cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

70-Maktab (Rasmiy axbarot kanali)

Qarshi tumani 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz. Takliflar va murojatlar uchun @ShaymanovAsqar Kanalimizga a'zo bo'ling👇👇👇 👉 @Qarshituman70maktabi

Show more
Advertising posts
225Subscribers
+124 hours
+17 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Тезкор Ўқитувчилар учун хушхабар! Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Ариповнинг топшириғи билан: Умумтаълим муассасаларида “Табиий фан“, «Тарбия» ва «Информатика ва ахборот технологиялари» фанларини бошланғич синфларда «Бошланғич таълим» ўқитувчилари, “Табиий фан“ни 5-6-синфларда эса «География», «Биология» ва «Физика» ўқитувчилари, 5-11-синфларда «Тарбия» фанини, Тарих, Миллий истиқлол ғояси ва ҳуқуқ мутахассислигига эга фан ўқитувчилари дарс ўтишларига: “Табиий фан“ ва «Тарбия» фанидан дарс бераётган бошланғич таълим, шунингдек, физика, география, биология, тарих, давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан амалдаги малака тоифаларига мос равишда ҳақ тўланишига розилик берилди. Батафсил 👉🏼 Тезкор24
Show all...
#Eslatma O'quvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari bilan tanishing 9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan – 27-may, Matematika fanidan – 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi. 11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan — 29-may, Matematika fanidan – 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/578 Telegram I Facebook I YouTube
Show all...
#Открытый_урок 🏢 Каршинский район 🏫  Школа N 70 🧑🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Класс: 7" А" 👩🏻‍🏫Тема: Ферганская Долина.Андижан. 👩🏻‍💼 Преподаватель: Гульшаной Хуснитдиновна. 👉@Qarshituman70maktabi
Show all...
👏 4👍 1
⚡️Аттестацияда кимнингдир ёлғон ваъдаларига ишониб, касбий обрўйингизга хавф туғдирманг
Азиз педагоглар! Аттестация жараёнларига ҳам жуда оз фурсат қолди. (Эртадан, яъни 15 апрель кунидан бошланади) Мазкур жараёнлар сизнинг билим ва малакангизни синовдан ўтказади ҳамда янги билимларни эгаллашингизга туртки бўлади, деб ишонаман. Қадрли устозлар! Ўйлайманки, малака синовларининг адолатли ва шаффоф ўтказилишида ҳар бирингиз шахсий намуна кўрсатасиз.  Сиз, албатта, билим ва касбий тажрибангиз билан ушбу малака синовларидан ёруғ юз билан ўта оласиз. Мен бунга ишонаман! Жараёнларда барчангизга муваффақият ёр бўлсин! P.S.: Кимнингдир ёлғон ваъдаларига ишониб, касбий обрўйингизга хавф туғдирманг. Сизнинг обрўйингиз бу бутун тизимнинг юзидир!
Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова 👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот. Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6 https://t.me/+jdDEcMOPTegwNTc6
Show all...
❗️22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkaziladi 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik. Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mazkur holat bo'yicha rasmiy bayonot berdi. Unga ko'ra 16-aprel kuni test topshiriqlarini to'liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya o'tkazish belgilandi. Telegram I Facebook I YouTube
Show all...
👍 1
⚡️Qashqadaryolik maktab o‘quvchisi $5 mln dollar miqdorida grant yutib oldi Qarshi shahridagi Prezident maktabining 11-Green sinf oʻquvchisi Alisher Sultonov AQShda joylashgan Ursinus Kollejiga 100 foizlik grant asosida qabul qilinib, $240.000 AQSh dollar grant sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari Alisher 45 ta xorijiy universitetlardan jami miqdorda $5.212.000 AQSh dollari miqdorda grant yutib olgan! Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇 https://t.me/qashqadaryo_ziyo
Show all...
👍 6
9-aprel - Amir Temur tavallud topgan kun! Oʻrta asrlarning buyuk turk askari va qoʻmondoni, davlat arbobi, Temuriylar imperiyasi asoschisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, o'tmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qo'mondonlaridan biri, Temurlilar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi buyuk davlat asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to’ldi. Sohibqiron dunyoning 27 mamlakatni bo'ysundirib, markazlashgan davlat bunyod etgan. Taxminan mingdan ortiq jang o‘tkazdi, ularda zafar hamisha Sohibqiron tomonida bo‘ldi.
Biz yoshlar bobolarimiz yodini abadiylashtirish uchun, ularga munosib avlod bo'lish uchun harakatdan, bilim olsihdan to'xtamasligimiz lozim.
@alisher_sadullaev
Show all...
👍 1
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi edi. Kanalimizdan uzoqlashmang, obuna bo‘ling va yaqinlaringizga ham ulashing👇👇 👉@Qarshituman70maktabi
Show all...
👍 1
❓Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi? ℹ️ Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni "Hayit kuni aniq bo‘ldi" deb talqin qilinmasligini so‘rayman. Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular: 🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni; 🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni; 🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI; 🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni. 📖 Sharh: Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin. Prezident farmoniga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi. Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi. Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin. 📃 Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 1
Qarshi tuman 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabida o'qituvchi, o'quvchi hamda ota-onalar ishtirokida "Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Maktabda ushbu tadbir 3 bosqichda boʻlib oʻtdi. ▫️Boshlangʻich sinflar uchun "Sehrli soʻzlar" ▫️Oʻrta sinflar uchun "Huquqlarim olamiga sayohat" ▫️Yuqori sinflar uchun "oʻziga ishongan holda muloqot qilish" ▫️Ota-onalar uchun "Oilaviy munosabatlar" ▫️Pedagogik xodimlar uchun "Stresni boshqarish modeli" nomli mashgʻulotlar oʻtkazildi.
💫Tadbir kuzatuvchilar hamda o'quvchi-yoshlarda ijobiy taassurot qoldirdi. HAYOT GOʻZAL CHUNKI UNDA SIZ BORSIZ❗️ Tadbir tashkilotchisi: Azizova Lutfiya
Show all...
👍 4👎 1