NAVOIY XALQARO AEROPORTI kadrlar boʻlimi
Open in Telegram
"Navoiy xalqaro aeroporti" MCHJning telegram kanaliga xush kelibsiz. Taklif havolasi: https://t.me/+YWvB8nTTgSQyMTIy Savol va takliflar uchun telegram raqam: +998338802720
Show more1 810
Subscribers
+2424 hours
+867 days
+11430 days
Posts Archive
Repost from NAVOIY XALQARO AEROPORTI kadrlar boʻlimi
🌺🌺 Bugun tugʻilgan kun 🌺🌺
🌺Dianova Yevgeniya Sergeyevna - Muhandislik boʻlimi muhandisi 🌺Nazarov Hasan Nudiddinovich -muhandislik boʻlimi smena muhandisi ✈️Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan muborakbod etamiz! Hayot yo‘lingizdagi barcha ezgu istaklaringiz amalga oshsin! Tabassum yuzingizni hech qachon tark etmasin, har bir yangi kunni quvonch bilan qarshi olish baxtiga muyassar bo‘ling!✈️
+3
✈️XUSHXABAR!
🇺🇿🇭🇰 NAVOIY XALQARO AEROPORTI VA GONGKONGLIK YIRIK INVESTITSIYA KOMPANIYASI O‘RTASIDA STRATEGIK ALYANS TUZILDI!
2026-yil 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong shahrida o‘tkazilgan “Bir makon – bir yo‘l” xalqaro konferensiyasi doirasida “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ hamda Gonkongning Harvest Epoch Strategic Investment Limited kompaniyasi o‘rtasida Strategik alyans to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ–50-son “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Navoiy xalqaro aeroportining xalqaro transport-logistika tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlash hamda yangi strategik hamkorlik loyihalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kelishuv doirasida - xalqaro yuk oqimlari kengaytiriladi, e-commerce va ekspress yetkazib berish loyihalari rivojlantiriladi, sovuq zanjirli logistika (cold chain) yo‘lga qo‘yiladi, avtomobil sanoati yuklari hamda og‘ir va yirik hajmli yuklar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, temir yo‘l–aviatsiya tashuvlari rivojlantiriladi, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida xalqaro logistika va elektron tijorat markazi tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.
🌏 Eng katta maqsad esa — Navoiy xalqaro aeroportini Yevropa, Janubiy Osiyo va Xitoyni bog‘lovchi strategik multimodal logistika xabiga aylantirish! Bu esa — yangi yuk oqimlari, yangi logistika operatorlari, yangi aviakompaniyalar va yangi imkoniyatlar birlashuvidir!
🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati
Telegram |Facebook |You tube
LinkedIn |Instagram|navoiairport.com
📢 HURMATLI HAMKASBLAR!
O‘zbekiston aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga shartnoma (kontrakt) asosida o‘qishga qabul qilingan xodimlar hamda ularning yaqin qarindoshlari (turmush o'rtog'i va farzandlari) uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish maqsadida foizsiz ssuda ajratish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda.
📅 Arizalar 2026-yil 01-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
📄 Talab etiladigan hujjatlar:
Xodimning arizasi; Kafolat xati; Pasport nusxasi; (farzandi, turmush o'rtog'i, farzandi tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma, nikoh qayd etilganligi to'g'risida guvohnoma)
So‘nggi 1 yillik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; (my.gov.uz orqali olingan). Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; (my.gov.uz orqali olingan).
Uch tomonlama shartnoma:
oliy ta’lim muassasasi;
fuqaro;
O‘zbekiston aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
STIR: 201363706.
📌 Eslatma: foizsiz ssuda xodimning o'zi va oila a'zolari (har bir farzandi uchun) faqat bir marotaba ajratiladi.
☎️ Savol va murojaatlar uchun:
97 086 18 88
33 880 27 20
Barcha manfaatdor xodimlardan belgilangan muddatda murojaat qilishlarini so‘raymiz.
TAʼZIYA
Maxsus transport xizmati dispetcheri RO'ZIYEV BAHODIR TOLIPOVICH bevaqt olamdan o'tdi.
RO'ZIYEV BAHODIR TOLIPOVICH o'zining mehnatsevarligi, keng dunyoqarashi va do'stlarga bo'lgan mehri bilan alohida ajralib turardi. "Navoiy xalqaro aeroporti" MCHJ rivoji uchun o'zining beminnat hissasini qo'shib kelgan jonkuyar inson, fidoyi xodim edi. U o'zining xushmuomalasi, samimiyligi bilan aeroport jamoasi mehrini qozongan edi. Fidoyi hamkasbimizning bevaqt vafoti jamoamizni chuqur qayg'uga soldi. Yaxshi inson hamisha iliq xotiralar bilan yodga olinadi.
Marhumning oila a'zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Alloh raxmatiga olsin. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un!
Janoza bugun soat 15-00da
Manzil: Navoiy viloyati Karmana tumani Malikrabot MFY Mevazor ko'chasi
ISH QIDIRAYAPSIZMI?
BIZDA BOR!!!
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar diqqatiga!
NAVOIY XALQARO AEROPORTIning aviatsiya xavfsizligi xizmati tomonidan aviatsiya xavfsizligi xizmati nazoratchisi lavozimi uchun TASHQI TANLOV e’lon qilindi.
Bu ish sizga qiziqmi. Unda darhol bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ling!
🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati
Telegram |Facebook |You tube
LinkedIn |Instagram|navoiairport.com
Navoiy xalqaro aeroportida muntazam yo‘lovchi reyslari yo‘lga qo‘yilgan.
📍Toshkent – Navoiy – Toshkent yo‘nalishida reyslar haftasiga 4 kun — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Navoiyga qo‘nish vaqti — 12:15,
uchish esa — 12:55.
🇷🇺 Moskvaga esa har chorshanba kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish mumkin.
Navoiyga qo‘nish — 04:10,
Moskvaga uchish — 05:50.
Parvozlar jadvalini saqlab qo‘ying — yoki doimiy tartibda bizning ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib borishingiz mumkin!
🛫Navoiy xalqaro aeroporti
Axborot xizmati
Telegram |Facebook |You tube
LinkedIn |Instagram|navoiairport.com
Hurmatli fuqarolar va bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar!
Ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar telegram messenger oqali qabul qilinadi.
Telegram manzil: @navoi_aeroport_vacancy
Nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish va ular bilan bog‘lanish uchun Xodimlar bilan ishlash bo‘limining korporativ aloqa telefoni etib
+998 87 926 06 34 raqami belgilandi.
Savollar bo‘yicha ko‘rsatilgan raqamning Telegram messenjeriga murojaat qilishingiz mumkin.
Talabnomada ko‘rsatilgan barcha kerakli hujjatlarni to‘liq ko‘rsatilgan manzilga yuborishingiz mumkin.
🌺🌺 Bugun tugʻilgan kun 🌺🌺 🌺Kudratov Baxodir Rayimovich -yuk terminal kompleksi xodimi 🌺Odilov Farrux Parxodovich - perronda xizmat koʻrsatish xizmati supervayzeri 🌺Tag'ayev Ravshan Mardonkulovich - perronda xizmat koʻrsatish xizmati supervayzeri ✈️Hurmatli hamkasblar! Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!!! Hayotingiz g’am-tashvishlarsiz, sokin va beg’ubor onlar bilan o’tishiga tilakdoshmiz. O’zingizni asrang va hamisha tabassum qiling.
Ko'zlaringiz quvonchdan har doim kulib tursin. Baxt-iqbol hayotingiz davomida hamrohlik qilsin. Oilaviy baxt va ko'ngil xotirjamligi sizni hech qachon tark etmasin ✈️
HURMATLI HAMKASBLAR!
Yuk terminali kompleksida yuk tashuvchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Norov Avaz Jonpulatovichga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun katta miqdorda mablag‘ zarur bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, saxovatpesha hamkasblarimizdan Avaz Jonpulatovichning davolanishi va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplashga imkon qadar moddiy yordam ko‘rsatishlarini so‘raymiz.
🤲 Har bir ko‘mak — bemor uchun umid, har bir ezgu amal — inson hayotiga qo‘shilgan hissadir.
Barchangizga ko‘rsatayotgan e’tiboringiz, mehr-oqibatingiz va insoniy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz.
💳 Yordam uchun karta: 8600310479956377
📢 TASHQI TANLOV E’LONI
✈️ «NAVOIY XALQARO AEROPORTI» MChJ
Aviatsiya xavfsizligi xizmati (AXX) tomonidan AXX nazoratchisi lavozimi uchun tashqi tanlov e’lon qilinadi.
👤 Bo‘sh ish o‘rinlari soni: 24 ta
📌 Tanlov turi: Tashqi tanlov
📋 NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
🎓 Ma’lumoti: O‘rta – maxsus, oliy ma’lumot
📚 Mutaxassisligi: Talab etilmaydi
💼 Umumiy, sohadagi va rahbarlik ish staji: Talab etilmaydi
🏅 Sport ko‘rsatkichlari: Sport ustasi, sport ustaligiga nomzod va 1-toifa (ustunlik beradi)
🌐 Xorijiy tillarni bilishi: Xorijiy (ingliz va rus) tillarini bilish
💻 Kompyuter ko‘nikmalari: Word, Excel va PowerPoint dasturlarini bilish
📌 MAXSUS (QO‘SHIMCHA) TALABLAR:
👤 Yoshi: 18 yoshdan 30 yoshgacha
(sport ko‘rsatkichlariga qarab +5 yoshgacha)
👨 Jinsi: Erkak
📚 Qo‘shimcha kasbiy tayyorgarlik: Talab etilmaydi
✨ Shaxsiy fazilatlari:
Kasbga sadoqat, muloqotga kirishish, intizom, muomala madaniyati, vazminlik, stressbardoshlik.
📖 Bilishi kerak:
Davlat tilida ish yuritish, milliy davlatchiligimiz tarixi, “O‘zbekiston Airports” AJ hamda “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ faoliyatiga oid tushunchalar.
📄 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• Ob’yektivka; Diplom; Sport sohasidagi yutuqlar
• Mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (my.gov.uz orqali olingan).
📅 Hujjatlar 2026-yil 12-sentyabrga qadar, shu jumladan 12-sentyabr kuni ham qabul qilinadi.
📧 Hujjatlar quyidagi elektron pochta manziliga yuboriladi:
n.ismatova@uzairports.com
📝 Eslatma: Elektron xatning “Mavzu” (Subject) qismida:
“Nazoratchi lavozimi uchun”
deb ko‘rsatish hamda aloqa uchun telefon raqamini yozish shart.
⚠️ DIQQAT!
Talab etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, nomzodning hujjatlari tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.
📌 Tanlov natijalariga ko‘ra saralab olingan nomzodlar bilan keyingi bosqichlar yuzasidan alohida bog‘laniladi.
📲 Tanlov bo‘yicha savol va takliflar uchun:
Telegram: +998 87 926 06 34
✈️ Kelajagingizni aviatsiya xavfsizligi sohasida boshlang!
TA'ZIYA
"Navoiy xalqaro aeroporti" MCHJ muhandislik bo'limi xodimi Abdullayev Xamid Sayfullayevichning otasi vafot etgani munosabati bilan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.
Janoza bugun soat 12:00 da bo'lib o'tadi.
Manzil: Karmana tumani, Malikrabot qo'rg'oni Sardoba MFY Buxoro ko'chasi.
Diqqat ichki tanlov eʼloni!
Lavozim: Maxsus transport haydovchisi
Bo‘sh ish o‘rni: 1 ta
Tanlov turi: Ichki tanlov
Ma’lumoti: O‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti
Ish staji: Umumiy 3 yil, sohadagi 3 yil
Haydovchilik guvohnomasi: B, C, E toifa, 2-klass talab etiladi. Hujjatlar 2026-yil 11-sentyabrga qadar, shu jumladan 11-sentyabr kuni ham qabul qilinadi.
📧 Hujjatlar quyidagi elektron pochta manziliga yuboriladi:
n.ismatova@uzairports.com
📝 Eslatma: Elektron xatning “Mavzu” (Subject) qismida:
“Maxsus transport haydovchisi lavozimi uchun”
deb ko‘rsatish hamda aloqa uchun telefon raqamini yozish shart.
⚠️ DIQQAT! Talab etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, nomzodning hujjatlari tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.
📌 Tanlov natijalariga ko‘ra saralab olingan nomzodlar bilan keyingi bosqichlar yuzasidan alohida bog‘laniladi. tanlov boʻyicha savol va takliflar uchun telegram raqami:+998879260634
🌟 O‘z bilim, malaka va tajribangizni namoyon eting hamda “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ jamoasi safida faoliyat yuritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ✈️
SIZNINGCHA, Navoiy viloyatida tadbirkorlik bo`yicha eng rivojlangan hudud qaysi?
📲 Oʻzingiz munosib deb bilgan shahar yoki tuman uchun OVOZ BERING!
✅ Ovoz berish jarayoni 15-sentyabr 18:00ga qadar davom etadi.
