Kvant va Koinot
Open in Telegram
Bu kanaldan siz Kvant fizikasi va Astronomiyaga bog'liq bo'lgan qiziqarli ma'lumotlarni topasiz.💡 📲 ADMIN: @kvant_fizik @Kvant_uzb_bot
Show more3 692
Subscribers
-224 hours
+27 days
+3830 days
Posts Archive
3 692
Kvant dunyosida ham "xato" bo‘ladimi?
Klassik dunyoda xato oddiy narsa: texnika buziladi, hisob-kitob yanglishadi. Lekin kvant darajasida xato-bu shunchaki kamchilik emas, koinotning asosiy qonuniyatlaridan biridir. Kvant mexanikasida "xato" tushunchasi biz o‘ylagandek emas, balki axborotning atrofdagi muhitga "sanoqli soniyada tarqalib ketishi"dir. Buni olimlar Kvant dekogerensiyasi deb atashadi. Faqat kuzatuvchi emas, bitta zarracha ham "xato" keltirib chiqaradi: Kvant kompyuteridagi kubit (kvant biti) superpozitsiya holatida (bir vaqtning o‘zida ham 0, ham 1) turganida, unga shunchaki bitta adashgan foton yoki issiqlik tebranishi tegib ketsa bo‘ldi-kubit o'zining kvant holatini yo‘qotadi va oddiy "0" yoki "1"ga aylanib qoladi. Odatiy kompyuterda ma'lumotni nusxalash orqali xatoni tuzatish mumkin. Lekin kvant fizikasidagi "Nusxalamaslik teoremasi" (No-cloning theorem) sababli, noma'lum kvant holatining aynan bir xil nusxasini yaratish nazariy jihatdan imkonsiz! Olimlar bitta mantiqiy kubitni saqlab qolish uchun yuzlab "yordamchi" kubitlarni bir-biriga chatishtirib (entanglement) qo‘yishadi. Yordamchi kubitlar asosiy ma'lumotga tegmasdan, faqat xato yuz bergan-bermaganini poylab turadi. Kvant dunyosida mukammal sukunat yo‘q. Zarrachalar har lahzada atrof-muhit bilan "gaplashib" qo‘ygani uchun xatoliklar doimiy sodir bo‘ladi. Kvant kompyuterlarini yasashdagi eng katta to‘siq ham kompyuterning o‘zi emas, balki mana shu tabiatning shafqatsiz "xatolari"ni jilovlashdir!
📝@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
O‘zbekiston mustaqilligi haqida gap ketganda hamma 1991-yil 31-avgustni eslaydi. Lekin mamlakatning birinchi huquqiy qadami "Mustaqillik deklaratsiyasi" undan roppa-rosa 1 yil oldin, 1990-yil 20-iunda qabul qilingan. Aslida mustaqillik e’lon qilingan kun 31-avgust. Lekin xalq bayramni to‘liq va bemalol nishonlashi uchun 1-sentabr rasman dam olish va asosiy bayram kuni etib belgilangan. 1992-yil 2-mart kuni O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lganida, Nyu-Yorkdagi qarorgoh oldida ko‘tarilgan bayroq O‘zbekistondan maxsus samolyotda olib ketilgan va u mutlaqo qo‘lda tikilgan edi.
🖥@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
Proksima Sentavr-Quyoshga eng yaqin yulduz boʻlib, u 4,24 yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan. Bu Sentavr yulduz turkumidagi Alfa Sentavr tizimining uchinchi yulduzidir. Yaqinligi sababli, u orqa fondagi yulduzlarga nisbatan yuqori xos harakatga ega bo'lib, bu harakatni yillar davomida olingan tasvirlarda muhrlash yetarli darajada imkon beradi. Ushbu videoda uchta kadr: 2009, 2014 va 2026-yillar-uchta fotosurat, uchta kamera va uchta teleskop. Yulduz deyarli g'arb yo'nalishida harakatlanmoqda.
🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
+1
Kvant batareyasi: Fizika mantiqini ostun-ustun qilgan kashfiyot!
Avstraliyaning CSIRO agentligi olimlari mutlaqo g‘aroyib kvant batareyasining ilk amaliy prototipini yaratishdi.
Oddiy hayotda batareya qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik uzoq quvvatlanadi. Lekin kvant olamida hamma narsa teskarisi: batareya qancha katta bo‘lsa, u shuncha TEZROQ zaryad oladi! Bunga "super-radiatsiya" deb ataluvchi kvant effekti sabab bo‘ladi. Batareya ichidagi atomlar alohida emas, balki bir-biri bilan chalkashib (superpozitsiya va entanglement holatida), yagona jamoaviy tizim kabi harakat qiladi. Natijada zarrachalar energiyani bir-biriga uzatib, zaryadlash jarayonini soniyalarga tushiradi. Bu nima beradi:
✅Elektromobil va smartfonlarni soatlab emas, bir necha soniyada to‘liq quvvatlash.
🤩Kosmik apparatlar uchun lahzalik energiya zaxirasini yaratish.
⚙️@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
Yulduzlar vodorodni geliyga aylantirib, yorug'lik taratishini hamma biladi. Lekin bu jarayonda atomlar darajasida nima yuz berishidan ko'pchilikning xabari yo'q: 4 ta vodorod atomi birikib 1 ta geliy atomini hosil qilganda, yangi geliy atomi dastlabki 4 ta vodorodning umumiy vaznidan 0.7% ga yengilroq bo'lib qoladi. Yo'qolgan o'sha arzimas 0.7% massa qayoqqadir g'oyib bo'lmaydi-u E=mc^2 formulasi bo'yicha sof energiyaga aylanadi. Yulduzlarning butun qudrati va yorug'ligi ana shu "yo'qolgan" modda hisobiga yaratiladi. Quyosh har soniyada taxminan 4 million tonna massani yorug'lik energiyasiga aylantirib, "vazn yo'qotadi". Koinotdagi barcha yulduzlar shunchaki moddani yoqmaydi, ular massaning bir qismini tomonidan yo'q qilib, uni borliqni yorituvchi quvvatga aylantiradi.
🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
NASA SPACE APPS CHALLENGE TOSHKENTDA-5 YUBILEY!
Dunyodagi eng yirik xalqaro xakatonlardan biri-NASA International Space Apps Challenge yana Toshkentda va 5-marotaba o‘tkaziladi!
Sizni nimalar kutmoqda?
• NASA va uning hamkor kosmik agentliklarining ochiq ma’lumotlari bilan ishlash;
• Haqiqiy global muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish;
• Dasturlash, muhandislik, dizayn, tahlil, ilm-fan va boshqa yo‘nalishlardagi bilimlaringizni sinab ko‘rish;
• Kuchli va ijodkor ishtirokchilar bilan bir jamoada ishlash;
• Global kosmik hamjamiyatning bir qismiga aylanish;
• O‘z portfoliongiz uchun haqiqiy va innovatsion loyiha yaratish.
🏆 NASA Space Apps Challenge-bu shunchaki xakaton emas. Bu-g‘oyangizni katta loyihaga aylantirish, yangi jamoa topish va kelajak texnologiyalarini yaratishda o‘z hissangizni qo‘shish imkoniyati! Eng muhimi- ishtirok etish bepul! Yosh, kasb yoki tajribangiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ilm-fan, texnologiya va kosmosga qiziqsangiz-bu challenge siz uchun! NASA Space Apps Challenge 2026: 14–15-noyabr Ro‘yxatdan o‘tish ochiq!
Ro‘yxatdan o‘tish:
NASA Space Apps Challenge rasmiy sahifasi
Balki aynan sizning g‘oyangiz global muammoga yechim bo‘lar?
3 692
Biz fantastik filmlarda insonning bir joydan ikkinchi joyga bir zumda ko‘chib o‘tishini ko‘rib o‘rganganmiz. Lekin haqiqiy kvant fizikasi bundan ham qiziqroq va g‘aroyibroq! Haqiqiy teleportatsiyada atom yoki zarra makonda harakatlanmaydi. Buning o‘rniga zarraning kvant holati (spini, energiyasi, polyarizatsiyasi) boshqa bir zarraga o‘tkaziladi. Oddiyroq aytganda: A nuqtadagi foton yo‘qolmaydi, u B nuqtadagi boshqa bir fotonga o‘zining "shaxsiyatini" va barcha xususiyatlarini beradi. Kvant fizikasida "Nusxalamaslik teoremasi" (No-cloning theorem) degan qat'iy qoida bor. Unga ko‘ra, kvant holatining aynan bir xil nusxasini yaratish imkonsiz. Agar kelajakda inson teleportatsiya qilinsa: A nuqtadagi asl insonning har bir atomi haqidagi kvant axboroti o‘qib olinganda asl nusxa to‘liq parchalanib yo‘q bo‘ladi. B nuqtada xuddi shunday atomlardan yangi inson qayta tiklanadi. Xo‘sh, B nuqtadagi odam rostdan ham siz bo‘lasizmi yoki shunchaki sizning mukammal nusxangizmi? Ko‘pchilik kvant chalkashligi (quantum entanglement) tufayli teleportatsiya bir lahzada (bir zumda) sodir bo‘ladi deb o‘ylaydi. Lekin amalda B nuqtadagi zarrani to‘g‘ri holatga keltirish uchun A nuqtadan klassik aloqa kanali (masalan, lazer yoki radio signal) orqali qo‘shimcha kalit-axborot yuborilishi shart. Bu signal esa yorug‘lik tezligidan tezroq harakatlana olmaydi. Shuning uchun Eynshteynning nisbiylik nazariyasi buzilmaydi! Olimlar allaqachon fotonlar va alohida atomlarni teleportatsiya qilishmoqda. Hozirgi masofa bo‘yicha rekord Xitoyning "Micius" sun'iy yo‘ldoshi orqali o‘rnatilgan-olimlar Yer va orbitadagi yo‘ldosh o‘rtasida 1400 km masofaga foton kvant holatini muvaffaqiyatli teleportatsiya qilishgan.
⚙️@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
O'zbekiston yillik 300 martadan ortiq quyoshli kunlari bilan mashhur, ammo shamol salohiyati bo'yicha ham mintaqada yetakchiga aylanayotganini barchamiz ham bilavermaymiz. Zarafshon shahrida qurilayotgan 500 МВт quvvatli shamol elektr stansiyasi nafaqat O'zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi eng yirigi hisoblanadi. Zamonaviy turbinalarning faqat bitta parragining uzunligi 80 metrdan oshadi. Bu diametri bo'yicha deyarli futbol maydoniga teng keladi degani. Buxoro va Qoraqalpog'iston hududi O'zbekistonning eng kuchli va uzuksiz shamol koridorlariga ega. Bu yerda shamolning o'rtacha tezligi soniyasiga 7-8 metrdan oshadi, bu esa sanoat darajasidagi energiya uchun ideal ko'rsatkichdir.
➡️@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
Ilon Maskning koinotdagi internet toʻri shunchaki sun'iy yoʻldoshlar toʻplami emas. Starlink foydalanuvchi shartnomasida g'aroyib band bor: "Marsda (yoki u yerga ketishda) ko'rsatilgan xizmatlar uchun Earth (Yer) qonunlari o'tmaydi. Mars ozod planeta deb tan olinadi." Starlink qurilmalarining rasmiy kafolat hujjatida hazilomuz qoida mavjud: jihozlarga dinozavrlar tomonidan yetkazilgan zarar kafolatga kirmaydi. Starlink zondlarining umri bor-yoʻgʻi 5 yil. Muddat tugagach, ular atmosferaga shoʻngʻib, butunlay yonib ketadi (iz qoldirmaydi). Koinotdagi barcha faol sun'iy yoʻldoshlarning qariyb 75% qismi Starlink'ga tegishli. Ular tungi osmonda shu darajada yorqin aks etadiki, tunda teleskop orqali koinotni kuzatadigan olimlarga jiddiy xalaqit bermoqda.
@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!
3 692
3 692
Eski televizor ekraniga tekganda chirsillashini hammaning esida: elektronlar ekranga urilib, statik elektr hosil qiladi. Qo‘lingizni ekranga yaqinlashtirganingizda yoki tekkizganingizda, elektr zaryadi barmog‘ingizga qarab sakraydi. Natijada kichik mikro-razryadlar (uchqunchalar) hosil bo‘ladi va aynan shu chirsillagan ovozni chiqaradi. Televizor o‘chirilganidan keyin ham kineskop oynasi statik zaryadni ma'lum vaqt o‘zida saqlab qolishi mumkin, shuning uchun o‘chiq televizorga tekkanda ham chirsillagan ovoz eshitilaveradi. Bu inson salomatligi uchun xavfli emas, chunki tok kuchi (amper) juda past bo‘ladi. Lekin ekran ichkarisida hech kim e'tibor bermaydigan bitta sirli qatlam bor edi-u bo'lmasa, televizor bir necha daqiqada yonib ketishi mumkin edi. Kineskop oynasining ichki va tashqi devorlariga surtilgan o'ta qora, grafitli maxsus o'tkazgich qatlam. Ekran yuzasi doimiy ravishda manfiy elektronlar bilan bombardimon qilingani uchun u yerda ulkan manfiy zaryad yig'ilardi. Agar bu zaryad yo'qotilmasa, elektronlar bir-birini itarib, tasvirni batamom buzgan va kineskopni ishdan chiqargan bo'lardi. Akvadag va oyna birgalikda gigant kondensator vazifasini bajargan. U ortiqcha zaryadlarni o'ziga yutib, doimiy ravishda televizor korpusidagi "zamin"ga (zazemleniye) tushirib turgan. Demak, qo'lingiz ekranga tekkanda chirsillagan o'sha elektrostatik energiya-aynan Akvadag ulgurmay qolgan yoki oynaning tashqi yuzasida to'planib qolgan qoldiq zaryadlardir! Hech qanday radiatsiya yo'q!
🗣@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
Yanning haqiqiy familiyasi-Lapotkov. "Toples" taxallusi esa u faoliyatining boshida (YouTube'da mashhur boʻlishidan oldin) kiyim-kechak brendi va ijodiy proyektlar uchun oʻylab topgan taxallusidan kelib chiqqan. Videolar Yan familiyasi bilan chiqsa-da, har bir 20-30 daqiqalik rolik ustida 10 dan ortiq odam (fiziklar, biologlar, tarixchi-faktchekerlar va ilmiy muharrirlar) ishlaydi. U shunchaki "boshlovchi" emas, balki loyihaning bosh rejissyoridir. Yaning birinchi loyihalari ilmiy-ommabop yoʻnalishda boʻlmagan. U avvaliga kompyuter oʻyinlari va texnologiyalar haqida sharhlar tayyorlagan, biroq keyinchalik tomoshabinlar murakkab ilm-fan mavzulariga koʻproq qiziqishini tushunib yetgan. Yan videolarida visual hikoya qilish (visual storytelling) usulidan foydalanadi: tomoshabin 15 soniya ichida zerikib qolmasligi uchun kadrdagi vizual va tovush effektlari har 3-5 soniyada yangilanib turadi.
@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!
3 692
Apokalipsis uchun olovda ishlaydigan kompyuter yaratildi. Uning asosiy xususiyati-elektr tarmog‘isiz, olov yordamida ishlashi. Kompyuterni Stirling dvigateli quvvatlantiradi: olov issiqligi mexanik harakatga, u esa elektr energiyasiga aylantiriladi. Energiya juda kam ishlab chiqarilgani sababli kompyuterning “temiri” maksimal darajada sodda. Unda biz o‘rgangan elektron xotira mikrosxemalari yo‘q. Ma’lumotlar mexanik kalitlar va rele (relays) orqali uzatiladi. Issiqlik manbai sifatida oddiy spirt lampasi ishlatiladi. Stirling dvigateli 12 voltli kichik generatorni aylantirib, atigi 1-2 vatt elektr beradi. Displey sifatida eski kassetali pleyer yoki videokameralarning kichik CRT (elektron-nurli) ekrani o‘rnatilgan. Elektr uzilsa ham, bitta spirt chiroq bilan Tetris o‘ynasa bo‘ladi!
5️⃣@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
Norvegiyada juda noyob oq rangdagi shimol yogʻdusi kuzatildi. Yogʻdu odatda yashil, qizil yoki koʻk ranglarda namoyon boʻladi. NASA maʼlumotiga koʻra, atmosferadagi turli gazlar chiqaradigan ranglar bir-biriga qoʻshilganda, u oq rangda koʻrinishi mumkin. Ranglarning bir-biriga ustma-ust tushishi natijasida bunday manzara juda kamdan-kam kuzatiladi.
⚡️@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
Saturn halqalarning kengligi yuz minglab kilometrni tashkil etsa-da, ularning qalinligi bor-yo‘g‘i 10 metrdan 1 kilometrgacha xolos. Agar Saturnni odatiy globus o‘lchamigacha kichraytirsa, halqalar oddiy qog‘oz varag‘idan ham yupqaroq bo‘lib qolardi. Halqalar tutash disk emas, balki milliardlab muz va chang bo‘lakchalaridan iborat. Ularning hajmi mayda qum zarrachalaridan tortib, katta uydek keladigan ulkan xarsangtoshlargacha boradi. Ularning 99% qismi sof suv muzidan tashkil topgan. Saturn halqalari abadiy emas. Sayyoraning tortishish kuchi va magnetizmi sababli "halqa yomg‘iri" hodisasi ro‘y bermoqda-halqadagi muzlar va changlar Saturnga yog‘ilmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan 100–300 million yildan keyin Saturn halqasiz qolishi mumkin.
🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
🌍 QADIMGI YER | Tarix sahifalariga sayohat
Millionlab yillar avval Yer qanday ko‘rinishda edi? 🦖
Dinozavrlar qanday yashagan? 🏛 Qadimgi sivilizatsiyalar qanday paydo bo‘lgan?
Yo‘qolib ketgan hayvonlar, qadimgi xalqlar, sirli shaharlar va insoniyat tarixining eng qiziqarli voqealari — barchasi shu yerda.
📜 Qadimgi Yer — o‘tmishni o‘rganib, bugunni yaxshiroq anglash uchun.
🦕 Dinozavrlar
🐘 Qadimgi hayvonlar
🏺 Qadimgi sivilizatsiyalar
🗿 Sirli tarixiy topilmalar
🌋 Yerning qadimgi davrlari
O‘tmish yo‘qolmaydi — u bizga iz qoldiradi.
🌍 Qadimgi Yerga xush kelibsiz.
https://t.me/ancientearthuz
https://t.me/ancientearthuz
3 692
Oydagi chang favvoralari qanday hosil boʻladi?
RFFA Kosmik tadqiqotlar instituti olimlari laboratoriyada Oy changining sirt ustiga koʻtarilib, haqiqiy chang favoralarini hosil qilish jarayonini modellashtirishdi. Tajribada vakuum kamerasidagi Oy tuprogʻi analogiga zaryadlangan temir mikrozarrachalari, elektronlar va ultrabinafsha nurlari bilan ta'sir oʻtkazildi. Ushbu tadqiqotlar PML-Ch7 "Oydagi chang monitoringi" uskunasi uchun tayyorgarlik doirasida oʻtkazildi. Qurilma kelasi haftayoq Xitoyning "Chang'e-7" missiyasi tarkibida Oyga uchiriladi!
🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
2015-yilda Hyundai kompaniyasi Xalqaro kosmik stansiya bortidagi astronavt ota uchun uning qizi Stefanining qo‘lda yozgan maktubini qayta tiklash maqsadida Nevadadagi qurigan Delamar ko‘liga 11 ta Genesis sedanini yubordi. Avtomobillar yerda "Stef seni yaxshi ko'radi" iborasini chizish uchun oldindan belgilangan yo'nalishlar bo'ylab harakatlanishdi. Yozuv taxminan 5,55 kvadrat kilometr maydonni egalladi, shinalar qoldirgan chiziqlarning kengligi esa taxminan 30 metrni tashkil etdi. Bu uni orbitadan ko'rish imkonini berdi. Qizning otasi XKSdan (Xalqaro kosmik stansiya) xabarni suratga oldi, Ginnesning rekordlar kitobi vakillari esa ushbu yutuqni qayd etishdi: Hyundai shina izlari bilan yaratilgan dunyodagi eng katta tasvirni hosil qildi, uning maydoni 5 556 411, 86 kvadrat metrni tashkil etadi.
🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
3 692
Maydanakda yangi teleskop ishga tushirildi!
Maydanak astronomiya observatoriyasida Xitoyda ishlab chiqarilgan, 31 ta mustaqil optik moduldan iborat zamonaviy koʻp obektivli teleskopik kompleks oʻrnatildi. Ufqdan 20° yuqoridagi deyarli butun osmonni bir vaqtning oʻzida kuzata oladi. Yerga yaqin asteroidlar, meteorlar, bolidlar, sunʼiy yoʻldoshlar va koinot chiqindilarini avtomatik aniqlaydi. Maʼlumotlarni 16 ta kompyuter va sunʼiy intellekt (deep learning) algoritmlari real vaqt rejimida qayta ishlaydi. Tizim sutkasiga 6–7 terabayt astronomik maʼlumot yigʻadi. Endi ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻladigan "UFO" (Uchuvchi nomaʼlum obyekt) haqidagi videolarga aniq va ilmiy javob berish imkoniyati yanada ortadi!
🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️
