538
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
538
Jigarli taomni yaxshi ko’rasizlarmi? 😋
Kerakli masalliqlar:
Jigar
Piyoz
Kartoshka
Tuz
O’simlik yog’i
Suv
Tayyorlanishi videoda to’liq ko’rsatilgan 👆🏻
RETSEPT YOQsSA YURAKCHA QOLDIRING ❤️
.
.
.
#food #foodie #foodporn #foodblogger #shashlik #delicious #chocolate #foodlover #restaurant #dinner #lunch #breakfast #cooking #dessert #pizza #шашлик #dovuchcha #foodies #tasty #chef #foodgasm
538
Zebra pirog 🥮
Kerakli masalliqlar:
🥮 3 ta tuxum
🥮 Bir chimdim tuz
🥮250 gr shakar
🥮 250 ml kefir yoki qatiq
🥮2 choy qoshiq razrixlitel
🥮 150 ml o’simlik yog’i
🥮 1 choy qoshiq vanilin
🥮 300 gr un
🥮 qoshiq kakao
Tayyorlanishi:
Tuxumga bir chimdim tuz toz solib ozgina ko’pirtirib olamiz. Ketidan shakarni solib oppoq massa hosil bo’lguncha 2-3 minut ko’pirtiramiz.
Keyin kefir va razrixlitelni solamiz. Yog’ni ham solib aralashtiramiz. Va albatta bir choy qoshiq vanillinni ham solib aralashtiramiz. Undan bir qoshiq olib qolamiz va qolganini elakdan omtkazib solamiz va mixer qilamiz.
Massamizni 2 ta bir xil kosaga tengma teng quyamiz. Birinchi kosaga kakao, ikkinchi kosaga 1 qoshiq unni solamiz va aralashtiramiz.
2 xil rangdagi xamirlarimiz tayyor. Endi duxovkaga qo’yiladigan idishga pergament qog’oz solib 2 xil massamizda 2 qoshiqdan ustma ust quyib chiqamiz.
Zebra hosil bo’lgach taxta cho’p bilan naqsh chizamiz.
180 gradusda 40 daqiqada pishiramiz.
Pirogimiz tayyor, issiq holida dasturxonga tortamiz 🥮😋
538
Mavsumbop taom 😋
Kerakli masalliqlar:
🎃 Qovoq (4 kiloli)
🎃Qo’y go’shti
🎃Piyoz 2 ta
🎃Sarimsoq 5-6 bo’lak
🎃Sabzi 1 ta
🎃Kartoshka 4 ta
🎃Balgarskiy (qizil va yashil) 1 tadan
🎃Ko’katlar (kashnich, ukrob)
🎃Tuz, koriandr, paprika
🎃O’simlik yog’i
🎃Yarim stakan suv
538
Like bosgan qo’llar dard ko’rmasin ❤️
Gulkaram va broccoli bilan salat
Kerakli masalliqlar:
🥒 Gulkaram
🥒 Broccoli
🥒Qizil va yashil balgarskiy
🥒Baqlajon
🥒Kraxmal
🥒Xoxishga qarab go’sht
🥒Pomidor
🥒 Bodring
🥒Sarimsoq
🥒Ko’kat
🥒Qizdirilgan yog’
Tayyorlanishi:
Baqlajonni kraxmalga belab, qovurib olamiz. Gulkaram va broccolini 5 minut tuzli suvda qaynatib olamiz.
Qolgan masalliqlarni ko’rsatganimdek to’g’rab hammasini bitta idishga solamiz. Sarimsoq ustidan qizdirilgan yog’ quyamiz va aralashtiramiz.
Mazali salatimiz tayyor 😋
538
«Турецкий кекс» 😍
Eng avval like bosing va albatta saqlab oling.
Kerakli masalliqlar:
Keks uchun:
🍰 3 ta tuxum
🍰 bir chimdim tuz
🍰 300 gr shakar
🍰 1 choy qoshiq vanilin
🍰 150 ml sut
🍰 50 ml o’simlik yog’i
🍰 un
🍰 2 choy qoshiq razrixlitel
🍰 Propitka uchun 300 ml sut
Krem:
🍰 700 ml sut
🍰 2 choy qoshiq un
🍰 1 choy qoshiq kraxmal
🍰 1 choy qoshiq vanilin
🍰 yarim piyola shakar
🍰 70 gr sariyog’
Tayyorlanishi videoda to’liq ko’rsatilgan 🫶🏻
538
Kechki ovqat yoki obed uchun mazali taom 😋
Kerakli masalliqlar:
Qiymali ruletlar uchun
Xamiriga:
🥟200 ml suv
🥟 tuz
🥟 Un
Nachinkasiga:
🥟200 gr qiyma
🥟 1 ta piyoz
tuz va ziravorlar
Dimlamasiga:
🥟O’simlik yog’i
🥟 Go’sht
🥟 piyoz
🥟Sabzi
🥟Kartoshka
🥟Balgarskiy
🥟 Karam
🥟 Tomat
🥟Tuz va ziravorlar
🥟Suv
Tayyorlanishi:
Iliq suv va tuzga qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz va 10 minutga tindiramiz. Bu vaqtda farshga 1 ta piyozni qirg’ichdan o’tkazib solamiz. Xoxishga qarab tuz va ziravorlar solamiz va aralashtiramiz.
Xamirni yupqa yoyib qiymamizni solib tekislab yoyib chiqamiz.
Keyin rulet shaklida o’rab 3-4 sm dan qilib kesib olamiz. Rulet tayyor.
Tova yoki qozonga yog’ quyib, go’sht, piyoz, sabzi, balgarskiy, sarimsoqni solamiz. Gaz o’chiq bo’lishi kerak. Ustidan tomat tuz va ziravorlar solib suv quyamiz. Karamni terib chiqamiz, karamni ustidan esa qiymali ruletlarnj teramiz va ustini yopib 40-45 minutga dimlab qo’yamiz.
Mazali taomimiz tayyor, retsept yoqqan bo’lsa like bosib obuna bo’lishni unutmang ❤️
538
Ovsyankali pechenye 🍪
Kerakli masalliqlar:
🍪Banan 2-3 dona
🍪 2 qoshiq Yeryong’oq pastasi
🍪 1 kosa ovsyanka
🍪 Shokolad ta’bga qarab
Shu masalliqlardan 2 ta kichik listda pechenye chiqdi 🍪
Like bosgan qo’llar dard ko’rmasin ❤️
538
Gruzincha taom “Chashushuli” 🇬🇪 tayyorlaymiz 😋
Kerakli masalliqlar:
🥩 Go’sht 500 gr
🛢️O’simlik yog’i 3 osh qoshiq
🧅 3 ta piyoz
🍃 Quritilgan rayhon, tuz
🍃parika, 0.5 qoshiq shakar
🍅 4 ta pomidor
🫑 3 ta qizil balgarskiy
💧1 stakan qaynoq suv
🥬 kinza va sarimsoq
Tayyorlanishi:
Tovaga o’simlik yog’i quyib, go’shtni solamiz va yaxshilab qovuramiz. Keyin esa piyozni solamiz.
Bu orada qaynagan suvga pomidorni ustini ozgina ko’rinishda kesib 10 minutga qoldiramiz
Tovadagi go’shtga ta’bga ko’ra tuz, shakar, paprika,quritilgan rayhon, tomat pastasi solib yaxshilab aralashtiramiz.
Endi boyagi pomidorni ustini olib tashlaymiz va kubik shaklda to’g’rab olamiz. Balgarskiyni uzunchoq to’g’raymiz va ikkalasini ham tovadagi go’sht ustidan solamiz. Aralashtiramiz va qaynoq suv quyib 2 soat dimlam past olovda pishiramiz.
Bu taomni asl retseptida achchiq qalampir ham solinadi. Biz achchiq yemaganimiz sabab men solmadim.
Yoqimli ishtaha, video yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
538
Okroshka 🥣 🧊
Kerakli masalliqlar:
🥒 Svejiy bodring
🥩 Qaynatilgan go’sht
🥚 Qaynatilgan tuxum
🥔 Qaynatilgan kartoshka
🥬 Ukrop
🍶 2 qoshiq qaymoq
🍶 Yarim litr kefir (qatiq ishlatsa ham bo’ladi
🧂Tuz va murch
💧Yarim litr muzdek suv
Tayyorlanishi:
Barcha masalliqlarni mayda kubik shaklda to’g’rab kattaroq idishga solamiz. Ustidan qaymoq va kefirni solamiz. Tuz va murch solib, muzdek suv quyamiz. Suv qaynatilgan yoki mineral suv bo’lishi kerak.
Ishoning bu eng mazali okroshka 🧊❄️
Xoxishga qarab rediska ham solishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha, retsept yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
538
Tabiiy muzqaymoq 🍨🍦🍦
Kerakli masalliqlar:
-sutli plitka shokolad 3 ta + 1 qoshiq o’simlik yog’i (birga eritamiz) 🍫
-Qaymoq 35% li 400 gr 🥛
-Quyultirilgan sut (sgushonka)-3 osh qoshiq🥛
-vanilin
Tayyorlanishi:
Malochniy shkalatni 1 qoshiq yog’ bilan eritib olamiz
Erigan shkalatni bir martalik stakanlarga quyib, bir xil qilib aylantirib chiqamiz va 15 daqiqaga muzxonaga qo’yamiz
Bu orada muzqaymoq asosini tayyorlab olamiz.
Qaymoqni mixer qilamiz va quyultirilgan sut quyamiz, va yana yengil mixer qilamiz
Stakanchalarni muzxonadan olib, qaymoqli massamizdan solib chiqamiz
Kamida 5 soat muzxonada qoldiramiz. Men bir kechaga qoldirdim
Tayyor bo’lgach stakanni tepa qismini ozgina qirqib olamiz va sekin hamma joyini olib tashlaymiz.
Muzqaymoq tayyor, retsept yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
SHU MASALLIQLARDAN 4 TA KATTA KATTA MUZQAYMOQ CHIQDI 🍦(6 ta chiqadi deb o’ylagandim 😂)
538
Go’shtli salat 🤗
Kerakli masalliqlar:
Bodring 3 ta 🥒
balgarskiy qizil va yashil yarimtadan🫑
pomidor 2 ta 🍅
go’sht 🥩
tuz va ziravorlar 🧂
sarimsoq 4 zubchik🧄
ko’katlar 🥬
2 osh qoshiq soya sousi 🍶
Qizigan hidsiz o’simlik yog’i 3-4 qoshiq 🍶
Tayyorlanishi videoda to’liq ko’rsatilgan 👆🏻
Retsept yoqqan bo’lsa like va komment qoldirishni unutmang ❤️
538
Salatni ko’rishiga nima deysizlar? 😋🔥
Video retsept qoldiraman, ungacha sizlar reaksiya qoldirib turinglar 🔥💖👏🏻👍🏻
538
Ko’pchilikni uyida uchraydigan holatni, bitta videoda mujassam qildim 😂
Hmm, bilmasam 🤔
O’zing bilib qilaver 😋
Bolalar nima yesa o’shani yeyman 😊
Hammasini bitta qilib yuvdim, to’g’radim, qozonga solib dimladim qo’ydim 🤣🤣🤣
Sizlarda ham shunaqamii??
538
Kanaldan chiqib ketishga shoshilmang, eng oddiy, eng oson, eng mazali retseptlar hali oldinda ❤️
538
Mazali tiftel 😋
Retseptni saqlab olishdan oldin yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
Kerakli masalliqlar:
-qizil va yashil balgarskiy (yarimtadan)🫑
-farsh 400 gr meat 🥩
-1 ta katta piyoz 🧅
-tuz va ziravorlar 🧂
-pishloq 🧀
Qaylasi uchun:
-yog’ (1 qoshiq)
-1dona piyoz 🧅
-2 dona pomidor 🍅
-1 osh qoshiq tomat 🍅
-1 piyola suv 💧
-tuz va ziravorlar 🧂
-2 zubchik sarimsoq va ko’kat🍃
-pishloq 🧀
Tayyorlanishi:
Balgarskiyni mayda to’g’rab olamiz. Kattaroq idishga farsh, qirg’ichdan chiqarilgan piyoz, balgarskiy, tuz va ziravorlarni solib yaxshilab aralashtiramiz va urib urib pishitib olamiz.
Hosil bo’lgan massadan yumaloq koptokchalar yasab olamiz. Xoxishga qarab ichiga sir solamiz.
Koptokchalarni qizigan yog’da ikki tomonini qizartirib qovurib olamiz.
Boshqa tovada yog’ga Piyoz Pomidor, tomat, tuz va ziravorlar, ko’kat va sarimsoqni solib biroz qovuramiz. Ozgina suv quyib shu qaylaga koptokchalarimizni solamiz, xoxishga qarab yana sir va pomidor solamiz va 15 minutga dimlaymiz.
Mazali taom tayyor 😍
