cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Maryam.psy.❤️❤️❤️

Бу каналда факат позитив кайфият, яхшиликлар, музыка, клипы, кино, мотивация,китоблар ва психологик тафсиялар булади. ❤️

Show more
Tajikistan6 927The language is not specifiedFamily & Children8 060
Advertising posts
196
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
00:08
Video unavailableShow in Telegram
#Mulohaza Farzandlaringizni onasi “charchadim” desa, bu shunchaki charchoq emas, bu so‘zning ostida olam-olam ma’no yotishi mumkin. Charchoqga hamma har xil qaraydi, ahir bizda ayollar “charchash”maydi, ayollarga charchash ta’qiqlangan. Ayniqsa uyida mazza qilib “o‘tiradigan” va kun bo‘yi “hech nima” qilmaydigan uy bekalari va onalarga. Aslida u boshqa bir nimadur deyaptiyu, siz uni eshitmayabsiz. “Bag‘ringga bos”. “Mehnatimni qadrla”. “Kim uchundir emas, o‘zim uchun ham yashashimga imkon ber”. “Menga sen uchun qanchalik qadrli ekanimni eslat”. “Yonimdaligingni ayt”. “Biz bugun duch kelayotgan va ertaga hal qilishimiz kerak bo‘lgan musibatlarni birgalikda yengib o‘tamiz” de. U “charchadim” deydi. Lekin, ko‘pligidan sababini ajratib bo‘lmaydigan xavotirlardan asablarini idrab ketganini aytmaydi. “Bundan ham yaxshiroq qilish mumkin edi”dan qochib, “odamlarning kelini palondaqa ekan”ga to‘qishib yiqilganini, vazifasi bo‘lmasa ham yo‘q joydan yelkasiga ortib qo‘ygan mas’uliyatlardan, har kuni to‘rt devor orasida o‘zidan boshqa hammaning ko‘ngliga qarashdan, “Sug‘ur kuni”dek qaytariladigan hayotdan zerikganini, mukammal, yaltiroq bo‘lishdan charchaganini aytmaydi. Avvalgi “o‘zi” bo‘lishni sog‘ingani aytmaydi. To‘g‘ri, farzandlari tug‘ilishi bilan qalbida paydo bo‘lgan va chuqur ildiz otgan mehr-muhabbat uning uchun bebaho, ammo bular mutlaqo boshqa-boshqa tuyg‘ular. Yo‘nalishlarni o‘zgartirishni istashini, uzoq ufqlarga vijdon azobisiz va hech qachon tugamaydigan kundalik tashvishlarsiz sayohat qilishni istashini aytmaydi. Keyinchalik, eslab yuziga tabassum yuguradigan va qalbini mehr-muhabbatga, zavqqa to‘ldiradigan xotiralarni istashini aytmaydi. “Charchadim” deydi. Aslida esa, “meni yupat”, “men bilan bo‘l”, “menga ham vaqt ajrat”, “tilingni shirinroq qil” deyotgan bo‘ladi. Baxt haqidagi o‘ziga hos orzularining eng boshida muhabbat turishini ayta olmaydi. “Charchadim” deydi. Aslida esa, o‘zimni kerakli insondek his qilishimga yordam ber deydi. Mas’uliyat va mehnatning bir qismini o‘z yelkangga ol deydi. U charchagan. Aslida esa, “men ham tanamga g‘amxo‘rlik qilishim kerak” - deyapti. Unga g‘amxo‘rlik qilish, kasal vaqtida davolash, mazali taomlantirish, uxlash, charchoqni chiqarib yuborish, o‘zligini his qilish, go‘zalligini his qilishni istashini anglatadi. O‘ziniki bo‘lmagan yuklarni ko‘taraverib charchagan yelkalari, sizga farzand dunyoga keltiraman deb tanasiga tushgan chiziqlar, quruqshab ketgan terisi, qo‘pollashib ketgan tovonlari, to‘kilayotgan sochlari, ajin tushib boshlayotgan yuzlari parvarishga muhtoj ekanini aytayotgan bo‘ladi. "Jonimga tegdi" deydi. Aslida esa, “shamollab kelishim kerak” deyotgan bo‘ladi. Chunki ichida bir xillikdan, qaytariluvchi nasihat va ta’malardan, ruhiyatini zildek ezuvchi “chida” “sabr qil”lar bilan, bolalaringiz va ota-onangizning injiqliklaridan to‘lib ketgan bir ruhiyati bor uning. Charchoq - bir so‘z xolos. Ortida esa qanchadan-qancha ma’nolar, iltimoslar, jimliklar, ehtiyojlar, sukutlar yashiringan... Ming‘illab jonimga tegding, hamma sharoiting bor, o‘zi ayol zoti tovuqmiya, noshukur bo‘ladi deyishdan oldin, shular haqida o‘ylab ko‘ring... Ayolga ayolligini bermay turib, qanday qilib, qaysi vijdon bilan o‘zingizga boshqa ayol qidirasiz...
Show all...
00:17
Video unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
00:07
Video unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram