cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🎶🎼 𝗠𝗢𝗩𝗶𝗬 𝗗𝗘𝗡𝗚𝗶𝗭

Uyg'ota olsang har bir qalbda Baxt yashaydi...❤️🥰✨ Kanalimizdan uzoqlashmang😉 Murojaat va takliflar uchun: @Avaz5101 Murojaat va takliflar uchun: @Movviydengizbot

Show more
Tajikistan3 775The language is not specifiedMusic45 334
Advertising posts
449
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

📹 Elyorbek Melibaev "Bemor Onam"🌺 yangi klip #elyorbek #new #klip
Show all...
DUET AKROMJON ALI✍️ Koʼpaysin dunyoda mehrli zotlar, Hayotida qolsin yahshi nom otlar. Qalblarda boʼlsin abad qaʼnoatlar, Or nomus deb yashasin inson. UZULOY XAYDAROVA✍️ Qadrini qormayin qora tuproqqa, Nonin qoldirmasin hakkayu zoğga, Zarar yetkazmasin kelajak yoqqa, Or nomus deb yashasin inson. AKROMJON ALI✍️ Yuzda hayoni nuri soʼnmasin, Qalb yurakka gardlar qoʼnmasin. Umid yulduzlarim dilda soʼnmasin, Or nomus deb yashasin inson. UZULOY XAYDAROVA ✍️ Tuyoği qirilmasin uchqur otini, Nomlari õchmasin asil zotini, Tarixga muhrlab uluğ shonini, Or nomus deb yashasin inson. AKROMJON ALI✍️ Or nomusdan chaqnasin yuzlar, Or nomusli kishi hayo-la soʼzlar. Har doimo ezgu maqsadni koʻzlar, Vofo bordir dilda yashasin iymon. UZULOY XAYDAROVA ✍️ Qalbida qabohat jõsh urmasin, Yomonlik qalbida vatan qurmasin, Õrtada shaytoniy hislar bõlmasin, Or nomus deb yashasin inson. AKROMJON ALI ✍️ Jonimiz ham Allohning omonati, Tiriklik ham bir davr sinoati. Boõlmasin hech sof qalbning hiyonati, Pok vijdon deb yashasin inson. UZULOY XAYDAROVA ✍️ Armonlarni sultoniga tobe bõlmay, Umidlarni tozalari dilda õlmay, Trik turib bir-biriga tobut yõnmay, Mehr oqibat deb yashasin inson. AKROMJON ALI ✍️ Mehr oqibat ham azal azaldan, Soʼnmas yulduz boʻlib porlagan. Gʻam chekmasin hechkim ozordan, Oqibat deb yashasin inson. UZULOY XAYDAROVA ✍️ Yetmush malak ehtirom qilsin, Butun olam hayratda qolsin, Shodlik mehr dovruğlar solsin, Or nomus deb yashasin inson.
Show all...
Adminkalar bor boʻlsin! Lolman bardosh sabriga, Tangrim madadkor boʻlsin! Kanallarning baxtiga, Adminkalar bor boʻlsin!🤲 Uhlamas kech, saharlar, Gul, chechaklar, bahorlar, Tili shirin zaharlar, Adminkalar bor boʻlsin!🤲 Rahmat deyman bariga, Yetishmaslar qadriga, Koʻrkdir guruh fayziga, Adminkalar bor boʻlsin!🤲 Postni oʻylar har mahal, Qilmaydi oʻzga mahtal, Mingta a'zodan avzal, Adminkalar bor boʻlsin!🤲 Ortib roʻzgʻor tashvishdan, Oila, oʻqish, ishdan, Har nega ulgurishgan, Adminkalar bor boʻlsin!🤲 "Xayrli tong" deganlar, "Xayrli tun" deganlar, Xalqni gʻamin yeganlar, Adminkalar bor boʻlsin!🤲 Terar ajoyib postlar, Aslo tegmasin koʻzlar! Duo qilaylik doʻstlar, Adminkalar bor boʻlsin!🤲 Bor boʻlsin adminlar ham, Qalblari bahor boʻlsin. Har neni koʻrgan baham, Adminkalar bor boʻlsin!🤲🤲🤲 ✍ Mumtozbegim 🎙️ Asadbek @mumtozbegim_sherlari @Movviy_Dengiz ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🎸𝗠𝗢𝗩𝗶𝗬 🎸 𝗗𝗘𝗡𝗚𝗶𝗭 🎸 ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🎶🎼𝗠𝗢𝗩𝗶𝗬 𝗗𝗘𝗡𝗚𝗶𝗭 ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 🎶🎼 𝗠𝗢𝗩𝗶𝗬 𝗗𝗘𝗡𝗚𝗶𝗭
Show all...
Jigaringdan yaqin begonalar bor! Bu dunyo boʻlgusi albat imtihon, Ne dard deb dunyoda devonalar bor. Soʻrasang qoʻlingga tutqazguvchi jon, Jigaringdan yaqin begonalar bor. Boshinga ish tushsa yelday shosharlar, Oʻzinga sendan koʻp berar e'tibor. Yigʻlasang, mavjlanib toʻlib-tosharlar, Jigaringdan yaqin begonalar bor! Alloh koʻp sinovlar bergan kunlarda, Sohtalar kimligin qilarlar oshkor. Joning sadqa etsang arzir ularga, Jigaringdan yaqin begonalar bor! Mol-dunyo talashib, meros talashib, Yaqinlar aylasa holingni abgor. Yuradi sen uchun magʻrur kurashib, Jigaringdan yaqin begonalar bor! Asli begonamas Odam farzandi, MomoHavosidek qalblari bahor. Oʻzingni aylama armonga bandi, Jigaringdan yaqin begonalar bor! Sinmagin sinovlar kelgan chogʻlarda, Qaro tun zulmatin yengadir nahor. Yoningda boʻlmasa, uzoq bogʻlarda, Jigaringdan yaqin begonalar bor! Sevgandan musibat yoʻllarkan hayot, Qoqilsang shukur qil, sinmagin zinhor. Ular deb oʻzingni qilgin ehtiyot, Jigaringdan yaqin begonalar bor! ✍ Mumtozbegim P/s: She'rda ta'riflangan odamlar hayotimizda juda kam boʻlsa ham, uchrab turishadi. Boringizga shukur azizlarim! Ayniqsa #AvAzBeK ukam sizni juda hurmat qilaman!!!😉 @mumtozbegim_sherlari
Show all...
◇             ↻ ◁ II ▷ ↺              ◇ Hayotida oq libosni kiymagan qiz @adapsis | kundalik
Show all...
"HAYOTIDA OQ LIBOSNI KIYMAGAN QIZ" Qay orzular qilar edi hayolida, Baxtdan kulgan quvonchli bir bayotida. Koʻz yosh oqar qushcha kabi qanotida Kabutardek oq libosni kiymagan qiz Bugun buni,erta uni oʻylar edi, Kelajakning shod kunidan soʻylar edi. Azoblarda kuyishlarin bilmas edi, Kabutardek oq libosni kiymagan qiz Tushlarida yetti samo uchar edi, Oqqushlarni bamisoli quchar edi. Oʻsha baxtni gʻamnok dilga koʻmdi endi, Kabutardek oq libosni kiymagan qiz. Bilmam yori bevafolik qildimikan, Yoki yurak azoblarni tildimikan. Shul chimildiq yo armoni boʻldimikan, Kabutardek oq libosni kiymagan qiz. 📝 SABINA QAHHOROVA! #zakaz she'r (qoʻshiq uchun maxsus)
Show all...
Show all...
Akrom va Shahnoza DUET SHEʼRLARI✍

Bu yerda siz serqirra ijodkor Shahnoza va Akramjonning duet sheʼrlaridan bahramand boʻlasiz, Barcha muhlislarimga omad yor 😌 Kanalimizdan Uzoqlashmang aziz muhlislar! Akrom Shoir rasmiy kanal 👉 @Akrom_shoir

Gulasal Abdullaeva - Qoldim (jonli ijro)
Show all...