en
Feedback
M.R | blog

M.R | blog

Open in Telegram

Na dam boqiy, na g‘am boqiy...

Show more
474
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Agar biror kishi bilan aloqangiz uzilsa, uning barcha sirlarini to'plab bir joyga ko'mingda so'ngra u joyni o'zingiz xam unutib yuboring. © Abu Huzayfa

Qo'rqma.pdf44.58 MB

Qoʻrqma Boshlandi : 22-iyun

Tugadi.
Tugadi.

* Hursand bo'lganingda eng yaxshi ko'rgan insoningga bog'lanasan. Xafa bo'lganingda esa,seni eng ko'p yaxshi ko'radigan kishiga bog'lanasan . Ikki holatda ham ular bitta inson bo'lishi qanday go'zal ! *Uzr so'raganlarning barchasi ham xatokor yoki zaif bo'lishmaydi . Uzr so'rash nodir sifat bo'lib , faqat vafoli insonlardagina topiladi . * Oldiga kir bo'lib , pokiza bo'lib qaytadigan , zaif bo'lib kelib , kuchli bo'lib qaytadigan do'stingning borligi go'zaldir !

🦋Agar farzand otasining ismini ko'tarib yursa , qiz uning o'zini ko'tarib yuradi. 🦋Ayollar hammasi bir-biriga o'xshaydi.Ularni faqat hayo ajratib turadi. 🦋 Amakingiz , ammangiz , tog'angiz , xolangizning o'g'illari bilan hech qachon qo'l berib ko'rishmang,chunki ular sizga nomahramdir. 🦋 Sizga mahram qarindoshlar bo'lsa ham muomalada chegarani biling , viqoringizni , iffatingizni saqlang. 🦋 Dugonalaringiz bilan ko'chada ketayotganingizda qah-qah otib kulishib , baland ovozda gaplashmang.Xayoli bo'ling va ko'chada yurish odobiga rioya qiling ! 🦋 Ko'chada ketayotganingizda ,yoningizda otangizmi , akangizmi bo'lmasa birorta begona erkak bilan hatto u nomahram qarindosh bo'lsa ham , gaplashmang, u bilan aslo yolg'iz qolmang. Dinimiz bizni bundan qaytargan. 🦋 Jamoat joyida ketayotganingizda yerda non bo'lagini ko'rib qolsangiz , uni olish uchun engashmang , balki nonning yonida to'xtab , o'tirib , keyin oling . 🦋Avtobusda , taksida yurishingizga to'g'ri kelib qolsa , yoningizdagi yo'lovchiga aslo hayotingiz haqida hikoya qilmang.Ovozingizni baland ko'tarmang .

Ey qizim... Xusni go'zaldan to'yish mumkin , ammo xulqi go'zaldan hech qachon to'ymaydilar.Madaniyat xalqning istagi,ahloq esa Haqning.Siz haq istaganidek bo'lsangiz, qalblarning egasi bo'lgan zot har qachon sizni suyukli qilib qo'yaveradi . Xusningiz ko'zlarni charchatish mumkin , ammo go'zal xulqingiz har vaqt insonni o'ziga maftun etaveradi . Go'zal xulq qancha ulashsangiz ham kamaymaydigan boylikdir....

Nimagadir talab kuchaysa uning narhi ko'tarilib boradi. Talab kuchayaversa narh ham oshib boraveradi. Bu jarayon eng yuqori to'lov evaziga ham u narsani topish ilojsiz bo'lib qolguncha davom etadi.... Shu joydan uni qadrlash boshlanadi. Biz ham Sizlarni shunday qadrlaymiz! Bayramingiz muborak bo'lsin, Qadrdonlarim!

Daraxtga chiqib gilos terish, dadang bilan birga bozorlik qilish, oshxonada ovqat pishirayotgan ayollar bilan suhbatlashish, bobo va buvilardan turli hil hikoyalar tinglash, jiyanlar bilan multfilm ko’rish, tarvuzni charxlagandagi bo’lagini yeb ko’rish, qo’shnilar bilan samimiy suhbatlar - o’z uying halovati deganda men mana shu lahzalarni tushunaman, masalan.

Ikkinchi tarafni eshitish niyating bo'lmasa, birinchi tarafni ham eshitma. Aziz Rahimov

Balki, shu paytga qadar qotil bo’lmadim. Ammo, Meni qotil bo‘lishga majbur qilgan imtihondan o‘tmaganman. Men og’ri bo’lmadim, ammo, o’g’ri bo’lishga majbur qiladigan sinovdan o’tmaganman. Shu sababli aytamiz-ki: Boshqalarning boshidan kechirgan imtihonlarini ko'rsangiz, darhol ularni qoralamang! Chunki u yutqazgan sinovni hali boshdan kechirmagansiz. U qanday yo’qotgan bo’lsa, unga yo’qottirgan nafs senda ham bor. U sinovni boshingdan o’tkazmaganingni birdan bir sababi hali ham u bilan sinalmaganingdir. Tarjima

Inson - yetisha olmagan narsalarining telbasidir. Yetishganlarining esa nonkoʻri. Pablo Neruda
Inson - yetisha olmagan narsalarining telbasidir. Yetishganlarining esa nonkoʻri.
Pablo Neruda

Nafsingni doim bo’g’izla.. Mag’lubiyat maddohi bo’lma. Omadsizlik boshingga kelganda ham umidsizlikga tushma. Janjal asiri bo’lma. Muvaffaqiyatsizliklar va mojarolarga nisbatan chidamli bo’l, ammo bu ishonch seni ular bilan band qilib qo’ymasin.. ©Sezai Karakoch

Hurmatli oʻquvchi , Alloh taolo bizni ham , sizlarni ham vaqtga rioya qilishga va uni solih amallar , foydali ilmlar bilan toʻldirishga muvaffaq qilsin . Barchamizni zamon va hayotning qadriga yetadiganlardan qilsin. Zero , omonat umrning qadriga yetadiganlar oʻzlarini , millatlarini , yurtlarini ham manfaatlardan mahrum qilmaydilar. Ana oʻshalar toʻgʻrilikda yuruvchilardir . 1.06.2024 tugadi . Sahifalar soni : 191 Rate: 10/10

"Moʻmin ikki xavotir orasida boʻladi : tez oʻtib ketgan kecha va hali kelmagan erta orasida , kechada Alloh taoloning nima qilganini ( yani undan amallarini qabul etgan yo etmaganini ) bilmaydi , ertaga Alloh taoloning nima hukm qilishini bilmaydi." Shunga koʻra banda oʻzi uchun oʻzidan foydalanib qolsin , ohirati uchun dunyosidan foydalanib qolsin. Qarishidan oldin yoshligidan foydalanib qolsin , oʻlimidan oldin hayotidan foydalanib qolsin!

Umr qisqa , ilm esa koʻpdir. Shunday ekan , tolibi ilmga vaqtlarini va soatlarini zoe qilmasligi , kechalarini hamda boʻsh vaqtlarini gʻanimat bilishi , imkoni borida ustozlarini gʻanimat bilib , ulardan foydalanib qolishi lozim . Zero , oʻtib ketgan har bir narsa aslo qayta topilmas .

Sen uchun umuman imkonsiz , tassavuringdan uzoq boʻlgan narsa bir daqiqa ichida haqiqatga aylanishi mumkin. Agar buni Alloh hohlasa va " boʻl" desa. Havotiring hech narsani oʻzgartirmaydi. Lekin sendagi ixlos va Allohga tavakkul hamma narsani oʻzgartirib yuborishi mumkin )

- Ayblarni yashirgin: oʻz ayblaring bilan mashgʻul boʻlginki, boshqalarining aybi bilan mashgʻul boʻlishga vaqting qolmasin. Ayblarni yashirish nihoyatda fazilatli amaldir. Ammo bundan ham fazilatlisi - boshqalarining ayblari bilan mutlaqo mashgʻul bo'lmaslik, ularning kamchiliklarini bilishni ham istamaslikdir. Birovning aybini izlash, yaʼni josuslik Qurʼoni Karimda ochiq shaklda harom qilingan. Fozil kishi birovning kamchiliklarini izlash oʻrniga oʻzining ayblari, kamchiliklari bilan mashgʻul boʻladi. Natijada birovning ayblarini ko'rishga na vaqti, na xohishi qoladi. Futuvvat

- Qilich sinmaydigan holga kelgunicha. Temirni olov bilan qizdiriladi, keyin suvga solinadi, keyin yana olovga solinadi, keyin bolg’a bilan ustiga zarba beriladi. Bu hol qayta- qayta takror bo’lgandan so’nggina sinmaydigan qilich dunyoga keladi!