cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universiteti 🎓

Murojaat uchun: +998990402236 +998990402238 +998990402239 +998990402243

Show more
Advertising posts
4 035
Subscribers
+424 hours
-237 days
-8030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Amaliyot Ijtimoiy fanlar fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi talabalarining amaliyot davridan foto lavhalar.
Show all...
👍 12 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN TARIXI Bugun 30-may 2024-yil, payshanba Muhim voqealar: 🔷1381-yilda Uot Tayler qo‘zg‘oloni boshlandi. 🔷1498-yili Xristofor Kolumbning uchinchi sayohati boshlandi. 🔷1574-yilda Genrix III Fransiya qiroli bo'ldi. 🔷1631-yili “La Gazette” – birinchi fransuz gazetasi ilk bor nashr etildi. 🔷1891-yilda Vladivostokda magistral ochildi. 🔷1941-yili II Jahon urushi: Germaniya Krit orolini ishg‘ol qildi.
Show all...
👍 5🔥 2
#PSIXOLOGIK TRENING Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari o'rtasida "Pedagogik jamoada sog'lom ijtimoiy psixologik muhitni yaratish, shaxslararo munosabatlarni shakllantirish" mavzusida psixologik trening o'tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi ijtimoiy psixologiya bo'limi boshlig'i D.X.Ismoilova metodistlar M.Sodiqova va G.Yusupovalar ishtirok etdi.
Show all...
🔥 10👍 9👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
❓ Nega muvaffaqiyatli odamlar bunchalik ko‘p yutuqlarga erishadilar? ✔️Chunki ular kun tartibiga qat’iy rioya qilishadi. Ular tongni kun davomida o‘zlarini energiya bilan ta’minlaydigan, har qanday qiyin vazifani uddalshga tayyor holatda boshlaydilar. ✔️"Eng samarali tong" kitobi tongda tetik uyg‘onishingiz va subhidamning qimmatli soatlaridan unumli foydalanishga yordam beradigan oddiy usullarni taklif qiladi. ✔️Muallif Es Djey Skott asarida tunda yaxshi uxlashingizga yordam beradigan 25 ta tasdiqlangan maslahat, kun bo‘yi g‘ayratli bo‘lishning 8 ta strategiyasi, shaxsiy tonggi odatlarizni shakllantirishga ko‘maklashadigan  2 ta namunani batafsil sharhlab, ochib bergan. ✔️Bundan tashqari, kitob har qanday maqsadni belgilash va unga osonlik bilan erishish uchun "kuch soati" dan foydalanishni taklif qiladi.
Show all...
👏 5👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN TARIXI Bugun 28-may 2024-yil, seshanba. Muhim voqealar: 🔷1742-yilda Londonda birinchi yopiq suzish havzasi (basseyn) qurildi. 🔷1812-yili Rossiya-Turkiya o‘rtasida Buxarest sulhi izolandi. Dunay bo‘yi va Bessarabiya Rossiyaga o‘tdi. 🔷1863-yilda Amerikada faqat qora tanli askarlardan iborat birinchi polk Bostonda tashkil etildi. 🔷1918-yili Ozarbayjon mustaqilligining e’lon qilinishi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tashkil topishi. 🔷1961-yilda Londonda Xalqaro amnistiya tashkiloti tuzildi. 🔷2022-yili UEFA Chempionlar Ligasi finali: "Real Madrid" "Liverpul"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, tarixda 14-marta kubokni qo'lga kiritdi.
Show all...
👍 7👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Jadid” gazetasining 22-soni nashr etildi Gazetaning ushbu sonida: 📌 “Katta hayot ostonasida”; 📌 “Ma’naviyat – inson bo‘lib yashash degani”; 📌 “Burungi va bugungi jurnalistika”; 📌 “Insoniyat taqdirini belgilovchi fan”; 📌 “Tekin bo‘lsa... gulmix yutamizmi?” kabi maqolalarni o‘qishingiz mumkin. 👉 Pdf
Show all...
👍 5👏 1
00:22
Video unavailableShow in Telegram
#RAQAMLASHTIRISH:TALABA MANFAATI 🖥 HEMISOliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi HEMISdagi qulayliklar: 📌 o‘qiyotgani haqidagi maʼlumotnomani onlayn olish; 📌 talabaning davomati; 📌 dars jadvalini onlayn ko‘rish 📌 fanlardan o’zlashtirish baholari; 📌 transkript (akademik ma’lumotnoma)ni yuklab olish; 📌 talaba diplomi va uning ilovasini yuklab olish; 📌 yakuniy va nazorat jadvallari 🔗 Davlat idora va tashkilotlari bilan integratsiya 10+ 📑 Interaktiv xizmatlar 10+ Shuningdek, ushbu xizmatlardan HEMIS mobile ilovasi hamda HEMIS student Telegram boti dan ham foydalanishingiz mumkin. 📲 Ilovani yuklab olish ▫️iOS uchun ▫️Android uchun
Show all...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN TARIXI Bugun 27-may 2024-yil, dushanba. Muhim voqealar: 🔷1703-yilda Petropavlovskh qal’asi qurildi. Sankt-Peterburg shahriga asos solingan kun. 🔷1844-yili Morze usulida birinchi xabar yuborildi. 🔷1895-yilda ingliz ixtirochisi Birt Akres kinoproyektorni patentladi. 🔷1931-yili inson ilk bor stratosferaga chiqdi. 🔷1971-yilda Lev Yashinning xayrlashuv uchrashuvi 103 ming tomoshabin ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 🔷2001-yili 53 mamlakat tomonidan Afrika Ittifoqi tashkil etildi.
Show all...
👍 1
# TOSHKENT BITIRUVCHI TALABA VA YOSHLAR -2024 Ayni paytda Toshkent shahridagi Xalqlar do'stligi saroyi oldi maydonida "Toshkent bitiruvchi va talaba yoshlar-2024" loyihasi doirasida Yoshlar festival bo'lib o'tmoqda. Bu yerda Toshkent shahridagi barcha oliy ta'lim muassasa talabalari ishtirok etmoqdalar. Yoshlar festivalida Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti talabalari ishtirok etmoqda!
Show all...
👍 23👏 4 1
01:15
Video unavailableShow in Telegram
🌎“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlari O‘zbekistonda jamlanadi 📑 Butunjahon yoshlar festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda 150 ta davlat yoshlariga o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi. Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlarni Sizlarga taqdim etadi. 📍Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʼtkaziladi. 📝Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashaylik!
Savol va takliflaringizni [email protected] elektron manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali yo’llashingiz mumkin.
Show all...
🔥 3👍 1