en
Feedback
TDYU Registrator ofisi

TDYU Registrator ofisi

Open in Telegram

Barcha turdagi xizmatlar yuzasidan murojaatni amalga oshirish uchun std.tsul.uz platformasiga login va parolingizni kiriting va "Interaktiv xizmatlar" menyusi orqali murojaatingizni yo'llang: https://std.tsul.uz/interactive_s Aloqa: +998712336636 (1027)

Show more
5 358
Subscribers
+1224 hours
+2077 days
+44830 days
Posts Archive
#ГРАНТЫ #ПЕРЕРАСПРЕДЕЛЕНИЕ 📢 ЗДРАВСТВУЙТЕ, УВАЖАЕМЫЕ СТУДЕНТЫ! ‼️ ВНИМАНИЕ ‼️ Сообщаем, что выпускники техникумов, принятые на обучение на второй курс на основании собеседования, не могут участвовать в конкурсе по перераспределению образовательных грантов. Причина заключается в том, что указанные студенты не были приняты на первый курс по результатам общих вступительных тестовых испытаний и не входят в базовые параметры приёма по государственному гранту. При перераспределении образовательных грантов распределяются базовые грантовые места, сформированные исходя из количества студентов, принятых на первый курс на основе государственного гранта в общем порядке. В связи с этим студентам данной категории не следует подавать заявление для участия в конкурсе по перераспределению образовательных грантов. ⚠️ Если студент, принятый на второй курс на основании собеседования, уже подал заявление на участие в конкурсе, ему необходимо незамедлительно обратиться к своему тьютору и сообщить свои Ф.И.О. Через тьютора данная информация будет передана секретарю Специальной комиссии Дилмуроду Шухратовичу, после чего заявление будет удалено из системы. ‼️ Срок — сегодня до 14:00.

#GRANTLAR #QAYTA #TAQSIMOTI 📢 ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI TALABALAR! ‼️DIQQAT‼️ Texnikum bitiruvchilari orasidan suhbat asosida 2-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar ta’lim grantlarini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok eta olmasligi ma’lum qilinadi. Buning sababi shundaki, mazkur talabalar umumiy kirish test sinovlari orqali 1-kursga qabul qilinmagan hamda davlat granti bo‘yicha bazaviy qabul parametrlari doirasiga kirmaydi. Ta’lim grantlarini qayta taqsimlashda esa umumiy qabul tartibida 1-kursga davlat granti asosida qabul qilingan talabalar sonidan shakllangan bazaviy grant o‘rinlari qayta taqsimlanadi. Shu sababli mazkur toifadagi talabalar grant tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirmasliklari lozim. ⚠️ Agar suhbat asosida 2-kursga qabul qilingan talaba grant tanloviga ariza topshirib qo‘ygan bo‘lsa, zudlik bilan o‘z tyutoriga murojaat qilib, F.I.Sh. ma’lumotlarini taqdim etishi kerak. Tyutor orqali mazkur ma’lumot Maxsus komissiya kotibi Dilmurod Shuhratovichga yetkaziladi va ariza tizimdan o‘chiriladi. ‼️Muddat bugun soat 14:00 ga qadar

📢 Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ 2025/2026-o`quv yili kuzgi semestr fanlaridan, shuningdek, avvalgi o'quv yillardagi kuzgi semestr (1, 3, 5, 7-semestrlar) fanlardan akademik qarzdorlik qayd etilib, ushbu modullardan tashkil etilgan yozgi semestrda (intensiv kurslarda) o’qigan talabalarning yakuniy nazorat natijalari bugun, 29.07.2026-yil soat 16:00 da std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali e`lon qilinadi. ✅ Yozgi semestrda (Intensiv kurslarda) tashkil etilgan yakuniy nazorat imtihonlari natijalaridan norozi bo’lgan talabalar bugun, 29/07/2026-yil soat 16:00 dan 01/08/2026-yil soat 16:00 ga qadar (72 soat mobaynida) std.tsul.uz platformasi orqali apellatsiya shikoyatlari berishlari mumkin. 📢 Уважаемые студенты! ✅ Результаты итогового контроля студентов, обучавшихся в летнем семестре (интенсивных курсах) по модулям осеннего семестра 2025/2026 учебного года, а также по модулям осенних семестров (1-го, 3-го, 5-го и 7-го семестров) предыдущих учебных лет, по которым была зарегистрирована академическая задолженность, будут опубликованы сегодня, 29.07.2026 года, в 16:00 через их личные кабинеты на платформе std.tsul.uz. ✅ Студенты, не согласные с результатами итогового контроля, проведённого в рамках летнего семестра (интенсивных курсов), могут подать апелляционную жалобу через платформу std.tsul.uz сегодня, 29.07.2026 года, с 16:00 до 01.08.2026 года, 16:00 (в течение 72 часов). @Law_SSC2

📢 ВНИМАНИЮ СТУДЕНТОВ 1-ГО И 2-ГО КУРСОВ! Все студенты, подавшие заявление на перераспределение образовательных грантов, должны проверить статус своего заявления в личном кабинете информационной системы my.hemis.uz. Для этого необходимо перейти: my.hemis.uz → «Mening grantim» → «Grant arizalar» и нажать кнопку «Holatni yangilash» — «Обновить статус». Обратите внимание на «Holat» — «Статус»: ✅ «Tasdiqlangan» — «Подтверждено»: заявление успешно принято и подтверждено; ❌ «Rad etilgan» — «Отклонено»: в заявлении имеются недостатки либо выявлена проблема с данными. Студентам, чьи заявления были отклонены, необходимо незамедлительно связаться со своим тьютором, уточнить причину отказа и принять необходимые меры. ⚠️ Важно: одной подачи заявления недостаточно. Каждый студент обязан лично убедиться, что его заявление имеет статус «Tasdiqlangan» — «Подтверждено». Также студентам, чьи заявления уже подтверждены, без необходимости не следует нажимать кнопку «Arizani bekor qilishni istaysizmi?» — «Хотите отменить заявление?». Отмена заявления может привести к невозможности участия в перераспределении образовательных грантов.

📢 1- VA 2-KURS TALABALARI DIQQATIGA! Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha ariza yuborgan barcha talabalar arizasining holatini my.hemis.uz axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali tekshirishlari shart. Buning uchun: my.hemis.uz → “Mening grantim” → “Grant arizalar” bo‘limiga kiring va “Holatni yangilash” tugmasini bosing. Arizaning “Holat” iga e’tibor bering: ✅ “Tasdiqlangan” — ariza muvaffaqiyatli qabul qilingan va tasdiqlangan; ❌ “Rad etilgan” — arizada kamchilik mavjud yoki ma’lumotlar bo‘yicha muammo aniqlangan. Arizasi rad etilgan talabalar rad etish sababini aniqlash va zarur choralarni ko‘rish uchun zudlik bilan o‘z tyutori bilan bog‘lanishi lozim. ⚠️ Muhim: ariza yuborilganining o‘zi yetarli emas. Har bir talaba arizasi “Tasdiqlangan” holatida ekanligini shaxsan tekshirishi shart. Shuningdek, arizasi tasdiqlangan talabalar zarurat bo‘lmasa “Arizani bekor qilishni istaysizmi?” tugmasini bosmasligi so‘raladi. Arizaning bekor qilinishi grantlarni qayta taqsimlash jarayonida ishtirok etmaslikka sabab bo‘lishi mumkin.

📢 ВНИМАНИЮ СТУДЕНТОВ 1-ГО И 2-ГО КУРСОВ! Сегодня, 27 июля 2026 года, — последний день подачи заявлений на перераспределение образовательных грантов. Студенты 1-го и 2-го курсов, желающие принять участие в перераспределении грантов, но ещё не подавшие заявление, должны направить его через информационную систему my.hemis.uz сегодня до 23:59.
❗️ Примечание: студенты льготной категории, за которыми в соответствии с законодательством сохраняется государственный грант, не подают заявление на перераспределение грантов.
При наличии вопросов относительно принадлежности к льготной категории или необходимости подачи заявления студентам необходимо связаться со своим тьютором и уточнить соответствующую информацию.
⚠️ Важно: не откладывайте подачу заявления на последнюю минуту. После 23:59 возможность подачи заявления будет закрыта. Студенты, не подавшие заявление в установленный срок, не смогут принять участие в перераспределении грантов.

📢 1- VA 2-KURS TALABALARI DIQQATIGA! Bugun, 2026-yil 27-iyul — ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha ariza topshirishning oxirgi kuni. Grantlar qayta taqsimotida ishtirok etish istagida bo‘lgan, biroq hali ariza yubormagan 1- va 2-kurs talabalari bugun soat 23:59 ga qadar my.hemis.uz axborot tizimi orqali ariza topshirishlari lozim.
❗️ Eslatma: qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat granti saqlanib qoladigan imtiyozli toifadagi talabalar grantlarni qayta taqsimlash uchun ariza topshirmaydi.
Imtiyozli toifaga kirish yoki ariza topshirish zarurati bo‘yicha savollar mavjud bo‘lsa, talabalar o‘z tyutori bilan bog‘lanib, holatiga aniqlik kiritishi so‘raladi.
⚠️ Muhim: arizani oxirgi daqiqalarga qoldirmang. Bugun soat 23:59 dan keyin ariza topshirish imkoniyati yakunlanadi. Belgilangan muddatda ariza yubormagan talabalar grantlarni qayta taqsimlash jarayonida ishtirok eta olmaydi.

Repost from HEMIS_University
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma Hurmatli talabalar! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. ▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. 📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas. #ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor 🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi

🎓 Qo‘shimcha davlat granti hamda oliy ta’lim tashkiloti grantiga arizalar qabuli boshlandi! 2025/2026-o‘quv yilida 1- va 2-kursda tahsil olgan, belgilangan ijtimoiy toifaga kiruvchi talabalar o‘zlarining GPA ko‘rsatkichidan kelib chiqib, qo‘shimcha davlat granti yoki oliy ta’lim tashkiloti granti uchun my.hemis.uz axborot tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 🟢 Qo‘shimcha davlat grantiga kimlar ariza beradi? Quyidagi talablarning barchasiga javob beradigan talabalar: ✅ Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan ijtimoiy toifaga kiradigan; ✅ 2025/2026-o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 4,00 va undan yuqori bo‘lgan talabalar. 📌 Qo‘shimcha davlat granti bir o‘quv yili uchun beriladi. Bunda talabaning o‘qitish xarajatlari Davlat budjetidan to‘liq qoplanadi va talaba umumiy tartibda stipendiya bilan ta’minlanadi. 🔵 Oliy ta’lim tashkiloti grantiga kimlar ariza beradi? Quyidagi talablarning barchasiga javob beradigan talabalar: ✅ belgilangan ijtimoiy toifaga kiradigan; ✅ 2025/2026-o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3,30 dan 3,99 gacha bo‘lgan talabalar. Oliy ta’lim tashkiloti granti bo‘yicha to‘lov-kontrakt summasining quyidagi qismi qoplanadi: GPA 3,30–3,39 — 20 foiz; GPA 3,40–3,49 — 30 foiz; GPA 3,50–3,59 — 40 foiz; GPA 3,60–3,69 — 50 foiz; GPA 3,70–3,79 — 60 foiz; GPA 3,80–3,89 — 70 foiz; GPA 3,90–3,99 — 80 foiz. ❌ Kimlar mazkur grantlarga ariza bermasligi kerak? ❌ belgilangan ijtimoiy toifaga kirmaydigan talabalar; ❌ qo‘shimcha davlat granti uchun GPA ko‘rsatkichi 4,00 dan past bo‘lgan talabalar; ❌ OTM granti uchun GPA ko‘rsatkichi 3,30 dan past yoki 4,00 va undan yuqori bo‘lgan talabalar; ❌ bakalavriatda tahsil olmayotgan talabalar; ❌ OTM grantiga 2024/2025-o‘quv yilidan oldin o‘qishga qabul qilingan talabalar. ⚠️ Muhim: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari Nizomda nazarda tutilgan grantlardan faqat bittasi bo‘yicha talabgor bo‘lish huquqiga ega. Shu sababli talaba o‘zining GPA ko‘rsatkichi va toifasiga mos grant turini tanlashi lozim. 📝 Ariza topshirish tartibi ✅ my.hemis.uz tizimiga kiring; ✅ “Mening grantim” bo‘limini tanlang; ✅ “Grant arizalari” menyusiga o‘ting; ✅ “Ariza yaratish” tugmasini bosing; ✅ o‘zingizga mos grant turini tanlang; ✅ talab etilgan ma’lumot va hujjatlarni kiriting; arizani saqlang va tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 15-iyuldan 20-iyulga qadar. ⚠️ Arizani tasdiqlashdan oldin tanlangan grant turi va kiritilgan ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Arizalarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan topshirishingiz so‘raladi.

📢 1- VA 2-KURS TALABALARI DIQQATIGA! 🎓 Davlat ta’lim grantini qayta taqsimlash bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi! 2025/2026-o‘quv yilida 1- va 2-kursda tahsil olayotgan talabalar davlat ta’lim grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etish uchun my.hemis.uz axborot tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. ‼️Kimlar ariza topshirishi mumkin? Quyidagi talablarga javob beradigan talabalar: ✅ 2025/2026-o‘quv yilida 1- yoki 2-kursda tahsil olgan; ✅ keyingi o‘quv yilida tegishlicha 2- yoki 3-kursda o‘qishni davom ettiradigan; ✅ O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan; ✅ joriy o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lgan; ✅ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan va grant tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar.
📌 Hozirda davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar ham grantni keyingi o‘quv yili uchun davom ettirishni istasa, belgilangan tartibda ariza topshirishi lozim. Ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
Kimlar ariza topshirmasligi kerak? ❌ joriy o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan past bo‘lgan talabalar; ❌ O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan talabalar; ❌ hozirda 1- yoki 2-kursda tahsil olmayotgan talabalar; ❌ belgilangan tartibda akademik ta’tilda bo‘lgan talabalar; ❌ akademik mobillik dasturi asosida boshqa oliy ta’lim tashkilotida tahsil olayotgan grant talabalari (ularning granti saqlanadi); ❌ grant tanlovida ishtirok etish istagi bo‘lmagan talabalar. 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅ my.hemis.uz tizimiga kiring; ✅ “Mening grantim” bo‘limiga o‘ting; ✅ “Grant arizalari” menyusini tanlang; ✅ “Ariza yaratish” tugmasini bosing; ✅ o‘zingizga mos grant shaklini tanlang; ✅ zarur ma’lumotlarni kiriting; ✅ “Saqlash” tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 15-iyuldan 20-iyulga qadar. ⚠️ Muhim eslatma! Arizani tasdiqlashdan oldin kiritilgan ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Arizani belgilangan muddatdan kechiktirmasdan topshirishingiz so‘raladi.

Repost from HEMIS_University
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash t
+1
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.202620.07.2026 ⚠️ Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz.

Bahorgi semestr fanlaridan akademik qarzdor talabalar diqqatiga! 🟢 Bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining kunduzgi va masofaviy ta'lim shakllarida tahsil olayotgan 1-, 2- va 3-kurs, shuningdek sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 1-, 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun bahorgi semestr fanlaridan mavjud akademik qarzdorliklarni bartaraf etish, shuningdek bitiruvchi kurs (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun kuzgi hamda bahorgi semestr fanlaridan mavjud akademik qarzdorliklarni qayta o'zlashtirish maqsadida 2026-yil 20-iyuldan boshlab yozgi semestr (intensiv kurslar) tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. 🟢 Shuningdek, turli sabablarga ko'ra (to'lovni kech amalga oshirgan, umuman amalga oshirmagan, to'lovni to'liq to'lamagan yoki boshqa sabablarga ko'ra) 2026-yil iyun oyida kuzgi semestr fanlari bo'yicha tashkil etilgan intensiv kurslarda ishtirok eta olmagan talabalar ham 2026-yil 20-iyuldan boshlanadigan yozgi semestr (intensiv kurslar)da ishtirok etishlari mumkin. 🟢 Bahorgi semestr natijalaridan norozi bo'lib, apellatsiya shikoyati bergan akademik qarzdor talabalarga ham qayta o'qish uchun ariza topshirish, shartnoma rasmiylashtirish hamda belgilangan muddatda to'lovni amalga oshirish tavsiya etiladi. Agar talabaning muayyan fan(lar) bo'yicha bergan apellatsiya shikoyati qanoatlantirilib, akademik qarzdorligi bartaraf etilsa, uning qayta o'qish shartnomasi bekor qilinadi va amalga oshirilgan to'lov belgilangan tartibda qaytarib beriladi. 📝 Akademik qarzdor talabalar 2026-yil **13-iyul (shu kunni ham o'z ichiga olgan holda)**ga qadar https://kontrakt.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali qayta o'qish uchun ariza yuborishlari zarur. 📋 Ariza tasdiqlangandan so'ng, qayta o'qish shartnomasi https://kontrakt.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetda avtomatik ravishda shakllantiriladi. 💰 Shakllantirilgan shartnoma asosida to'lovni bank xizmatlari ofislari yoki onlayn to'lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. ‼️ To'lovni amalga oshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 16-iyul, soat 17:00 gacha. ⚠️ Belgilangan muddatda to'lovni amalga oshirmagan va shu sababli tegishli buyruqqa kiritilmagan talabalar intensiv kurslarda ishtirok eta olmaydi. ⛔️ To'lovni amalga oshirishda to'lov aynan kredit-modul tizimi bo'yicha qayta o'qish (intensiv kurslar) uchun amalga oshirilayotganligiga alohida e'tibor bering. Texnik xatolik tufayli to'lov-kontrakt uchun amalga oshirilgan to'lovlar intensiv kurslar uchun hisobga olinmaydi. —//—//—//—//—//—//—//— Вниманию студентов, имеющих академическую задолженность по дисциплинам весеннего семестра! 🟢 Для студентов 1, 2 и 3 курсов бакалавриата очной и дистанционной форм обучения, а также студентов 1, 2, 3 и 4 курсов заочной формы обучения планируется организация летнего семестра (интенсивных курсов), который начнется 20 июля 2026 года, с целью ликвидации академической задолженности по дисциплинам весеннего семестра. Кроме того, для студентов выпускных курсов (бакалавриата и магистратуры) в рамках летнего семестра будет предоставлена возможность повторного освоения дисциплин, по которым имеется академическая задолженность как за осенний, так и за весенний семестры. 🟢 Также принять участие в летнем семестре (интенсивных курсах), который начнется 20 июля 2026 года, смогут студенты, не принявшие участие в интенсивных курсах, организованных в июне 2026 года по дисциплинам осеннего семестра, по различным причинам (несвоевременная оплата, отсутствие оплаты, неполная оплата либо иные причины). 🟢 Студентам, имеющим академическую задолженность и подавшим апелляционную жалобу по результатам весеннего семестра, также рекомендуется подать заявление на повторное обучение, оформить договор и произвести оплату в установленные сроки. В случае удовлетворения апелляционной жалобы и ликвидации академической задолженности по соответствующей дисциплине(ам) договор на повторное обучение будет аннулирован, а ранее произведенная оплата возвращена в установленном порядке. 📝 Студентам, имеющим академическую задолженность, необходимо до 13 июля 2026 года (включительно) подать заявление на повторное обучение через личный кабинет на платформе https://kontrakt.edu.uz. 📋 После подтверждения заявления договор на повторное обучение будет автоматически сформирован в личном кабинете на платформе https://kontrakt.edu.uz. 💰 Оплату по сформированному договору можно произвести в отделениях банков либо через системы онлайн-платежей. ‼️ Крайний срок оплаты: 16 июля 2026 года до 17:00. ⚠️ Студенты, не осуществившие оплату в установленный срок и в связи с этим не включенные в соответствующий приказ, не будут допущены к участию в интенсивных курсах. ⛔️ При осуществлении оплаты необходимо внимательно проверить, что платеж производится именно за повторное обучение по кредитно-модульной системе (интенсивные курсы). Платежи, ошибочно перечисленные в качестве оплаты основного контракта на обучение, не будут засчитаны в счет оплаты интенсивных курсов.

Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ 2025/2026 – o’quv yili bahorgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari natijalari bugun 10/07/2025-yil soat 10:00 da std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinganligini ma'lum qilamiz. ✅ Yakuniy nazorat imtihonlari natijalaridan norozi bo’lgan talabalar bugun 10/07/2026-yil soat 10:00 dan 13/07/2025-yil soat 10:00 ga qadar std.tsul.uz platformasi orqali apellatsiya shikoyatlarini berishlari mumkin. Здравствуйте, уважаемые студенты! ✅ Сообщаем, что результаты итоговых контрольных экзаменов за весенний семестр 2025/2026 учебного года объявлены сегодня, 10.07.2026 года, в 10:00 через личный кабинет на платформе std.tsul.uz. ✅ Студенты, не согласные с результатами итоговых контрольных экзаменов, могут подать апелляционные жалобы с 10:00 сегодняшнего дня, 10.07.2026 года, до 10:00 13.07.2026 года через платформу std.tsul.uz.

Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ 2025/2026 – o’quv yili bahorgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari natijalari bugun 10/07/2025-yil soat 10:00 da std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinganligini ma'lum qilamiz. ✅ Yakuniy nazorat imtihonlari natijalaridan norozi bo’lgan talabalar bugun 10/07/2026-yil soat 10:00 dan 13/07/2025-yil soat 10:00 ga qadar std.tsul.uz platformasi orqali apellatsiya shikoyatlarini berishlari mumkin. Здравствуйте, уважаемые студенты! ✅ Сообщаем, что результаты итоговых контрольных экзаменов за весенний семестр 2025/2026 учебного года объявлены сегодня, 10.07.2026 года, в 10:00 через личный кабинет на платформе std.tsul.uz. ✅ Студенты, не согласные с результатами итоговых контрольных экзаменов, могут подать апелляционные жалобы с 10:00 сегодняшнего дня, 10.07.2026 года, до 10:00 13.07.2026 года через платформу std.tsul.uz.

📣 Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Antikorrupsiya monitoring guruhi tomonidan anonim so‘rovnoma tashkil etildi. Ushbu anonim so‘rovnomada faol va xolis ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!👇 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSftVbStiNbYGJve8aLpdrJFTlwTYFU0bvMFsvIbPCZuZxO52Q/viewform?usp=publish-editor

📣 Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Antikorrupsiya monitoring guruhi tomonidan tashkil etilgan anonim so‘rovnoma tashkil etildi. Ushbu anonim so‘rovnomada faol va xolis ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!👇 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSftVbStiNbYGJve8aLpdrJFTlwTYFU0bvMFsvIbPCZuZxO52Q/viewform?usp=publish-editor

📢 Вниманию студентов, имеющих академическую задолженность по дисциплинам осеннего семестра! 🟢 Для студентов 1, 2 и 3 курсов бакалавриата очной, заочной и дистанционной форм обучения планируется организация интенсивных курсов летнего семестра для повторного освоения задолженных дисциплин начиная с 8 июня 2026 года. 🟢 Также в интенсивных курсах летнего семестра, которые начнутся с 8 июня 2026 года, могут принять участие студенты 4 курса и магистратуры, которые не смогли участвовать в интенсивных курсах, организованных в мае 2026 года, по различным причинам (поздняя оплата, отсутствие оплаты или неполная оплата). 📝 Студентам, имеющим академическую задолженность, необходимо до 25 мая 2026 года (включительно) подать заявление на повторное обучение через свой личный кабинет на платформе kontrakt.edu.uz. 📋 После утверждения заявления в личном кабинете на платформе kontrakt.edu.uz будет сформирован договор на повторное обучение. 💰 После формирования договора оплату можно произвести в отделениях банков или через онлайн-платёжные системы. ‼️ Крайний срок оплаты: 1 июня 2026 года до 17:00. ⚠️⛔️ Студенты, которые не произведут оплату в установленный срок и, соответственно, не будут включены в приказ, не будут допущены к участию в интенсивных курсах.

📢 Kuzgi semestr fanlaridan akademik qarzdor talabalar diqqatiga! 🟢 Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari 1, 2, 3-kurs kunduzgi, sirtqi va masovaviy ta'lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun 2026-yilning 8-iyun kunidan boshlab qarzdor fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun yozgi semetr intensiv kurslar tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda. 🟢 Shuningdek, turli sababalarga ko‘ra ( to`lovni kech amalga oshirgan , to`lovni amalga oshirmagan yoki to`liq amalga oshirmagan talabalar) 2026-yilning may oyida tashkil etilgan intensiv kurslarda ishtirok eta olmagan 4-kurs va magistratura bosqichi talabalari ham 2026-yilning 8-iyun kunidan boshlanadigan yozgi semetr intensiv kurslar ishtirok etishlari mumkin. 📝Qarzdor talabalar 2026-yilning 25-may (shu kuni)ga qadar https://kontrakt.edu.uz platformasi orqali o'z shaxsiy kabinetidan turib qayta o`qish uchun ariza yuborishlari zarur. 📋Ariza tasdiqlangan soʻng https://kontrakt.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetining oʻzida qayta oʻqish shartnomasi shakllanadi. 💰Shaklangan shartnomani olib, bank xizmatlari ofislari yoki onlayn toʻlov tizimlari orqali toʻlovni amalga oshirishlari mumkin. ‼️Toʻlovni amalga oshirishning oxirgi muddati: 01.06.2026-y. (17.00 gacha). ⚠️⛔️ Belgilangan muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganligi uchun buyruqqa kiritilmagan talabalar intensiv kurslarda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi

📢 Assalomu alaykum hurmatli talabalar! ✅ 2025/2026 – o’quv yili bahorgi semestrida 4-kurslarning bitiruv malakaviy amaliyoti hisobotlari natijalari bugun 18/05/2026-yil soat 14:00 da std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi. 🕙 Bitiruv malakaviy amaliyoti hisobotlari natijalaridan norozi bo’lgan talabalar bugun 18/05/2026-yil soat 14:00 dan 21/05/2025-yil soat 14:00 ga qadar std.tsul.uz platformasi orqali apellatsiya shikoyatlarini berishlari mumkin. 📢 Уважаемые студенты! ✅ Результаты отчетов по преддипломной практике студентов 4-х курсов за весенний семестр 2025/2026 учебного года будут опубликованы сегодня, 18.05.2026, в 14:00 в личном кабинете на платформе std.tsul.uz. 🕙 Студенты, не согласные с результатами отчетов по преддипломной практике, могут подать апелляционную жалобу через платформу std.tsul.uz в период с 14:00 18.05.2026 до 14:00 21.05.2026.

⚖️📢📢📢📢 Уважаемые студенты! Для обеспечения сдачи итоговых контрольных экзаменов весеннего семестра 2025–2026 учебного года в установленном порядке подготовлена видео-инструкция для студентов. В данной видео-инструкции разъясняется работа системы прокторинга, предназначенной для контроля подозрительных и запрещённых действий студента во время экзамена: 1. Данная система осуществляет контроль подозрительных и запрещённых действий во время экзамена, включая: — нахождение за компьютером другого студента; — обнаружение нескольких лиц в кадре; — подключение USB-устройств; — вставку скопированного текста; — закрытие камеры; — сокрытие лица и другие подобные случаи. По указанным действиям системой формируется показатель прокторинга. 2. Работа данной системы не влияет на итоговые баллы студента за экзамен. То есть совершение определённых подозрительных или запрещённых действий не является основанием для автоматического снижения баллов итогового контроля. Также сообщаем, что студентам предоставляется возможность пользоваться Национальной базой данных законодательства Республики Узбекистан — сайтом Lex.uz. Просим всех студентов прибыть в назначенное здание, аудиторию, смену и на своё место проведения экзамена как минимум за 10–15 минут до начала, а также строго соблюдать установленные правила экзамена. Желаем всем студентам успехов и удачи на итоговых контрольных экзаменах! @Law_SSC2