en
Feedback
Jizzax viloyati Yangiobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Jizzax viloyati Yangiobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Open in Telegram

YangiobodtumanMMTB

Show more
846
Subscribers
-224 hours
+27 days
+1730 days
Posts Archive
‼️‼️‼️ ❗️2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari yakunlanishiga 1️⃣ kun qoldi! Kasbiy ta’l
‼️‼️‼️ ❗️2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari yakunlanishiga 1️⃣ kun qoldi! Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. ▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti), ➖kechki ta’limda – 4 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti). 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

“Mening tanlovim — sog‘liq” mavzusida davra suhbati Yangiobod tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirok
+2
“Mening tanlovim — sog‘liq” mavzusida davra suhbati Yangiobod tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Mening tanlovim — sog‘liq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 📚 Tadbir davomida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, shaxsiy gigiyena, to‘g‘ri ovqatlanish, kun tartibiga rioya etish hamda muntazam jismoniy faollikning inson salomatligidagi o‘rni haqida atroflicha tushunchalar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish yuzasidan fikr almashdilar. 🌱 Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush madaniyatini keng targ‘ib etish, foydali odatlarni shakllantirish va o‘z salomatligiga mas'uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Yangiobod_tumani Bitiruvchi yoshlar bandligi muhokama qilindi ✅ Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshl
+2
#Yangiobod_tumani Bitiruvchi yoshlar bandligi muhokama qilindi ✅ Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i rahbarligida maktab direktorlari hamda mas'ullar ishtirokida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda bitiruvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, oliy ta'lim va mehnat bozoriga tayyorlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ularning doimiy bandligini ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mas'ullarga har bir bitiruvchi bilan manzilli ishlash, ularning qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Yangiobod_tumani 🚫 “BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF
+6
#Yangiobod_tumani 🚫 “BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dastur ijrosi doirasida Yangiobod tumanidagi ta’lim muassasalarida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida tashkil etildi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, zararli illatlarning salbiy oqibatlari, shuningdek, diniy ekstremizm va yot g‘oyalardan himoyalanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalari haqida tushunchalar berildi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish! O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi. PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi. 🔺Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar: 2022-yil — 19% 2025-yil — 65% 📤Bu esa 46 foiz o‘sish demakdir. ↗️Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda. 🇺🇿PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’
‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi. Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi. ❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. ↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan. 💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha: O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi. Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda. 📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🏫 Maktablardagi yangi baholash tizimi qanday ishlashini bilasizmi? ➖ Yangi tizim o‘quvchining faqat yodlagan ma'lumotlarini emas, balki mavzuni qanchalik tushungani, mustaqil fikrlashi va bilimini amalda qo‘llay olishini baholashga qaratilgan. 🌟Yangi baholash tizimining asosiy mezonlari (choraklik natija — 100 ball):
👨‍💻 Formativ baholash (10 ball): Dars davomida o‘quvchining o‘zlashtirishi kuzatiladi, xatolar o‘z vaqtida aniqlanib, ularni tuzatish imkoni beriladi; 📖 BSB – Bob bo‘yicha summativ baholash (50 ball): O‘quvchi har bir mavzu yoki bo‘limni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlab beradi; 🗓 CHSB – Chorak bo‘yicha summativ baholash (40 ball): Chorak davomida egallangan umumiy bilim va amaliy ko‘nikmalar yakuniy sarhisob qilinadi;
📌 Yangi baholash tizimi — o‘quvchining bugungi natijasini ko‘rsatib, ertangi natijasini yaxshilashga xizmat qiladigan adolatli yondashuvdir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

#Yangiobod_tumani #Milliy_ohanglar 🎶 Milliy kuylar – ma'naviyat va qadriyatlar tarannumi ✅ Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tanaffus vaqtlarida O‘zbek xalqining milliy kuy va ohanglari muntazam yangrab bormoqda. Jumladan, 10-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida tanaffus vaqtida O‘zbek xalqining sevimli kuylaridan biri — "Xumor" kuyi qo‘yib berildi. Mazkur tashabbus o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, estetik did va ma'naviy muhitni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

📎7-sentabr kuni "Kelajak soati" mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalaniladigan materiallarMaktabgacha ta'lim muassasalari uchun1-4-sinflar uchun5-8-sinflar uchun9-11-sinflar uchun Maktab jamoasining telegram guruhlarida ulashing! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Telegram 🎬Youtube 📱Instagram 🌐Veb-sayt

#Iqtibos Hayotingning baxti fikrlaring sifatiga bog‘liq. ✍️Mark Avreliy 👉https://t.me/yangiobodtumanxtb
#Iqtibos Hayotingning baxti fikrlaring sifatiga bog‘liq. ✍️Mark Avreliy
👉https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Yangiobod_tumani 🚫 “BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” Yangiobod tumanidagi 12- va 19-sonli umumta'lim maktablarida “Bi
+5
#Yangiobod_tumani 🚫 “BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” Yangiobod tumanidagi 12- va 19-sonli umumta'lim maktablarida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, diniy ekstremizm tahdidlari, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A. Nishonov, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Z. Mamadmurodov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari B. Ibragimov hamda maktab rahbarlari ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. ✅ Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qiladi. https://t.me/yangiobodtumanxtb

Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Yangiobod_tumani XORIJIY MUTAXASSISLAR JALB ETILMOQDA ✅️ Bugungi kunda xorijiy tillarni puxta o‘rganishga bo‘lgan talab va e
+2
#Yangiobod_tumani XORIJIY MUTAXASSISLAR JALB ETILMOQDA ✅️ Bugungi kunda xorijiy tillarni puxta o‘rganishga bo‘lgan talab va ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Tilni samarali o‘zlashtirishda esa aynan shu tilda so‘zlashuvchi mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 🔵 Shu maqsadda Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan xorijlik pedagog KWON JUNGMIN samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi. ⚡️Endilikda xorijlik o‘qituvchi maktab o‘quvchilariga koreys tili bo‘yicha dars mashg‘ulotlar olib boradi. Mazkur darslar o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim tajribasi bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Yangiobod_tumani 🚫 Giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezid
+5
#Yangiobod_tumani 🚫 Giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi" ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiobod tumani MMTBga qarashli 1-umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Yangiobod tumani hokimi o‘rinbosari A.Nishonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari B.Ibragimov, tuman IIB rahbariyati vakillari hamda mutasaddilar ishtirok etib, yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlaridan ogoh etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar. Tadbir yakunida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

Repost from BilimZon | Rasmiy
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 BU SENTYABRDA TELEFONINGIZNI QO‘LINGIZDAN QO‘YMANG! Chunki Bilimzon’da katta bellashuv boshlanadi! 🎉Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan — 35 TA PLANSHET! ⭐️Bilimdonlar, ziyraklar va mantiqiy fikrlashni yoqtiradiganlar uchun katta imkoniyat! 📅 5–15 SENTYABR kunlari 🇺🇿 BUTUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB Har kuni 19:00 | 20:00 | 21:00 da Bilimzon platformasida onlayn bellashuv bo‘lib o‘tadi!
🧠 Bellashuvda: ➡️ 10 ta — Zakovat savoli ➡️ 10 ta — IQ savoli ➡️ 10 ta — Mantiqiy savol 👤Kim tezroq? 📌Kim aniqroq? 👥Kimning bilimi kuchliroq?
Eng kuchli 100 dan ziyod ishtirokchi — sovrinlar sohibiga aylanadi!
🥇1-o‘rin — 🎁 PLANSHET + 🏅DIPLOM 🥈2-o‘rin — 💰 Bilimzon profil hamyoniga 500 000 so‘m 🥉3-o‘rin — 💰 Bilimzon profil hamyoniga 300 000 so‘m 🎉Tanlov yakunida g‘oliblar tantanali tarzda taqdirlanadi!
🇺🇿 35 YILLIK MUSTAQILLIK — 35 TA PLANSHET! Bu safar shunchaki tomoshabin bo‘lmang. Bilimingizni sinang. Kuchingizni ko‘rsating. G‘olib bo‘ling! 📲Hoziroq Bilimzon platformasiga kiring va tayyorgarlikni boshlang! ✔️ BilimZon AI bilimni imkoniyatga aylantiradi! 🚀Telegram 📷Instagram 🌐YouTube 📱Facebook

#sohaga_doir_hujjatlar 📣 Maktablarda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etiladi ✅ Maktabgacha va maktab ta
#sohaga_doir_hujjatlar 📣 Maktablarda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etiladi ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi tegishli buyrugʻiga asosan, “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi. 🔹 Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-iyundagi 103-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan mazkur tartib doirasida: ➖ yangi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida “Dutor”, “Milliy raqs”, “Yosh doirachilar”, “Tasviriy sanʼat” yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. 📍 Toʻgaraklarda oʻquvchilar chuqurlashtirilgan holda haftasiga 2 soatdan (jami 72 soat) oʻqitiladi. Shuningdek, toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli tanlovlar tashkil etiladi va ular orasidan iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. 👉 Mazkur toʻgaraklarni tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlar oʻrtasida milliy sanʼatimizni keng targʻib qilish va ularni kelajak avlodga munosib yetkazishdan iborat. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤Telegram                   🌐 Facebook 🌐Youtube                     🌐Instagram 🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin

Bugun, 2-sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Salom bog‘cha" tadbirlari ko‘tarinki
+7
Bugun, 2-sentabr kuni mamlakatimizdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Salom bog‘cha" tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi va 2026–2027-o‘quv yili boshlandi. 🏫 Yangiobod tumanidagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham "Salom bog‘cha" bayram tadbiri quvonch va shodiyonaga boy tarzda o‘tkazildi. Tadbir yakunida barcha guruhlarda "Kelajak soatlari" mashg‘ulotlari tashkil etilib, bolajonlarda Vatanga muhabbat, bilim olishga intilish va ezgu qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi. Yangi o‘quv yili barcha jajji tarbiyalanuvchilarimizga quvonchli lahzalar, ulkan yutuqlar, fidoyi pedagoglarimizga esa sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin! ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

Bilimlar kuni — yangi marralar sari ilk qadam! 📍 Yangiobod tumani Mug‘ol qishlog‘idagi 14-sonli umumta’lim maktabida yangi o
+5
Bilimlar kuni — yangi marralar sari ilk qadam! 📍 Yangiobod tumani Mug‘ol qishlog‘idagi 14-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🟢Tadbirda o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida yuksak bilim, omad va zafarlar tilanib, ta’lim olishlari uchun muvaffaqiyatlar tilaklari bildirildi. 📝 Tadbirda Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i M. Rahmonberdiyev, Yangiobod tumani Madaniyat bo‘limi mudiri A. Rasulberdiyev, tuman SEOM boshlig‘i A. Abduqayumov, maktab jamoasi, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 📖 Maktab kutubxonasining kitob fondini boyitish maqsadida 500 dona badiiy adabiyot taqdim etildi. Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi bilimlar, ulkan marralar va yorqin natijalar yili bo‘lsin! ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Yangiobod_tumani #Birinchi_qõngʻiroq 🔵 Bugun Yangiobod tumanidagi barcha 19 ta umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga
+6
#Yangiobod_tumani #Birinchi_qõngʻiroq 🔵 Bugun Yangiobod tumanidagi barcha 19 ta umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tantanali start berildi. ✅ Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi ostida o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlarida 1-sinfga qabul qilingan 615 nafar o‘quvchiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat "Prezident sovg‘asi" tantanali ravishda topshirildi. 📹 Quyidagi lavhalarda Yangiobod tumani maktablarida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirlaridan eng yorqin lahzalar aks etgan. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#Yangiobod_tumani 📚 Yangiobodda yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi Bugun, 2-sentabr kuni Yangiobod tumanidagi barcha
+5
#Yangiobod_tumani 📚 Yangiobodda yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi Bugun, 2-sentabr kuni Yangiobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, 2026–2027-o‘quv yili boshlandi. Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E. Muxtorov 19-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi hamda barchaga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, tumandagi barcha maktablarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga an’anaga muvofiq Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb