538
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
538
Mayin salat
Kerakli masalliqlar:
• Karam
• Qizil balgarskiy
• Xoxishga qarab piyoz
• Bodring
• Qizil sabzi
• Jo’xori konservasi
• Qaynatilgan go’sht
• Ukrob
• Mayonez538
Taomlar shohi osh 😋
Kerakli masalliqlar:
✅ 300 gr qo’y go’shti
✅ 2 ta piyoz
✅ 3 ta sariq sabzi + 2 ta qizil sabzi
✅ 400 ml suv
✅ 3 cho’mich yog’
✅ 0.5 kg guruch
✅ Ta’bga qarab no’xat, tuz, zira.
538
Go’shtli salat
Kerakli masalliqlar:
✅ 200 gr go’sht
✅ 1 ta pomidor
✅ 1 ta bodring
✅ Qizil va yashil balgarskiy yatimta
✅ Yarim bog’ ko’k piyoz
✅ Tuz, koriandr, paprika
✅ 3 bo’lak sarimsoq
✅ 1 choy qoshiq soya sousi
✅ 1 piyola suv
Tayyorlanishi:
Go’shtni o’rtacha qizartirib qovurib olamiz. Keyin soya sousi quyib bi ikki aylantiramiz va suv quyib 20 minutga past olovga dimlab qo’yamiz.
Bu orada qolgan barcha masalliqlarimizni somoncha shaklida to’g’rab olamiz.
Go’sht suvini tortib tayyor bo’lgach, tuz va ziravorlar hamda sarimsoqni solib bir ikki aylantirib tagini o’chiramiz. Keyin boshqa masalliqlar bilan aralashtiramiz.
Ajoyib mazali salatimiz tayyor ❤️
538
Ushbu tarelkadagi mevalar 26 ming so’mlik.
Sizningcha bu, qimmat, o’rtacha, arzon?
👍🏻 -arzon, o’rtacha
👎🏻- qimmat
538
Tepsi kebap
Kerakli masalliqlar:
• 300 gr laxim go’sht
• 2 ta piyoz
• 4 bo’lak sarimsoq
• 2 ta kartoshka
• 2 ta pomidor
• 2 ta balgarskiy (qizil, yashil)
• 1 ta baqlajon
• 1 stakan suv
• 2 qoshiq tomat pastasi
• Tuz, zira, koriandr, paprika
• Sariyog’ 50 gr
Teyyorlanishi:
Go’sht, piyoz va qolgan barcha masalliqlarni kubik shaklda to’g’rab olamiz.
Hammasini duxovkaga solinadigan idishimizga solamiz. Alohida idishda
tomat pastasi, tuz va ziravorlarga suvni quyib sous tayyorlab olamiz.
Sousimizni masalliqlarni ustidan quyib idishimizni qopqog’ini yopib 1 soatga marinovka qilishga qoldiramiz. Keyin olib sariyoq bo’lakchalarini solib qopqog’ini yopib 1.5 soatga duxovkaga yuboramiz.
Qarabsizki mazali taomimiz tayyor. Yumshoqqina non va ayronlar bilan tanovul qilsangiz ayni muddao 💖
Retsept yoqqan bo’lsa ❤️ qoldirishni unutmang.538
Kerakli masalliqlar:
✅ Kapchonnaya kolbasa
✅ Qattiq pishloq
✅ Svejiy yoki tuzlangan bodring
✅ Qaynatilgan tuxum
✅ Jo’xori
✅ Mayonez
Tayyorlanishi:
Barcha masalliqlarni somoncha to’g’rab, mayonez solib aralashtiramiz.
Oson va mazali salatimiz tayyor 😋
Retsept yoqqan bo’lsa reaksiya qoldiring
😍❤️💖🥰
538
90 ming so'mlik xarid qiling, 45 ming so'm to'lov qiling.
Yoki 100 ming so'mlik xarid giling, 55 ming so'm to'lang.
Yandex eats ilovasida 90 mingdan boshlangan Xaridingizga 45 ming so'm chegirma qilib beriladi.
Buning uchun promo kod degan joyiga ushbu promo kodni kiriting:
45FH6FKC
Bu imkoniyatdan albatta foydalanib qoling va yaqinlarga ham ulashing
Sizni biiir lavash, burgerlar bilan siylashsin 😉
538
Assalomu alaykum, pazandalarim.
Sizlarga ajoyib yangiligim bor 💖
Salatlar bo’yicha online kurs ochdim.
Kursda siz rasmdagi 10 xil salatlarni o’rganasiz.
Kurs narxi 50 ming so’m, lekin bugundan boshlab 3 kun skidka.
Skidkada kurs narxi 30 ming so’m.
Savollar bo’lsa @muyassarkh ga murojaat qiling 😊
538
Dona dona guruch 😍
Kerakli masalliqlar:
• 4 osh qoshiq o’simlik yog’i
• Yarimta piyoz
• Yarimta qizil sabzi
• 1 paxta gulli kosada guruch
• 1 choy qoshiq tuz
• 1 kosa to’la suv
• 100 gr yashil gorox
• 100 gr jo’xori
Tayyorlanishi:
Tovaga yog’ quyib qizigach piyozni solib tilla rang tusga kirguncha qovuramiz.
Keyin sabzi va guruchni ham solib bir ikki aylantiramiz va suv quyamiz. Qopqog’i ochiq holda suvi kamayguncha o’rta olovda qaynatamiz.
Suvi kamaygach garox va jo’xorini solib aralashtirib, suvi tugaguncha qopqog’ini yopib qoldiramiz.
Qarabsizki mazali guruch tayyor, steyk, tovuq yoki kotletlar bilan birga dasturxonga tortasiz. Mazali guruchimiz tayyor ❤️
Retsept yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️538
Yorqin mazali salat 😋
✅ Svetofor balgarskiy
✅ Svejiy bodring
✅ Pomidor
✅ Qaymatilgan go’sht
✅ Zelyonix gorox
✅ Tuz, paprika, koriandr 1 choy qoshiqdan
✅ 1 qoshiq soya sousi
✅ 2-3 qoshiq qizigan o’simlik yog’i
✅ Ko’kat
538
Go’shtli pirog 😋
Kerakli masalliqlar:
Xamiri uchun:
✅ 200 gr shedroe leto yoki o’zingiz xoxlagan sariyog’
✅ 1 piyola kefir
✅ 2 dona tuxum
✅ 1 choy qoshiq soda
✅ Tuz 1 choy qoshiq
✅ Keragicha un.
Nachinkasi uchun:
✅Qiyma 500 gr
✅ ozgina dumba yoki chavri
✅ Piyoz 2 ta katta
✅ Kartoshka (ta’bga qarab)
✅ Yog’ (yarim piyolacha)
✅ Tuz va ziravorlar.
Shedroe letoni un bilan qirg’ichdan o’tkazib olamiz.
Qatiq, tuxum, tuz, sodani aralashtiramiz va unli massaga quyib, qo’lga yopishmaydigan yumshod xamir
qoramiz.
Xamirimiz 10-15 minut tinguncha, nachinka tayyorlab olamiz.
Keyin xamirni olib 2 ga bo’lib olamiz, katta va kichik qilib.
Pech listimizga moslab, katta xamirimizni yoyamiz, listga yoyib, nachinkamizni solamiz.
Keyin ikkinchi kichik bo’lakli xamirimizni yoyib,pirog
ustini shu xamirimiz bilan yopamiz.
Chetlarini yaxshilab berkitamiz. Ustiga tuxum
surib, xoxishgaqarab sedana yoki kunjut bilan bezatamiz.
Qizib turgan pechda 180 gradusda qizarguncha shoshmasdan pishirib olamiz.
538
Non botirib yeydigan taom 😋
Kerakli masalliqlar:
✅ Mol go’shti
✅ Sabzi
✅ Piyoz
✅ Kartoshka
✅ Tuz, paprika, koriandr, maydalangan zira
✅ Suv
✅ Qovurish uchun o’simlik yog’i
Pomidor marinovad @ dan 😋
Tovaga yog’ quyib, go’shtni seli chiqquncha qovuramiz. Piyoz sabzi, hamda ziravorlarni solib bir ikki aylantirib olamiz. Keyin kartoshkani ham solib ozgina qovuramiz va 1 stakan suv quyamiz.
Qopqog’ini yopib 1 soat dimlab pishiramiz. Qarabsizki mazali taomimiz tayyor 😋
Video yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
538
Qatiqdan oddiygina lekin mazali pirog.
Retseptni saqlab oling hamda like bosishni unutmang ❤️✅
Kerakli masalliqlar:
✅ tuxum 4 dona
✅ 1 kosa shakar
✅ 1 kosa qatiq
✅ 1 piyola yog’
✅ 15 gr razrixlitel
✅ 1 choy qoshiq
✅ 500 gr un
Tayyorlanishi:
Tuxum bilan shakarni oppoq bo’lguncha mixer qilamiz. Keyin qatiq va yog’ni solib yana mixserlaymiz. Unni elakdan o’tkazib solamiz, razrixlitel hamda vanilinni ham unutmaymiz. Yengil mixer qivolamiz. Xamir tayyor bo’lganda mixerni ko’targaningizda izli bo’lib oqib tomib tushishi kerak. Og’irgina xamir bo’ladi. Xoxishga qarab nachinka solamiz, mayiz yong’oq shkalat…
Nachinkaninsolib lapatkada aralashtiramiz.
Massamizni duxovkaga qo’yiladigan yog’langan idishimizga solib, 180 gradusda yarim soatda pishiramiz. Yana hamma o’zini duxovkasini yoki pechini yaxshi biladi. Shunga qarab pishirib olasizlar.
Mazali pirogimiz tayyor ❤️
Retsept yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
538
Go’sht say 😋
Saqlab oling ✅
Kerakli masalliqlar:
✅ O’simlik yog’i 5 qoshiq
✅ Go’sht 300 gr
✅ Piyoz 1 dona
✅ Qizil va yashil balgarskiy 1 donadan
✅ Tuz, koriandr, paprika
✅ Soya sousi 3 qoshiq
✅ Selderey, ukrop, kinza
Tayyorlanishi:
Go’shtni yupqa parrak to’g’rab olamiz. Tovaga yog’ quyib, go’sht, tuz va ziravorlar, sarimsoqni biron ketin solib qovuramiz. Keyin soya sousini quyib 15 minutga dimlab qo’yamiz.
Keyin balgarskiy va pekin karamini solib 3 minut, piyozni solib 1 minut qovuramiz. Ketidan pomidor va ko’katlarni ham solib 1-2 aylantirib gazni o’chiramiz. Qarabsizki mazali go’sht sayimiz tayyor 😋 Xoxishga qarab guruch yoki boshqa garmirlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Video yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
538
1 yilgacham aynimay, chiroyli saqlanib turadigan mazali go’sht pishiramiz 🤤
Muhim: Qovurdoqdan qolgan yog’ni keyinchalik bemalol boshqa ovqatlarga yoki somsalarga ishlatish mumkin. Ovqatlarni judayam shirin qiladi 🤤
Tayyorlanishi:
Dumbani to’rtburchak shaklda to’g’rab eritib olamiz. Dumba yog’iga o’simlik yog’idan ham solib qizitib go’shtlarimizni solamiz. Past olovda sho’rva kabi miltillatib 2-3 soat pishiramiz. Go’sht yumshagandan keyin kattaroq idishga olamiz va ustidan ko’milgunicha yog’idan quyamiz. Yog’ go’shtni ko’mishi kerak, shunda 1 yilgacham aynimay turadi 🔥
Xoxlagan payt olib yeyaverasiz, judayam mazali bo’ladi 😋
538
Qarsildoq nonushta 😋
Kerakli masalliqlar:
-Tost noni
- @azizon.uz pishloqli sosiskalari
-tuxum
-talqon
-pishloq
-qovurish uchun yog’
Tayyorlanishi:
Tost nonni chetlarini olib tashlab, yumshoq joyini juva yordamida tekkislab olamiz.
Tekislangan nonga pishloq hamda sosiska qo’yamiz. Non chetini suvda namlab, rulet shaklida o’rab chiqamiz.
Tovaga yog’ quyib o’rtacha olovda ikkala tomonini qizartirib olamiz.
Mazali nonushtamiz tayyor, video yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang. 😍
Azizon manzili:
📍Manzil: Chilonzor tumani. Chilonzor ko’chasi. 83-uy ro’parasida.
📍Mo’ljal: “Qozirabot” masjidi yonida.
🕑 Ish vaqti: 9:00-18:00
538
Tez tayyorlanadigan yangicha salat 😋
Kerakli masalliqlar:
-Go’sht (qaynatilgan)
-Tuxum (qaynatilgan)
-Bodring
-Pomidor
-Jo’xori konservasi
-Ukrob
-Mayonez
Tuxum, pomidor, bodringni yarimoy shaklida to’g’raymiz, go’sht va ukrobmi ham to’g’rab tayyorlab olamiz. Barcha massaliqlarni kattaroq idishga solib mayonez quyamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Oson va mazali salatimiz tayyor, retsept yoqqan bo’lsa like bosishni hamda obuna bo’lishni unutmang ❤️
538
Duxovkasiz pishiriladigan tort 🍰Blinchikli tort 😋
Kerakli masalliqlar:
Blinchik uchun:
2 ta tuxum
100gr shakar
500 ml sut
80 gr qoshiq kakao
5 qoshiq o’simlik yog’i
200 gr un
Krem uchun:
33 foizli slivka
Shakar upasi
Glazur uchun:
4 qoshiq smetana
2 qoshiq kakao
2 qoshiq shakar
Sliv maslo 30 gr
Tayyorlanishi:
Blinchik uchun barcha masalliqlarni bitta idishga solib yaxshilab aralashtiramiz. Hosil bo’lgan massani tovada pishirib olamiz. 10-12 ta blinchik chiqadi.
Slivka bilan shakar upasini krem holiga kelguncha mixer qilamiz.
Blinchiklarni chetini ortiqcha joyini kesib olamiz.
Kremni har bir blinchik qavatiga surib torimizni terib chiqamiz.
Glazur masalliqlarini tovaga solib past olovda 1-2 minut kovlab turamiz. Uzoq qolmasligi kerak.
Glazurni tor ustidan quyamiz. Muzlatgichda 20 minutga qoldiramiz.
Nejniy tortimiz tayyor 😋
Retsept yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
538
Tez tayyorlanadigan mazali salat 😋
Eng avval like bosib, saqlab oling ❤️
Kerakli masalliqlar:
-Quymoq uchun 3 ta tuxum
-kapchonnaya kolbasa
-tuzlangan bodring
-pomidor
-jo’xori
-mayonez
Tayyorlanishi:
Tuxumga tuz solib aralashtiramiz va tovada 2 tarafini pishirib olamiz.
Tayyor bo’lgan quymoqni rulet shaklida o’rab to’g’rab olamiz.
Qolgan masalliqlarni ham aomoncha shaklida to’g’rab olamiz. Barcha masalliqlarni katta idishga solib, mayonez quyib yaxshilab aralashtiramiz. Mazali salatimiz tayyor, video yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️
