cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

OSON | FIZIKA

Olam poydevori – Fizikani birga o'rganamiz! ✅ Oson Fizika hamma oʻrganishi kerak! YouTube kanalimiz: https://bosing.uz/LBXmH Muhokama: @Oson_Guruh Test: @Fizika_QuizTest ⭐SUPER BOT ➡️ @Oson_Fizika_bot Aloqa: @OsonFizikaBot 🆁︎🅴︎🅺︎: @Oson_Rek

Show more
Advertising posts
1 661
Subscribers
+924 hours
+327 days
+9230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yengillashishni istasangiz: 👉 manba
Juda koʻpchilikka foydasi tekkan!
✔️Imtihonga kiradigan tanishlaringizga joʻnating. OSON | FIZIKA
Show all...
👍 2
12:47
Video unavailableShow in Telegram
Дин яҳудийлар тараққиётига тўсиқ бўлдими? (видео) Бизда диний таълимга таъқиқ қўйиш жонбозлари бўлган атеист, агност ва секулярларнинг ҳамиша Исроил давлатининг тарафини олганини кузатасиз. Улар Исроил давлатини дунёвий, демократик, тарaққий этган давлат ва Европанинг Яқин Шарқдаги вакили сифатида жуда олқишлашади. Хўш, улар ўзлари учун йўлбошчи санаб турган, ҳамиша мақтайдиган, ҳар қайси ҳолда шаънини ҳимоя қиладиган Исроил давлатида диний таълим масаласи қандай эканини ўрганишганмикин? Исроилда диний таълим оддий обод-ахлоқ масаласи эмас, балки яҳудийларнинг муқаддас китоби Таврот ва унинг шарҳи Талмудга асосланишини билишармикин? Батафсил: https://azon.global/1511 ©️Azon Global
Show all...
Din_yahudiylar_taraqqiyotiga_to'siq_bo'ldimi_|_@azon_global.mp442.50 MB
👍 6
Sen boʻlmasa boshqasi albatta... Farzandingizga kam vaqt sarflayotgan boʻlsangiz, kimdir sizdan koʻra koʻproq vaqt sarflayapti. Farzandingiz siz istagan odam emas, oʻsha kimdir istaydigan odam boʻlib yetishadi. Boqcha yoshigacha ekran ortidagi kimdir Mustaqil shaxsga aylanmasdan (24-26 yosh) oldin chetga chiqib ketsa, tarbiyasi, madaniyati buziladi deb qoʻrqamiz va bu rostdanham shunday. Koʻpchilik holatlarda shunday ham boʻlgan va boʻladi. Ayniqsa qiz bolalardan koʻp xavotirlanamiz va iloji boricha chetga chiqib oʻqishiga ruxsat bermaymiz. Lekin shu chetdagilar hali murgʻak goʻdak paytidan (1-2 yosh) boshlab, ekran ortidan ularni onggini toʻldirishiga oʻzimiz imkoniyat yaratib qoʻyibmiz. Maincraft oʻynaydi. Kalta videolarni asosan chetnikini koʻradi. Chunki hali bizda goʻdaklar uchun qiziqarli boʻlgan kontent chiqaruvchilar yoʻq hisob. Tabiiyki goʻdaklarimizni ular tarbiyalashadi. Oʻsha bizga madaniyati teskari boʻlganlar. Bugun farzandingizdan qizgʻongan kunlik 30 daqiqani, ulgʻayganida yillar bilan ham toʻlay olmaysiz.
Show all...
Ogʻriqli kuzatuv Har bir bola toza fitrat bilan tugʻiladi. Boshlangʻich sinflarda oppoq koʻynaklarda shiringina boʻlib, maktabga keladi. Qalbi — juda pok, sodda, samimiy. Nima desangiz ishonaveradi. Yillar oʻtadi, balogʻatga yetib, nafsi kurtak otishni boshlaydi. Ogʻzidan boda kirib shoda chiqqan, qoʻlidan telefoni tushmagan.. Baʼzilari chekishni boshlagan, ayrimlari esa turli dori vositalariga qaram. Koʻplari qimorga berilgan. Soddalikdan asar ham yoʻq — oʻta ayyor. Ayyorligi yuziga urib — koʻrinishi makkorlashib ketgan. Hozirgi holatiga qarab — yoshligini solishtirasiz, dilingiz xira boʻladi. Maydagina qoʻllari bilan qoʻliga qalam ushlagan bolaning — qoʻllarida endi sigaretalar. Koʻz oldimizdagi “farishtalar” ning “shaytonga” aylanib borishini chorasiz kuzatib turish — insonga chuqur ogʻriq beradi. Nuh allayhissalomga ham qiyin boʻlgan boʻlsa kerak-a? 950-yil yashar ekanlar qanchadan-qancha avlod shirindan-shakar bolajonlari koʻz oldilarida mushrikka aylanib ketadi. Baʼzilari koʻz oldilarida suvga gʻarq boʻlib, najot topmaydi. Xulosa Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. A. Avloniy Manba: @Ustoz_kundaligi OSON | FIZIKA
Show all...
👍 8 3
Show all...
🤔 1
[232-Test] Testning sharti yuqorida 👆Anonymous voting
  • U=0
  • U=ε
  • U<ε
  • U>ε
0 votes
[232-Test] Elektr tok manbai uchlariga ulangan voltmetr koʻrsatkichi U ga, tok manbaining EYuKi ε ga teng. Agar tok manbai zaryadlanayotgan boʻlsa, quyidagilardan qaysi biri toʻgʻri?
Show all...
Repost from FIZIKA LIFE
Shunchaki tavsiya: Siz o'qituvchi odam. Siz o'zingiz bilmagan holda o'quvchilarga o'rnak bo'lishingiz mumkin. Man ochib qo'ygan guruhlarda va o'zim ulanib qo'ygan kanallarda qanaqadir tugma bosib o'tiradigan o'yin linklari berilmoqda. Sal fikr qilaylik iltimos. Bunaqa linklarni tarqatmaslikni iltimos qilgan bo'lardim 🤝 Bu ish emas 🙅 👉 @FizikaLife
Show all...
👍 10💯 6
Repost from FIZIKA LIFE
Shunchaki tavsiya: Siz o'qituvchi odam. Siz o'zingiz bilmagan holda o'quvchilarga o'rnak bo'lishingiz mumkin. Man ochib qo'ygan guruhlarda va o'zim ulanib qo'ygan kanallarda qanaqadir tugma bosib o'tiradigan o'yin linklari berilmoqda. Sal fikr qilaylik iltimos. Bunaqa linklarni tarqatmaslikni iltimos qilgan bo'lardim 🤝 Bu ish emas 🙅 👉 @FizikaLife
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
⚠️ Oʻzbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda! 11-sinfni tugatayotgan Ozoda Moʻminova Stenford universitetida oʻqimoqchi. Orzusi esa dunyodagi top olimlar safidan joy olish, shu bilan birga fanni IT bilan birlashtirib yangiliklar qilish, Oʻzbekiston bayrogʻini koʻkka koʻtarishni maqsad qilgan. Ozoda Moʻminova hozir 17 yoshda. Endigina 11-sinfni tamomlayotganiga qaramay oʻquvchi allaqachon faoliyatini IT sohasi bilan bogʻlagan. Xususan, hozirda u “Swift Launch” biznes dasturida loyiha rahbari hisoblanadi. Sohaga qiziqish esa Ozodada 15 yoshidan boshlagan, turli dasturlarda volontyorlik qilgan. Ozoda 2022-yilda xalqaro “The New York Academy of Sciences” xakatonida turli davlatlardan yigʻilgan jamoasi bilan “Idea Creation” yoʻnalishida birinchi oʻrinni olgan va oʻzining dollardagi ilk investitsiyasi — 5000 dollarni qoʻlga kiritgan. Keyinroq esa Misrdagi global adolat sammiti uchun 100 foiz grant — 7000 dollar sohibasi ham boʻlgan. Ozoda “Women in Nuclear” (atom energiyasi sohasidagi ayollar) notijorat tashkilotining Oʻzbekistondagi elchisi ham hisoblanadi. 17 yoshli qiz bir vaqtning oʻzida Google kompaniyasining Google Communityʻsi Google Developers Tashkent jamoasi aʼzosi boʻlib, oʻzi kabi boshqa qizlarning ITga kirib kelishiga yordam bermoqda. Eng muhimi Ozodaning yosh boʻlishiga qaramay mana shunday yutuqlarni qoʻlga kiritishiga, uning boshidagi roʻmoli hecham halal bermagan. ❗️Ey siz, qizlarning kiyinishiga osilayotgan qoloq tizim vakillari, siz darslarga kirishiga toʻsqinlik qilayotgan muslimalar orasida Ozoda singari kelajagi porloq, vataniga, jamiyatga foydasi tegadigan qizlar boʻlishi mumkin. Sizning kaltabinligingiz nafaqat eʼtiqod masalasi, balki davlat va millat kelajagiga urilgan boltadir. Manba OSON | FIZIKA
Show all...
👍 16💯 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.