cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Seni deya

Dardimiz dunyo edi dunyolarcha dard topdik Bu kanal emas❗️ Bir qizning olami💗 Bu qizning olamiga esa hush kelibsizlar❗️ Kanalda: Qiziqarli videolar, rasmlar, dillarga hush yoquvchi statuslar, kamediyon postlar bor✔️ #Dunyolarcha💗 olamiga hush kelibsiz

Show more
Uzbekistan38 041Uzbek22 263The category is not specified
Advertising posts
692
Subscribers
-324 hours
-297 days
-7330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

— Ammo hammasi siz yaxshi koʻrgan taomlar edi.— dedi Sofiya hafa boʻlib. — Hammasini yaxshi koʻrsam ham hammasini yeya olmayman. Shuning uchun olib ketaveringlar ortigʻini.— dedi Oisha sulton. Gulruxsor esa damlamaning taʼsiri ketgani uchun ogʻriqdan aziyat chekardi. — Ijozatingiz bilan men ortga qaytsam.— dedi Gulruxsor holsiz. — Nima boʻldi , taomlammaysanmi?— dedi Oisha sulton hayron. — Ming bor uzur xonamga bormasam boʻlmaydi.— dedi oyoqda bazur turarkan. — Lekin avval mana bu yerga oʻtir. Gaplarim bor edi.— dedi Oisha sulton ichidagi savollarini tezroq berish uchun. — Xoʻp.— deya Gulruxsor Oisha sulton koʻrsatgan joyga oʻtirdi. — Ahvoling yaxshimi? Men seni homilador deb eshitgandim va bugun seni bu ahvolda koʻrdim. Nima boʻldi?— bu savoldan hammadan koʻra koʻproq Sofiya qoʻrqardi. — Ha , homilador edim. Shahzodamizga zurriyodini davom ettirish uchun farzand tugʻib berishim mumkin edi. Ammo boʻlmadi. Afsuski bugun farzandim nobud boʻldi. — Nima? Nima sababdan?— Oisha sulton ham hayron boʻlardi , ham koʻzlaridan yosh oqayotgan Gulruxsorga achinardi. — Zinadan yiqilib ketdim.— dedi Gulruxsor oʻsha paytni eslab. — Shahzoda Jahongir hali ham bilmaydimi?— dedi Oisha sulton xonasiga zarur ish bilan ketgan Jahongirni yodga olib. — Yoʻq. Ketar mahali tabib yonida edim. Ammo farzandim nobud boʻlganini bilmaydi. Yetti oylik boʻlganligi uchun bolaga ism qoʻyib dafn qilish kerak ekan. Ammo shahzoda Jahongir yoʻqligi uchun hali dafn marosimini oʻtkazmadik.— dedi Gulruxsor. — Yaxshi , unda bu ishni kechiktirmaylik. Men hozir Jahongirga aytaman. Sen esa xonangga borib dam olib tur.— dedi Oisha sulton. Bu suhbatdan quvongan bir Sofiya boʻldi. Chunki Gulruxsor Sofiyani ayblamagan edi. Oisha sulton esa zudlik bilan shahzoda Jahongirning yoniga bordi. — Janozaga kerakli barcha narsalarni tayyorlanglar. U ham mening jonimning bir parchasi. Nima kerak boʻlsa hammasi taxt boʻlsin.— Oisha sulton Jahongirni yordamchisiga topshiriq berayotgan palla kelib qoldi. — Sulton xonim.— deya Jamol tazim qildi-yu ishlar boʻyicha ketdi. — Sen qayerdan bilding?— dedi Oisha sulton va Jahongir bafurcha gaplashib olish uchun Jahongirning xonasiga ketar ekan. — Gulruxsorni ahvolini koʻrgach , Jamol.va tabib ayoldan darrov soʻradim. Afsuski mana bu voqea ekan.— dedi Jahongir Gulruxsorni tabib xonasiga ketayotganini koʻrib. — Bandalik ekan oʻgʻlim. Endi nima ham qila olardik. Biz-ku mayli eng qiyini hozir Gulruxsorga. Ham tana ogʻrigʻi ham qalb ogʻrigʻi bilan yuribdi. — Agar ijozat bersangiz Gulruxsor bilan gaplashib olsam. Sizning xonangizni tayyorlatib qoʻydim.— dedi Jahongir. — Mayli , men ham charchagan ekanman. Xonamga boray.— dedi Oisha sulton. Jahongir Gulruxsor kirib ketgan tabib xonasiga kirar ekan , yotoqda holsiz oʻtirgan qizni koʻrdi. — Senga nima boʻldi? Hammasi yaxshimi?— dedi Jahongir. — Yolgʻon gapiraymi yoki rost?— dedi Gulruxsor. — Rost.— tabib ham shahzodaning imosi bilan damlamani qizga berdi-yu xonadan chiqib ketdi.
Show all...
44😭 15👍 6🔥 5🤔 1🐳 1