cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝙌𝙤𝙗𝙞𝙡𝙟𝙤𝙣 𝙎𝙝𝙚𝙧𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫

𝗔𝘀𝘀𝗮𝗹𝗼𝗺𝘂 𝗮𝗹𝗮𝘆𝗸𝘂𝗺! Bolalar yozuvchisi, shoiri, "Ilhom" davlat mukofoti sohibi, 2022-yilning yil kitobi (𝗕𝘂𝘃𝗮𝗺𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗼𝘀𝗵𝗾𝗼𝘇𝗼𝗻𝗶𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗺𝗮𝗺𝗹𝗮𝗸𝗮𝘁) muallifi Qobiljon Shermatovning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Show more
Advertising posts
326
Subscribers
-324 hours
-67 days
-1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Respublikasi bolalar kutubxonasida boʻldik. Bir soʻz bilan "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari hammada katta taassurot qoldirdi. Buni suratlardan ham koʻrishingiz mumkin. Ularga kitobning ayrim joylaridan gapirib berdim. Ota-onalar ham bolalariga qoʻshilib savollar berishdi. Yozuvchi Dinara Muminova bilan koʻrishdik, fikr almashdik. Xodimlar kutubxonadagi imkoniyatlar bilan tanishtirishdi. Sharoit — London kutubxonalari andozasida. Taʼrifga til ojiz. Xuddi ertakka tushib qolganga oʻxshaysiz. Ijodkorni quvontiradigan eng katta narsa kutubxonaning bolalar bilan toʻlib-toshgani! Qani, shunday kutubxonalar barcha tumanlarda boʻlsa! @ShermatovQobiljon
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" "Hilol-nashr"ning bosh doʻkonida ham yaxshi sotilmoqda ekan. @ShermatovQobiljon
Show all...
👍 5🔥 2 1
Sizlarga aytmay turgan bir yangiligimiz bor! InshaAlloh yaqin orada chiqadigan yangi kitobimiz munosabati bilan bolalar shoiri Orif Toʻxtash bilan koʻrishdik.
Show all...
👍 1🥰 1👏 1
00:02
Video unavailableShow in Telegram
Sizlarga aytmay turgan bir yangiligimiz bor! InshaAlloh yaqin orada chiqadigan yangi kitobimiz munosabati bilan bolalar shoiri Orif Toʻxtash bilan koʻrishdik.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Jajji kitobxonlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz, ularga kelgusida ulkan zafarlar tilab qolamiz! Telegram | Instagram | Facebook
Show all...
Poyezdagi oʻylar... Bolalar kuni munosabati bilan, bolalar koʻnglini ovlagani Toshkenti azimga yoʻl oldik. Ha aytgancha, poyezdning ham oʻz gashti bor. Fikrlar tiniqlashadi. Aynqisa, derazadan "Fargʻonadan Toshkentgacha" degan ajoyib film oʻtib tursa. Bu film 5 soat davom etadi. Hech kim ovoz bermagan, birov montaj qilmagan. Unga oʻzingiz ovoz berasiz. Mol haydab ketayotgan bolaning tilidan chiqayotgan gaplarni oʻzingiz topasiz. Baliq tutib oʻtirgan togʻaning oʻylarini oʻzingiz tahmin qilasiz. Qanday ajoyib film. Baʼzan choʻl, baʼzan boʻston, baʼzan ketmon koʻtargan dehqon, baʼzan baliqchi amaki, baʼzan dasht, baʼzan togʻ. Ming xil odam, ming xil olam. Yaxshiyamki bu filmni poyezd chiptasiga qoʻshib hisoblashmaydi. Boʻlmasa birov poyezdda yurolmasdi. Bu filmni tomosha qilib, Al Jamiyl boʻlgan Allohga tasannolar aytadi kishi! @ShermatovQobiljon
Show all...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
HOʻTIK Ey sen, boshi Kal bola, Yoqimtoy, Asal bola, Qani kel-chi Bu yoqqa, Maslahat bor Quloqqa! Gar minsang Men Hoʻtikni, Yechib qoʻygin Etikni. Choʻmilib ol Vannada, Yengillashsang Harna-da! Qobiljon Shermatov, Rassom: Shoxrux Rahmatullayev. @ShermatovQobiljon
Show all...
👍 6🦄 3
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Yozuvchi Qobiljon Shermatov ishtirokida bolalar va kattalar bilan ijodiy uchrashuv. "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" kitobidan parchalarni muallif bilan birga o'qib, muhokama qilamiz. Soat: 16:00 Respublikasi bolalar kutubxonasi. @ShermatovQobiljon
Show all...
👍 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
📚 Китобсеварлар учун навбатдаги китоб кўргазма-ярмаркаси! ✅ Жорий йилнинг 30–31 май ҳамда 1 июнь кунлари Тошкент шаҳридаги “Dream Park” маданият ва истироҳат боғида “1 июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни” муносабати билан “Беғубор болалик” шиори остида “Болалар китоб фестивали” китоб байрами ўтказилади. ✅ Кўргазма-ярмарка доирасида шоу дастурлар, викториналар, китоб акциялари ҳамда турли қизиқарли танловлар ўтказилади. ✅ Кўргазмага келинг, янги адабиётлар билан танишинг, ўзингиз севган адиблар асарларини харид қилинг ёки викториналарда ютиб олинг! 📌 Тадбир ташкилотчилари: 🔵Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги; 🔵 Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги; 🔵“Баркамол авлод” болалар мактаблари; 🔵Ўзбекистон ноширлари ва китоб савдоси ташкилотлари миллий ассоциацияси.
Show all...
👏 1