Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Open in Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati. 🏢Urganch 1-son IMI faoliyati; 🏆Erishilgan yutuqlar; 📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar; 👍Maktab, viloyat va Respublika Tel: +998622232031
Show more2 874
Subscribers
-824 hours
-297 days
-11330 days
Posts Archive
📣 SIZNING FIKRINGIZ BIZ UCHUN MUHIM!
Hurmatli ota-onalar!
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, maktab faoliyatini takomillashtirish va sizning fikrlaringizni muntazam o‘rganib borish maqsadida maxsus Telegram bot ishga tushirildi.
📲 Bot orqali siz:
• maktab faoliyati haqidagi fikr-mulohazalaringizni;
• taklif va tavsiyalaringizni;
• ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga qaratilgan foydali tashabbuslaringizni yuborishingiz mumkin.
Ushbu bot — ota-onalar va maktab o‘rtasidagi ochiq, samimiy va konstruktiv muloqot maydonidir. Har bir bildirilgan fikr va taklif maktabimiz rivoji uchun muhim.
🤝 Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va munosib tarbiya topishi yo‘lida birgalikda harakat qilaylik!
📩 Murojaat va takliflar uchun Telegram bot:
👉 @imimurojaatbot
Sizning fikringiz — maktabimiz rivoji uchun muhim qadam!
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#OWAO_2026
#SARALASH
Terma jamoaga nomzodlarni saralash bosqichi oʻtkazildi!
⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan Xalqaro Ochiq astronomiya olimpiadasi (OWAO 2026)da ishtirok etuvchi oʻquvchilarni Terma jamoaga saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
💡 BATAFSIL VIDEOLAVHADA.
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube
+8
VATANPARVARLIK VA HUQUQIY MADANIYAT — YUKSAK QADRIYAT!
🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilar qalbida Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat ruhini yuksaltirish, o‘quvchilarga o‘z huquq va burchlarini anglatish hamda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat va sadoqat ruhini shakllantirish maqsadida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
🕹️Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 29-apreldagi 04-92-sonli chora-tadbirlari asosida o‘tkazildi.
📸Uchrashuvda Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shermatov Minojiddin Sirojiddinovich hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Qurbonov Xolмurod Abdiжabborovich ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.
📌Suhbat davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarga rioya qilish, fuqarolik burchini anglash, davlat ramzlarini e’zozlash, jamoat tartibiga amal qilish hamda Vatan oldidagi mas’uliyatni chuqur his etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday uchrashuvlar yosh avlodni har tomonlama yetuk, huquqiy bilim va mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega, Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Vatanga sadoqat — yuksak burch, qonunga hurmat — mustahkam fuqarolik pozitsiyasidir!
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook|Instagram|X
Repost from Al-Xorazmiy vorislari
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi
📃Joriy yilning 13-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari boʻlib oʻtadi.
⚜️Imtihonlar oʻtkaziladigan manzillar bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
🔗Saralash imtihonlarida ishtirok etuvchi o‘quvchilardan o‘z hududlarida belgilangan imtihon manziliga soat 09:30 da yetib kelishlari so‘raladi.
❗️Imtihonda ishtirok etish uchun, tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda imtihonda ishtirok etish uchun taqdim etilgan shaxsiy ID raqamni bilgan holda kelish shart.
⏰ Oʻquvchilarning shaxsiy ID raqamlari roʻyxati.
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀Telegram |📷 Instagram
Repost from Al-Xorazmiy vorislari
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida AT kasblarini bepul o‘rganing!
📖Loyiha Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin, endilikda Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona va Guliston shaharlari, shuningdek, Mirzacho‘l hamda Zomin tumanlarida yo’lga qo’yiladi.
✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olishni istagan 8-sinf o‘quvchilari saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
✅Saralash jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
⚡️Bilimingizni sinab ko‘ring hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
🗣Saralash imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🚀Telegram |📷 Instagram
🚀 National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
17–20-sentabr kunlari National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi!
Agar sizda sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yechim topish g‘oyasi bo‘lsa — uni amalga oshirish uchun ayni vaqt!
🗣️ Xorazm viloyati bosqichi treklari: - Farmatsevtika va sog’liqni saqlash - Ta’lim - Tadbirkorlik Maxsus nominatsiyalar: - Eng qiziqarli taqdimot - Eng dolzarb ijtimoiy loyihaBu shunchaki hackathon emas — yangi bilim, tajriba va kelajakdagi imkoniyatlar sari qadam! ❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin? • 16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar; • Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar; • Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilar; • Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart; • Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi; • Avval Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq: eventflow.uz
