en
Feedback
SURXONDARYO FVB

SURXONDARYO FVB

Open in Telegram

Surxondaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot kanali 🚨 Favqulodda vaziyatlar haqida xabardor bo‘ling 📞 Telefon: 101 | 1050

Show more
2 852
Subscribers
-524 hours
-327 days
-43930 days
Posts Archive
#Axborot24 | 03.09.2026 Qutqaruv xizmatlari uchun yangi binolar foydalanishga topshirildi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)

Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqb
+4
Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Boshqa yangiliklar 👇: Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha i
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения. Facebook|Instagram|X

Angor tumanida roʻy bergan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot Bugun, 3-sentabr kuni soat 07:38 da “112” tizimidan Surxondaryo viloy
Angor tumanida roʻy bergan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot   Bugun, 3-sentabr kuni soat 07:38 da “112” tizimidan Surxondaryo viloyati FVBga, Angor tumani, “Yangiturmush” MFY, At-Termiziy koʻchasida doʻkon yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan 3 ta qutqaruv boʻlinmasi zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 07:48 da oʻrab olingan va soat 08:15 da oʻchirilgan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, 2 ta kiyim-kechak savdo doʻkonining taxminan 35 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

+2
Surxondaryoda qutqaruv tizimining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: ✅ TELEGRAM    ✅  YouTube ✅ Instagram     ✅  Efirni ko'rish ✅ Web-site       Facebook

📚 Bilimlar kuni — yangi marralar sari ilk qadam! Termiz tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili munosabati bilan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi, iqtidorli o‘quvchilar kitoblar bilan taqdirlandi hamda 6-sonli maktabning yangi o‘quv korpusi foydalanishga topshirildi. 📖🏫 Boshqa yangiliklar 👇: Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Bugun Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Qog'ozsiz bir kun ekoaksiyasi" o'tkazilmoqda !
Biz uchun oddiy, arzon bo'lib ko'ringan qog'ozdan foydalanishda isrofgarchilikka yo'l qo'yish ortida bilasizmi qancha murakkab jarayon turadi ? 🌳 1. Agar 1 tonna qog‘ozni qayta ishlasak, taxminan 17 ta daraxt kesilishdan saqlanadi. 💧 2.Oddiy bir varaq qog‘oz ishlab chiqarish uchun ham o‘rtacha 10 litrga yaqin suv sarflanishi mumkin. ⚡️ 3. Qog‘ozni qayta ishlash yangi qog‘oz ishlab chiqarishga qaraganda 40% gacha kam energiya ishlatadi. 🗑 4. Dunyodagi chiqindilarning katta qismi qog‘oz va kartondan iborat. Tejash orqali chiqindi kamayadi. 📚 5. O‘rtacha bir inson yiliga 50–100 kg gacha qog‘oz ishlatadi (daftar, kitob, quti va boshqalar). 🌍 6. Raqamli texnologiyalar - telefon yoki kompyuterda yozish orqali ko‘p qog‘ozni tejash mumkin. Bu aksiya har oyning birinchi seshanbasida davom etadi !
 Boshqa yangiliklar 👇 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. — Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📚 Bilimlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi Bilimlar kuni munosabati bilan Termiz tumanidagi 23-sonli umumta’
+9
📚 Bilimlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Bilimlar kuni munosabati bilan Termiz tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘asi — maktab sumkalari hamda o‘quv qurollari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh. Shukurov ishtirok etib, ta’limda yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi. Yosh avlodning bilim olishi, ma’naviy kamol topishi va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishiga qaratilgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik davom etadi.
Boshqa yangiliklar 👇: Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqi — Выступление Президента Ре
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formati majlisidagi nutqiВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании в формате «ШОС плюс» — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Meeting in the “SCO Plus” Format Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🎡 Bayram — quvonch, xavfsizlik esa ustuvor! Denov tumanidagi “Milliy Afrosiyob” bog‘ida bayram tadbirlari oldidan attraksionlarning mustahkamligi va xavfsizlik holati nazoratdan o‘tkazildi. Boshqa yangiliklar 👇: Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Yangi o‘quv yili — xavfsizlik va osoyishtalikdan boshlanadi. Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2 sentabr — “Bil
+4
Yangi o‘quv yili — xavfsizlik va osoyishtalikdan boshlanadi. Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2 sentabr — “Bilimlar kuni” munosabati bilan videoselektor shaklida yig‘ilish o‘tkazildi...👉batafsil ———— Янги ўқув йили — хавфсизлик ва осойишталикдан бошланади. Сурхондарё вилояти Ички ишлар бошқармасида 2 сентябрь — “Билимлар куни” муносабати билан видеоселектор шаклида йиғилиш ўтказилди...👉батафсил Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Bayram tadbirlari oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi Bayram munosabati bilan Denov tumanidagi “Milliy Afrosiyob” bog‘
+9
Bayram tadbirlari oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi Bayram munosabati bilan Denov tumanidagi “Milliy Afrosiyob” bog‘ida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Tadbir davomida bog‘ hududidagi attraksionlarning texnik holati va mustahkamligi ko‘zdan kechirilib, yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bayram tadbirlarini xavfsiz va osoyishta o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Boshqa yangiliklar 👇:Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Qutqaruvchilar uchun zamonaviy bino va texnikalar topshirildi muxbir: Muqaddas Panjiyeva 16:00 30.08.2026 Surxondaryo viloyati 😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ You Tube

Denov tumanida yuk avtomashinasida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha maʼlumot. 2026-yil 30-avgust kuni soat 14:52 da Denov tuman
Denov tumanida yuk avtomashinasida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha maʼlumot. 2026-yil 30-avgust kuni soat 14:52 da Denov tumani “Quyoshli yurt” MFY Ma’rifat ko‘chasida harakatlanib ketayotgan KAMAZ-53 rusumli yuk avtomashinasiga yuklangan 150 ta somon pressi hamda avtomashinaning salon qismi yongan. Qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in qisqa vaqt ichida qurshab olinib, soat 15:29 da to‘liq bartaraf etildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi  aniqlanmoqda. Shu o‘rinda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan  tez yonuvchi yuklarni tashishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini va transport vositasida soz holatdagi birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari mavjudligiga e’tibor qaratishlarini so‘rab qoladi. Boshqa yangiliklar 👇: Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Qutqaruvchilar uchun zamonaviy bino va texnikalar topshirildi muxbir: Muqaddas Panjiyeva 16:00 30.08.2026 Surxondaryo viloyati 😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ You Tube

Sho‘rchi tumanidagi Oziq-ovqat dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatl
+4
Sho‘rchi tumanidagi Oziq-ovqat dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh. Shukurov tomonidan Sho‘rchi tumanidagi Oziq-ovqat dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi. O‘rganish davomida bozordagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, yong‘inga qarshi suv ta’minoti va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining soz holatda ekanligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bozor mas’ullari va tadbirkorlarga yong‘inlarning oldini olish, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish hamda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Boshqa yangiliklar 👇: Telegram | Facebook | Instagram | You tube