252
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1230 days
Posts Archive
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Nafsim bo‘g‘zimgacha kelib, meni o‘z hukmiga bo‘ysundirmoqda. Qanchalik qarshilik ko‘rsatay desam ham, u ichimni asta-sekin zabt etadi. Yuragimni zulmat chulg‘ab olgan, nafasim qisilib, ruhim bo‘g‘ilib ketayotgandek. Har bir xayolimni u o‘zining tovlanib turgan vasvasalari bilan qoplab, menga yo‘l bermaydi. Ichimda yorug‘likka intilishim bor, ammo zulmat meni tortib, tobora chuqurroq cho‘ktirayotgandek...
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Hozirda shunaqa holatga kebmiz arabcha yozuvdaki reyaksiyani bosishga qoʻrqishyabdi ekan)))
Jamīl (👍) — go‘zal, chiroyli, ko‘rkam degan ma’noni anglatadi.
Qoʻrqmasangiz boʻladi bemalol reyaksiyani bosib tasheng❤️
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Biz og'riq haqida gapirishga va hayotimizdagi og'riqli voqealarni qayta-qayta aytib berishga moyilmiz. Bu bizni hayoti faqat baxtsizliklardan iborat bo'lgan fojiali film qahramoni kabi his qilishimizga olib keladi.
Biz buni qilamiz, chunki biz qayg'uli xotiralarda qahramonlarga o'xshaymiz. Suhbatdoshimizga go‘yo:
"Biz bu azobli hayotdan o'z qurbonlarimiz, sabr-toqatimiz va chidamliligimiz tufayli omon qoldik. Va baxtsiz taqdirimizga qaramay, biz hozir ko'rib turganingizdek, chidashga muvaffaq bo'ldik."
Quloq soling... Bularning bari shaytonning nafsingiz bilan oʻyinining bir qismi boʻlib, xotiralarni har lahzada, hatto ogʻriqli soatlarda ham oqayotgan uzluksiz rahm-shafqat oqimi ustidan sakrab oʻtadigan va bizni Alloh taologa shukronalikdan xoli faqat shu xotira bilan qoldiradi!
Oyat tafsirida Hasan Basriyning so‘zlari haqida
"Inson o'z Robbiga noshukrdir". (100:6)
U aytdi:
“Noshukr – ya’ni balolarni sanab, Parvardigorining ne’matlarini unutadi”.
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Kasalga obu taom berilmasa, o‘lgani kabi, qalbga ham uch kun ilm berilmasa, o‘ladi.
Fath Musaliy
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Dunyo bir bemorxona, yer ostida faqat o‘liklar, yer ustida esa, bemorlargina bor.
Qalbi xastalanganlar jismi xastalanganlardan ko‘ra ko‘proq. Olimlar tabib. sultonlar esa, bemorxona boshqaruvchilaridir.
📖Tavba kitobidan.
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Эй толиби илм шуни ёдда тутгин, баъзи бир илмлар китобларда эмас, устозларда яширинган бўлади.
«تعلم يا فتى فالجهل عار
ولا يرضى به إلا الحمار».
«Эй йигит, ўқи! Жоҳиллик ор,
Унга фақат эшак рози бўлур».
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
“Biror kishi dinida birovga ko‘r-ko‘rona ergashib, u iymon keltirsa iymon keltirib, kofir bo‘lsa kofir bo‘ladigan holatda taqlid qilmasin. Agar taqlid lozim bo‘lsa, o‘tganlarga ergashsin. Chunki tiriklarga fitnadan omonlik yo‘q”
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Hazrati Umar kechalari Madinani aylanib zavq olar edilar. Chunki bu shaharning har bir koʻchasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bogʻliq xotiralari bor edi. Har zamonda sevimli Paygʻambar bilan oʻtkazgan kunlarini eslab, u zotni xuddi yonlaridagidek his qilardilar. Zero, sevgan sevilgan bilan yonma-yondir...
Visol onlarini qalbdan sog‘inch, intiqlik va talpinish ila kutmoqdaman...
252
Vujud darsda, hayol esa...
Izoh: (lav)لو (ay)اي so'zlaridan keyin "you" deb yozib qo'yibdi😁)
©taqwatiy
252
Oldimizda turgan issiq kunlar, bizga avratini nomahramga koʻrsatishdan hayo qiladigan hayolilarning qadri haqida soʻzlaydi.
Ularga jannat bo‘lsin...
252
Repost from ixvati | اخوتي 🎒
Molik ibn Dinor aytadi: "Sizlar yomg‘ir yog‘mayotganiga ajablanasizlar, men esa tosh yog‘mayotganiga ajablanaman".
252
Xolislik nima?
Xolislik hatto juda yaqin kishimiz, do'stimiz bo'lsa ham, agar noto'g'ri ish qilayotgan bo'lsa, unga tanbeh berish, ogohlantirish, uning yonini olmaslikdir.
Do'st yoki tanish bo'lgani uchun nima desa ham qo'llab-quvvatlash xolislikka kirmaydi. Mo'min odam hatto o'zi va yaqinlari zarariga bo'lsa ham haq tomonda turadi!
252
Amr ibn Os roziyallohu anhuning Toifda juda sermahsul bogʻi bor edi, undan juda katta miqdorda foyda olardi. Bir kuni Muoviya roziyallohu anhu Amr ibn Os roziyallohu anhuni chaqirib:
– Ey Amr! Senga bir iltmos aytsam qilasanmi?!- dedi.
– “Albatta qilaman, faqat undan keyin mening ham bir iltmosim bor, siz ham uni bajarsangiz boʻldi” dedi.
– Hoʻp, dedi va oʻzining iltmosini aytdi:
Ey Amr! Toifdagi bogʻingni menga ber!
– Mayli, sizga berdim, dedi Amr.
Muoviya roziyallohu anhuning koʻzlari yashnab ketdi va:
– Alloh taolo ajringni bersin, juda xursand qilding. Endi oʻzingni iltmosingni ayt!- dedi.
Amr ibn Os roziyallohu anhu:
– Ey Muoviya, bogʻimni oʻzimga qaytaring! dedi kulimsirab. 😁
252
Olim johilni taniydi, chunki u ham bir paytlar johil bo‘lgan, ammo johil olimni tanimaydi chunki u hech olim bo‘lib ko‘rmagan!
Ibnul Mu'taz, mansurul-hikam.
252
Abu Dardo roziyallohu anhu oʻlim toʻshagida yotar ekan, sevikli zavjasi Ummu Dardo roziyallohu anho eriga qarab:
– “Shu dunyoda menga sovchi qoʻydingiz. Ota-onam sizga nikohlab berishdi. Men endi oxiratda sizga sovchi qoʻyaman. Robbimdan sizni soʻrab olaman”, dedi.
252
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu vafot etganda, u kishini dafn qilishayotib Ibn Abbos roziyallohu anhu ustiga tuproq tashlab:
«Ilm mana shunday dafn qilinadi» dedilar.
252
Aqli oz kishining hazili ko'p.
Aql insonga bosiqlik, bag'ishlaydigan ne'matdir. Hazil huzulga berilgan kishida vazminlik o'rnini yengillik egallaydi. Agar hazilkashlik tabiatga aylansa, bunday kimsaning aqli bosiqlikni ko'tara olmaydigan bo'lib qoladi. Umar roziyallohu anhu buning havfli oqibatidan ogoh etib aytgan edi: «Ko'p kuladigan kishining haybati kamayadi. Hazillashaveradigan kishi hazilni yengil sanaydigan bo'ladi. Kim nimani ko'p qilsa, shu bilan taniladi. Kim ko'p gapirsa, nuqsoni ko'payadi. Nuqsoni ko'paygan kishining hayosi ketadi. Hayo ketsa, taqvo kamayadi. Taqvo kamaysa, qalb o'ladi».
Muhammad ibn Munkadir aytadi: «Onam menga nasihat qilardi: «Bolam, yosh bolalar bilan ko'p hazillashma, qadring ketadi».
Said ibn Os o'g'liga derdi: «Ey o'g'lim! Hurmatli kishilar bilan hazillashma, nafratiga yo'liqasan. Pastkashlar bilan ham hazillashma, senga qarshi jur'atli bo'lib qolishadi».
©Unvonul bayon.
(Хузро) sahifasidan
