en
Feedback
Jizzax viloyati Yangiobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Jizzax viloyati Yangiobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Open in Telegram

YangiobodtumanMMTB

Show more
846
Subscribers
-224 hours
+27 days
+1730 days
Posts Archive
📚 YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI! Bugun, 2-sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" sa
+3
📚 YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI! Bugun, 2-sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" sadolari yangrab, 2026–2027-o‘quv yili boshlandi. Yangiobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida ham bayramona ruhda tashkil etilgan tadbirlarda 1-sinf o‘quvchilariga an’anaga ko‘ra Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, ustozlar, o‘quvchilar hamda maktablarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari ishtirok etib, yosh avlodni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladilar. Barcha o‘quvchilarimizga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, ustozlarimizga esa sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Yangiobod_tumani 📚 Yangiobodda yangi o‘quv yili boshlandi Bugun Yangiobod tumanidagi 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida "B
+9
#Yangiobod_tumani 📚 Yangiobodda yangi o‘quv yili boshlandi Bugun Yangiobod tumanidagi 19 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilib, 2026/2027-o‘quv yiliga tantanali start berildi. Tadbirlarda tuman hokimi, hokimlik vakillari, ta’lim sohasi rahbarlari, pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Jizzax viloyati hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Yangi o‘quv yilida tumandagi maktablarning 1-sinfiga qabul qilingan 615 nafar o‘quvchiga Prezidentimizning 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat "Prezident sovg‘asi" tantanali ravishda topshirildi. Barcha o‘quvchilarimiz va ustozlarimizni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etamiz! ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hurmatli ustoz va murabbiylar, qadrli ota-onalar hamda ta'lim fidoyilari! Sizlarni xalqimizning eng ulugʻ bayrami – Oʻzbekist
Hurmatli ustoz va murabbiylar, qadrli ota-onalar hamda ta'lim fidoyilari! Sizlarni xalqimizning eng ulugʻ bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Mustaqillik – tinch va osoyishta hayotimiz, erkin va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Bugun Yangi Oʻzbekistonda taʼlim sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tufayli farzandlarimizning zamonaviy bilim olishi, barkamol inson boʻlib voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi jamoasi ham ushbu ezgu maqsadlar yoʻlida sidqidildan mehnat qilmoqda. Taʼlim ravnaqi yoʻlidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon boʻlsin! Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! E. Muxtorov Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi

📚 YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN PEDAGOGIK KENGASHLAR O‘TKAZILMOQDA 🏫 Yangiobod tumanidagi umumta'lim maktablarida 2026–2027-o‘qu
+6
📚 YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN PEDAGOGIK KENGASHLAR O‘TKAZILMOQDA 🏫 Yangiobod tumanidagi umumta'lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida 1-pedagogik kengash yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan pedagogik kengashda yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari, dars taqsimoti, metodik ishlar, attestatsiya, "Dolzarb 90 kun" loyihasi yakunlari, inklyuziv ta’lim, yangi baholash tizimi, eMaktab platformasidagi o‘zgarishlar hamda maktab attestatsiyasini ichki baholash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ochiq muloqot va mazmunli muhokamalar yakunida yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. — За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 YANGIOBOD TUMANI 3-SONLI DMTTDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI O‘zbekiston Respubl
+8
🇺🇿 YANGIOBOD TUMANI 3-SONLI DMTTDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangiobod tumani 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarning milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari, she’rlari va sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Bolajonlarning milliy liboslardagi chiqishlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Tadbir yakunida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida ezgu tilaklar bildirildi. Yangiobod tumani 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#YANGIOBOD_TUMANI #Mustaqillik35yilligi 🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM DASTURXONI TASHKIL ETILDI O‘zbekisto
+2
#YANGIOBOD_TUMANI #Mustaqillik35yilligi 🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM DASTURXONI TASHKIL ETILDI O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida bo‘lim xodimlari ishtirokida bayram dasturxoni tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimiz taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi. Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda jamoa a'zolari bir-birlarini ulug‘ ayyom bilan qutlab, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi hamda ta'lim sohasi rivoji yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishlarini ta'kidladilar. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

🇺🇿 🏅 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA YUKSAK E'TIROF Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida O‘zbekiston
🇺🇿 🏅 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA YUKSAK E'TIROF Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni hamda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. 🏅 Quvonarlisi, ta'lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va fidoyiligi uchun Yangiobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Turdimurodov Erkin Sultonmurodovich "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi jamoasi nomidan ustozimizni ushbu yuksak e'tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi yutuqlar tilaymiz! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! https://t.me/yangiobodtumanxtb

Davlatimiz rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. — Глава нашего государства возложил цветы к Монументу независимости. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Yangiobod_tumani 🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: YANGIOBODLIK FAOLLAR E’TIROF ETILDI Yangiobod tumanida O‘zbekiston Respubl
+4
#Yangiobod_tumani 🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI: YANGIOBODLIK FAOLLAR E’TIROF ETILDI Yangiobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh yangiobodliklar qatorida Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli umumta’lim maktabi direktori Turdiyeva Mavjuda hamda 15-sonli umumta’lim maktabi direktori Rayimova Gulbahor ham mazkur yuksak e’tirof bilan taqdirlandilar. Taqdirlangan ustozlarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz! ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#YANGIOBOD_TUMANI #LIVE #Mustaqillik35yillik 🇺🇿 Ayni paytda Yangiobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.https://t.me/yangiobodtumanxtb

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

+2
#Yangiobod_tumani 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN KATTA GALA KONSERT! Hurmatli Yangiobodliklar va tumanimiz mehmonlari! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangiobod tumanida unutilmas bayram shukuhi, kuy-qo‘shiq va xushkayfiyatga boy katta gala konsert bo‘lib o‘tadi! Sizni 26-avgust kuni soat 19:00 da Yangiobod tumani markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan bayram konsertiga taklif etamiz! 🔥 Sahnada — xalqimiz sevgan san’atkorlar! ⭐️ Imron — Oybek To‘xtayev ⭐️ Xonzodabegim Fazliddinova ⭐️ Nodirbek Hayitov 🎶 Sevimli xonandalarning dilbar taronalari, jo‘shqin ijrolari va unutilmas chiqishlari sizga bayramona kayfiyat ulashadi! 📅 26-avgust, chorshanbaSoat 19:00 📍 Yangiobod tumani markaziy o‘yingohiBu oqshomni o‘tkazib yubormang! 🇺🇿 Keling, Mustaqilligimizning 35 yilligi sharafiga bag‘ishlangan ushbu unutilmas bayramni birgalikda, ko‘tarinki kayfiyat va Vatanga bo‘lgan cheksiz faxr tuyg‘usi bilan nishonlaylik! ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

YANGIOBOD TUMANIDA V USTOZLAR MILLIY FORUMI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI 📚 Forum davomida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta'lim yondashuvlarini ommalashtirish hamda tajriba almashishga qaratilgan mazmunli sho'ba mashg'ulotlari tashkil etildi. 📹 Bugungi forumning yorqin lahzalari videorolikda. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi
Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-son qarori tasdiqlandi.
Unga muvofiq: ➖kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilanadi; ➖mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi; ➖10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanib, o‘quvchilar uchun kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi; ➖kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi; ➖Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi; ➖davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi; ➖fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayoni raqamlashtiriladi, soddalashtiriladi va ortiqcha byurokratik jarayonlar kamaytiriladi. 🌐 BATAFSIL
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

BOʻLIM BOSHLIGʻI TOMONIDAN KENGAYTIRILGAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI ✅ Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshl
+3
BOʻLIM BOSHLIGʻI TOMONIDAN KENGAYTIRILGAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI ✅ Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi E. Muxtorov raisligida maktab direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. ⚡️Yigʻilish davomida umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari maktablar kesimida atroflicha tahlil qilinib, mavjud natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi. Shuningdek, tumanimizdagi xorijda malaka va tajriba oshirib qaytgan pedagoglar tomonidan zamonaviy taʼlim metodlariga bagʻishlangan mahorat darslari oʻtkazilib, ilgʻor tajribalar ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashildi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#FOTOREPORTAJ 📸 Yangiobod tumanida bo‘lib o‘tayotgan V Ustozlar milliy forumining qizg‘in jarayonlaridan lavhalar. Forum dav
+5
#FOTOREPORTAJ 📸 Yangiobod tumanida bo‘lib o‘tayotgan V Ustozlar milliy forumining qizg‘in jarayonlaridan lavhalar. Forum davomida pedagoglar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, tajriba almashish va kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan sho‘ba mashg‘ulotlarida faol ishtirok etmoqda. 📚 Ilm, tajriba va innovatsiyalar uyg‘unlashgan ushbu forum ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#YANGIOBOD_TUMANI #USTOZLAR_FORUMI USTOZLAR FORUMI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA ✅ Ayni paytda Yangiobod tumanidagi 19-sonli umumta'l
+6
#YANGIOBOD_TUMANI #USTOZLAR_FORUMI USTOZLAR FORUMI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA ✅ Ayni paytda Yangiobod tumanidagi 19-sonli umumta'lim maktabida V Ustozlar milliy forumi doirasidagi sho‘ba mashg‘ulotlari yuqori saviyada davom etmoqda. 📚 Forum ishtirokchilari zamonaviy ta'lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashib, kasbiy mahoratlarini yanada oshirmoqda. Mazkur forum pedagoglarning bilim va tajribasini boyitish, ta'lim sifatini yuksaltirish hamda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#AYNI_VAQTDA YANGIOBOD TUMANIDA V USTOZLAR MILLIY FORUMI BOSHLANDI ✅ Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga
+4
#AYNI_VAQTDA YANGIOBOD TUMANIDA V USTOZLAR MILLIY FORUMI BOSHLANDI ✅ Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 19-sonli umumta'lim maktabida V Ustozlar milliy forumi o'z ishini boshladi. ⚡️ Tadbirni Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i E. Muxtorov kirish so'zi bilan ochib berdi. 🇺🇿 Forum davomida yangi o'quv yiliga puxta tayyorgarlik ko'rish, ilg'or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ta'lim sifatini yanada oshirish hamda ustozlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Forum jarayonlarini biz bilan kuzatib boring! https://t.me/yangiobodtumanxtb