en
Feedback
SAMARQAND SAYQALI

SAMARQAND SAYQALI

Open in Telegram

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand tumani boʻlinmasi telegram sahifasi

Show more
2 554
Subscribers
No data24 hours
+4767 days
+80830 days
Posts Archive
☘️☘️☘️ 📖 FARISHTALAR... Xonadoningizda keksa odam, ota-onangiz bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to‘yib ketsangiz, ularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o‘ylab taskin topasiz. Xonadoningizda go‘dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to‘yib ketsangiz, go‘dakni bag‘ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o‘ylab, taskin topasiz... O‘tkir Xoshimov Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

Repost from Samarqand sadosi
#Jadidlar_merosi #Maʻrifiy_uchrashuv Jadidlarimiz – milliy ma’naviyatimiz ustunlari Viloyat “Matbuot uyi”da “Zarafshon” va “S
+6
#Jadidlar_merosi #Maʻrifiy_uchrashuv Jadidlarimiz – milliy ma’naviyatimiz ustunlari Viloyat “Matbuot uyi”da “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Zarafshon” gazetasi – jadidlar merosi va avlodlar ko‘prigi” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va adib, dramaturg, muharrir Farmon Toshev olib bordi. Uchrashuvning e’tiborli jihati shundaki, unda millatimiz ma’rifati, milliy matbuoti va ma’naviy taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ulug‘ jadidlar avlodlari ishtirok etdi. Xususan, Abdulla Avloniy nevarasi taniqli olim, professor Jamshid Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy evarasi Shohruh Behbudiy, Said Rizo Alizoda nevarasi Farhod Alizoda, Hoji Muin nevarasi Baxtiyor Bahriyev ishtirok etib, o‘z ajdodlarining hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati va qoldirgan boy merosi haqida so‘z yuritdilar. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Xolbek Kubayev ham ishtirok etib, millatimiz ma’rifati va milliy uyg‘onishi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz xotirasini asrab-avaylash, ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini yosh avlodga yetkazish muhim vazifalardan biri ekanini aytib o‘tdi. 👉 BATAFSIL 📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Samarqand sadosi
📚 «Raqamli ma’rifat akademiyasi» — yangi loyiha! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan, Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda «Raqamli ma’rifat akademiyasi» loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
🎯 Loyiha doirasida bugungi mavzu: 🌐 Internet — imkoniyatmi yoki xavf?
Internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, raqamli makonda axborotni saralash va turli tahdidlardan himoyalanish — bugun har birimiz uchun muhim.
1-darsning 1-qismi. Davomi bor... Ko‘rish: https://youtu.be/X6NqlpjN39I?si=UMHhhqw_W8zW5TOz #RaqamliMarifatAkademiyasi #Internet #RaqamliMadaniyat 📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

So‘z qudrati haqida: TO‘RT PODSHOXNING XIKMATI Abu Bakr ibn Iyoshdan rivoyat qilinadi: To‘rt podshohning har biri bittadan ju
So‘z qudrati haqida:
TO‘RT PODSHOXNING XIKMATI
Abu Bakr ibn Iyoshdan rivoyat qilinadi: To‘rt podshohning har biri bittadan jumla keltirishdi. Ular go‘yo kamondan otilgan o‘qdek edi. Kisro aytdi: «Aytmagan so‘zimga pushaymon yemayman, aytgan so‘zimga pushaymon yeyman». Xitoy podshohi aytdi: «Gapirmagan gapimga men egaman, gapirgan gapim menga ega». Rum podshohi dedi: «Men gapirgan gapimni rad qilishdan ko‘ra gapirmagan gapimni rad qilishga qodirroqman». Hind podshohi aytdi: «Ajabki, kishi bir kalimani gapirsa, u kalima og‘izdan chiqib, uzgaga zarar beradi. Agar chiqmaganda, unga zarar yetkazmasdi». © "Ko‘hna dunyo rivoyatlari" kitobidan. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

XIKMAT Ahmoqlarga beriladigan javob sukutdan iboratdir. Mavlono RUMIY Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram
XIKMAT Ahmoqlarga beriladigan javob sukutdan iboratdir. Mavlono RUMIY
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

To‘yib suv ichish naqadar baxt ekanligini shu qizchaning ko‘zlaridan bilish mumkin. Ne’matlarning qadriga yetaylik, boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qilaylik! Sizda bor ne’matlar va siz yashayotgan hayot millionlab odamlar uchun orzu...
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

🌞Go‘zal tong yangi kunni boshlab berdi, uni yaxshi niyatlar bilan kutib olganlarga assalomu alaykum! 🌻Xayrli tong! ☀️Yangi kuningiz muborak bo‘lsin! ✨Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka, yuzingizdan tabassum arimasin! 💦Kun davomida rejalashtirilgan barcha ishlaringiz baroridan kelsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

Bola 20 rupidan niqob sotyapti. Bir mijozga yuzlanib: — «Amaki, niqob oling», - dedi. Mijoz esa uni masxaralab dedi: — «Niqob olishga pulim yo‘q». — «Bepul olavering», - dedi bolakay. — «Onangning jahli chiqmaydimi?» — «Onam, «hozir yomon kasallik tarqalgan, puli bo‘lmagan odamlarga niqobni tekinga ber», deganlar», - dedi bolakay. U - ona. U - axloq madrasasi. U - yaxshilik qilish inqirozga yuz tutgan zamonda yaxshilik ulashish fursatini boy bermaslikni o‘rgatadigan buyuk madrasa!
Onalar jamiyatning yarmidir... Qolgan yarmi esa, ulardan tug‘ilganlar!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

🗞📖«Otalar ro‘zg‘origa non olsinmi yoki bolasiga kitob? Albatta, ular nonni tanlaydi. Hech bo‘lmasa, bolalarga mo‘ljallangan
🗞📖«Otalar ro‘zg‘origa non olsinmi yoki bolasiga kitob? Albatta, ular nonni tanlaydi. Hech bo‘lmasa, bolalarga mo‘ljallangan kitoblarni arzonlashtirsak, ana o‘shandagina kitob mutolaasi haqida gapirsak yarashadi».✏️ Hurshid DAVRON, O‘zbekiston Xalq shoiri🖌

#иқтибос Tarbiya — insonlarni fazilatli, jamiyatga foydali qilib yetishtirish uchun eng qisqa yo‘ldir. Tarbiyaning maqsadi —
#иқтибос Tarbiya — insonlarni fazilatli, jamiyatga foydali qilib yetishtirish uchun eng qisqa yo‘ldir. Tarbiyaning maqsadi — insonlarni avloddan avlodga taraqqiy ettirib, insoniyatning umumiy yuksalishiga xizmat qildirishdir. Tohir MALIK, "Odamiylik mulki" kitobidan

#билиб_қўйинг
Hech qachon: ,,Qaridim"- demang! Ko‘nglingizni hamisha yuksaklarga ko‘tarib yuring!
Rim senatori Markus Kato 80 yoshida yunon tilini o‘rgangan. Sokrat 70 yoshidagina ko‘plab cholg‘u asboblarida chalishni o‘rgangan va bu san’atni mukammal egallashga muvaffaq bo‘lgan. Mikelanjelo o‘zining eng muhim rasmlarini 80 yoshida chizgan. Gyote 80 yoshida “Faust“ asarini tugalladi. Nemis tarixchisi Leopold Ranke 91 yoshida «Jahon tarixi» asarini  bitirdi. Isaak Nyuton 85 yoshida ham tinimsiz faoliyat bilan band edi. Lev Tolstoy 82 yoshida dalani o‘roq bilan shunday o‘rganki, yosh o‘roqchilar unga yetib bora olmasdi. “Urush va tinchlik“ romanining oppoq soqolli muallifi shu moʻtabar yoshida konkida uchardi, velosipedda, otda sayr qilardi va bir oyog‘ida 40 martadan ko‘proq o‘tirib-turishni mashq qilardi! Amerika fuqarosi, bastakor va dirijyor Igor Stravinskiy 88 yoshgacha ishlagan. Shoir Beranger 77 yoshgacha ijod qildi. Lev Tolstoy - 82 yoshgacha; Viktor Gyugo - 83 yoshgacha; Akademik Ivan Pavlov - 87 yoshgacha; qadimgi yunon dramaturgi Sofokl - 90 yoshgacha. Faylasuflar Diogen va Demokrit, rassomlar Titian va Mikelanjelo sakson yoshga to‘lganidan keyin ham ijodiy faol edi. Bernard Shou 94 yoshgacha ishlagan... Aytgancha, yaqinda amerikalik olimlar yevropalik hamkasblari bilan birgalikda shov-shuvli kashfiyotni e’lon qilishdi: Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi avval o‘ylagandek 25-30 yoshgacha emas, balki 50 yoshgacha rivojlanadi. Bundan tashqari, agar odam faol aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishda davom etsa, miya qarishi deyarli sodir bo‘lmaydi! Bularning barchasi nima uchun? Faqat bir narsa: “Keksalik“ degan kasallik yo‘q, lekin faqat noto‘g‘ri psixologik qarashlar mavjud. Hayotimizda eng katta to‘siqlar bor va bu to‘siqlarning barchasi bizning ichimizda. Ularni buzing! Bizning ruhimiz, ichki kuchlarimizning yoshi yo‘q. Biz tirik ekanmiz, bizda hali ham yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati mavjud - ruhiy yuksalish yo‘lida hech bo‘lmaganda yana bir balandlikka ko‘tarilish.
Yaxshi vaqtlarni kutmang - faqat bitta yaxshi vaqt bo‘lishi mumkin. U “HOZIR“ deb ataladi.

Eng go‘zal kitob bo‘lib yozil.. Toki sahifangni qayta- qayta varaqlayverishsin.
Eng go‘zal kitob bo‘lib yozil.. Toki sahifangni qayta- qayta varaqlayverishsin.

Samarqand 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda. Joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi.

TOJIKISTON POYTAXTI DUSHANBA SHAHRIDA O‘TGAN DO‘STLIK KONSERTIDA SHYeRALI JO‘RAYeV VA JO‘RABEK MURODOV AYTISHUVI

Assalomu alaykum azizlar xayrli kun!
Hayotingizda nur, qalbingizda xotirjamlik, atrofingizda samimiy insonlar ko‘p bo‘lsin. Bugun siz uchun yaxshiliklarga boy kun bo‘lsin!

HIKMAT O‘zgalarning ko‘nglini biladigan kishi aqlli, o‘z ko‘nglini biladigan esa ma’rifatlidir. O‘zgalarni yenga oladigan oda
HIKMAT O‘zgalarning ko‘nglini biladigan kishi aqlli, o‘z ko‘nglini biladigan esa ma’rifatlidir.  O‘zgalarni yenga oladigan odam kuchli, o‘z-o‘zini yenga oladigan odam esa qudratlidir. O‘limidan keyin ham o‘zini yo‘qolib ketmasligini biladigan odam barhayotdir.   ✍️ Lao SZI, qadimgi Chin faylaysufi

👑

OTASHIN SHOIRA GULJAMOL ASQAROVADAN O‘ZBEKISTON HAQIDA OTASHIN SHYe’R TINGLANG.

#iqtibos Katta ishlarga kirishish uchun katta kuch emas, aniq maqsad kerak. Onore de BALZAK Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzati
#iqtibos Katta ishlarga kirishish uchun katta kuch emas, aniq maqsad kerak. Onore de BALZAK Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook