cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Binafsha ifori | Personal blog

Asling kabi koʻrin, koʻringaningdek boʻl https://t.me/+4umkABCtT_ExYjYy 🖇️ Bolalar bilan hissiy bogʻlanish 🖇️ To do list 🖇️ Life & Literature & Languages & Love Dunyoni oʻzgartirishni, oʻzimizdan boshlaymiz! Sogʻlom turmush tarzi targʻiboti

Show more
Advertising posts
496
Subscribers
-124 hours
-117 days
+1530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Eshitdingizmi?
Show all...
Repost from N/a
Photo unavailable
So'z boyligi = fikrlash, nutq, tarix Jorj Orvelning "1984"ini o'qiyapman. Chiqarilgan muhim xulosalar: 1. Biz biladigan so'zlarimiz doirasida fikrlaymiz. Undan chetga chiqa olmaymiz. Ya'ni, so'z boyligimiz qancha kam bo'lsa, fikrlash doiramiz shuncha tor bo'ladi. Aksincha, qancha ko'p so'z bilsak, shuncha keng fikrlaymiz. Bola faqat yoshi kattargani uchungina aqlliroq bo'lib boradimi? Yo'q. Uning so'z boyligi oshib bormoqda. Demakki, fikrlashi ham. Kitob o'qiganda yangi ma'lumot olganimiz uchungina emas, balki yangi so'zlarni o'rganganimiz uchun ham dunyoqarashimiz kengayadi. 2. Lug'ati boy odam fikrlarini teran ifodalay oladi. Ham og'zaki, ham yozma nutqda. Endi tushunyapsizmi, biz nega fikrlarimizni, hissiyotlarimizni aniq, tiniq ifodalay olmaymiz. Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq. 3. Tilda — millat, tarix, qadriyatlar bor. Chet tillarini o'rganyapmiz. Bu yaxshi. Lekin, ona tilimiz e'tibordan chetda qolyapti. O'zbek tilini yo'qotyapmiz, va shu bilan birga o'zligimiz, tariximiz va qadriyatlarimizni ham. Keng fikrlash. Teran nutq. O'zbek tilimiz. O'zligimiz. Tariximiz. Qadriyatlarimiz. Yechim bitta — so'z boyligimizni oshirish. Ko'proq o'qiylik. Lug'ati boy insonlarni tinglaylik. O'zbek retro filmlarini tomosha qilaylik. Boshqa yo'li yo'q. @matn_ustasi
Show all...
018.mp333.04 MB
Salovat aytish, Kahf surasining oʻqish yoki eshitishni unutmang!
Show all...
Repost from QURAN.UZ
Photo unavailable
#кун_эслатмаси 🌙 Жума муборак! Салавотнинг арабча матни: اللَّهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ وَبَارِكْ عَلَيْهِ Салавотнинг маъноси: «Аллоҳим, у зотга салавот ва салом йўлла, баракангни давомли қил». Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламга салавот ва салом айтишнинг фойдалари: 1. Аллоҳнинг амрига бўйинсунган бўлади. 2. Салавот ва салом айтувчига Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ўзлари жавоб қайтарадилар.  3. Аллоҳ таоло салавот ва салом айтувчига ўн марта саловот айтади. 4. Салавот ва салом айтувчи Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг шафоатларига эришади. 5. Салавот ва салом айтувчига ўнта яхшилик ёзилади. 6. Салавот ва салом айтувчидан ўнта ёмонлик ўчирилади. 7. Салавот ва салом айтувчининг қалбида нур порлаб, юзининг нурафшон бўлишига сабаб бўлади. 8. Салавот ва салом айтувчи саодат ва хотиржамликка етади. 9. Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам салавот ва салом айтувчини яхши кўрадилар. 10. Салавот ва саломни кўп айтувчи қиёмат куни Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламга энг яқин манзилда бўлади. @quranuz_kanali Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Show all...
🐳 2
Oʻtgan oydagi #zikr chellenjimiz–
Hasbunallohi va niʼmal vakiyl
ni aytishda faollik koʻrsatgan binafshalarimiz – Shahnoza opa Dilorom Zebolar boʻlishdi. Alloh hamisha Oʻzini zikrida bardavom qilishini tilaymiz! Qolganlar ham har kuni aytishdi, lekin yuborish esdan chiqdi degan yaxshi gumondaman. Bu oyda kim peshqadam boʻlarkin, koʻramiz 😊. Yoki shu uchala Binafshamiz qayta-qayta gʻolib boʻlaveradimi? Faollashamiz zero har bir zikr evaziga jannatda bir daraxt ekiladi. Jannatda eng katta va chiroyli bogʻ egasi boʻlishni istagan zokiralarimiz esa hamisha zikr bilan tilini namlab yurishi kerak.
Show all...
5🐳 3
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Ushbu oydagi zikrimiz:
Subhanallohi valhamdulillahi va la ilaha illallahi vallohi Akbar
Qoʻshimchasiga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam koʻp aytib yurgan duolardan birini har namozdan keyin, har taomlanishdan keyin, har yaxshi amal qilganimizdan keyin aytamiz:
Ya muqollibal quluubi sabbit qolbi aʼla diniika
Maʼnosi ikkinchi rasmda berilgan. Albatta maʼnosi bilan yodlab, tushunib, his qilib, ixlos bilan, oʻtinib duo qilamiz. Bizni ham duolaringizda eslashni unutmang😊
Show all...
5🍓 1
Xoʻp, Yangi Qamariy muqaddas oylarimizdan biri Zulhijja kirib keldi. Ham Juma, ham Zulhijjaning ilk kuni. Ramazonda qanday jiddu jahd bilan ibodatga kirishgan boʻlsak, bu oyda ham shunday kirishish lozim. Qiladigan ishlarimizdan asosiysi, 🌱 bir onni ham Allohning zikrisiz oʻtkazmaslik 🌱 faqat zarurat tufayligina dunyo soʻzlarini gapirish 🌱 oxiratni va Allohning huzurida turishni eslash 🌱 Alloh Sizga qanday rahm qilishini istasangiz, insonlarga shunday rahmdillik qilish. Islom goʻzal odob-axloq dinidir! Shunday ekan, aziz binafsham, taqvo libosingiz, hayo ziynatingiz, tahorat pardozingiz, axloq esa siyratingiz boʻlsin!
Ya Alloh, Ha Rohman, barchamizni haq yoʻlida mustaqiym yuruvchi hidoyat topgan bandalaringdan boʻlishlikni nasib qil!
07.06.24 Zulhijja 1
Show all...
💯 9 1
Repost from Muslimaat.uz
Photo unavailable
📆 Ҳаж ойи кириб келмоқда! 😴Зулҳижжа сўзи қандай маънони англатади? “Ҳаж эгаси” деган маънони билдиради. 🔖Зулҳижжа ойи қандай ой? Бу ой Аллоҳ таоло уруш, қон тўкишни ҳаром қилган (Зулҳижжа, Зулқаъда, Муҳаррам, Ражаб) тўрт ойнинг бири, ҳижрий-қамарий тақвимнинг охирги ойидир. 🔖Зулҳижжа ойи қандай фазилатларга эга? Ҳаж ибодати адо этиладиган, қурбонлик қилинадиган, Арафа ва Қурбон ҳайити нишонланадиган ой. Бу ойда, айниқса унинг дастлабки ўн кунида қилинган ибодатлар Аллоҳ таоло учун энг севимли амаллардан саналади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Аллоҳ даргоҳида Зулҳижжанинг ўн кунидан афзал кун йўқ”, деганлар (Имом Ибн Ҳиббон ривояти) 🔖Зулҳижжа ойини Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қандай ўтказардилар? Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Зулҳижжа ойининг дастлабки тўққиз кунида, Ашуро кунида ва ҳар ойдан уч кунда – ойнинг аввалги душанбаси билан икки пайшанбасида – рўза тутардилар (Имом Аҳмад ривояти). ✍️Даврон Нурмуҳаммад тайёрлади. 📱 Telegram    |  📱  Facebook 📱 Instagram  |  📱  YouTube
Show all...
💯 2
Kanalni yopdim)
Show all...