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirildi. Yangi majmuaning foydalanishga topshirilishi viloyatimiz sport infratuzilmasini yanada boyitish bilan birga, kamondan otish sport turiga qiziqayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyat va istiqbollarni ochib beradi. Zamonaviy sharoitlarda mashg‘ulot olib borish sportchilarning mahoratini oshirish, ularni nufuzli respublika va xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash hamda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Milliy gvardiyaning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Nurillo Tursunov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dedabayev, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tadjimirzayev, sportchilar hamda sport sohasi vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati 🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube

Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlan
+9
Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Davlatobod tumanida sport sohasi uchun yana bir muhim obyekt zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur majmua Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qoshida barpo etildi. Loyiha Davlat dasturi asosida ajratilgan 2,4 milliard so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirildi. Yangi majmuaning foydalanishga topshirilishi viloyatimiz sport infratuzilmasini yanada boyitish bilan birga, kamondan otish sport turiga qiziqayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyat va istiqbollarni ochib beradi. Zamonaviy sharoitlarda mashg‘ulot olib borish sportchilarning mahoratini oshirish, ularni nufuzli respublika va xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash hamda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Milliy gvardiyaning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Nurillo Tursunov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dedabayev, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tadjimirzayev, sportchilar hamda sport sohasi vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati 🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube

#Samarqand Samarqand shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘quvchilar davomatini yaxshilash borasida hamkorlik
+6
#Samarqand    Samarqand shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘quvchilar davomatini yaxshilash borasida hamkorlikda vazifalar belgilandi ✅Samarqand shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini yaxshilash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ✅Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilining dastlabki kunlarida maktablarda o‘quvchilar davomatini muntazam nazorat qilish, dars mashg‘ulotlariga sababsiz kelmayotgan o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularning ota-onalari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda maktablarga biriktirilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning vazifalariga alohida e’tibor qaratildi. 👉https://t.me/milliy_gvardiya_sam_uz

Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan Urganch shahrida joylashgan “Tasviriy san'at”
+9
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan Urganch shahrida joylashgan “Tasviriy san'at” va "Lazgi muzeyiga" sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida muzeylarda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, ajdodlarimizning boy ma’naviy va madaniy merosi, yurtimizning shonli tarixi hamda buyuk allomalar va sarkardalar hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Muzey xodimlari tomonidan eksponatlar va tarixiy voqealar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning jasorati harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tarixiy bilimlarini boyitish, ularda vatanparvarlik, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Kuni kecha, Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Milliy gvardiyaning Jamoat tartibini saqlash “Sarboz” brigada
+6
Kuni kecha, Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Milliy gvardiyaning Jamoat tartibini saqlash “Sarboz” brigadasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi. Jamoat tartibini saqlash brigadasida jomoat tartibini saqlash, jangovar vazifalarni bajarishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashrif doirasida Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari boshchiligida hududda olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, jamoat tartibini saqlash xizmatiga jalb etilgan shaxsiy tarkibga xizmat oldi yo‘riqnomasi berildi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning kundalik mashg‘ulotlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi. Bundan tashqari o‘rganish davomida harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar o‘rganilib, brigada komandirining amalga oshirib kelayotgan ishlari yuzasidan hisoboti va takliflari eshitilib, kelgusida amalga oshrilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Tarixini bilgan avlod — kelajagini bunyod etadi! Kuni kecha, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xi
+6
Tarixini bilgan avlod — kelajagini bunyod etadi! Kuni kecha, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari uchun Qo‘qon shahrida joylashgan “Buyuk allomalar” muzeyiga sayohat tashkil etildi. Muzeyda yurtimiz tarixida munosib iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz, allomalar va ilm-fan namoyandalarining hayoti, ilmiy faoliyati hamda bebaho merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar va qimmatli ma’lumotlar harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi. Allomalarimizning ilmga bo‘lgan cheksiz intilishi, Vatanga va xalqiga sadoqati, ezgu maqsadlar yo‘lida amalga oshirgan buyuk ishlari bugungi avlod uchun ham yuksak ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

#MaʼnaviyMarifiyTadbir #HarbiyOila Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida muzeylarga sayohat… 🇺🇿Milliy g
+4
#MaʼnaviyMarifiyTadbir #HarbiyOila Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida muzeylarga sayohat… 🇺🇿Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy xotirasi va ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida Guliston shahridagi Sirdaryo viloyati madaniyati va tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi. ⭐️Bunday sayohatlar orqali yoshlarimizni yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga erishdik. ✅Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan bir qatorda, Vatanga muhabbat, tarixiy xotiraga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizni kuzatishda davom eting👇👇👇

Bektemir tumanida maktablarda o‘quvchilar davomatini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi Toshkent shah
+4
Bektemir tumanida maktablarda o‘quvchilar davomatini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini yaxshilash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida o‘quvchilar davomatini muntazam nazorat qilib borish, dars mashg‘ulotlariga sababsiz kelmayotgan o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularning ota-onalari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Toshkent shahridagi Milliy gvardiya harbiy qismlaridan birining harbiy xizmatchilari oila a’zolari uchun poytaxtimizdagi tari
+9
Toshkent shahridagi Milliy gvardiya harbiy qismlaridan birining harbiy xizmatchilari oila a’zolari uchun poytaxtimizdagi tarixiy, madaniy va ma’rifiy maskanlarga sayohat tashkil etildi.

Muzeylar xaftaligi o'tkazilishi munosabati bilan hamda harbiy xizmatchilarning bosh vaqtini mazmunli otkazish, bilimini va ma
+4
Muzeylar xaftaligi o'tkazilishi munosabati bilan hamda harbiy xizmatchilarning bosh vaqtini mazmunli otkazish, bilimini va ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirish maqsadida Milliy gvardiya Muhim davlat obyektlarini qoriqlash boshqarmasining harbiy xizmatchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilari bilan Toshkent shahrida joylashgan tarixiy muzeylargasayohat tashkil etildi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Toshkent shahridagi Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilarining oila a’zolarini qo‘llab-qu
+9
Toshkent shahridagi Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilarining oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida dam olish kunlarida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari Toshkent shahridagi Amir Temur muzeyiga hamda istirohat bog‘iga olib borildi. Muzeyga tashrif davomida ishtirokchilar xalqimizning boy tarixi, buyuk ajdodlarimiz hayoti va Temuriylar davri merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, istirohat bog‘ida oila a’zolarining maroqli hordiq chiqarishlari va mazmunli dam olishlari uchun sharoit yaratildi. Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar oila a’zolarining kayfiyatini ko‘tarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy hordiq chiqarishlariga xizmat qildi. Bizdan uzoqlashmang 👉Telegram

Ajdodlar merosi — ma’naviyatimiz poydevori Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining o
+8
Ajdodlar merosi — ma’naviyatimiz poydevori Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining oila a’zolari Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ishtirokchilar buyuk muhaddis, alloma Imom al-Buxoriyning boy ilmiy-ma’naviy merosi, hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muqaddas qadamjoga uyushtirilgan mazkur tashrif oila a’zolarining ma’naviy dunyoqarashini boyitish, yosh avlod qalbida milliy va diniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. 🇺🇿 Milliy qadriyatlarimiz va buyuk ajdodlarimiz merosi — barchamiz uchun faxr va ibrat maktabidir!

#Namangan #Teatr_bu_ibratxonadir Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila
+5
#Namangan #Teatr_bu_ibratxonadir Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun “Sirli quticha” nomli teatr tomoshasi tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇
https://t.me/namangan_milliygvardiya