cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MUZRABOT TUMAN 21-SONLI BMSM|AXBOROT XIZMATI

Muzrabot tumani 21-sonli Bolalar musiqa va san'at maktab Matbuot xizmati kanaliga qo'shiling va musiqa maktabda bo'layotgan yangiliklardan xabardor bo'lib boring. Ushbu kanalda 21-son BMSM da ro'y berayotgan barcha yangiliklarni kuzatishingiz mumkin.👍

Show more
Advertising posts
2 249
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-1330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Бу мамлакатда ҳеч ким уруш тарафдори бўлмайди Миллионлаб инсонларнинг ёстиғини қуритган Иккинчи жаҳон уруши тугаганига 79 йил бўлди. Инсоният бу урушда кўп нарса бой берди. Ундан олинган ягона нарса — сабоқ бўлиши керак эди. Таассуфки, тарихдан хулоса чиқарилмаяпти. Дунёнинг ҳали у, ҳали бу чеккасида урушлар бўлиб турибди. Можаролар турли ном билан аталмасин, унда яна минглаб инсонлар жон бераётгани кўриниб турган ҳақиқат. Шулар ҳақида ўйларканман, жаҳон уруши якуни дейилган кун — 9 май санасининг бизда нима сабабдан “Хотира ва қадрлаш куни” деб ўзгартирилгани ойдинлашади. Токи, урушнинг аччиқ кунлари эсланар, унда қон кечганлар хотираси ҳурмат қилинар, тирик қолганлар эъзозланар экан, мамлакатда ҳеч ким уруш тарафдори бўлмайди. Чунки уруш иштирокчиларини қадрлаш, бу, аввало, урушга бошқа йўл қўймасликдир. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Show all...
#Fan_haftaligi #Tasviriy_san'at🎨🖼️ #ochiq_dars #21_bmsm O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2024-yil 6-11-may kunlari "Tasviriy san'at va amaliy san'at" yo'nalishi haftaligi deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Muzrabot tuman 21-son bolalar musiqa va san'at maktabining Tasviriy san'at bo'limi o'qituvchisi Xudoyshukurova Saodatning "Ro'zi Choriyevning hayoti va ijodi" mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi. Ochiq darsda maktab ma'muriyati va bo'lim o'qituvchilari ishtirok etishdi. Dars so'ngida bo'lim o'qituvchilari tomonidan o'tilgan mavzu va dars jarayonlari yuzasidan fikrlar almashildi. ✍Muzrabot tumani 21-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi Axborot xizmati ☑️https://t.me/bmsm21
Show all...
✅✅✅✅✅✅ ⚡️6 - 11-may kunlari respublika bo‘ylab, barcha bolalar musiqa va san'at maktablarida “TASVIRIY VA AMALIY SAN'AT HAFTALIGI” bo'lib o'tadi, haftalik doirasida: Tanlovlar ✅Seminarlar ✅Ko'rgazmalar ✅Mahorat darslari ✅Ochiq darslar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi. 💬 Fan haftaliklari barcha yo'nalishlar bo'yicha davom etadi... Haftalik doirasida o'tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok eting... https://t.me/bmsm21
Show all...
Aziz o‘zbekistonliklar, barchangizni Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman. Jasorati bilan kelajak avlodlarga tinch hayot in'om etgan qahramonlar xotirasi abadiy yashasin. Jonajon O‘zbekistonimizning osmoni doim musaffo bo‘lsin! - Дорогие узбекистанцы, поздравляю вас с Днём памяти и почестей. Светлая память героям, чей подвиг подарил мирную жизнь грядущим поколениям. Пусть над родным Узбекистаном всегда простирается голубое небо! ✍Muzrabot tumani 21-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi Axborot xizmati https://t.me/bmsm21
Show all...
Surxondaryoda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi Bugungi bayram tadbirlari Termiz shahridagi Xotira maydonida taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. “Vatanparvarlar bog‘i”da Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari, frontdagi voqealar, front ortidagi og‘ir hayotni aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, harbiylashtirilgan chiqishlar hamda qurol-aslahalar namoyish etildi. Shuningdek, viloyatimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, halok bo‘lgan jangchi-faxriylarimizning oila a’zolari, front ortida mehnat qilgan nuroniylarimiz, davlat va jamoat tashkilotlari, harbiylar va yoshlar ishtirokida xotira tadbiri dasturxoni yozildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
9-may — Xotira va qadrlash kuni Termiz shahridagi Xotira maydonida joylashgan Motamsaro Ona haykali poyiga harbiy orkestor sadolari ostida gulchambarlar qo‘yildi. Buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlar, Mustaqillik va tinchlik yo‘lida kurashgan o‘g‘lonlar xotirasi yod etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
Xotira bor ekan — millat barhayot Surxondaryoda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Bugun erta tongdan Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi. Mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ruhda nishonlanayotgani zamirida ajdodlar xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam ekanligini namoyon bo‘lmoqda. #Surxondaryo #9may #Xotiravaqadrlash Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
Surxondaryoliklarning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi: ➖ 1941-1945-yillar davomida frontga 53 ming 365 nafar surxondaryolik jo‘natilgan. Ularning 11 ming nafari jangda halok bo‘lgan; ➖ Viloyat urush davrida 210 ming tonna paxta, 15 ming sentr go‘sht, 50 ming sentr guruch, 1 700 dona qorako‘l teri, 360 tonna pilla topshirdi. Shuningdek, 6 ming bosh qoramol, 800 ming tonnadan ortiq bug‘doy va yorma, 20 tonna moy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. Viloyat teatrlari konsertlar qo‘yib, mudofaa uchun mablag‘ yiqqan; ➖ Viloyat aholisi front uchun issiq kiyim, meva, go‘sht, bug‘doy va boshqa mahsulotlarni yig‘ib, yetkazib turdi; ➖ Qizil armiyaga 9 ming juft po‘stin, 64 ming mo‘ynali nimcha, 100 ming juft mo‘ynali junli qo‘lqop, 20 mingdan ko‘proq piyma, million rubl pul yig‘ib yuborilgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali ochilish marosimi konsert dasturi 📹 To‘liq HD formatda Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Show all...
🎗 Xotira – aziz, qadr – muqaddas! 🇺🇿 Ko‘pmillatli tinchliksevar O‘zbekiston xalqi uchun fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan 9-may sanasi avvalo Xotira va qadrlash kuni sifatida aziz va mo‘tabardir. Jang maydonlarida fashizmga qarshi mardona kurashgan 2 millionga yaqin o‘zbekistonliklarning 500 mingdan ziyodi halok bo‘lganini xalqimiz aslo yodidan chiqarmaydi. Bugungi tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot uchun aziz jonini fido qilgan ajdodlarimizning yorqin xotirasini yod etib, ularning ezgu ishlarini munosib davom ettirish — tinchlikni buyuk ne’mat deb biladigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Xotira ham, qadr ham hayotimizda muhim ahamiyatiga ega. Shunday ekan, bu kun shukronalik, minnatdorlik bayrami bo‘lib qolsin! Yurtimiz tinch, hayotimiz to‘kin va farovon bo‘lsin! ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...