en
Feedback
356
Subscribers
+124 hours
+67 days
-1630 days
Posts Archive
Repost from OVOZA | Rasmiy
Qo‘g‘irchoq teatri bolajonlarga o‘zining 48-mavsumini ochdi Efir: 07.09.2026 | 12:00 #Samarqand Muxbir: Maftuna Ubaydullayeva 🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE

🎭 “Nigoh” ijodiy loyihasi “Teatr san’atida ijodiy hamkorlik tamoyillari” mavzusidagi davra suhbati yakunlandi. Davra suhbati
🎭 “Nigoh” ijodiy loyihasi “Teatr san’atida ijodiy hamkorlik tamoyillari” mavzusidagi davra suhbati yakunlandi.
Davra suhbati davomida teatr san’atini rivojlantirish, ijodiy jarayonlarda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, rejissyor, dramaturg, kompozitor va rassomlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida soha mutaxassislari va ijodkorlar tomonidan teatr san’atining bugungi holati, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh ijodkorlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy sahna asarlarini yaratish borasida takliflar ilgari surildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kelgusida ijodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar. 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱Youtube

🍂🎭 SENTYABR OYI REPERTUARI! 🎭🍂 Aziz bolajonlar va hurmatli ota-onalar! ❤️ Kuzning ilk oyini biz bilan sehrli spektakllar
🍂🎭 SENTYABR OYI REPERTUARI! 🎭🍂 Aziz bolajonlar va hurmatli ota-onalar! ❤️ Kuzning ilk oyini biz bilan sehrli spektakllar olamida o‘tkazing! 🍁✨ ✨ Yangi ijodiy mavsumni birgalikda boshlab, siz aziz bolajonlar va ota-onalarni sentyabr oyidagi qiziqarli spektakllarimizga taklif etamiz.
🎭 SENTYABR OYI REPERTUARI
📅 Har yakshanba kuni
🕚 11:00 — Rus tilidagi spektakl
🕐 13:00 — O‘zbek tilidagi spektakl
🎨 Spektakl boshlanishidan avval bolajonlarni qiziqarli mahorat darslari va ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda! 📍 Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 51-uy, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri 🎫 Chiptalar teatr kassalarida va onlayn savdoda mavjud. 📞 Murojaat uchun: +998 97 914 00 13 +998 99 005 85 37 🌈 🎭 Sizni teatrimizda kutamiz! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

SAMARQAND VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING 48-MAVSUMI OCHILDI Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatrning 48-mavsumiga b
+9
SAMARQAND VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING 48-MAVSUMI OCHILDI Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatrning 48-mavsumiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov, boshliq o‘rinbosari Valijon Umarov, qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov, viloyat musiqali drama teatri direktori Fazliddin Xudoyberdiyev hamda madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Botir Tugalov so‘zga chiqib, qo‘g‘irchoq teatrining yosh avlod tarbiyasidagi muhim o‘rnini ta’kidladi hamda teatr jamoasini yangi mavsum bilan muborakbod etdi. Shuningdek, teatr jamoasi munosib tabriklanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tantanali marosimda ramziy qizil lenta kesilib, teatrning 48-mavsumi rasman ochib berildi. Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli shou dasturlari va sahna chiqishlari namoyish etildi. Mehmonlar teatr muzeyi bilan tanishdilar. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

🎭 SAMARQAND VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA 48-MAVSUM OCHILDI! 🎉 Bugun, 4-sentabr kuni Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida yangi ijodiy mavsum — 48-mavsumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov va oʻrinbosari V.Umarov, Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori v.v.b. F. Xudoyberdiyev hamda soha vakillari va teatr jamoasi ishtirok etdilar. ✨ Mavsum ochilishi munosabati bilan teatr jamoasi samimiy tabriklandi, ezgu tilaklar bildirildi hamda ijodkorlarga bayramona sovg‘alar taqdim etildi. 🎀 Marosimning ramziy lahzalaridan biri — sahna oldidagi qizil lentaning tantanali ravishda kesilishi bo‘ldi. Shu tariqa teatrning yangi ijodiy mavsumiga rasman start berildi. 🎭 Tadbir yakunida tomoshabinlarga teatr repertuaridan o‘rin olgan «Donolik sohibasi Topata» spektakli namoyish etildi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

🎭 48-MAVSUM OCHILISHIGA MARHAMAT! Aziz tomoshabinlar! Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri o‘zining 48-mavsumini tantanali
🎭 48-MAVSUM OCHILISHIGA MARHAMAT! Aziz tomoshabinlar! Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri o‘zining 48-mavsumini tantanali ravishda ochadi! 🎉 Yangi mavsum — yangi spektakllar, yangi qahramonlar, yangi taassurotlar va unutilmas uchrashuvlarga boy bo‘ladi! ✨ Sizni mavsum ochilishi munosabati bilan tashkil etiladigan bayramona tadbirga taklif qilamiz. 📅 Sana: 4-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqt: 11:00 📍 Manzil: Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri 🎟 Kirish bepul! Barcha kichkintoylar va aziz tomoshabinlarimizni kutib qolamiz! ❤️ 48-mavsum — yangi ertaklar, yangi uchrashuvlar! 🎭✨

🎭 ПРИГЛАШАЕМ НА ОТКРЫТИЕ 48-го ТЕАТРАЛЬНОГО СЕЗОНА! ✨ Уважаемые друзья и ценители искусства! ❤️ Самаркандский областной театр кукол приглашает вас на торжественное открытие 48-го театрального сезона! Новый сезон — это новые спектакли, новые встречи, яркие эмоции и удивительные театральные истории. 🎭✨ 📅 4 сентября11:00 📍 Самаркандский областной театр кукол Подарите себе и своим близким незабываемые впечатления и станьте частью нового театрального сезона! ❤️ Мы ждём вас! До встречи в театре! 🎭✨ Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

Repost from Botir Tugalov
Islom Karimov yod etildi Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdi. 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

🎭 “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” — SAMARQAND VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SIZNI KUTADI! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 1–5-sentabr kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkaziladi! 🎉 ✨ Yangi teatr mavsumi — yangi taassurotlar, sevimli qahramonlar va bolajonlar uchun unutilmas lahzalar! 📅 1–5-sentabrBoshlanish vaqti: 11:00 🎪 Repertuar: 🔹 1-sentabr — “Kachal Botir” — 3+ 🔹 2-sentabr — “Супер Заяц” — 3+ 🔹 3-sentabr — “Badjahl Quyoncha” — 3+ 🔹 4-sentabr — “Сказание о мудрой Топате” — 7+ 🎊 4-sentabr — 48-mavsumning tantanali ochilishi! 🔹 5-sentabr — “Quvnoq Arava” — 3+ 💙 Hurmatli ota-onalar va aziz bolajonlar! Sizlarni Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlariga taklif etamiz! 🌈 Teatr — bolalik sehri! Keling, yangi mavsumni birgalikda, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan boshlaymiz! 🎭✨ Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN! Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN! Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu ulug‘ ayyomda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimizga fayz-u baraka tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning baxt-saodati va kelajagimiz yanada porloq bo‘lishi yo‘lida barchamizga mustahkam sog‘lik, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiy etaversin! 🇺🇿 🎭 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK! Aziz yurtdoshlar, muhtaram hamkasblar, qadrli san’at va madaniyat sohasi vakillari! Barchan
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK! Aziz yurtdoshlar, muhtaram hamkasblar, qadrli san’at va madaniyat sohasi vakillari! Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Mustaqillik — bu xalqimizning erkin va farovon hayot sari dadil intilishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimiz, madaniyatimiz va san’atimizning yanada ravnaq topishi uchun mustahkam poydevordir. Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 35 yillik Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Abdurayimov Feruzbek Majitovich

Repost from Ozodbek Nazarbekov
🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik… Bir zamonlar qanotimizni sinagan shamollar bugun bizni yuksaklarga chorlamoqda. Kecha armon bo‘lgan orzularimiz esa bugun birin-ketin haqiqatga aylanib, bizni yanada ulug‘ marralar sari yetaklamoqda. 35 yil… Bu shunchaki tarixning bir sahifasi emas. Bu — o‘zligini anglagan xalqning uyg‘onishi, ozodlikning qadriga yetgan millatning parvozi, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etayotgan Vatanimizning sharafli yo‘lidir. Mustaqillik — bu shunchaki erkinlik emas. U osmonimizdagi erkin parvoz, qalbimizdagi milliy g‘urur, tilimizdagi ona so‘z, qo‘limizdagi bunyodkorlik, farzandlarimiz nigohidagi umid va porloq kelajakdir. Bugun biz kechagidan kuchliroqmiz. Chunki bu 35 yil bizga bir haqiqatni anglatdi: qanotimiz — Vatan, kuchimiz — xalq, ishonchimiz — birlik, yo‘limiz esa buyuk kelajakdir. Shunday ekan, bu parvozni asrash, bu zaminni obod qilish, bu bayroqni baland tutish — har birimiz uchun nafaqat sharaf, balki muqaddas burchdir. Zero, Vatan mustaqilligi — avlodlarga beriladigan eng buyuk meros, uni asrash esa bizga yuklangan eng ulug‘ mas’uliyatdir. Polapondan uchar qushga aylangan yurtimizning parvozi hech qachon to‘xtamasin! Yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lsin. Osmonimiz hamisha musaffo, xonadonlarimiz fayzli, qalblarimiz xotirjam bo‘lsin. Bayrog‘imiz doimo baland, qanotimiz bardavom, parvozimiz esa yanada yuksak bo‘lsin! Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri 📲Telegram 📲Instagram

#Teatr 🎭 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, rejissyor Fatxulla Xo‘jayev tomonidan sahnalashtirilgan “Quvnoq arava” spektaklining navbatdagi ijodiy ko‘rigi o‘tkazildi. Mazkur jarayonda Madaniyat vazirligi huzuridagi ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhi hamda qo‘g‘irchoq teatri san’ati bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi. Ko‘rik davomida spektaklning badiiy yechimi, rejissyorlik talqini, aktyorlar ijrosi va sahnaviy ifoda vositalari tahlil qilindi. Ayniqsa, asarning an’anaviy ruhda talqin etilgani hamda milliy sahna an’analariga uyg‘unligi mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi. 🎭 Ijodiy jarayon yakunida “Quvnoq arava” spektakli mutaxassislar tomonidan ma’qullanib, tomoshabinlar hukmiga havola etish uchun premyerasiga ruxsat berildi. 🎥 Ko‘rik jarayonidan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

#Teatr 🎭 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Quvnoq arava” spektaklining ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Bugun Samarqand viloyati
+9
#Teatr 🎭 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Quvnoq arava” spektaklining ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Bugun Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida rejissyor Fatxulla Xo‘jayev tomonidan sahnalashtirilgan “Quvnoq arava” spektaklining Madaniyat vazirligi huzuridagi ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhi hamda soha mutaxassislari ishtirokidagi ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. 🎭 📝 Ko‘rik jarayonida mutaxassislar spektaklning a’nanaviy talqinini alohida e’tirof etdi. ✅ Mutaxassislar tomonidan spektakl ijobiy baholanib, bir ovozdan qabul qilindi hamda premyera qilinishiga ruxsat berildi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

🎭 “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” — SAMARQAND VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SIZNI KUTADI! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 1–5-sentabr kunlari “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkaziladi! 🎉 ✨ Yangi teatr mavsumi — yangi taassurotlar, sevimli qahramonlar va bolajonlar uchun unutilmas lahzalar! 📅 1–5-sentabrBoshlanish vaqti: 11:00 🎪 Repertuar: 🔹 1-sentabr — “Kachal Botir” — 3+ 🔹 2-sentabr — “Супер Заяц” — 3+ 🔹 3-sentabr — “Badjahl Quyoncha” — 3+ 🔹 4-sentabr — “Сказание о мудрой Топате” — 7+ 🎊 4-sentabr — 48-mavsumning tantanali ochilishi! 🔹 5-sentabr — “Quvnoq Arava” — 3+ 💙 Hurmatli ota-onalar va aziz bolajonlar! Sizlarni Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlariga taklif etamiz! 🌈 Teatr — bolalik sehri! Keling, yangi mavsumni birgalikda, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan boshlaymiz! 🎭✨ Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

TAYINLOV 🎙O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Ro‘ziyev Bobomurod Norqo‘zi o‘g‘li Sama
TAYINLOV 🎙O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Ro‘ziyev Bobomurod Norqo‘zi o‘g‘li Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. ✅Bobomurod Ro‘ziyevni yangi lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyat, mas’uliyatli vazifalarini bajarishda ulkan zafarlar tilaymiz! 👇Bizni kuzating Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmatiTelegram |📷 Instagram | 🗳Facebook |  🌐Veb-sayt |▶️ YouTube

🇺🇿 DO‘PPI ESKI EMAS. BIZNING TASAVVURIMIZ ESKIRGAN O‘zbek qiyofasini eski do‘ppi, yirtiq chopon, sarg‘aygan libos bilan ko‘rsatayotgan kontent egalari haqida gapirmoqchiman. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek obrazini namoyish qilayotgan ayrim kontent mualliflari milliy libosni ataylab eski, yirtiq, sarg‘aygan, dazmollanmagan yoki hayotdan uzilgan ko‘rinishda tasvirlayotganini ko‘ryapmiz. Go‘yoki o‘zbeklik — chang bosgan chopon, eski do‘ppi va qashshoq hovli fonidan iboratdek. Yo‘q. O‘zbekning kechagi qiyofasi boshqa edi. Bugungi qiyofasi esa boshqa. Bizning milliy kiyimimiz — muzey eksponati emas. U tirik madaniyat. O‘zbek atlasini zamonaviy libosda ham ko‘rish mumkin. Do‘ppini kostyum bilan ham kiyish mumkin. Choponni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Milliy naqshni zamonaviy moda tilida dunyoga ko‘rsatish mumkin. Buning uchun milliyligimizdan uyalish ham, uni eskilik bilan tenglashtirish ham shart emas. Aksincha, biz o‘zligimizni zamonaviylik bilan birga namoyish qila olishimiz kerak. Chunki bugungi o‘zbek — faqat kechagi xotira emas. Bugungi o‘zbek — universitetda o‘qiyapti. Startap qilyapti. Dunyoga chiqyapti. Ilm bilan shug‘ullanyapti. Yangi texnologiyalar yaratyapti. Dizayn qilyapti. San’at yaratyapti. Dunyoning eng katta shaharlarida o‘z mamlakatining nomini olib yuribdi. Nega uning milliy qiyofasi ham shunday zamonaviy bo‘lmasligi kerak? Men milliy libosni yomon ko‘rsatgan odamni yomon demoqchi emasman. Lekin bir savol bor: Biz o‘zimizni dunyoga qanday ko‘rsatmoqdamiz? Chunki chetdagi odam O‘zbekistonni ko‘pincha biz yaratgan tasvirlar orqali taniydi. Agar biz har safar o‘zbek obrazini eskilik, qarovsizlik va qashshoqlik bilan ko‘rsatsak, ertaga boshqalar ham bizni shunday tasavvur qilishi mumkin. Bu — shunchaki kiyim masalasi emas. Bu — millatning o‘zini qanday ko‘rishi va boshqalarga qanday ko‘rsatishi masalasi. Milliylik — eskilik emas. Milliylik — o‘zligingni yo‘qotmasdan zamonaviy bo‘la olish. Shuning uchun do‘ppini kiyganimizda faqat boshimizni emas, millat oldidagi mas’uliyatimizni ham to‘g‘rilab olaylik. Do‘ppi qiyshayib qolsa, to‘g‘rilash oson. Ammo millatning qiyofasi qiyshayib ketsa, uni to‘g‘irlash biroz mushkul bo‘ladi. Bu jarayonlarda daxldor ekaningizni unutmang! O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari – vazirning axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi 🔹Telegram 🔹Instagram

🇺🇿✨ MUSTAQILLIK — QALBIMIZDAGI ENG ULUG‘ NE’MAT! ✨🇺🇿 Yurtimiz osmonida ozodlik bayrog‘i hilpirab, qalblarimizda Vatanga bo‘lgan mehr va faxr tuyg‘usi yanada jo‘sh urmoqda. 💙💚❤️ 🎬 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tayyorlagan videomizni siz azizlar bilan baham ko‘ramiz! 🌿 Tinchligimiz, osuda hayotimiz va porloq kelajagimiz doimo bardavom bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt

🍂🎭 SENTYABR OYI REPERTUARI! 🎭🍂 Aziz bolajonlar va hurmatli ota-onalar! ❤️ Kuzning ilk oyini biz bilan sehrli spektakllar
🍂🎭 SENTYABR OYI REPERTUARI! 🎭🍂 Aziz bolajonlar va hurmatli ota-onalar! ❤️ Kuzning ilk oyini biz bilan sehrli spektakllar olamida o‘tkazing! 🍁✨ ✨ Yangi ijodiy mavsumni birgalikda boshlab, siz aziz bolajonlar va ota-onalarni sentyabr oyidagi qiziqarli spektakllarimizga taklif etamiz.
🎭 SENTYABR OYI REPERTUARI
📅 Har yakshanba kuni
🕚 11:00 — Rus tilidagi spektakl
🕐 13:00 — O‘zbek tilidagi spektakl
🎨 Spektakl boshlanishidan avval bolajonlarni qiziqarli mahorat darslari va ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda! 📍 Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 51-uy, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri 🎫 Chiptalar teatr kassalarida va onlayn savdoda mavjud. 📞 Murojaat uchun: +998 97 914 00 13 +998 99 005 85 37 🌈 🎭 Sizni teatrimizda kutamiz! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Telegram Facebook Instagram YouTube Sayt