M.R | blog
Open in Telegram
474
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
474
Oʻtgan ish oʻtgandir , nechun qaygʻurish ?
Iztirob chekasan , qoʻygin endi , bas . )
"Koshkiydi falon ish boʻlganda " , deyish
Qoʻlingdan ketganin qaytara olmas .
474
" Ilm talab qilish beshikdan to qabrgacha "
" Beshikdan to qabrgacha ilm izlanglar " degan koʻrinishi ham bor . Bu paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari emas . Bu insonlarning gaplari , holos . Bu gapni baʼzi birovlar aytganidek Nabiy sollallohu alayhi vasallamga nisbat berib aytish joiz emas . Zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga faqatgina u zot aytgan , bajargan va taqrir qilgan ishlarinigina nisbat berib aytish joiz boʻladi .
Bu gapning asl maʼnosi qanchalar toʻgʻri va daʼvosida qanchalar haq boʻlmasin , buni Nabiy Sollallohu alayhi vasallamga nisbat qilishga yoʻl qoʻymaslik kerak . Hofiz Abul Hajjoj Halabiy Mizziy aytadi: " Hech kimga gapini chiroyli qilish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytmagan bitta harfni ham u zotga nisbat qilib aytishi joiz boʻlmaydi . Garchi u qanchalar haq gap boʻlsa ham. Chunki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan barcha gap haqdir , ammo har bir haq boʻlgan narsani u zot aytmaganlar ."
( Hofiz Suyutiyning " Zaylul mavzuot " kitobidagi gap shu yerda tugadi . )
#ulamolarnazdidavaqtningqadri
474
Ibn Abu Xotim aytadi : " Men Muzayindan shunday deganini eshitdim : " Shofeʼiy rahimatullohdan : " Ilmga hohishingiz qanday ? "deb soʻrashdi. U zot : " Oldin eshitmagan biror bir soʻzni eshitsam , butun aʼzoyim bilan unga muhabbat qoʻyaman . U soʻzni quloqlar eshitsa , bahra oladigan narsadek eshitib huzurlanaman " , deb javob berdilar. U zotdan yana yana : "Ilmga intilishingiz qanday ? ", deb soʻrashdi. U zot : " Turli jamoalarning mol-dunyo lazzatiga erishish yoʻlidagi intilishidek ", dedilar . " Ilmni qanday izlaysiz?" , deyildi . U zot : " Farzandidan boshqa kimsasi boʻlmagan , adashib qolgan ayolning farzandini izlaganidek izlayman ", dedilar.
Mana bu haqiqiy ilmga ishtiyoq va muhabbatli boʻlish natijasida unda peshqadam va kuchli isteʼdod hosil boʻlganini yorqin misolidir.
#ulamolarnazdidavaqtningqadri
474
Vaqt qilich kabidir , agar sen uni kesmasang , u seni kesadi .
Bu soʻzning maʼnosi: vaqtningni amal bilan kesgin , toki u seni qilich bilan kesib qoʻymasin.
Bu soʻzning maʼnosi yana quyidagicha aytish mumkin : Agar vaqtdan foydalanishda sergak boʻlmasangiz , xuddi qilich zarbasi bilan halok boʻlgan kishidek siz ham halok boʻlasiz. Albatta vaqt yaltirab turgan oʻtkir qilichdir.
#ulamolarnazdidavaqtningqadri
474
Ulamolar nazdida vaqtning qadri
Kechasidan bir vaqt ilm bilan shugʻullanish, boshqa narsa bilan toʻliq tunni bedor oʻtkazishdan afzaldir.
Vaqt hayotdir. Agar uni oʻldirsangiz oʻlasiz. Agar tiriltirsangiz oxiratda yangi hayotga ega boʻlasiz!
Solih salaflarning Qurʼondan bosh koʻtarmay, malol koʻrmasdan, uzoq vaqt qiroat qilishlari meni hayratlantirardi. Endi telefonga mubtalo boʻlganlarni koʻrganimdan keyin oʻsha hayratim soʻndi. Chunki koʻngil bir narsani sevsa, u bilan qattiq mashgʻul boʻlarkan.
Vaqti keladi demang, vaqt kelmaydi. Vaqt faqat ketadi...
Vaqt qotili bo‘lmang!
#ulamolarnazdidavaqtningqadri
474
- Biz hammamiz huddi kitoblarga o’xshaymiz. Ko’p insonlar faqat muqovamizni ko’radi, juda ozchiligi faqatgina muqaddima qismini o’qiydi va yana ko’pchilik tanqidchilarga ishonadi. Bizning asl mazmunimizni esa ozchilik biladi.
Emil Zoyla
474
💞 @disertuz sahifasi tomonidan “Xalqaro shirinliklar kuni” munosabati bilan o'tkazilayotgan tanlovda ishtirok eting va eng sara, qimmatbaho sovg'alardan birini yutib oling. Tanlov shartlari oddiy va ishtirok etish juda oson.
🥇1-o'rin — Changyutgich (pelisos);
🥈2-o'rin — Sonifer sendvich 5tasi birda;
🥉3-o'rin — Universal chopper-blender;
🎗4-o'rin — Chopper;
🎗5-6 -o'rinlar — Elektr dazmol;
🔸7-8-o'rinlar — Mikser;
🔸9-10-o'rinlar — Fen;
🔸11-20-o'rinlar — 50 ming so'm;
Tanlovda ishtirok etish uchun👇
https://t.me/Desertuzbot?start=5779233541
