cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ing'irchoq qishlog'i ATM

Ushbu kanal Ing'irchoq qishlog'ida joylashgan Abiturientlarni tayyorlov markazining onlayn sahifasi.

Show more
Advertising posts
249
Subscribers
-124 hours
-67 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi ✅ Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. ✍️Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi. ✅ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi. 📱Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Show all...
👍 1
Bugungi esse mavzusi: Ayrimlar dam olish kunida ish ishlarini bajarib olish kerak deb o‘ylashsa, ayrimlar esa dam olish kunida mazza qilib dam olish kerak deb hisoblashadi🤣🤣🤣🤣
Show all...
👍 12🔥 4💯 2❤‍🔥 1🤩 1
🍓Қулупнайнинг фойдалари ⚡️Қулупнай хотирани яхшилайди ⚡️Қулупнай кўриш қобилиятини оширади ⚡️Қулупнай антиоксидантларга бой 🎗Қулупнайда C витамини миқдори кўп 😍Қулупнай саратон касаллигининг олдини олади 🏵Қулупнай қоматга ижобий таъсир қилади 🧑‍🔬Қулупнай қонда қанд миқдорини нормаллаштиради 👨‍🔬Қулупнай юракка фойда 👨‍🔬Аллергияга мойил инсонларга қулупнай тавсия этилади
Show all...
6👍 1
Repost from Shunchaki...
#kun_hikmati_facebookdan Jorj Bernard Shoudan: (tarjima o'zimniki, ma'zur tutasiz g'aliz chiqqan bo'lsa) * Sevganingizga erishishga harakat qiling, aks holda, qo'lga kiritganingizni sevishga majbur bo'lasiz. *Eplagan - bajaradi, o'zi uddalay olmaydiganlar - boshqalarga o'rgatadi. *Мening shuhratim har bir muvaffaqiyatsizligimdan so'ng yanada orta borardi. *Odam xuddi g'isht - kuygani sari pishadi. *Hayot o'zingni topishdan emas, o'zingni yaratishdan iborat. *Gapirishni o'rgandingmi, demak, ulg'ayibsan. Sukut saqlashni o'rgandingmi - aql kiribdi. *Biz osmonda qush misoli parvoz qilishni ham, suvda baliqday suzishni ham o'rgandik, endi bir narsa qoldi: yerda odam kabi yashash. @suvaydo
Show all...
🔥 9 3
🥰 15 7🤩 3👍 1❤‍🔥 1🔥 1
Уйқунинг қанча тури бор, биласизми? 1. Суннат уйқу. Офтоб кўтарилиб, то пешин намозигача бўладиган оралиқдаги бу уйқу "қайлула" дейилади. У ақлни кўпайтиради. 2. Бидъат уйқу. Пешин намози вақтидаги уйқу. 3. Телбаликка сабаб бўладиган уйқу. Аср намозидан кейинги уйқу девоналик, паришонхотирлик ва телбаликка сабаб бўлади. 4. Уқубатга сабаб бўладиган уйқу. Киши хуфтон намозини ўқимасдан ухласа, бу дунёда ҳам, охиратда ҳам азоб-уқубатга қолади. 5. Одатий уйқу. Хуфтон намозидан кейинги одатий уйқу. 6. Надоматга сабаб бўладиган уйқу. Тонготар вақтида ухлаш. Шунингдек, илмий мажлис бўлаётган вақтида ухлаш ҳам надоматга сабаб бўлади. 7. Ғафлат уйқу. Тонг отаётганида ухлаб ётиш. Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қизлари Фотимага родияллоҳу анҳо: "Тонгда ухлаб ётмагин, чунки бу вақтда уч нарса: яхшилик, одоб ва барака тақсимланади", дедилар. Ким тонг отаётганида ухлаб ётса, шу уч нарсадан қуруқ қолади. 8. Фақирликка сабаб бўладиган уйқу. Бомдоддан кейин кун чиққунча ухлаб ётиш камбағалликка, девоналикка, қарздорликка сабаб бўлади. 9. Ғаромат (зиён) уйқу. Кишининг ибодатдан сўнг дуода, санода, салавотда, қироатда кўзи кетиб қолса, ғаромат уйқу саналади. 10. Роҳат уйқу. Касал ва гўдакларнинг уйқуси. Улар қанча кўп ухласа, фойда ва роҳат олишади. 11. Ибодат уйқу. Олимлар, обидлар ва рўзадорларнинг уйқуси. Киши хуфтон намозидан сўнг таҳоратли ухласа, фаришталар ҳимоясида бўлади. 12. Каромат уйқу. Тунда намоз ўқиб туриб, чарчаб саждада ухлаб қолиш". ©️ Масъуд ибн Маҳмуд ибн Юсуф ас-Самарқандий, "Салоти Масъудий" ㅤㅤㅤㅤ
Show all...
3👍 1
Muhammad Yusufning "ULUG‘IMSAN, VATANIM!" deb nomlangan she’rini Sevara Nazarxon kuylaganini deyarli hamma biladi. Ammo bu qo‘shiqni dastlab Shuhrat Qayumov kuyga solib, Vatanga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovida birinchi o‘rinni olganidan ko‘pchilik bexabar ekan. Sh.Qayumovning bir intervyuda ta’kidlashicha, u ayni tanlov uchun qo‘shiq yozish masalasida M.Yusuf bilan maslahatlashgan. Shoir mazkur she’rni tavsiya etganida, xonanda: "Katta she’r ekan, qo‘shiqda qanday chiqar ekan?" degan istiholasini aytgan. Shunda Muhammad Yusuf: "VATAN HAQIDA KICHKINA QO‘SHIQ KUYLAB BO‘LMAYDI!" degan ekan.
Show all...
🔥 10🤩 3👍 1
Repost from Shunchaki...
Bugun xalqning sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Men eng ko'p yod olgan (atay emas, o'zi xotiramga bittada o'rnashib qolgan) she'rlar ham aynan Uniki. Shoirni Alloh rahmat qilsin. Kim qaysi misralarini yaxshi ko'rsa, yozsin. Mening kimligimni bilmaydi hech kim, Men sal g'alatiman, men - alohida. Kiyiklar qonini keladi ichgim, Chayonni chaynagim kelar gohida. @suvaydo
Show all...
4🕊 2❤‍🔥 1👍 1
👍 5 4💔 2
👍 8 5💔 1