🇵🇸 Raimov typing...
Open in Telegram
DS & ML ixlosmandi 👨💻🕸 🕸 📚Ilm: • Andijon 🕸Prezident Maktabi '24 • Toshkent Xalqaro Vestminster Uni🕸ti '27🕸 🕸 💻 Tex. yangiliklar 🗣 Qaynoq suhbatlar ☪️ Diniy va shaxsiy qarashlar 📹 Hayotiy🕸 yozuvlar va boshqalar 🕸✍️ "And Allah is the best of planners
Show more147
Subscribers
No data24 hours
+17 days
+330 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+4
in 0 channels
Get PRO
July '26
+3
in 0 channels
Get PRO
June '26
+1
in 0 channels
Get PRO
May '260
in 0 channels
Get PRO
April '260
in 0 channels
Get PRO
March '26
+2
in 0 channels
Get PRO
February '260
in 0 channels
Get PRO
January '26
+2
in 0 channels
Get PRO
December '25
+4
in 0 channels
Get PRO
November '25
+2
in 2 channels
Get PRO
October '25
+3 441
in 5 channels
Get PRO
September '25
+5
in 1 channels
Get PRO
August '25
+4
in 1 channels
Get PRO
July '25
+6
in 2 channels
Get PRO
June '25
+4
in 0 channels
Get PRO
May '25
+4
in 0 channels
Get PRO
April '25
+6
in 3 channels
Get PRO
March '25
+15
in 1 channels
Get PRO
February '25
+6
in 1 channels
Get PRO
January '25
+13
in 2 channels
Get PRO
December '24
+43
in 0 channels
Get PRO
November '240
in 1 channels
Get PRO
October '240
in 2 channels
Get PRO
September '24
+54
in 9 channels
Get PRO
August '240
in 0 channels
Get PRO
July '240
in 2 channels
Get PRO
June '240
in 1 channels
Get PRO
May '240
in 0 channels
Get PRO
April '240
in 2 channels
Get PRO
March '240
in 2 channels
Get PRO
February '24
+49
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Biz tez rivojlanayotgan retail kompaniyamizga Category Manager Assistant (Koordinator) qidirmoqdamiz.
Agar siz biznes, moda (ayniqsa bolalar kiyimi) va analitik fikrlashga qiziqsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun.
Kompaniya haqida:
Biz bolalar uchun mahsulotlar (0–14 yosh) sotuvchi yirik retail tarmog‘imiz:
Hozirda: 21 ta do‘kon
2026 yil: 44+ ta do‘kon
2027 yil: 100+ do‘kon (target)
Bizda siz real biznes jarayonlarida ishlaysiz, faqat nazariya emas.
Siz nima qilasiz:
Sotuv va mahsulotlar bo‘yicha analiz qilish (Excel / Power BI)
Kategoriya managerlarga assortment rejalashda yordam berish
Mahsulotlar harakati (sell-through, stock, weekly cover) ni kuzatish
Yetkazib beruvchilar bilan ishlashda koordinatsiya
Yangi kolleksiya tayyorlash jarayonida ishtirok etish
Biz kimni qidiryapmiz:
Universitet talabasi yoki yangi bitiruvchi
Excel’ni biladi (basic → intermediate)
Analitik fikrlash bor
Moda / retail sohasiga qiziqadi
Mas’uliyatli va tez o‘rganadigan
Taklif qilamiz:
Oylik: 6 000 000 so‘m
Real biznesda tajriba
Kuchli jamoa bilan ishlash
O‘qitish va mentoring
Career Growth:
Bu rol sizni quyidagi bosqichlarga olib chiqadi:
Assistant
Junior Planner / Buyer
Category Manager
Head of Category / Buying
Eng yaxshi natija ko‘rsatganlar tez rivojlanadi.
Ish joyi:
Toshkent Sh. Sergeli Tumani. Sergeli Metrosi yaqinida
CV’ingizni yuboring: sardorbekuwed@gmail.com yoki @azimats
| 2 | Yoki, bu kanal borligi esilardanam chiqib qogan 🥸 | 116 |
| 3 | Shuuncha vaqt kanalga hech narsa yozilmasayam 158 qora ko’z shu yerda ekan. Qoyil, lekin!
Javob beraman, 80 foizdan ziyod odamlar tanish-bilish — shunga chiqib ketishga tortingan bo’lisaylar kerak-a 😂 | 114 |
| 4 | Kanalni nomini o’zi “Raimov not typing” bo’lishi kerak edi 🦦 | 114 |
| 5 | Qalaysizlar? Nima gaplar? | 120 |
| 6 | Fisht fiyyu 👁️
Tirik jon bormoov 🗣️ | 121 |
| 7 | Imkon Scholars: Иқтидорли ёшлар учун топ университетлар сари имконият
Ўтган йили ёзда қизим 9-синфни бошлаганда, биз уни АҚШдаги IVY League (энг нуфузли университетлар)га тайёрлаш ҳақида ўйлай бошладик. Танишларим Ўзбекистондаги Freshman Academy бу университетларга тайёргарликда ёрдам бериши ва кўплаб ёшларни 100% грант билан ўқишга киритганини айтишди. Шу тариқа мен Yale университети битирувчиси ва Freshman Academy асосчиси Валера билан танишиб, унинг консалтинг хизматларини олдим.
Суҳбат давомида Валера Ўзбекистонда иқтидорли ёшлар жуда кўплигини, аммо кўпчилигининг молиявий имконияти чеклангани сабабли тахминан $8 000 турадиган бундай хизматларни ололмаслигини айтди. Ҳатто айрим ёшлар дунёнинг топ университетларидан $300–400 минглик грант ютиш мумкинлигига ҳам ишонмайди. Яъни, кўп ҳолларда биз ўз имкониятларимизни тўғри баҳолай олмаймиз.
Шунда мен Валерага: «Агар шундай иқтидорли ёшлар бўлса, камида 4 нафарига мен ёрдам бераман», дедим. Валера ҳисоб-китоб қилиб, агар 10 нафар талабага бюджет топилса, харажатларни анча тушириш мумкинлигини айтди. Мен қўшимча 6 нафар талаба учун ҳам маблағ излашни бошладим ва дўстларим билан гаплашдим. Бир нечта дўстларим бу ғояни қўллаб-қувватлашга тайёр эканини билдиришди. Натижада биз 10 нафар эмас, 20 нафар талаба учун маблағ йиғдик.
Икки ой давомида дастурни тайёрладик ва бугун Freshman Academy билан ҳамкорликда молиявий имконияти чекланган 20 нафар иқтидорли талабага дунёнинг топ университетларига киришда ёрдам беришни бошлаяпмиз. Танлов ҳақидаги маълумотни талаба бўлишни истаган танишларингиз билан улашсангиз мамнун бўламиз.
Дастурнинг мақсади — 20 нафар талабага топ университетлардан 100% грант ютишга кўмаклашиш. Бу ёрдам эвазига сўраладиган ягона нарса эса — келажакда Ўзбекистон ва ўзбекистонликлар ривожига ҳисса қўшиш.
Тўлиқ маълумот ва ариза топшириш учун: https://imkon.org
Шунингдек, ушбу ташаббусни қўллаб-қувватлаган дўстларимизга алоҳида миннатдорчилик билдираман:
Зафар Хашимов, Мурод Назаров, Лазиз Адҳамов, Ботир Арифжанов, Иброҳим Мамасаидов, Анвар Ирчаев, Алишер Тожиев ва Ҳикмат Абдурахманов.
Дастур бўйича янгиликлар ва тажрибалар билан мунтазам бўлишиб бораман.
Видео ҳажми катта бўлгани сабабли, уни бу ерда томоша қилишингиз мумкин.
@paiziev24 | 130 |
| 8 | Izg’irin sovuq bo’lishiga qaramasdan quruvchi tog’alar tinim bilmay ishlashmoqda. Chunki, har-birining uyida ahli oilasi ulardan umidvor. Hech bo’lmasa 2ta non ko’tarib kirishlari kerak…
Ular otalar…
Toshkentda qor bo’ron 🌨️
@raimovTypes | 205 |
| 9 | ❗️Rossiyaning iflos propagandasi yana asl basharasini ko‘rsatdi: Solovyov Markaziy Osiyoda ham harbiy harakatlar olib borishga chaqirdi
Putin Rossiyasining asosiy tili va propagandachisi Vladimir Solovyov jonli efir paytida Ukrainaga qilingan bosqinchilik paytidagi bahona, ya’ni milliy xavfsizlikni himoya qilish niqobi ostida Markaziy Osiyo davlatlariga ham harbiy hujum (ularning tilida “maxsus harbiy amaliyot”) qilish kerakligini ta’kidlagan. Ta’sir doirasidagi hududlarga hujum qilishda xalqaro huquqqa hamda Yevropaning fikriga tupurib qo‘yish kerakligini aytgan. Bu esini yegan ahmoqning videosini kanalga joylab o‘tirmayman, bunaqa jirkanch gaplarni tarqatishni xohlamayman.
Bu kabi gaplarni birinchi marta ko‘rmayapmiz. Zaxar Prilepin O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqida yoki Mixail Smolin 1917-yilgacha o‘zbek va qozoqlar millat sifatida mavjud bo‘lmagani, bular rus inqilobidan keyin sun’iy yaratilgan millatlar ekanligi haqida gapirganini eslasak kifoya.
Aslida-ku, Solovyov kabi esini yegan ahmoqlarning gapi e’tibor berishga ham arzimaydi. Lekin boshqa jihati bor.
Rossiya taktikasi shunaqa, Hukumat xohlayotgan gaplarni qo‘shtirnoq ichidagi jamoat faollari tilidan ayttirishadi. Ya’ni bu tasodifan aytilgan gaplar emas, Kremlda yopiq eshiklar ortida muhokama qilingan va keyin pastga tushirilgan tezislar bo‘lish ehtimoli katta. Bu orqali Rossiya Hukumati jamoatchilik reaksiyasini kuzatadi, jaa do‘ppi tor kelsa, bu o‘zining shaxsiy fikri, bizga aloqasi yo‘q, degan shablon gap bilan qutiladi.
Ukrainaga urush ochishdan avval ham shunaqa bo‘lgan edi, uzoq yillar davomida rus propagandasi Ukraina davlati qadimdan mavjud bo‘lmagani, bunaqa millat yo‘qligi, Ukrainani qo‘shib olish kerakligi haqida tinimsiz gapirgan va keng jamoatchilikka shu g‘oyalarni targ‘ib qilgan. Natijasini esa mana 4 yildan buyon ko‘ryapmiz. Xayriyatki, jasur ukrain xalqi o‘z davlatini bosqinchilar qo‘liga qo‘shqo‘llab tutqazib qo‘ymadi, oxirgi tomchi qoni qolgungacha himoya qilishyapti. Qahramonlarga sharaflar bo‘lsin!
❓Nima qilish kerak?
1️⃣ Eng avvalo o‘qish kerak, ta’limni va kasbga tayyorlashni kuchaytirish kerak. Ha, bu g‘alati tuyulishi mumkin, Solovyovning gapi qayerda-yu, o‘qish qayerda. Lekin bizning Rossiya ta’sir doirasidan chiqib ketishimiz uchun eng avvalo millionlab kadrlarimiz faqat Rossiya mehnat bozorida emas, eng avvalo o‘zimizda ish topa olishi, va undan keyin boshqa xorijiy mamlakatlarda mehnat qila oladigan malakaga ega bo‘lishlari kerak. Chunki Rossiya migrantlarimizdan “jonli asirlar” sifatida foydalanishi ahmoqqa ham ma’lum.
2️⃣ Ikkinchidan, iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishda, xalqaro hamkorlikni kuchaytirib, O‘zbekiston uchun yangi bozorlar topishda davom etishimiz, biznesni rivojlantirish, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish va iqtisodiyotimizdagi liberal qarorlarni ko‘paytirishimiz kerak.
3️⃣ Uchinchidan, Zaxar Prilepin, Mixail Smolin va esini yegan Vladimir Solovyovni “persona non grata” deya rasman e’lon qilish, ularning O‘zbekistonga kirishini taqiqlash kerak. Buning uchun allaqachon qonun ham qabul qilib qo‘yganmiz, huquqiy asosimiz bor.
Axir O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy tuzumi va suverenitetiga qarshi gapirgan xorijliklarni nima uchun “persona non grata” deb e’lon qilmasligimiz kerak?
4️⃣ To‘rtinchidan, Tashqi ishlar vazirligi bu borada alohida bayonot berishi, Rossiya elchisini zudlik bilan chaqirtirishi va Solovyov fikrlariga izoh talab qilishi kerak. Faqat o‘tgan safar Zaxar Prilepinning gapidan keyin rus elchisini “taklif qilganimiz” kabi sharmanda bo‘lmaylik. Elchilar bunaqa holatda taklif qilinmaydi, chaqirtiriladi!
Hozircha shular.
So‘zim so‘ngida avvalgi gaplarimni yana takrorlayman:
‼️ Uyg‘onaylik, xaloyiq, uyg‘onaylik! Ko‘zimizni kattaroq ochaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish uchun aqlimizni ishlataylik. Agar hozir aqlimizni ishlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uchun qurol ishlatishga majbur bo‘lib qolamiz.
👉@xushnudbek👈 | 226 |
| 10 | Your success depends on how consistently you can do what’s right even when it’s hard.
@raimovTypes | 262 |
| 11 | 50-streak qilgan kunim, odamlarni yig’ib volleybol tashkil qilaman. Bugun, maktabda maza qildik volleybol o’ynab.
100-streak’da esa, biror joyga aylanishga boraman. Bu tog’ bo’lishi mumkin, yoki boshqa joy.
Menga motiv bo’ladi bu… | 73 |
| 12 | AI orqali video roliklar tayyorlashni o’rganib qo’yish kerak. Kompaniyalar arzon va tez tayyor bo’lgani uchun AI bilan tayyorlangan reklamalarga o’tishyabdi ekan.
Yaxshi pul qilsa bo’ladi…
@raimovTypes | 312 |
| 13 | 24056760000000
Bu shunchaki tasodifiy raqamlar emas!
Xabarlarga qaraganda Meta Manus AI startapini tepada yozilgan summadan qimmatroqqa sotib olibdi. Bu Zark Muckerberg tomonidan “bold” qadam bo’libdi.
p.s: Tepadagi son 2 milliard dollarni o’zbek so’miga o’tkazilgani.
O’zi tepadagi sonni o’qiyolasizmi 👀
@raimovTypes | 312 |
| 14 | 🤣🤧. | 52 |
| 15 | Manfaat
Shogirlar bilan kechagi suhbatdan…
2007-yilda AQShning Texas shtatida bir tadbirkor cherkov yonida aroq do‘koni ochmoqchi bo‘ladi.
Cherkov jamoasi bunga keskin e’tiroz bildiradi.
Ular har kecha aroq sotuvchiga qarshi ibodat qilib, duo qiladi.
Bir kuni tasodifan do‘kon yonib ketadi.
Cherkovdagilar buni Yaratganning duolarini qabul qilgani deb bilib, shukrona anjumani o‘tkazishadi.
Shundan so‘ng aroq sotuvchi cherkovni sudga beradi.
U duolar sabab do‘koni yonib ketganini aytib, ikki million dollar tovon talab qiladi.
Cherkov esa buni qat’iyan inkor qiladi:
ibodat va duo hayotga, voqealarga hech qanday ta’sir qilmaydi, deya bayonot beradi.
Sudya ishni ko‘rib chiqib shunday deydi:
“Bu ishga qanday hukm chiqarishni ham bilmay qoldim.
Chunki hujjatlarga qarab,
duoga ishonmaydigan cherkovni
va duoning kuchiga ishongan aroq sotuvchini ko‘ryapman.”
Ba’zan muammo e’tiqodda emas, manfaat boshlanganda e’tiqoddan voz kechishda bo‘ladi.
Til bilan aytilgan ishonch
birinchi manfaat sinovida sinadi.
Kim duoga ishongan,
kim esa faqat foydasi bor joygacha ishongan. shunda ayon bo‘ladi: | 306 |
| 16 | No text... | 77 |
| 17 | Savol: Siz qanday ishni egallamoqchisiz?
U ishni yaxshi to’lagani uchun tanladingizmi yoki o’ziz yoqtirganingiz uchunmi?
Keling, savolni o’zgartiramiz:
— Dunyoda barcha ishlar bir xil summa to’laganida, qaysi kasbni tanlagan bo’lardingiz?
O’ylab ko’ring…
Xo’sh, yaxshi to’lagani uchun tanlagan ekansizmi yoki yoqtirganingiz uchun?
@raimovTypes | 347 |
| 18 | 🔴 Live from GDG
@raimovTypes | 361 |
| 19 | 📍Shvetsariya 06/12
@raimovTypes | 295 |
| 20 | Ijtimoiy tarmoqlar haqida qisqacha:
— Agar, mahsulot uchun to’lov qilmasangiz, mahsulot sizsiz.
@raimovTypes | 266 |
