en
Feedback
Badriyya|Begoyim

Badriyya|Begoyim

Open in Telegram

📜Ba’zan tarixga oid postlar 🫐@begoyimkitchen

Show more
889
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-730 days
Posts Archive
📜Qadimgi Misr / Mummiya kinofilmidagi “O’liklar kitobi”
📜Qadimgi Misr / Mummiya kinofilmidagi “O’liklar kitobi”

Bu filmni ko’rganlar qora kitob ya’ni “O’lim kitobi” degan shu kitobni eslay olishadi. Aslida tarixga qiziqishimga 4-5 yoshli
Bu filmni ko’rganlar qora kitob ya’ni “O’lim kitobi” degan shu kitobni eslay olishadi. Aslida tarixga qiziqishimga 4-5 yoshligimda shu kinoni ko’rishim juda katta sabab bo’lgan. Bugun o’qishga kitob tanlayotib shu kitob haqida tushuntirib berilgan prf kitobga ko’zim tushib qoldi. Endi esa shu haqida 1-2ta postlar bo’ladi)

Shu kinoni ko’rganlar bormi?🙈
Anonymous voting

photo content

Qadimgi Misr tarixi (pdf kitobi 83.000 so’m ekan)
Qadimgi Misr tarixi (pdf kitobi 83.000 so’m ekan)

Misrni va Hindistonni eng ichkari ko’chalariga kirib hamma ko’rishi shart bo’lmagan narsalarni olib chiqib kontent qilayotgan blogerlar bu “go’zallikni qidirishni o’rniga, ko’zlari kirni qidiradigan” odamdek tuyuladi menga. Chunki bu ikki davlatni ham ko’rsa bo’ladigan shunaqa go’zal manzillari borki… Nega Hindistonda Rajastan, Gujarat va Kashmirni go’zalliklarimi ko’rsatishmaydi? Nega Misrda Alexandriya, Giza va Luxorni go’zalligini ko’rsatishmaydi? Bir narsani unutmaslik kerak “Odam izlaganini topadi!”. Shu joyiga eng mos keladigan to’rt qator gap: Gurbat izlaganga gurbatdir dunyo,  Illat izlaganga illatdir dunyo.  Kim neni izlasa topgay be gumon,  Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo! 

Ertaga tarixga aloqador post joylab qo’yaman🪴

Yana shunday haqiqatni bilish lozimki, foyda kitobni yodlashda emas, uni tushuna bilishdadir. Kimki bilmagan ishga yopishsa,
+1
Yana shunday haqiqatni bilish lozimki, foyda kitobni yodlashda emas, uni tushuna bilishdadir. Kimki bilmagan ishga yopishsa, uning ahvoli so’zni yodlab olgan, lekin ma’nosini tushunmagan odamning ahvoliga o’xshaydi. #kitobdan

Insonda shu qadar ulkan ishq, hirs, orzu va dard bordirki, yuz minglarcha olam o’ziniki bo’lsa ham, ko’ngli tinchimaydi. U ishda, san’atda, ilmi nujumda, hakimlikda mashg’ul… Biroq bularning hech biridan huzur topolmaydi. Zavq va orzular zinapoyaga o’xshaydi. Zinalar o’tirib, dam olishga moslashmagan, aksincha, ustiga bosib o’tiladi, xolos. •Mavlono Rumiy

💔❤️‍🩹
💔❤️‍🩹

Sir saqlay olish oson emas. Sir saqlash mol saqlashdan qiyindir. Sirning og’irligi har qanday yukdan vazmindir. Boshqa yuklar qalbga og’irlik qilmaydi, lekin sir og’irlik qiladi. Bu qanchalik mashaqqatli bo’lmasin, baribir sirni birovga aytish yaramaydi. U boshqasiga aytadi, unisi yana bittasiga - shunday qilib sir fosh bo’ladi-qoladi. Bitta og’izdan chiqqan so’z ming og’izga yoyiladi. Sir molga yoki buyumga o’xshamaydi. Molning qo’riqchisi qancha ko’p bo’lsa, muhofazasi shuncha oson bo’ladi. Sirlarning esa, qo’riqchisi ko’paygan sari o’g’irlanish ehtimoli kuchayadi. #kitobdan

Bu haykalchalarni va umuman boshqa exponatlarni faqatgina kitoblarda ko’rib o’rgangan edim. Kecha bularni shundoqina oynani o
+1
Bu haykalchalarni va umuman boshqa exponatlarni faqatgina kitoblarda ko’rib o’rgangan edim. Kecha bularni shundoqina oynani ortida turganini ko’rish judayam boshqacha bir xis berdi…

Xo’ja Marhum bir kuni boyishni orzu qilib qolibdi. Orzuyini xotiniga aytibdi. Ikkalasi o’tirib olib, qanday qilib boylik ortirishni o’ylay boshlashibdi. Xo’ja keraksiz deb eshagini sotishga qaror qilibdi. Ertasi kuni eshagini bozorga olib borib, sotuvga qo’yibdi. Xaridorlar eshakni baholay boshlashibdi. Lekin Xo’ja ularning baholariga ko’nmabdi. Xaridorlar esa, uning qo’ygan narxiga rozi bo’lmabdilar. Oqibatda eshak o’ziga qolibdi. Lekin uyga xursand holda qaytibdi. Og’ilxonaga eshakni bog’labdi. Xotini Xo’jadan: -Hazratim! Nega eshakni qaytarib keldingiz? Sotolmadingizmi? - deb so’rabdi. -Sotar edim. Qarasam, juda arzon ketadigan, narxini ko’tara boshladim. Oxirida o’zimga qoldi. Shunday qimmatbaho eshakka sohib ekanimdan hursand bo’ldim. Qalay, boylarga xos ish qilibmanmi? -Yashang, Xo’jam, juda yaxshi qilibsiz, endi mening tadbirimni eshiting. Shunday bir ish qildimki, asli so’ramang. Ko’chadan qatiqchi o’tib qoldi. Qatiq olmoqchi bo’lib, bir idish olib chiqdim. Idishdagi qatiqni tortayotganida qo’limdan bilakuzugimni sekin chiqardim-da, bildirmasdan tarozining bu pallasiga qo’ydim. Qatiqchi buni sezmay, qatiqni ko’paytirib solib berdi. Bilakuzugim qatiqchida ketgan bo’lsa ham, qatiqni oshig’i bilan olib qoldim, - dedi xotin. Xo’ja Marhum kuldi: -Juda yaxshi, xonim. Qani, ko’raylik-chi, sen uy ichidan turib, men ko’chada yurib shu uyni ancha-muncha epaqaga keltirib olsak kerak, - dedi. #hikoya

Tarixiy postlarni to’xtab qolganining sababiyati:
Tarixiy postlarni to’xtab qolganining sababiyati:

Men uchun eng go’zal manzaralardan biri:
+1
Men uchun eng go’zal manzaralardan biri:

photo content
+1

Video message00:11

Video message00:11

O’zaro chiroyli munosabat insonlar uchun juda zarur. Zero, dunyo hayoti ham bizdan shuni talab qiladi.
+1
O’zaro chiroyli munosabat insonlar uchun juda zarur. Zero, dunyo hayoti ham bizdan shuni talab qiladi.