en
Feedback
Kvant va Koinot

Kvant va Koinot

Open in Telegram

Bu kanaldan siz Kvant fizikasi va Astronomiyaga bog'liq bo'lgan qiziqarli ma'lumotlarni topasiz.💡 📲 ADMIN: @kvant_fizik @Kvant_uzb_bot

Show more
3 693
Subscribers
No data24 hours
+87 days
+2930 days
Posts Archive
Kepler-62f: ko'pchilik bu sayyorani shunchaki "Yerga o'xshash ekzosayyora" deb biladi. Kepler-62f Yerdan taxminan 40% ga katta. Astronomlarning hisob-kitoblariga ko'ra, agar unda suv bo'lsa, u sayyorani shunchaki ko'llar emas, balki yuzlab kilometr chuqurlikdagi yagona, cheksiz okean shaklida qoplagan bo'lishi mumkin. Ya'ni unda hech qanday quruqlik va qit'alar yo'q. Qorong'u va sovuq, lekin muzlamaydi. U o'zining so'nganroq va kichikroq yulduzi atrofida aylanadi. Unga Yerga qaraganda 2 baravar kam quyosh nuri tushadi (xuddi Yerda quyosh botayotgan paytdagi g'ira-shiradek). Lekin uning atmosferasida isxona gazlari (CO₂) ko'p bo'lsa, issiqlikni ushlab turib, okean shaklidagi suvni muzlab qolishdan saqlaydi. Agar u yerda hayot bo'lsa, u quruqlikda emas, faqat chuqur okean tubidagi gidrotermal manbalar joylashgan qorong'ulikda rivojlangan bo'lishi mumkin. 🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha eksklyuziv info kanali!◀️

Bir elektron gipotezasi Mashhur fizik Jon Viler bir kuni Richard Feynmanga qiziq bir gipotezani taklif qilgan: "Koinotdagi ba
Bir elektron gipotezasi Mashhur fizik Jon Viler bir kuni Richard Feynmanga qiziq bir gipotezani taklif qilgan: "Koinotdagi barcha elektronlar aslida vaqt bo'ylab oldinga va orqaga harakatlanayotgan bitta yagona elektrondir!" Garchi bu tamomila isbotlanmagan gipoteza bo'lsa-da, kvant mexanikasida har bir elektronning boshqasidan zarracha bo'lsin farqi yo'qligi va ularni farqlab bo'lmasligi matematik fakt! 🔝@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha eksklyuziv info kanali!◀️

+1
Havodan tok uzatish mumkinmi? Nikola Tesla simsiz energiya haqida orzu qilganini ko'pchilik biladi. Lekin kvant fizikasi bu g'oyani tamomila boshqa bosqichga olib chiqayotganini kam odam eshitgan. Odatda energiyani havodan uzatish haqida gap ketganda radioto'lqinlar yoki lazerlar ko'z oldimizga keladi. Lekin kvant olamida buning mutlaqo o'zgacha usuli bor-Kvant Tunnellashtirish (Quantum Tunneling) va Aralashganlik (Quantum Entanglement). Kvant tunnellashtirish effekti sababli subatom zarrachalar klassik fizikada ta'qiqlangan to'siqlardan shunchaki "o'tib" ketadi. Olimlar ushbu effektdan foydalanib, energiyani oralikdagi bo'shliqni qizdirmasdan va yo'qotishlarsiz to'g'ridan-to'g'ri qabul qiluvchiga uzatish usullarini tajriba qilishmoqda. Nazariy kvant batareyalari energiya to'plash bilan birga, kvant chigaligi sababli masofadan turib bir-birini "zaryadlash" xususiyatiga ega bo'lishi mumkin. Ya'ni energiya fazodan oqib o'tmaydi, balki bir nuqtada yo'qolib, ikkinchi nuqtada darhol paydo bo'ladi. Odatdagi simsiz quvvat uzatishda (masalan, telefonni simsiz quvvatlashda) energiya har tomonga sochilib ketadi. Kvant rezonans tizimlarida esa energiyani faqat tayyor qabul qiluvchi obyekt mavjud bo'lgandagina uzatish imkoni bor-ya'ni atrofdagi havoga hech qanday energiya isroflanmaydi. Kelajakda telefoningizni quvvatlash uchun stansiya yoniga qo'yish shart bo'lmaydi. Kvant tarmoqlari tufayli xonaga kirishingiz bilan qurilmangiz havodagi kvant maydonidan avtomattik quvvat ola boshlaydi. ⚡️@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha eksklyuziv info kanali!◀️

Eng Top Kino va Seriallar eng so'nggi Premyera kinolar FullHD va 4K farmatda faqat bizning Kanalda. Hoziroq obuna bo'ling 👇
Eng Top Kino va Seriallar eng so'nggi Premyera kinolar FullHD va 4K farmatda faqat bizning Kanalda. Hoziroq obuna bo'ling 👇 https://t.me/+3r3lCRWXgbpjZDBi

Atomni ko'rsa bo'ladimi? Yo‘q, bitta atomni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oddiy ko‘z bilan ko‘rolmaysiz. Atomlar shunchalik kichikki, ularning o‘lchami bor-yo‘g‘i 0.1 nanometr atrofida. Oddiy ko‘zimiz sezadigan yorug‘lik to‘lqin uzunligi esa atomdan taxminan 5000 baravar katta. Ya’ni yorug‘lik atomga urilib, ko‘zimizga qayta olmaydi-u atomni shunchaki "aylanib" o‘tib ketadi. Biroq siz bitta atom sochayotgan yorug‘likni ko‘rishingiz mumkin 2018-yilda fizika fanlari doktori Kristofer Fut (Oksford universiteti) talabasi Devid Nadlinger bilan birga ajoyib tajriba o‘tkazdi. Ular vakuum kamerasida bitta stronsiy atomini elektr maydoni yordamida muallaq ushlab turishdi va unga kuchli lazer nurini yo‘naltirishdi. Atom lazer energiyasini yutib, o‘zidan yorug‘lik (fotonlar) sochishni boshladi. Natijada, qorong'u kamerada ikki elektrod orasida mitti, lilliputdek charqlab turgan ko‘k nuqta paydo bo‘ldi-bu bitta atom sochayotgan yorug‘lik edi va uni oddiy ko‘z bilan fotoapparat linzasisiz ko‘rish mumkin bo‘ldi! Ushbu surat «Single Atom in an Ion Trap» nomi bilan dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lib ketgan. Bitta atomning o‘zini (hajmini) ko‘rish uchun Skanerlovchi Tunnellash Mikroskopi (STM) kerak. Lekin u sochayotgan yorug‘likni to‘g‘ri sharoitda inson ko‘zi ham ilg‘ay oladi! 👑@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha eksklyuziv info kanali!◀️

Agar Quyosh sistemasiga Qora tuynuk kirib kelsa... Ko‘pchilik qora tuynuk hamma narsani bir zumda yutib yuboradi deb o‘ylaydi. Aslida esa ssenariy mutlaqo boshqacha bo‘ladi, o‘zi yutmaydi, tartibni buzadi: Qora tuynuk Zaminni birdaniga yutib yubormaydi. Uning ulkan tortishish kuchi (gravitatsiyasi) sayyoralar orbitalarini buzib yuboradi. Yer Quyoshdan uzoqlashib muzlab qolishi yoki koinot qa’riga otilib ketishi mumkin. Qora tuynuk yaqinida tortishish kuchi shunchalik kuchli bo‘ladiki, sayyoralar odatiy doira emas, balki "moychechak gultojibarglari" shaklida murakkab va tartibsiz trayektoriya bo‘ylab harakatlana boshlaydi. Agar Yer yutilish arafasiga kelsa, nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, undagi vaqt koinotning qolgan qismiga nisbatan sezilarli darajada sekinlashadi. 🟢@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha eksklyuziv info kanali!◀️

Vaqt tezlashib ketdimi? Kvant fizikasidagi Zenon effekti (Quantum Zeno effect) bunga mutlaqo boshqacha rakursdan qaraydi. Kvant olamida zarra (masalan, atom) kuzatilmagan paytda o'z holatini juda tez o'zgartiradi. Lekin uni tinmay kuzatib turilsa, u "muzlab" qoladi va vaqt o'tmayotgandek tuyuladi. E'tiborni bo'shashtirsangiz, kvant sistemasi birdaniga keyingi bosqichga "sakrab" o'tadi va vaqt birdaniga tezlashgandek ko'rinadi. Zerikarli dars yoki kutilayotgan navbatda vaqt deyarli to'xtab qoladi (Kvant Zenon effekti). Telefonda reels ko'rib, e'tiborni uzatganingizda kuzatuv yo'qoladi va kvant zarrasi kabi vaqt zanjiri uzilib, bir necha soat bir sekunddek o'tib ketadi. Vaqt har doim bir xil o'tadi, lekin bizning e'tiborimiz va diqqatimiz uni kvant darajasida "sekinlashtirishi" yoki "tezlashtirib yuborishi" mumkin. Sizda ham oxirgi paytlarda vaqt o'ta tez o'tayotgandek tuyulyaptimi? 😎@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Avstriyalik olimlar elektr energiyasi va freonsiz ishlaydigan sovutgich yaratishdi! U xonani 7°C ga sovuta oladi. Qurilma gil
Avstriyalik olimlar elektr energiyasi va freonsiz ishlaydigan sovutgich yaratishdi! U xonani 7°C ga sovuta oladi. Qurilma gil, yogʻoch qipogʻi va zamburugʻ mitseliysidan 3D-printerda chop etiladi. U ibtidoiy davrlardagi sopol koʻzalarning sovutish prinsipida ishlaydi- g'ovaklardan suv bugʻlanib, havoni sovutadi. Past haroratda kuydirilganda organik moddalar yonib ketib, gʻovakli "guba" hosil qiladi. U yengil, mustahkam va suvni uzoq ushlaydi. Ushbu "konditsioner" nam iqlimda deyarli ishlamaydi va vaqt oʻtib gʻovaklar ichida bakteriyalar koʻpayishi mumkin. Olimlar hozir buni bartaraf etish ustida ishlamoqda. 😎@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Ushbu tasvirlarda Saturn yoʻldoshi Titan, ular 2005-yil 14-yanvarda «Gyuygens» zondi tomonidan toʻrt xil balandlikda olingan.
Ushbu tasvirlarda Saturn yoʻldoshi Titan, ular 2005-yil 14-yanvarda «Gyuygens» zondi tomonidan toʻrt xil balandlikda olingan. Ular qoʻnish apparatining Titan sirtiga qoʻnishi chogʻida olingan kamerasi va spektroradiometri maʼlumotlari asosida yaratilgan panoramik tasvirning yassi (Merkator proyeksiyasi) koʻrinishidir. 🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Sizlarni rasman shu ilmiy guruhga taklif qilaman. Bu yerda har qanday sohada, jumladan Psixologiya, Astronomiya, Fizika, Kimy
Sizlarni rasman shu ilmiy guruhga taklif qilaman. Bu yerda har qanday sohada, jumladan Psixologiya, Astronomiya, Fizika, Kimyo, Biologiya, Falsafa, Tarix va shu kabi koplab mavzularda suhbatlar va bahslar qilish imkoni mavjud!

Trillionlab charog'on yulduzlar boʻlishiga qaramay, Koinot nega oppoq nurga to'lib ketmagan? Ilm-fanda bu Olbers paradoksi de
Trillionlab charog'on yulduzlar boʻlishiga qaramay, Koinot nega oppoq nurga to'lib ketmagan? Ilm-fanda bu Olbers paradoksi deyiladi. Yoritgichlardan chiqqan nur bizga yetib kelguncha Koinot kengayishi sababli "cho'ziladi". Natijada ko'rinadigan nur ko'zimiz ilg'amaydigan infraqizil va mikroto'lqinlarga aylanib ketadi (Kosmik mikrotoʻlqinli fon). Ya'ni Koinot aslida nurga toʻla, shunchaki ko'zimiz uni ko'rolmaydi! Koinot yoshi taxminan 13.8 milliard yil. Eng olis yulduzlarning nuri bizga hali yetib kelishga ulgurmagan. Koinot kelajakda yanada qorong'ulashadi. Taxminan 100 trillion yildan keyin so'nggi yulduzlar ham o'chadi va Koinot "Katta muzlash" (Big Freeze) hamda "Katta zulmat" bosqichiga oʻtadi. Zarrachalar bir-biridan shunchalik uzoqlashadiki, osmonda birorta ham yulduz koʻrinmay qoladi. 🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Xalqaro olimlar Mars orbitasiga 750 km² maydonni egallaydigan o‘ta yengil ko‘zgularni joylashtirish g‘oyasini ilgari surishmo
Xalqaro olimlar Mars orbitasiga 750 km² maydonni egallaydigan o‘ta yengil ko‘zgularni joylashtirish g‘oyasini ilgari surishmoqda. Maqsad-sayyoradagi quyosh panellari samaradorligini 2 barovarga oshirish va sirtni isitish. Bu ulkan ko‘zgular Yer orbitasidan Marsgacha biror gramm yoqilg‘isiz yetib boradi. Ular quyosh zarrachalari (fotonlar) bosimidan foydalanadigan "Quyosh yelkanlari" prinsipi asosida harakatlanadi. Ko'zgular tayyorlanadigan parda-plyonkaning har bir kvadrat metri bor-yo‘g‘i 20 gramm keladi. Bu oddiy A4 qog'ozidan taxminan 4 barobar yengilroq va hozirgi eng zamonaviy panellardan 7 barobar ixchamroq degani Loyihaning asosiy poydevori butun Marsni birdaniga isitish emas, balki kelajakdagi bazalar va koloniyalar joylashadigan aniq nuqtalarga quyosh nurini to‘plab beruvchi “sun’iy quyosh” hosil qilishdir. Loyiha qiymati 3,5 milliard dollarga baholanmoqda. 🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

1959-yilning may oyida AQSh «Discoverer III» missiyasi doirasida koinotga to'rtta qora sichqonni yuborishga tayyorlanadi. Maqsad- vaznsizlik tirik organizmga qanday ta'sir qilishini bilish va insonni xavfsiz uchirish edi. Sichqonlar kapsula ichida axlatga botib, datchiklarni buzib qo'ymasligi uchun olimlar parvozdan oldin ularning ustiga maxsus moy surtib, suv bilan yuvishga majbur bo'lishgan. Afsuski, 1959-yil 3-iyun kuni raketa uchirilgach, uning 2-bosqichi buzilib, apparat orbitaga chiqmay okeanga qulagan. Natijada, koinotga birinchi bo'lib tiriklayin borib-kelish baxti sichqonlarga emas, 1960-yilda SSRI tomonidan uchirilgan Belka va Strelka laqabli itlarga nasib etgan! 🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Oyga qo‘ngan astronavtlar Yerga qanday qaytgan? Apollo dasturi doirasida Astronavtlar Oydan uchib ketish uchun alohida raketaga ehtiyoj sezmagan. Oy modulining pastki qismi (Descent Stage) moslama vazifasini o‘tab bergach, faqat uning ustki (Ascent Stage) qismi kichik dvigatel orqali uchib, Oydan ajralib chiqqan. Yuqoriga ko‘tarilgan qism Oy orbitasida kutib turgan Komanda-xizmat moduliga (Command/Service Module - CSM) kelib ulangan. Astronavtlar barcha namuna va asboblarni asosiy kemaga o‘tkazgach, Oy modulining keraksiz qismini ajratib yuborishgan. Komanda modulining asosiy dvigateli yoqilib, kema Oy tortish kuchidan chiqib Yerga qarab yo‘nalgan. Yerga yetib kelgach, faqat Komanda moduli (Capsule) saqlab qolingan. U daqiqasiga minglab kilometr tezlikda atmosferaga kirganda, uning maxsus issiqlik qalqoni (heat shield) 2700C gacha bo‘lgan haroratdan astronavtlarni himoya qilgan. Qatlamlardan o‘tgach, ulkan parashyutlar ochilib, kema tezligini keskin kamaytirgan va kema Tinch okeaniga kelib tushgan. Komanda moduli atmosferaga kirganda uni mexanik rul emas, balki kemaning og‘irlik markazini siljituvchi kichik mitti dvigatellar boshqargan. Kema xuddi toshni suv yuzida sakratgandek atmosferadan "sakrab" o‘tib, qo‘nish nuqtasini aniq tanlagan. Oy modulining pastki qismi har bir missiyada Oydan qaytayotgan kemaning og‘irligini kamaytirish uchun Oylik bazada qoldirib ketilgan. Bugungi kunda ham Apolloning 6 ta pastki moduli va astronavtlarning ishlatilgan uskunalari Oylik sirtda saqlanib turibdi. Astronavtlar Yerga tushishi bilan darhol o‘z oilasi oldiga qaytmagan. Ular Oyda nobelli viruslar yoki noma'lum bakteriyalar bo‘lishi mumkin degan xavf sababli maxsus izolatsiyalangan konteyner-furgonda 21 kun davomida karantinda saqlangan. Oy modulining ko‘tarilish dvigateli mutlaqo ishdan chiqmaydigan qilib juda sodda tayyorlangan-unda murakkab elektronika bo‘lmagan, faqat ikki xil kimyoviy yonilg‘i aralashishi bilan avtomati ravishda portlashsiz yonib ketadigan tizim qo‘llanilgan. 🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

😀Agar siz: 📜Tarix faniga qiziqsangiz; 👨‍🏫Talaba yoki oʻqituvchi boʻlsangiz; 🗓Tarixiy kitoblarning elektron nusxalarini i
😀Agar siz: 📜Tarix faniga qiziqsangiz; 👨‍🏫Talaba yoki oʻqituvchi boʻlsangiz; 🗓Tarixiy kitoblarning elektron nusxalarini izlayotgan boʻlsangiz, 💯Bu kanal siz uchun foydali manba boʻlishi mumkin. 🔔 Tarixiy videolar 🎥 🎙 pdf kitoblar 📃 🏅Ilmiy Maqolalar🎧 @Tarix_muarrix_kutubxonasi — ishonchingizni oqlash uchun doim harakatdamiz🔘

Antarktida ma'lumotlar markazlari uchun juda noqulay va qimmat. Lekin muhandislar boshqa g'alati yechim topishgan: Microsoft kompaniyasi Project Natick loyihasi doirasida serverlarni suv o'tmaydigan sigara simon kapsulaga joylab, shotland dengizi tubiga (40 metr chuqurlikka) tushirib ko'rgan. Dengiz suvi bepul sovutish bergan, nosozliklar esa quruqlikdagiga qaraganda 8 baravar kamroq kuzatilgan! Yevropada data-sentrlardan chiquvchi issiq suvni shahar issiqlik tizimiga ulab qo'yishmoqda. Ya'ni, siz videosharh ko'rayotganingizda ajralgan issiqlik kimningdir uyini isitadi. Muammo faqat haroratda emas-eng muhimi yaqinlik va amaliylikda! ❗️@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Bizning Somon Yoʻli va minglab boshqa galaktikalar favqulodda katta tezlikda- soniyasiga taxminan 600 km tezlikda fazodagi bir nuqtaga qarab intilmoqda. Ushbu tortishish markazi Buyuk Attraktor (Great Attractor) deb ataladi. Biz Buyuk Attraktorning oʻzini teleskoplar orqali to'g'ridan-to'g'ri ko'ra olmaymiz. U koinotning "Qorongʻi zona" deb ataladigan qismida-Somon Yoʻli galaktikamizning quyuq chang va yulduzlar qatlami ortida yashiringan. Ko'pchilik uni ulkan qora teshik deb o'ylaydi, lekin unday emas. Bu o'nlab galaktikalarni oʻz ichiga olgan ulkan gravatatsion "chuqurlik" (superklaster). Uning massasi Somon Yoʻlidan taxminan 10000 baravar katta. Garchi unga qarab ulkan tezlikda uchayotgan boʻlsak ham, koinotning kengayish tezligi (qorongʻi energiya) u tomonga intilishimizdan koʻra tezroq. Ya'ni, koinot kengayishi bizni undan uzoqlashtiradi va biz hech qachon uning markaziga borib tushmaymiz. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Buyuk Attraktorning oʻzi ham oʻzidan ancha yirikroq boʻlgan Shepli Superklasteri (Shapley Supercluster) atrofidagi ulkan tortishish markaziga qarab tortilmoqda. 🤩@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Yorug'lik zarrachalari (fotonlar) mutlaqo rangsiz, bu me'yoriy energiyaga ega. Rang-bu shunchaki foton kvantining ma'lum bir chastotasi va energiyasi hisoblanadi. Rang buyumdan emas, undagi elektronlarning "kvant sakrashi"dan hosil bo'ladi. Elektron fotonni yutib, yuqori energiya darajasiga o'tadi va orqaga qaytayotganda ortiqcha energiyani yorug'lik ko'rinishida chiqarib yuboradi. Siz ko'rayotgan rang-elektronning shu sakrashdagi energiya farqidir. Ko'zimizga kelib tushgan foton to'lqini to'g'ridan-to'g'ri rang emas, miyaga boradigan elektr impulsidir. Qizil, yashil yoki ko'k rang aslida miyangiz tomonidan kvant ma'lumotlarini tushunish uchun to'qib chiqarilgan "vizual kod" xolos. Olam rang-barang emas, u shunchaki turli energiyadagi fotonlar va elektronlar raqsidir. Rangni esa sizning miyangiz yaratadi! @kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

Koinotni ko'rish uchun tog' tagiga yashiringan laboratoriya! Bu joy Elbrus tog‘lari bag‘ridagi Baksan neytrino observatoriyasi. Laboratoriya tog‘ ichiga 4 kilometr chuqurlikka kirgan. U yerga olimlar piyoda emas, maxsus underground poyezdda borishadi! Quyosh va koinotdan keladigan neytrino degan mitti zarrachalarni tutish uchun barcha ortiqcha shovqin va nurlardan to‘silishi kerak. Tog‘ jinslari xuddi qalqon vazifasini o‘taydi. Bu yerda olimlar hatto Quyoshning haqiqiy markazida nima bo‘layotganini "ko‘ra olishadi". Chunki neytrinolar Quyoshdan chiqib 8 minutda yerga yetib keladi! ⚡️@kvant_uzb - kvant fizikasi va koinot ilmi bo'yicha ekskluziv info kanali!◀️

🌌 Koinotning sirli olamiga sayohat boshlanadi! 🚀 Galaktikalar, sayyoralar va cheksiz koinot — barchasi bir joyda! 🔭 Koinot
🌌 Koinotning sirli olamiga sayohat boshlanadi! 🚀 Galaktikalar, sayyoralar va cheksiz koinot — barchasi bir joyda! 🔭 Koinot haqida siz bilmagan 1000 ta sir! 🌠 Yulduzlar ortida nimalar bor? Birgalikda kashf qilamiz! 🪐 Kosmosga bir qadam — cheksiz bilim sari! 👽 Begona sayyoralar va sirli galaktikalar: koinot olamiga xush kelibsiz! @Cosmos_TgUz