cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

🇺🇿Prezident e’tirofidagi yosh diplomat 🇺🇸🇹🇷🇮🇳🇰🇿🇧🇪🇳🇱🇫🇷🇦🇪 • JIDU(Rektor stipendianti) • Yoshlar Parlamenti a’zosi •"Kelajak bunyodkori" davlat mukofoti🏅 •"Uzbekistan - the U.S.A. 30 years of friendship" esdalik-nishoni🎖 Reklama: @Gulrukhbonuda_reklama

Show more
Advertising posts
7 288
Subscribers
-324 hours
No data7 days
+5930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:17
Video unavailableShow in Telegram
🥹Bu videoda “kichkina Gulruxbonu” ni topasiz 4 yil ham bir pastda o’tib ketar ekan, bakalavr yillarimda bajarish uchun qo’yilgan maqsadlarimni deyarli 50 foiziga erishdim, qolgan 50 foiziga erisha olmadim. Har doim shunday, qilinayotgan harakatni yarmiga yetishamiz, shunday ekan, hech xavotirlanmang, menda ham “o’xshmagan” narsalar juda ko’p🙂‍↔️ @Gulrukhbonu_official
Show all...
IMG_8220.MOV12.99 MB
297❤‍🔥 62👍 41😇 12🤩 8🤗 7🕊 5🏆 4😘 4👏 3🎉 3
🎓Diplom ishi pulga yozdirishga arzimaydi Bitiruv malakaviy ishi, ya’ni xalq tilida diplom ishimni 92/100 ballga himoya qildim. Va bu JIDUdagi eng yuqori ballardan biri. - Diplom ishini yozish siz o’ylagandan ancha oson, a’lo o’qigan talabalarga juda oson ham. - Birinchi mavzu tanlaysiz, mavzuyingizni juda tor doiraga olmang, biroz kengroq, xorijiy ma’lumotlar borini oling. 3 ta bob nomini va ular ostida 2 tadan jami 6ta paragraf nomini tuzvolsangiz, ishingizni yarmi tayyorda) - Ilmiy rahbaringizni aql bilan tanlang, ishning muvaffaqiyati 50% ilmiy rahbarga bog’liq. Ilmiy darajasi bor ustoz tanlang. - Sun’iy intellekt ishingizni kirish qismi, strukturasi, nimalar qo’shishingizni zo’r ko’rsatib beradi, foydalaning. Lekin ishni muhim qismi, ya’ni taklifni o’zingiz bering. Bu muhim. - Xorijiy manbalardan foydalaning, ingliz tilida istalgan mavzuga maqolalar juda ko’p. Ayniqsa, statistika bilan ishlang. - JIDUda o’qisangiz kichik ekonometrik tahlil qo’shing, eng oddiysini, bu sizga 5-6 ball+ beradi himoyada. - Imkon bo’lsa ingliz tilida yozing, men plagiat bo’lib qoladi, deb o’zbek tilida qilgandim. Lekin ingliz tilida yozsangiz plagiat kutganingizdek baland chiqmaydi, “zato” ishingiz ancha oson bitadi. Va ingliz tilida himoya qilasiz, bu yana + sizga) - Diplom ishingizni diplom himoya kuningizdan 1 kun avval print qildiring, undan avval, shoshib, ilmiy rahbarim ruxsat berdi, palonchi chiqazib oldi, deb shoshmang. Yana qaytaraman, himoya kuningizgacha chiqazmang. Biron nimalar o’zgarib yana qayta printga pulingiz ketadi. - Himoyangizni birinchi kunlarda qiling, osonroq bo’ladi. Xullas, shunday gaplar🙃 @Gulrukhbonu_official
Show all...
196👍 63😍 23💯 9🕊 5🔥 3🎉 3 2❤‍🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
✨Assalomu alaykum, aziz do’stlar! Qalbimizni hidoyat nuri va iymon bilan to’ldirgan Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin!🌙 Doimo Alloh panohida bo’ling. Oilangizni baxt va saodat aslo tark etmasin. Eng ezgu tilaklarim siz uchun! Keyingi hayit ayyomlariga barchamizni sog’-salomatlikda yetkazsin. @Gulrukhbonu_official
Show all...
182❤‍🔥 27👍 20🎉 7🔥 5🥰 5🏆 2😘 2
Photo unavailableShow in Telegram
- Assalomu alaykum, do’stlar! Mana shu rasmdagi “Diplom ishi” ancha asablarni, vaqtni va sog’liqni talab qildi) Sizlarga post yozolmay, sizlardan ayirgan ham shu😂 Lekin, biz buni uddaladik, bakalavr darajasini olishimizga bir qadam qoldi, oliy ma’lumotli “diplomat” bo’lamiz. Diplom ishi (Bitiruv malakaviy ishi) yozish bo’yicha post yozaymi?🤔 @Gulrukhbonu_official
Show all...
😁 213 99👍 60❤‍🔥 52🙏 15🔥 5🐳 5💯 4🕊 3🏆 2🎉 1
Ma’lumot uchun: - Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. - Bosh vazir Abdulla Aripov Al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalari universitetini tamomlagan. - Murad Nazarov bakalavr bosqichini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o’qigan. - Jahongir Ortiqxo’jayev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. @Gulrukhbonu_official
Show all...
💯 140 38❤‍🔥 22👍 15🎉 8🐳 3
😶‍🌫️Bu universitetni bitirib qayerda ishlasam bo’ladi?
Eng yoqtirmaydigan savollarimdan biri aynan shu savol)
Nega? Sababi, siz tahsil olgan oliy ta’lim muassasasi siz qayerda ishlashingizni hal qiluvchi “asosiy” faktor emas. Ha, mutaxassisligi bo’yicha faoliyat yuritayotganlar bor (hozirgi kunda kam), lekin hamma ham unday emas. Universitetingiz siz qaysi tashkilotda qanday lavozim egallashingizni belgilab berolmaydi. Buni hammasi o’zingizga bog’liq. Ish topish, ishga joylashish, yaxshi lavozimga erishish, xullas shularni hammasi faqat o’zingizga bog’liq. Masalan, Diplomatiyani yakunlagan bir inson elchi bo’lib faoliyat yuritmoqda, xuddi shu insonni kursdoshi esa repetitorlik qilmoqda. Diplomatiyani bitirgan hammani yoppasiga Tashqi ishlar vazirligiga qabul qilishmaydi. Saralanganlar, shu sohaga xohishi borlar qoladi. O’z mutaxassisligi bo’yicha ishlash zo’r, qulay va samarali, qachonki shu mutaxassislikni o’zingiz tanlagan bo’lsangiz va 4 yil ichida qiziqish so’nmagan bo’lsa) Bu esa hozir kam uchramoqda. Shunday ekan, qayerda ishlashingiz faqat o’zingizga, qanday lavozimda ishlashingiz yoki salohiyatingiz yoki “networking” izga bog’liq😉 @Gulrukhbonu_official
Show all...
👍 119 28🔥 23❤‍🔥 18🏆 2😇 1
🫵Kurashishing kerak Onam ko’p aytadilar, “Mayli bolam, qo’ygin kurashib, urushib yurmagin yana, nasib bo’lsa erishasan”, deb. Ha, inson nasibasidan boshqasiga aslo erishmaydi. Ammo, ba’zan nasibamizgacha kurashishimiz kerak ekan. So’nggi paytlarda, ayniqsa, rad javobini eshitsam ham qattiq kurashdim, harakat qildim va erishdim. Xulosa shuki, sizning ta’siringiz bor jarayon oxirigacha kurashing. Endi siz ta’sir eta olmaydigan bosqichga yetganidagina faqat kuting. Qaysi jarayonda siz ta’sir eta olishingiz va qaysinisida ta’sir eta olmasligingizni ajratish sizning vaziyatingizga bog’liq. Ammo, kurashing, oson taslim bo’lmang. Sizdan harakat, Undan barokat! @Gulrukhbonu_official
Show all...
🎉 166❤‍🔥 81👍 34 27🔥 22💯 10😁 3🕊 3🐳 3🥰 2
#results Yoki meni o’quvchilarim yaxshi, yoki men yaxshi ustozaman😌 Deyarli hamma o’quvchimning natijasi bor, shu narsa doim ko’nglimni tinch qiladi. Har kimni kursimga olmay, avval saralash qilib, har birini eshitib olganim qanchalik to’g’riligini tushunyabman. Bir o’quvchim Yaponiyaga 100% lik magistratura grantini yutdilar🇯🇵
Kurslar (kurs ham emas meni darslarim, bu mentorlik dasturi) hozir yopiq, ya’ni bu post reklama emas🙂‍↔️
@Gulrukhbonu_official
Show all...
🏆 98 25👍 20😁 9 3🙏 3🌚 1
🇺🇸3 oy muddatga AQSH ga to’liq qoplanuvchi grant asosida borib, tajriba oshirish imkoniyati Albatta, topshirib ko’ring! @Gulrukhbonu_official
Show all...
🐳 51 20👍 13❤‍🔥 7🎉 7😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
Community Engagement Exchange (AQSH): yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! Dasturda 21-27 yoshli fuqarolik jamiyati yetakchilari qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar 1 yillik ushbu dastur doirasida AQSHda 3 oy amaliyot oʻtaydi. Dastur imkoniyatlari: – J-1 viza olishga yordam. – AQSHga borish-kelish uchun aviachipta. – Favqulodda holat va tibbiy sugʻurta. – AQSHdagi amaliyot davrida turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 2-iyulgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/community-engagement-exchange-aqsh-21-28-yoshli-yetakchilar-uchun-1-yillik-malaka-oshirish-dasturi/ @Gulrukhbonu_official
Show all...
❤‍🔥 33👍 12 9 4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.