PACEMAKER | 2.0 |
Open in Telegram
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
Show more4 806
Subscribers
-124 hours
+167 days
+1230 days
Posts Archive
4 806
🫀 AORTA STENOZI
✅
EtiologiyasiKalsifikatsiya (katta yoshdagilar, >60 yosh) Bikuspid aorta qopqog‘i (tug‘ma nuqson, yoshlar) Revmatik isitma (kamdan-kam) ✅
PatofiziologiyasiQopqoq torayishi → Chap qorincha gipertrofiyasi → Yurak yetishmovchiligi ✅
Klinik triadaStenokardiya (ko‘krak og‘rig‘i) Synkope (hushdan ketish) Nafas qisishi (yurak yetishmovchiligi belgisi) ✅
AuskultatsiyaSistolik shovqin (bo‘yin tomirlariga irradiatsiya) Pulsus parvus et tardus (zaif va kechikkan puls) ✅
TashxisEcho: Qopqoq torayishi va gradient bosim oshishi EKG: Chap qorincha gipertrofiyasi (LVH) ✅
DavolashYengil holatlar: Kuzatuv Og‘ir holatlar: AVR yoki TAVR (qopqoqni almashtirish) ✅
AsoratlariYurak yetishmovchiligi Aritmiya Endokardit 💡ESLATMA: Ushbu post USMLE dan. ☎️ Kanalimiz➡️https://t.me/medical_xpress
4 806
🤗 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔹Stabil stenokardiya- bu jismoniy zo‘riqish yoki hissiy stress paytida paydo bo‘ladigan ko‘krak og‘rig‘idir. Koronar arteriyalarning aterosklerozi (> 70% stenoz) tufayli yuzaga keladi; qon oqimi miokardning zo'riqish paytidagi metabolik ehtiyojlarini qondira olmaydi. Miotsitlarning qaytar jarohatlanishini ifodalaydi (nekroz yo‘q). Ko‘krakdagi og‘riq (< 20 daqiqa davom etuvchi), chap qo‘l yoki jag‘ga tarqalishi, terlash va nafas qisishi bilan namoyon bo‘ladi. EKG subendokardial ishemiya tufayli ST-segment depressiyasini ko‘rsatadi. Dam olish yoki nitroglitserin bilan yengillashadi.
🔹Nostabil stenokardiya- bu dam olish paytida yuzaga keladigan ko‘krak og‘rig‘idir. Odatda aterosklerotik blyashkaning yorilishi, tromboz va koronar arteriyaning to‘liq bo‘lmagan o‘tkazuvchanligi tufayli yuzaga keladi Miotsitlarning qaytar jarohatlanishini ifodalaydi (nekroz yo‘q). EKG subendokardial ishemiya tufayli ST depressiyani ko‘rsatadi. Nitroglitserin bilan yengillashadi. Miokard infarktiga o‘tish xavfi yuqori.
🔹Prinzmetal(Vasospastik) stenokardiya- bu jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lmagan, epizodik ko‘krak og‘rig‘idir. Koronar arteriyalarning vazospazmi tufayli yuzaga keladi. Miotsitlarning qaytar jarohatlanishini ifodalaydi (nekroz yo‘q). EKG transmural ishemiya tufayli ST elevatsiyani ko‘rsatadi. Nitroglitserin yoki kalsiy kanallarining blokatorlari bilan yengillashadi. Kanal:👉https://t.me/medical_xpress
4 806
#
miokard_infakt⚠️Bilib oling❗️ 🔔Yurakda eng kòp infakt uchraydigan soha va sababi ! ⭐ Davomi.... Webinar da 🔵 https://t.me/medical_xpress
4 806
🔔❤️🔥❤️🔥❤️🔥📷📷📷📷
📢 @Kardio_aritmolog tomonidan yozilgan ajoyib kitobni tavsiya etamiz.
🥇Kitob quyidagilarni o'z ichiga oladi:
⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬⏬
🟢 Yurak anatomiyasi
🟢 Yurakni koronar tomirlari
🟢 Normal EKG
🟢 Bradiaritmiyalar ( SA, AV blok)
🟢 Taxiaritmiyalar: FP, TP, AVRT, AVTRT
⚠️Patologiyalar:
🟢 YuIK (Miokard infarkti)
🟢 Aritmiyalar va YuIK birinchi yordam.
🟢 Yevropa kardiologlar hamjamiyati (2023) gacha bo'lgan tavsiyalari bilan boyitilgan.
➡️ Kitob sotib olganlar fikrlari:
https://t.me/Aritmologiya_ekg
🪙 Asl narx 200 ming
Chegirma 180 ming
💎 Chegirma : 2️⃣5️⃣- yanvargacha
✅ Buyurtma u-n: https://t.me/+ISg9cCp9QDdhNWIy
4 806
🫁O‘PKA GIPERTENZIYASI
❗️Ta'rif:
O‘pka qon aylanish sistemasida yuqori bosim (o‘rtacha arterial bosim > 25 mm Hg; normal ~10 mm Hg).
✅ Patologiya:
O‘pka magistral arteriyasining aterosklerozi.
O‘pka arteriyalaridagi silliq mushaklarning gipertrofiyasi.
Intimal fibroz.
✅ Asoratlar:
O‘ng qorincha gipertrofiyasi va oxir-oqibat cor pulmonalega olib keladi.
✅ Belgilari:
Jismoniy harakatda nafas qisishi (ekzersion dispnoe).
O‘ng tomondagi yurak yetishmovchiligi alomatlari.
✅ Tasnifi:
Etiologiyasiga qarab birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi.
⚠️ Birlamchi O‘pka Gipertenziyasi
✅ Demografiya:
Ko‘pincha yosh ayollarda kuzatiladi.
✅ Etiologiya:
Ko‘pincha noma'lum.
Oilaviy shakllar ko‘pincha BMPR2 mutatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu tomir silliq mushaklarining ko‘payishiga olib keladi.
⚠️ Ikkilamchi O‘pka Gipertenziyasi
Sabablari:
Gipoksemiya (masalan, interstitsial o‘pka kasalliklari).
O‘pka qon aylanish sistemasida hajmning oshishi (masalan, tug‘ma yurak kasalliklari).
Qayta-qayta o‘pka emboliyasi.
Stages of pulmonary hypertension
Doctors classify pulmonary hypertension into 4 stages, with mild to severe symptoms:
Stage 1⃣ — You do not experience any symptoms, even during physical activity.
Stage 2⃣ — You do not experience symptoms at rest. However, you may experience fatigue, shortness of breath or chest pain during activity.
Stage 3⃣ — You may feel some symptoms at rest, but they are not severe enough to make you uncomfortable. The symptoms are more apparent when you engage in physical activity.
Stage 4⃣ — At this stage, you have severe pulmonary hypertension which disrupts your daily activities. Your symptoms occur both at rest and during physical activity. You are also easily exhausted.
Kanal:👉https://t.me/medical_xpress
4 806
🤗 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔹Stabil stenokardiya- bu jismoniy zo‘riqish yoki hissiy stress paytida paydo bo‘ladigan ko‘krak og‘rig‘idir. Koronar arteriyalarning aterosklerozi (> 70% stenoz) tufayli yuzaga keladi; qon oqimi miokardning zo'riqish paytidagi metabolik ehtiyojlarini qondira olmaydi. Miotsitlarning qaytar jarohatlanishini ifodalaydi (nekroz yo‘q). Ko‘krakdagi og‘riq (< 20 daqiqa davom etuvchi), chap qo‘l yoki jag‘ga tarqalishi, terlash va nafas qisishi bilan namoyon bo‘ladi. EKG subendokardial ishemiya tufayli ST-segment depressiyasini ko‘rsatadi. Dam olish yoki nitroglitserin bilan yengillashadi.
🔹Nostabil stenokardiya- bu dam olish paytida yuzaga keladigan ko‘krak og‘rig‘idir. Odatda aterosklerotik blyashkaning yorilishi, tromboz va koronar arteriyaning to‘liq bo‘lmagan o‘tkazuvchanligi tufayli yuzaga keladi Miotsitlarning qaytar jarohatlanishini ifodalaydi (nekroz yo‘q). EKG subendokardial ishemiya tufayli ST depressiyani ko‘rsatadi. Nitroglitserin bilan yengillashadi. Miokard infarktiga o‘tish xavfi yuqori.
🔹Prinzmetal(Vasospastik) stenokardiya- bu jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lmagan, epizodik ko‘krak og‘rig‘idir. Koronar arteriyalarning vazospazmi tufayli yuzaga keladi. Miotsitlarning qaytar jarohatlanishini ifodalaydi (nekroz yo‘q). EKG transmural ishemiya tufayli ST elevatsiyani ko‘rsatadi. Nitroglitserin yoki kalsiy kanallarining blokatorlari bilan yengillashadi. Kanal:👉https://t.me/medical_xpress
4 806
#RAAS #Nefrologiya #USMLE
🔰RENIN-ANGIOTENSIN-ALDOSTERON SISTEMASI (RAAS)
🔹Vazifasi:
Qon bosimi va suyuqlik balansini boshqaradi
🔹Mexanizmi:
Past qon bosimi / past qon hajmi → Buyraklardagi Renin chiqariladi (yukstaglomerulyar hujayralardan).
Renin jigar tomonidan ishlab chiqarilgan Angiotenzinogenni → Angiotenzin I ga aylantiradi.
O'pka qon-tomirlaridagi endoteliydan ishlab chiqariladigan ferment → Angiotenzin-Aylantiruvchi Ferment ("AПФ") esa Angiotenzin I ni Angiotenzin II ga aylantiradi.
🔹Angiotenzin II 3 ta kuchli ta’sir ko‘rsatadi:
- Vazokonstriksiya → Qon bosimini oshiradi!
- Buyrak usti bezlaridan Aldosteron chiqarilishini rag‘batlantiradi → Buyraklar Na⁺ saqlaydi (va suv ham ergashadi).
- ADG (Antidiuretik gormon)ni oshiradi → Buyraklarda suv qayta so‘riladi.
🔹Klinik Qo‘llanish:
- Gipertenziya ? "AПФ" ingibitorlari (masalan, lizinopril) yoki Angiotenzin II reseptor blokatorlari (ARB)yordamida bu yo‘lni bloklab, qon bosimini tushiring!
- Yurak yetishmovchiligi ? RAAS blokatorlari suyuqlik ortiqchaligini kamaytiradi va yurakning zararli o‘zgarishlarini oldini oladi.
- Surunkali buyrak yetishmovchiligi ? RAASni to‘xtatish glomerulyar ortiqcha filtratsiyani kamaytirib kasallik rivojlanishini sekinlashtiradi!
🔹RAAS blokadasi nojo'ya ta'siri:
1) ACE Ingibitorlari yo'tal keltirib chiqarishi mumkin, chunki bradikinin miqdori oshadi ( "AПФ" bloklanishining nojo'ya ta’siri).
2) Angioedema ham yuz berishi mumkin—yuzda shish paydo bo‘lgan bemorlarga ehtiyot bo‘ling!
3) Giperkalemiya RAAS blokatorlari bilan yuzaga kelishi mumkin, chunki aldosteron odatda K⁺ chiqarilishiga yordam beradi.
🔹Klinik Maslahat:
Agar bemorda "AПФ" ingibitorlariga javob bermaydigan gipertenziya kuzatilsa, buyrak arteriyasi stenozini o‘ylab ko‘ring! Buyraklar ko‘proq renin chiqaradi, bu esa qon bosimini oshiradi!
Buyrak ultratovush tekshiruvi yoki KT angiogrammasi tashxisni tasdiqlashi mumkin.
💡 ESDA TUTING: RAAS tizimini o‘rganish sizga "AПФ" ingibitorlari va ARB kabi muhim davolash usullarini tushunishga yordam beradi. Bu bilimlarni klinikada qo‘llang va imtihonlarda muvaffaqiyat qozoning! 🎯
❗️Bu postni saqlab qo‘ying va keyingi kelayotgan imtihonlaringizdan oldin tezkor takrorlash uchun foydalaning! 💼👩⚕️👨⚕️
Kanal:👉https://t.me/medical_xpress
4 806
❤️ 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
✔️➕Inotrop
✔️➕Tonotrop
✔️➕Batmotrop
✔️➖Xronotrop
📌 Fikr mulohazalar uchun ✍️
https://t.me/Cardio_aritmolog
✅ https://t.me/PACEMAKER_1
4 806
🔤🔤🔤 ga nisbiy qarshi ko'rsatmalar
⭕️ Absolyut qarshi korsatmalar yoʻq
☎️ https://t.me/medical_xpress
4 806
🤩 Andersen-Tawil sindromidan keyin yurak arresti boʻlsa IKD implantatsiyasi qilinishini bilarmidingiz
☎️ https://t.me/medical_xpress
4 806
+1
35 yoshli erkak.
Shikoyati: Bosh aylanishi, xolsizlik.
Anamnez: 6 oy avval xushdan ketish kuzatilgan
Taxminiy tashxisingiz?
4 806
Doktorlar 365 kunda
Top 365 ta kasalliklar haqida ma'lumot bersak nima deysiz
